Authors

  • Ilhomova Nozima

Author Biography

  • Ilhomova Nozima

    O‘zDJTU Sharq filologiya fakulteti

    FYAP 2410-guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.119351

Keywords:

Yapon tili ingliz tili inkor affikslari qiyosiy tilshunoslik semantika 不 (fu) 無 (mu) 非 (hi) un- in- dis- -less

Abstract

Ushbu maqolada yapon va ingliz tillarida inkor yasovchi affikslar – prefiks va suffikslarning lingvistik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida yapon tilidagi 不 (ふ), 無 (む), 非 (ひ) prefikslari hamda ingliz tilidagi un-, in-, dis-, -less affikslarining so‘z yasalishidagi o‘rni, ma’no shakllantirishdagi roli va grammatik xususiyatlari qiyosiy jihatdan o‘rganiladi. Shuningdek, ushbu affikslarning qo‘llanish chegaralari, bir-biriga o‘xshash va farqli tomonlari ham tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari yapon va ingliz tillaridagi inkor shakllarining lingvistik tizimidagi o‘rnini aniqlashga hamda ularning umumiy va o‘ziga xos xususiyatlarini yoritishga xizmat qiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–4_ Март –2025

95

YAPON VA INGLIZ TILLARIDA INKOR YASOVCHI AFFIKSLAR:

QIYOSIY LINGVISTIK TAHLIL

Ilhomova Nozima

O‘zDJTU Sharq filologiya fakulteti

FYAP 2410-guruh talabasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada yapon va ingliz tillarida inkor yasovchi

affikslar – prefiks va suffikslarning lingvistik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot

doirasida yapon tilidagi

(

),

(

),

(

) prefikslari hamda ingliz tilidagi un-

, in-, dis-, -less affikslarining so‘z yasalishidagi o‘rni, ma’no shakllantirishdagi roli

va grammatik xususiyatlari qiyosiy jihatdan o‘rganiladi. Shuningdek, ushbu

affikslarning qo‘llanish chegaralari, bir-biriga o‘xshash va farqli tomonlari ham

tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari yapon va ingliz tillaridagi inkor shakllarining

lingvistik tizimidagi o‘rnini aniqlashga hamda ularning umumiy va o‘ziga xos

xususiyatlarini yoritishga xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar: Yapon tili, ingliz tili, inkor affikslari, qiyosiy tilshunoslik,

semantika,

(fu),

(mu),

(hi), un-, in-, dis-, -less

Abstract: This article analyzes the linguistic features of negation-forming

affixes—prefixes and suffixes in Japanese and English. The study examines the role

of Japanese prefixes

(fu),

(mu),

(hi) and English affixes un-, in-, dis-, -less

in word formation, their semantic impact, and grammatical characteristics from a

comparative perspective. Additionally, the research explores the scope of usage,

similarities, and differences between these affixes. The findings contribute to

identifying the position of negation structures in the linguistic systems of Japanese

and English, highlighting their commonalities and distinctive features.

Key words: Japanese language, English language, negative affixes,

comparative linguistics, semantics,

(fu),

(mu),

(hi), un-, in-, dis-, -less

Аннотация: В данной статье анализируются лингвистические

особенности аффиксов, образующих отрицание, – префиксов и суффиксов в


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–4_ Март –2025

96

японском и английском языках. В исследовании рассматривается роль японских

префиксов

(fu),

(mu),

(hi) и английских аффиксов un-, in-, dis-, -less в

словообразовании,

их

семантические

функции

и

грамматические

характеристики в сравнительном аспекте. Также изучаются особенности их

употребления, сходства и различия. Результаты исследования способствуют

определению места отрицательных аффиксов в языковых системах японского

и английского языков, выявляя их общие и специфические черты.

Ключевые слова: японский язык, английский язык, отрицательные

аффиксы, сравнительная лингвистика, семантика,

(fu),

(mu),

(hi), un-,

in-, dis-, -less.

Hozirgi davrda tilshunoslikda so‘z yasalishi va negatsiya (inkor)

jarayonlari muhim tadqiqot yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Inkor yasovchi affikslar

turli tillarda yangi so‘zlarni shakllantirish, semantikani o‘zgartirish va grammatik

tuzilmani ta’sirlash vositasi sifatida keng qo‘llaniladi. Ingliz va yapon tillarida bu

borada o‘ziga xos tizimga ega bo‘lib, inkor affikslarning ishlatilishi semantik va

grammatik jihatdan farqlanadi. Ushbu maqolada ingliz va yapon tillarida inkor

yasovchi affikslarning qiyosiy tahlili amalga oshiriladi. Bu tahlil ularning o‘xshash

va farqli jihatlarini aniqlashga qaratilgan bo‘lib, natijalari tilshunoslar, tarjimonlar va

xorijiy til o‘rganuvchilar uchun foydali bo‘lishi mumkin.

Ingliz tilida inkor affikslari prefiks va suffiks shaklida keladi va so‘zning

teskari ma’nosini hosil qiladi. Ular asosan ot, sifat va ba’zan fe’llarga qo‘shiladi.

Ingliz tilidagi inkor affikslari jadvali

Qo‘shimcha

Turi

Asl

so‘z-inkor

shakli

Ma’nosi

Un-

Prefiks

Happy-unhappy

Baxtli-baxtsiz

In-

Prefiks

Correct-incorrect

To‘g‘ri-noto‘g‘ri

Im-

Prefiks

Possible-impossible Mumkin-mumkin

emas

Il-

Prefiks

Legal-illegal

Qonuniy-noqonuniy


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–4_ Март –2025

97

Ir-

Prefiks

Regular-irregular

Muntazam-

nomuntazam

Dis-

Prefiks

Agree-disagree

Rozi

bo‘lmoq-rozi

bo‘lmaslik

Non-

Prefiks

Fiction-nonfiction

Badiiy-badiiy

bo‘lmagan

-less

Suffiks

Care-careless

E’tibor-e’tiborsiz

-free

Suffiks

Sugar-sugar-free

Shakar-shakarsiz [1]

Yapon tilida ham inkor yasovchi qo‘shimchalar prefiks va suffiks shaklida

keladi. Ular so‘zga qo‘shilib, teskari ma’no yoki yo‘qlikni bildiradi. Ingliz tilidan

farqli ravishda, yapon tilida inkor affikslari faqat sifat va otlarda emas, fe’llarda ham

faol ishlatiladi.

Yapon tilidagi inkor affikslari jadvali

Qo‘chimcha Turi

Asl

so‘z-inkor

shakli

Ma’nosi

(fu-)

Prefiks

可能

(kanō)-

不可能

(fukanō)

Mumkin-mumkin

emas

(mu-)

Prefiks

意味

(imi)-

無意味

(muimi)

Ma’no-ma’nosiz

(hi-)

Prefiks

公式

(kōshiki)-

非公

(hikōshiki)

Rasmiy-norasmiy

-

ない

(-nai)

Suffiks

食べる

(taberu)-

べない

(tabenai)

Yeyish-yemayman

-

(-zu)

Suffiks

言う

(iu)-

言わず

(iwazu)

Aytmoq-aytmay[2-3]

Yapon tilidagi inkor qo‘shimchalarini chuqurroq o‘rganish uchun Natsuko

Tsujimuraning "An Introduction to Japanese Linguistics" (2013)[4] asari muhim

akademik manba hisoblanadi. Ushbu kitob yapon tilining morfologik va sintaktik


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–4_ Март –2025

98

tuzilishini batafsil yoritib, inkor shakllarining hosil bo‘lishi va ularning semantik

jihatlari haqida tushunchalar beradi. Yapon tilining negatsiya tizimini kengroq

anglash uchun ushbu manba asosiy nazariy yo‘nalishlardan biri sifatida xizmat qiladi.

Yapon va ingliz tillari morfologik tuzilishi jihatidan farqlansa-da, ushbu

tillarda inkor affikslarining qo‘llanilishi o‘zaro muayyan o‘xshashliklarga ega. Bu

o‘xshashliklar quyidagi jihatlarda namoyon bo‘ladi:

1. Prefiksal inkor tizimi

Har ikkala tilda ham inkor ma’nosini ifodalash uchun so‘z oldidan qo‘shimcha

(prefiks) qo‘shish usuli mavjud.

Ingliz tilida: un- (unhappy – baxtsiz), in- (incomplete – to‘liq bo‘lmagan), dis-

(dishonest – insofsiz).

Yapon tilida: fu- (

不安

[fuan] – bezovta), mi- (

未完成

[mikansei] –

tugallanmagan).

2. Suffiksal inkor tizimi

Har ikkala tilda ham ba’zi inkor shakllari so‘z oxiriga suffiks sifatida

qo‘shiladi.

Ingliz tilida: -less (endless – cheksiz, careless – e’tiborsiz).

Yapon tilida: -nai (

知らない

[shiranai] – bilmaydi), -zu (

言わず

[iwazu] –

aytmay).

3. Turli so‘z turkumlariga ta’siri

Inkor affikslarining fe’l, sifat va otlarga bog‘lanish imkoniyati mavjud.

Ingliz tilida: unhappy (sifat), disorder (ot), disagree (fe’l).

Yapon tilida: fuan (

不安

– ot), shiranai (

知らない

– sifat-fe’l), mikansei (

完成

– ot).

4. Ma’nodagi universallik

Har ikkala til ham inkor qo‘shimchalarini qo‘llash orqali "mavjud emaslik",

"teskari ma’no", "to‘liq bo‘lmaganlik" kabi tushunchalarni ifodalaydi. Masalan:

Ingliz tilida: incomplete – tugallanmagan

Yapon tilida: mikansei (

未完成

) – tugallanmagan


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–4_ Март –2025

99

Ushbu o‘xshashliklar shuni ko‘rsatadiki, inkor affikslarining asosiy vazifasi

har ikkala tilda ham bir-biriga yaqin bo‘lib, ular semantik jihatdan o‘zaro mos keladi.

Biroq, har ikkala tilning grammatik tizimidagi farqlar tufayli inkor affikslarining

qo‘llanilishi ba’zi jihatlarda o‘ziga xoslik kasb etadi.

Yuqorida yapon va ingliz tillaridagi inkor affikslarining o‘xshash jihatlari

yoritildi. Biroq, ushbu ikki til morfologik va grammatik tizimi jihatidan tubdan farq

qilgani sababli, inkor affikslarining ishlatilishi va tuzilishida ham sezilarli tafovutlar

mavjud. Ushbu farqlar quyidagi jihatlarda namoyon bo‘ladi:

1. Prefiks va suffikslarning nisbati

Ingliz tilida inkor affikslarining aksariyati prefiks shaklida keladi (un-, in-,

dis-), faqat ayrimlari suffiks shaklida ishlatiladi (-less).

Yapon tilida esa inkor yasovchi affikslar ko‘proq suffiks sifatida keladi (-nai,

-zu), prefiks shaklidagi inkor affikslar esa asosan sifat va otlarga ta’sir qiladi (fu-, hi-

).

2. Grammatik tuzilishdagi farqlar

Ingliz tilida inkor qo‘shimchalari odatda asosiy so‘z shaklini o‘zgartirmaydi

(e.g., happy → unhappy).

Yapon tilida, ayniqsa fe’llarda, inkor shaklni hosil qilish uchun butun fe’l

morfologik jihatdan o‘zgaradi. Masalan: iku (

行く

– boradi) → ikanai (

行かない

bormaydi), taberu (

食べる

– yeydi) → tabenai (

食べない

– yemaydi)

3. Inkor shakllarining grammatik moslashuvchanlig

Ingliz tilida inkor qo‘shimchalari so‘z turkumlarini deyarli o‘zgartirmaydi

(happy → unhappy hali ham sifat).

Yapon tilida esa inkor shakllar grammatik o‘zgarishga uchraydi. Masalan,

“nai” qo‘shimchasi sifat so‘z turkumiga kiradi, shuning uchun u sifatlarning

grammatik moslashuviga ta’sir qiladi (e.g., shiranai hito

知らない人

– bilmaydigan

odam).

4. Inkorning darajasi va ma’nosi

Ingliz tilida inkor qo‘shimchalari odatda so‘zning shunchaki teskarisini

bildiradi (honest → dishonest – halol emas).


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–4_ Март –2025

100

Yapon tilida inkor affikslari ba’zan inkor darajasiga yoki noaniqlikka ta’sir

qiladi. Masalan, fu- prefiksi bilan yasalgan so‘zlar ba’zan kuchsizroq inkor ma’nosini

anglatishi mumkin: fushizen (

不自然

– tabiiy emas, lekin to‘liq rad etish emas, balki

biroz g‘ayritabiiylik).

5. So‘z yasalish tizimidagi o‘ziga xosliklar

Ingliz tilida yangi so‘zlarni yasash uchun inkor affikslaridan erkin foydalanish

mumkin (kind → unkind, logical → illogical).

Yapon tilida esa yangi so‘zlar yasashda inkor affikslari cheklangan bo‘lib,

ular faqat mavjud leksemalar bilan birikadi. Masalan, fu- prefiksi faqat ba’zi sifat va

otlar bilan ishlatiladi, har qanday sifatga qo‘shilavermaydi.

Yapon va ingliz tillaridagi inkor affikslarning qiyosiy jadvali

Inkor

affiksi

Yapon tili (misol)

Ingliz tili (misol)

Izoh

fu- (

)

不可能

(fukanou) –

imkonsiz

Impossible

(imkonsiz)

“Im-“ prefiksi bilan

o‘xshash

hi- (

)

非常

(hijou)

favqulodda, odatiy

emas

Abnormal

(odatiy

emas)

"ab-" yoki "non-"

prefikslari

bilan

o‘xshash

mu- (

)

無力

(muryoku) –

kuchsiz

Powerless (kuchsiz)

"-less" suffiksi bilan

o‘xshash

-nai (

ない

)

しない

(shinai) –

qilmaydi

Do not (qilmaydi)

Ingliz

tilidagi

yordamchi

fe’l

orqali inkorga mos

keladi

-zu (

)

食べず

(tabezu) –

yemay

Without

eating

(yemay)

"without" + gerund

shakliga o‘xshash

mi- (

)

未完成

(mikansei) –

tugallanmagan

Unfinished

(tugallanmagan)

"un-" prefiksi bilan

o‘xshash.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–4_ Март –2025

101

bu- (

)

不足

(busoku) –

yetishmovchilik

Insufficient

(yetarli

emas)

"in-" prefiksi bilan

o‘xshash.

an- (

)

安心

(anshin)

xavotirsiz

Carefree (xavotirsiz)

"-free" suffiksi bilan

ifodalanadi

hyou- (

)

非実

(hyoujitsu) –

haqiqat emas

Unreal (haqiqat emas) "un-" prefiksi bilan

o‘xshash

go- (

)

誤解

(gokai)

noto‘g‘ri tushuncha

misunderstanding

noto‘g‘ri tushunish

"mis-" prefiksi bilan

o‘xshash

Semantik nuqtayi nazardan, yapon va ingliz tillaridagi inkor affikslari bir

qancha umumiyliklarga ega:

1. Inkor ma’nosini kuchaytirish

Yapon va ingliz tillaridagi inkor affikslar har ikkala tilda ham biror narsa

yo‘qligini, mavjud emasligini yoki normal holatga zidligini ifodalaydi.

Masalan: yaponcha:

無意味

(muimi) – ma’nosiz

Inglizcha: meaningless – ma’nosiz

2. O‘xshash semantik toifalar

Har ikkala tilda inkor affikslari quyidagi ma’nolarni ifodalash uchun

ishlatiladi:

Mavjud emaslik / yetishmovchilik:

無力

(muryoku) – kuchsiz → powerless

Noto‘g‘rilik / xatolik:

誤解

(gokai) – noto‘g‘ri tushuncha → misunderstanding

Bajarilmagan harakat / tugallanmagan holat:

未完成

(mikansei) – tugallanmagan → unfinished

3. Tildagi asosiy vazifasi – qarama-qarshilik yaratish

Har ikkala tilda inkor affikslar mavjud so‘zga qarama-qarshi ma’no beradi:

Yaponcha:

正常

(seijou) – normal →

異常

(ijou) – g‘ayritabiiy

Inglizcha: normal → abnormal

Semantika jihatidan farqlari


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–4_ Март –2025

102

1. Inkorning grammatik va semantik chegaralari

Yapon tilida inkor affikslari faqat aniqlangan so‘zlarga qo‘shiladi, yangi so‘z

yaratish unchalik keng tarqalmaydi.

Ingliz tilida esa inkor affikslaridan foydalanib yangi so‘zlar oson hosil

qilinadi.

Masalan, possible → impossible kabi yapon tilida ishlatilmaydigan so‘z

o‘zgarishlari ingliz tilida keng tarqalgan.

2. Rasmiy va norasmiy inkor yasalishi

Yapon tilida rasmiy nutqda ko‘proq "fu-, hi-, mu-" prefikslari ishlatiladi,

oddiy nutqda esa "-nai" yoki "-zu" inkor shakllari qo‘llanadi.

Ingliz tilida esa har ikkala holatda inkor affikslar ishlatilaveradi.

3. Yapon tilida irodaviy inkor ko‘proq grammatik shakllar bilan ifodalanadi

Yapon tilida fe’l bilan inkor bildirish uchun "-nai" yoki "-zu" shakllari

ishlatiladi:

食べる

(taberu) – yeyish →

食べない

(tabenai) – yemayman

Ingliz tilida esa bu fe’l oldidan "do not" yoki "does not" bilan ifodalanadi:

eat → do not eat [5-6]

Umuman olganda, maqolada ingliz va yapon tillarida inkor yasovchi

affikslarning morfologik va semantik jihatlari qiyosiy tahlil qilindi. Tadqiqot

natijalari shuni ko‘rsatdiki, har ikkala tilda ham negatsiya maxsus affikslar yordamida

amalga oshiriladi, biroq ularning qo‘llanish doirasi va grammatik xususiyatlari

farqlanadi. Ingliz tilida un-, in-, dis- prefikslari va -less suffiksi orqali sifat va

otlarning ma’nosi inkor qilinadi (unhappy – baxtsiz, careless – e’tiborsiz,

disadvantage – kamchilik). Yapon tilida esa fu-, hi-, mu-, go-, bu- kabi prefikslar

inkor ma’nosini hosil qiladi (fumei – noma’lum, mujitsu – asossiz, hikōka –

noqonuniy). Tahlil natijalariga ko‘ra, ingliz tilidagi inkor affikslari universalroq va

keng qo‘llanilsa, yapon tilida ular odatda sino-yapon leksemalarida ishlatiladi.

Bundan tashqari, yapon tilida grammatik negatsiya shakllari keng tarqalgan bo‘lib, u

fe’l negatsiyasida namoyon bo‘ladi (yomenai – o‘qiy olmayman, shiranai –

bilmayman). Shunday qilib, har ikkala til inkor yasashda o‘ziga xos tizimga ega


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–4_ Март –2025

103

bo‘lib, ularning morfologik va semantik farqlari lingvistik xususiyatlari bilan

izohlanadi. Bu esa tarjima jarayonida va til o‘rganishda e’tiborga olish kerak bo‘lgan

muhim omillardan biridir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

In-Academy. Ingliz tilidagi negativ ma'no hosil qiluvchi prefikslar // In-

Academy Journal. – 2025. – T. 3, №1. – S. 45-60. – URL: https://in-

academy.uz/index.php/yopa/article/download/12105/8615/8685

(data

obrashcheniya: 20.03.2025).

2.

IMABI.

Negative

Prefixes

[Elektron

resurs].

– Rejim dostupa:

https://imabi.org/negative-prefixes (data obrashcheniya: 22.03.2025).

3.

TOFUGU. Japanese Verb Negative Plain

ない

Form [Elektron resurs]. – Rejim

dostupa: https://www.tofugu.com/japanese-grammar/verb-negative-nai-form (data

obrashcheniya: 22.03.2025).

4.

Tsujimura, N. An Introduction to Japanese Linguistics [Text]. – 3rd ed. –

Wiley-Blackwell, 2013. – 416 p.

5.

Matsumoto, Y. (1997). "Japanese Negation in a Comparative Perspective."

6.

Shibatani, Masayoshi. (1990). The Languages of Japan. Cambridge University

Press.