MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–4_ Март –2025
86
YAPON VA O‘ZBEK TILLARIDA SANOQ QO‘SHIMCHALARI:
LINGVISTIK VA QIYOSIY TAHLIL
Ilhomova Nozima
O‘zDJTU Sharq filologiya fakulteti
FYAP 2410-guruh talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada yapon va o‘zbek tillaridagi sanoq
qo‘shimchalari lingvistik jihatdan qiyosiy tahlil qilinadi. Yapon tilida sanoq
qo‘shimchalari otlarning turiga qarab o‘zgarishi va maxsus kategoriyalar bilan
bog‘lanishi o‘rganiladi. O‘zbek tilida esa sanoq qo‘shimchalari umumiyroq
ishlatilishi va qanday kontekstlarda o‘zgarishi ko‘rib chiqiladi. Maqolada bu
qo‘shimchalarning grammatik va semantik jihatlari o‘rganilib, ularning o‘xshashlik
va farqlari aniqlanadi. Maqolada yapon va o‘zbek tillarida sanoq qo‘shimchalari
tizimi va ularning lingvistik xususiyatlari chuqurroq yoritiladi.
Kalit so‘zlar: sanoq qo‘shimchalari, yapon tili, o‘zbek tili, qiyosiy tahlil,
semantika, pragmatika, lingvistika.
Abstract: This article presents a comparative linguistic analysis of numeral
suffixes in Japanese and Uzbek. In Japanese, numeral suffixes change depending on
the type of noun and are associated with specific categories. In Uzbek, however,
numeral suffixes are used more generally, and their variations in different contexts
are examined. The study analyzes the grammatical and semantic aspects of these
suffixes, identifying their similarities and differences. The article clarifies how
numeral suffixes function in Japanese and Uzbek and provides a deeper insight into
their linguistic characteristics.
Key words: Numeral suffixes, Japanese language, Uzbek language,
comparative analysis, semantics, pragmatics, linguistics.
Аннотация:
В данной статье проводится сравнительный
лингвистический анализ счётных суффиксов в японском и узбекском языках. В
японском языке счётные суффиксы изменяются в зависимости от типа
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–4_ Март –2025
87
существительного и связаны с определёнными категориями. В узбекском
языке, напротив, они используются более универсально, и их изменение в
различных контекстах рассматривается отдельно. В статье анализируются
грамматические и семантические особенности этих суффиксов, выявляются
их сходства и различия. Исследования определяется, как функционируют
счётные суффиксы в японском и узбекском языках, а также раскрываются их
лингвистические особенности.
Ключевые слова: счётные суффиксы, японский язык, узбекский язык,
сравнительный анализ, семантика, прагматика, лингвистика.
Tilshunoslikda sanoq qo‘shimchalari otlarning sonini ifodalash va tartibga
solishda muhim rol o‘ynaydi. Har bir tilning sanoq qo‘shimchalari tizimi o‘ziga xos
bo‘lib, ular grammatika, semantika va pragmatika jihatidan turlicha shakllangan.
Yapon va o‘zbek tillarida sanoq qo‘shimchalari har xil tizim asosida ishlaydi: yapon
tilida ular otlarning turiga qarab o‘zgarib, maxsus kategoriyalarga bo‘linadi, o‘zbek
tilida esa ular nisbatan umumiyroq qo‘llanilib, kontekstga qarab shakllanadi.
Yapon tilida sanoq qo‘shimchalari ob’ektlarning shakli, materiali,
harakatchanligi yoki funksiyasiga qarab turli toifalarga bo‘linadi. Bunday
klassifikatsiya so‘zga grammatik moslashuv talab qiladi va ularni noto‘g‘ri ishlatish
grammatik xatolik hisoblanadi. Yapon tilida asosiy sanoq qo‘shimchalari quyidagicha
tasniflanadi:
本
(
ほん
, -hon/-pon/-bon) – uzun va silindrsimon narsalar (kitob, qalam,
tayoq).
枚
(
まい
, -mai) – yupqa va yassi narsalar (qog‘oz, chiptalar, kiyim-kechak).
個
(
こ
, -ko) – mayda va umumiy narsalar (tuxum, tosh, olma).
人
(
にん
, -nin,
ひとり
-hitori,
ふたり
-futari) – odamlar soni uchun.
匹
(
ひき
, -hiki/-piki/-biki) – mayda hayvonlar va ba’zan hasharotlar.
頭
(
とう
, -tou) – yirik hayvonlar (sigir, ot, fil).
冊
(
さつ
, -satsu) – kitoblar, jurnallar.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–4_ Март –2025
88
台
(
だい
, -dai) – texnika vositalari (mashina, televizor, kompyuter) [1-2].
Yapon tilida son va sanoq qo‘shimchasining talaffuzi ham o‘zgarishi mumkin.
Masalan, 1 hon (ip), 3 bon (sanbon), 6 pon (roppon) kabi. Bu holat yapon tilini
o‘rganishda qiyinchilik tug‘dirishi mumkin.
O‘zbek
tilida sanoq qo‘shimchalari yapon tilidagidek qat’iy
klassifikatsiyaga ega emas. Sanoq birliklari narsa yoki jonli mavjudotning shakli,
materiali yoki hajmiga qarab unchalik o‘zgarmaydi. Asosiy sanoq qo‘shimchalari
quyidagilar:
-ta – universal sanoq qo‘shimchasi, deyarli barcha otlarga qo‘shilishi mumkin:
Uchta kitob, beshta qalam, oltita non.
-dona – mustaqil yoki alohida ajraladigan ob’ektlar uchun ishlatiladi:
Ikki dona tanga, uch dona tuxum, to‘rt dona olma.
-par – juft holatda keladigan narsalar uchun:
Bir par poyabzal, uch par qo‘lqop.
-nafar – odamlar sonini sanash uchun:
Uch nafar talabalar, besh nafar mehmonlar.
-boshi – chorva mollari va yirik hayvonlar uchun:
Ikki bosh qo‘y, besh bosh sigir [3].
Yapon va o‘zbek tillaridagi sanoq qo‘shimchalari bir-biridan farq qilgani
bilan, ularda ayrim o‘xshash jihatlar ham mavjud. Ushbu bo‘limda ikkala tilning
sanoq tizimidagi umumiyliklarni ko‘rib chiqamiz.
1. Har ikkala tilda sanoq qo‘shimchalari mavjudligi
Yapon va o‘zbek tillarida sanoq qo‘shimchalari mustaqil grammatik birlik
sifatida mavjud bo‘lib, ular otlar bilan birgalikda ishlatiladi. Masalan:
Yaponcha:
一本
(ippon) – bitta tayoq
O‘zbekcha: bitta tayoq
Ko‘rinib turibdiki, har ikkala tilda ham bitta narsani sanash uchun maxsus
birliklar mavjud.
2. Sanoq qo‘shimchalari son bilan bog‘lanadi
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–4_ Март –2025
89
Yapon va o‘zbek tillarida sanoq qo‘shimchalari sonlar bilan ishlatiladi va ot
oldidan yoki keyin kelishi mumkin.
Yaponcha:
三枚の紙
(sanmai no kami) – uchta qog‘oz
O‘zbekcha: uchta qog‘oz
Har ikkala til ham sonni sanaladigan ot bilan bog‘lash uchun sanoq
qo‘shimchasidan foydalanadi.
3. Xususiyatiga qarab maxsus sanoq qo‘shimchalari mavjudligi
Yapon va o‘zbek tillarida sanoq qo‘shimchalari sanalayotgan narsa turiga
qarab o‘zgaradi.
Yaponcha:
細長い物
(
細い
) – uzun va ingichka narsalar uchun:
一本
(ippon)
– bitta ruchka,
動物
– hayvonlar uchun:
一匹
(ippiki) – bitta mushuk
O‘zbekcha: Umumiy sanoq – barcha otlar uchun: bitta kitob
Bo‘lak sanash – ajraluvchi narsalar uchun: bir bo‘lak non
Demak, har ikkala tilda ham sanoq qo‘shimchalari sanalayotgan obyektning
shakli yoki xususiyatiga qarab o‘zgaradi.
5. Lingvistik ahamiyatga ega bo‘lishi
Sanoq qo‘shimchalari har ikkala tilda ham gap tuzilishida muhim rol
o‘ynaydi. O‘zbek tilida bu so‘z birikmasi sifatida ishlatilsa, yapon tilida esa mustaqil
grammatik kategoriya sifatida namoyon bo‘ladi.
Yaponcha:
三冊の本を買いました。
(San-satsu no hon o kaimashita) –
Uchta kitob sotib oldim.
O‘zbekcha: Uchta kitob sotib oldim.
Bu jihatdan ikkala til ham sanoq qo‘shimchalarini son+ot tizimi asosida
shakllantiradi.
Yapon va o‘zbek tillaridagi sanoq birliklari qiyosi
Tushuncha
Yapon tilida O‘zbek tilida Izoh
Umumiy sanoq
つ
(-tsu):
一
つ
(hitotsu),
二つ
(futatsu
-ta:
bitta,
ikkita
Yapon
tilida
faqat
1-10
oralig‘ida ishlatiladi, o‘zbek
tilida esa cheklanmagan.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–4_ Март –2025
90
Dona birliklar
個
(-ko):
一
個
(ikko),
二
個
(niko)
-dona:
bir
dona , ikki
dona
Har ikkala tilda ham individual
obyektlar uchun ishlatiladi.
Yassi narsalar
枚
(-mai):
一
枚
(ichimai),
二枚
(nimai)
-ta, -varaq: bir
varaq,
ikki
varaq
Qog‘oz, kartalar, choyshablar
uchun ishlatiladi.
Hayvonlar
匹
(-hiki):
一
匹
(ippiki),
二匹
(nihiki),
頭
(-
tou):
一頭
(ittou),
二頭
(nitou)
-ta,
-bosh:
bitta mushuk,
ikki bosh ot
O‘zbek tilida kichik hayvonlar
uchun “ta”, katta hayvonlar
uchun “bosh” ishlatiladi. Yapon
tilida esa kichik hayvonlarga
“hiki”, yirik hayvonlarga “tou”
ishlatiladi.
Odamlar
人
(-nin):
三
人
(sannin),
四人
(yonin)
nafar:
uch
nafar,
to‘rt
nafar
Yapon tilida 1 va 2 uchun hitori,
futari maxsus shakllari bor.
Juftlik birliklari
足
(-soku):
一足
(issoku),
二
足
(nisoku)
juft: bir juft,
ikki juft
Poyabzal,
paypoq
uchun
ishlatiladi.
Mashina
va
texnika
台
(-dai):
一
台
(ichidai),
二台
(nidai)
-ta, dona: bir
dona mashina,
ikkita
televivor
Avtomobillar, texnikalar uchun
ishlatiladi.
Ichimliklar
杯
(-hai):
一
杯
(ippai),
二
杯
(nihai)
stakan, kosa:
bir stakan suv,
Ichimliklar
va
suyuqliklar
uchun ishlatiladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–4_ Март –2025
91
ikki
kosa
sho‘rva
Parchalar,
bo‘laklar
切れ
(-kire):
一切れ
(hitokire),
二
切れ
(futakire)
bo‘lak:
bir
bo‘lak
non,
ikki
bo‘lak
tort
Narsalarni bo‘laklarga ajratib
sanashda ishlatiladi.
Takroriy
hodisalar
回
(-kai):
一
回
(ikkai),
二
回
(nikai)
marta:
bir
marta,
ikki
marta
Ikkala
tilda
ham
takoriy
hodisalar
uchun
maxsus
birliklar bor.
Qadam
va
masofa
birliklari
歩
(-ho):
一
歩
(ippo),
二
歩
(niho)
qadam:
bir
qadam,
ikki
qadam
Yapon tilida yurish uchun
maxsus “-ho” qo‘shimchasi bor
[2-4].
Yapon tilidagi sanoq qo‘shimchalarini chuqurroq o‘rganish va tushunish
uchun Natsuko Tsujimuraning "An Introduction to Japanese Linguistics" (2013) [5]
asari muhim manba hisoblanadi. Ushbu kitobda sanoq qo‘shimchalarining grammatik
va semantik xususiyatlari, otlarning turiga qarab o‘zgarishi hamda ularning yapon
tilidagi o‘rni batafsil tahlil qilingan. Yapon va o‘zbek tillarining sanoq tizimini
qiyoslashda ushbu manbadan foydalanish tavsiya etiladi.
Yapon va o‘zbek tillari sanoq qo‘shimchalari tizimi jihatidan sezilarli
farqlarga ega. Yapon tilida sanoq qo‘shimchalari sanalayotgan obyektning turiga
bog‘liq holda o‘zgaradi, bu esa til tizimini yanada murakkablashtiradi. O‘zbek tilida
esa bunday qat’iy ajratish mavjud emas va sanoq asosan birlik yoki ko‘plik shakllari
bilan ifodalanadi. Birinchi asosiy farq — sanoq qo‘shimchalarining kategoriyalarga
bo‘linishi. Yapon tilida predmetlarning shakli, hajmi yoki turi bo‘yicha maxsus sanoq
qo‘shimchalari mavjud. Ikkinchidan, yapon tilida sanoq qo‘shimchalari son bilan
birga kelib, ot bilan kelishik qo‘shimchalari orqali bog‘lanadi. Masalan:
3本のペン
(san-bon no pen) – “uchta ruchka”,
5匹の犬
(go-hiki no inu) – “beshta it”
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–4_ Март –2025
92
O‘zbek tilida esa sanoq birliklari son va ot o‘rtasida joylashadi yoki oldin
keladi: “uchta ruchka”, “beshta it”. Yapon tilida ayrim sanoq qo‘shimchalari nutqda
rasmiy yoki norasmiy bo‘lishi mumkin:
san-mai (uch dona yassi narsa) → og‘zaki nutqda san-chaku deb ishlatilishi
mumkin.
O‘zbek tilida esa rasmiy va norasmiy nutqda sanoq birliklari bir xil qo‘llanadi.
Sanoq qo‘shimchalari har ikkala tilda ham sanaladigan obyektning
xususiyatlarini aks ettiradi va ma’no jihatidan obyekt haqida qo‘shimcha axborot
beradi. Shu jihatdan yapon va o‘zbek tillaridagi sanoq tizimi semantik o‘xshashlik va
farqlarga ega.
Sanoq qo‘shimchalari obyektlarning hajmi va shakliga bog‘liq. Har ikkala
tilda ham sanoq qo‘shimchalari sanaladigan narsaning kattaligi, shakli va tabiati bilan
bog‘liq. Bu jihatlarni yuqoridagi jadvalda ko‘rishimiz mumkin.
Ikkala tilda ham sanoq qo‘shimchalari faqat aniq jismlarni emas, balki vaqt,
masofa, miqdor kabi abstrakt birliklarni ham anglatishi mumkin.
Yapon tilida: -kai (
回
) “martalab” ma’nosini bildiradi (ikki marta – ni-kai), -
nen (
年
) “yil” uchun ishlatiladi.
O‘zbek tilida: “marta”, “yil”, “soat”, “kun” kabi sanoq birliklari mavjud (“uch
marta”, “besh yil” va h.k.).
Yapon tilida 100 dan ortiq maxsus sanoq qo‘shimchalari mavjud bo‘lib, har
biri turli ob’ektlar uchun ishlatiladi. O‘zbek tilida esa sanoq birliklari unchalik ko‘p
emas va asosan “ta”, “nafar”, “bosh”, “juft”, “don” kabi umumiy qo‘shimchalardan
iborat. Yapon tilida ayrim sanoq qo‘shimchalari sonlarga qarab fonetik o‘zgarishga
uchraydi. Masalan,
一本
(ippon – 1 ta uzun narsa),
三本
(san-bon – 3 ta uzun narsa),
六本
(roppon – 6 ta uzun narsa) kabi shakllar mavjud. O‘zbek tilida bunday fonetik
o‘zgarishlar yo‘q, son va sanoq birliklari doimiy shaklda qoladi: “bir dona”, “uchta”,
“olti juft”.
Endi esa, sanoq qo‘shimchalarining real nutq jarayonida qanday
ishlatilishini – ularning pragmatik jihatlarini ko‘rib chiqamiz. Yapon tilida: bolalar
yoki norasmiy suhbatda “hitotsu, futatsu, mittsu” kabi sanoq tizimi ko‘proq
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–4_ Март –2025
93
ishlatiladi. O‘zbek tilida: bolalar tilida “bitta, ikkita, uchta” shakllari rasmiy
shakllarga nisbatan kengroq qo‘llanadi. Yapon tilida: noto‘g‘ri sanoq qo‘shimchasini
ishlatish ba’zan hazil yoki qo‘pol qabul qilinishi mumkin. Masalan, agar odamlarni
“ko” sanoq qo‘shimchasi bilan sanasangiz, bu odamni ashyodek ko‘rsatish deb
tushunilishi mumkin [5-6]. O‘zbek tilida esa pragmatik jihatdan noto‘g‘ri sanoq
qo‘shimchalari unchalik kuchli ta’sir qilmaydi, lekin “dona” so‘zi odamlar uchun
ishlatilsa, bu g‘alati eshitilishi mumkin.
Yapon tilida sanoq qo‘shimchalari nafaqat grammatik jihatdan, balki nutqiy
kontekstga qarab ham mos tanlanishi kerak. Martin (2004) ta’kidlaydiki, noto‘g‘ri
sanoq qo‘shimchasidan foydalanish ba’zan tushunmovchilikka sabab bo‘lishi yoki
nutqni rasmiy-norasmiy darajaga mos kelmaydigan shaklga keltirishi mumkin.
Masalan, insonlarni sanashda "-
人
(-nin)" sanoq qo‘shimchasi ishlatiladi (masalan,
san-nin – uch kishi), lekin agar noto‘g‘ri ravishda "-
個
(-ko)" kabi jonsiz buyumlar
uchun ishlatiladigan sanoq qo‘shimchasidan foydalanilsa, bu hurmatsizlik yoki
notabiiy nutq sifatida qabul qilinishi mumkin. Shuningdek, "-
本
(-hon)" sanoq
qo‘shimchasi odatda uzun va silindrsimon jismlar uchun ishlatiladi, biroq ichimliklar
sanalganda bu qo‘shimchaning noto‘g‘ri shaklda ishlatilishi nutqiy noqulaylik
tug‘dirishi mumkin. Bundan tashqari, Martin (2004) pragmatik jihatdan rasmiy va
norasmiy uslublar orasidagi farqlarga ham e’tibor qaratadi. Masalan, og‘zaki nutqda
bolalar yoki do‘stlar o‘rtasida "
一つ
(hitotsu),
二つ
(futatsu)" kabi umumiy sanoq
shakllari ishlatilsa ham, rasmiy vaziyatlarda aniq sanoq qo‘shimchalaridan
foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shunday qilib, yapon tilida sanoq
qo‘shimchalarining noto‘g‘ri qo‘llanilishi pragmatik jihatdan muhim rol o‘ynaydi. Bu
grammatik xatolikdan tashqari, nutq madaniyatiga ham ta’sir qiladi va ma’lum
holatlarda nojo‘ya yoki hazilomuz qabul qilinishi mumkin [7].
Xulosa qilib aytganda, ushbu maqolada yapon va o‘zbek tillaridagi sanoq
qo‘shimchalari qiyosiy tahlil qilindi. Yapon tilida ular predmetlarning shakli va turiga
bog‘liq holda o‘zgarib, aniq tasnifga ega bo‘lsa, o‘zbek tilida ular umumiyroq va
moslashuvchanroq qo‘llanadi. Semantik jihatdan yapon tilida sanoq qo‘shimchalari
aniq kategoriyalarga ajratilsa, o‘zbek tilida bunday qat’iy farqlar yo‘q. Pragmatik
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–4_ Март –2025
94
jihatdan esa yapon tilida rasmiy va norasmiy nutqda ularning qo‘llanilishi farqlanadi,
o‘zbek tilida esa bu kamroq kuzatiladi. Tadqiqot natijalari sanoq qo‘shimchalarining
til tizimidagi o‘rnini va ularning amaliy ahamiyatini chuqurroq tushunishga yordam
beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Xalmirzayeva, N. Yapon tili. – Toshkent: Fan va texnologiya nashriyoti, 2019. –
117 b.
2. Minna no Nihongo I. – Tokyo: 3A Corporation, 1998. – (11-dars).
3. G‘ulomov, A. O‘zbek tilida ko‘plik kategoriyasi. – Toshkent: Fan, 1994. – 89 b.
4. Xalmirzayeva, M. O‘zbek tilida sanash va sanoq birliklari tizimi. – Toshkent: Fan
nashriyoti, 2018. – 102 b.
5. Tsujimura, N. An Introduction to Japanese Linguistics. – 3rd ed. – Oxford: Wiley-
Blackwell, 2013. – 400 p.
6. Martin, S.E. A Reference Grammar of Japanese. – Honolulu: University of Hawaii
Press, 2004. – 120 b.
7. Iwasaki, S., & Horie, K. Japanese Numeral Classifiers and Pragmatics. – Tokyo:
University Press, 2015. – 215 b.