MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–4_ Март –2025
78
O‘ZBEK VA YAPON TILLARIDAGI KELISHIK TIZIMI:
QIYOSIY TAHLIL
Ilhomova Nozima
O‘zDJTU Sharq filologiya fakulteti
FYAP 2410-guruh talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘zbek va yapon tillaridagi kelishik
tizimi qiyosiy tahlil qilinadi. O‘zbek tilida kelishik maxsus qo‘shimchalar orqali
ifodalanadi, yapon tilida esa bu vazifani
格助詞
(kaku joshi) deb ataluvchi
partikllar bajaradi. Tadqiqot davomida ushbu ikki til tizimidagi grammatik
farqlar va o‘xshashliklar o‘rganiladi. Shuningdek, kelishik kategoriyasining
sintaktik va semantik jihatlari ham ko‘rib chiqiladi. Maqola natijalari yapon va
o‘zbek tillarining grammatik tuzilishini tushunishda hamda tarjima
jarayonlarida foydali bo‘lishi mumkin.
Kalit so‘zlar: O‘zbek tili, yapon tili, kelishik, partikllar, grammatik
tuzilma, tarjima, tilshunoslik.
Abstract: This article presents a comparative analysis of the case
system in Uzbek and Japanese. In Uzbek, case relations are expressed through
special suffixes, whereas in Japanese, this function is performed by
格助詞
(kaku joshi) particles. The study examines the grammatical similarities and
differences between these two linguistic systems. Additionally, the syntactic and
semantic aspects of case markers are analyzed. The findings of this study may
contribute to a better understanding of the grammatical structures of Uzbek and
Japanese and be useful in translation studies.
Key words: Uzbek language, japanese language, case system,
particles, grammatical structure, translation, linguistics.
Аннотация: В данной статье проводится сравнительный
анализ падежной системы в узбекском и японском языках. В узбекском
языке падеж выражается с помощью специальных аффиксов, тогда как в
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–4_ Март –2025
79
японском языке эту функцию выполняют частицы
格助詞
(каку жоши).В
исследовании рассматриваются грамматические сходства и различия
между этими двумя языковыми системами. Кроме того, анализируются
синтаксические и семантические аспекты падежных показателей.
Результаты данного исследования могут способствовать более
глубокому пониманию грамматической структуры узбекского и японского
языков, а также быть полезными в области переводоведения.
Ключевые слова: Узбекский язык, японский язык, падеж,
частицы, грамматическая структура, перевод, лингвистика.
Har bir tilning grammatik tuzilishi o‘ziga xos bo’lib, u tilshunoslik
nuqtai nazaridan qiziqarli tadqiqot obyekti hisoblanadi. O‘zbek va yapon tillari
kelib chiqishi jihatidan farqli bo‘lsa-da, ikkalasi ham agglutinativ tillar qatoriga
kiradi. Bu esa ularning grammatik tizimida muayyan o‘xshashliklarni yuzaga
keltiradi. Ushbu maqolada o‘zbek va yapon tillaridagi kelishik tizimi tahlil
qilinib, ularning grammatik o‘xshash va farqli jihatlari aniqlanadi.
O‘zbek tilida otlar gapda turli sintaktik vazifalarni bajarishi uchun
kelishik qo‘shimchalari ishlatiladi. Ular otning boshqa so‘zlar bilan
bog‘lanishini va gapdagi ma’nosini aniq belgilab beradi. O‘zbek tilida 6ta
kelishik mavjud:
1.
Bosh kelishik-otning qo‘shimchasiz shakli (kitob, bola, maktab).
2.
Qaratqich kelishigi(-ning)- egalik yoki qarashlilikni bildiradi
(kitobning muqovasi, bolaning do‘sti).
3.
Tushum kelishigi(-ni)- to‘g‘ri to‘ldiruvchini bildiradi (kitobni
o‘qimoq, do‘stini chaqirmoq).
4.
Jo‘nalish kelishigi(-ga,-ka,-qa)- yo‘nalish, maqsadni bildiradi
(maktabga borish, eshikka urilish, buyruqqa bo‘ysunish).
5.
O‘rin-payt kelishigi(-da)- joy yoki vaqtni bildiradi (uyda o‘tirish,
bahorda kelish).
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–4_ Март –2025
80
6.
Chiqish kelishigi(-dan)- chiqish, sabab yoki kelib chiqishni
bildiradi (maktabdan kelish, kasallikdan tuzalish) [1-2].
Yapon tili sintaktik jihatdan agglutinativ til bo‘lib, unda so‘zlar va
iboralar orasidagi grammatik munosabatlarni yordamchi so‘zlar- joshilar(
助詞
)
yordamida belgilanadi. Joshilar ichida eng muhim guruhlardan biri- kaku
joshilar(
格助詞
) bo‘lib, ular o‘zbek tilidagi kelishik qo‘shimchalari kabi ot yoki
ot so‘z turkumiga mansub so‘zlarni gap tarkibidagi boshqa so‘zlar bilan bog‘lash
vazifasini bajaradi [3]. Kaku joshilar gapdagi so‘zlarning sintaktik rolini aniqlab,
ularni fe’l yoki boshqa so‘zlar bilan bog‘lab kelishik ma’nolarini hosil qiladi [4-
5]. O‘zbek tilida bu vazifa asosan so‘z oxiriga qo‘shiladigan morfemalar orqali
bajarilsa, yapon tilida kaku joshilar alohida so‘z sifatida keladi va otlardan keyin
ishlatiladi.
Yapon tilida bir nechta asosiy kaku joshilar mavjud bo‘lib, ular
gapning turli qismlariga bog‘liq holda kelishik ma’nolarini bildiradi.
Kaku
joshi
O‘zbek
tilidagi
ekvivalenti
Vazifasi
Misol
が
(ga)
Kim? Nima?
(Nominativ
kelishik)
Gapning
egasini
bildiradi.
彼が来まし
た。
(Kare ga
kimashita.) –
U keldi.
を
(o)
Kimni?
Nimani?
(Tushum
kelishigi)
To‘g‘ridan-
to‘g‘ri
maqsadni
bildirad
本を読みま
す。
(Hon
o
yomimasu.) –
Kitob
o‘qiyman.
に
(ni)
Kimga?
Nimaga?
Qayerda?
Yo‘nalish,
qabul qiluvchi
学校に行き
ます。
(Gakkō
ni
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–4_ Март –2025
81
(Jo‘nalish /
O‘rin
kelishigi)
yoki
vaqtni
bildiradi.
ikimasu.)
–
Maktabga
boraman.
へ
(e)
Qayerga?
(Jo‘nalish
kelishigi)
Harakat
yo‘nalishini
bildiradi.
日本へ行き
ます。
(Nihon
e ikimasu.) –
Yaponiyaga
boraman.
で
(de)
Qayerda?
Nima bilan?
(O‘rin
/
Vosita
kelishigi)
Harakatning
sodir bo‘lish
joyi
yoki
vositasini
bildiradi.
図書館で勉
強します。
(Toshokan de
benkyō
shimasu.)
–
Kutubxonada
o‘qiyman.
から
(kara)
Qayerdan?
(Chiqish
kelishigi)
Harakatning
boshlanish
nuqtasini
bildiradi.
日本から来
ました。
(Nihon
kara
kimashita.) –
Yaponiyadan
keldim.
まで
(made)
Qayergacha?
Harakatning
chegarasini
bildiradi.
東京まで行
きます。
(Tōkyō made
ikimasu.)
–
Tokyogacha
boraman.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–4_ Март –2025
82
Bu qo‘shimchalar yapon tilining sintaktik tizimida markaziy o‘rin
tutadi va gap tuzilishining aniq ifodalanishini ta’minlaydi. S. Kuno ning “The
Structure of the Japanese Language” [5] asari yapon tilining grammatik va
sintaktik tuzilishini ilmiy asosda tahlil qiluvchi eng muhim manbalardan biri
hisoblanadi. Susumu Kuno o‘z tadqiqotida yapon tilining o‘ziga xos sintaktik
xususiyatlarini, jumladan, kelishik joshilar (
格助詞
, kaku joshilar) ning gap
tuzilishidagi rolini chuqur o‘rganadi. Bundan tashqari, S, E. Martinning “A
Reference Grammar of Japanese” manbaasi yapon tili morfologiyasi, sintaksisi
va semantikasi bo‘yicha keng qamrovli izlanish natijalarini o‘z ichiga olgan
bo‘lib, ayniqsa, kaku joshilar (
格助詞
) ning funksional jihatlarini o‘rganishda
muhim o‘rin tutadi.Martin o‘z tadqiqotida yapon tilidagi kelishik joshilarining
harakat fe’llari bilan o‘zaro aloqasini, ularning gap tarkibidagi sintaktik rolini va
ma’no nuqtayi nazaridan yuzaga keladigan o‘zgarishlarni batafsil yoritadi. U
yapon tilidagi egalik, harakat yo‘nalishi, vositalik va boshqa kelishik ma’nolari
ning qanday ifodalanishini izohlash bilan birga, turli misollar orqali ularning real
nutqda qanday qo‘llanilishini ham tahlil qiladi.
Har ikkala tilda kelishik qo‘shimchalari gapdagi so‘zlar orasidagi
grammatik bog‘lanishni belgilaydi. Ularning umumiy xususiyatlarini
quyidagicha ko‘rsatish mumkin:
1.
So‘z va gap tarkibidagi bog‘lovchilik vazifasi
*O‘zbek tilida: kitobni o’qidim( kitob- ot, -ni- tushum kelishigi,
o‘qidim-fe’l)
*Yapon tilida:
本を読みました。
(
本
– kitob,
を
– tushum kelishigi,
読みました
– o‘qidim). Ikkala til ham ega va to‘ldiruvchi orasidagi
munosabatni maxsus qo‘shimchalar orqali ifodalaydi.
2. Kim yoki nima haqida gap ketayotganini bildirishi
*O‘zbek tilida: Men uyga ketyapman. (-ga jo‘nalish kelishigi)
*Yapon tilida:
私は家へ行きます。
(
へ
– jo‘nalish kelishigi). Bu
kelishiklar harakatning yo‘nalishini yoki manzilini ko‘rsatish uchun ishlatiladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–4_ Март –2025
83
3. Vosita va o‘rin-payt kelishiklarining ishlatilishi
*O‘zbek tilida: Qalam bilan yozdim. (-bilan vosita kelishigi)
*Yapon tilida:
ペンで書きました。
(
で
– vosita kelishigi). Bu
jihatdan ikki til orasida grammatik jihatdan o‘xshashlik bor, chunki ikkisi ham
vosita yoki usulni bildirish uchun maxsus qo‘shimchalar (yoki partikllar)
ishlatadi.
O‘zbek va yapon tillari o‘rtasida ba’zi asosiy farqlar mavjud:
1. O‘zbek tilida kelishik qo‘shimchalari so‘zga qo‘shiladi, yapon tilida
esa alohida partikllar ishlatiladi
*O‘zbek tilida: kitobdan foydalandim. (kitob + -dan chiqish kelishigi)
*Yapon tilida:
本から学びました。
(
本
– kitob,
から
– chiqish
kelishigi,
学びました
– o‘rganmoq). Yapon tilida kelishik vazifasini bajaruvchi
birliklar (
助詞
– joshi) so‘zdan alohida yoziladi.
O‘zbek tilida 6 ta kelishik bor, yapon tilida esa turli grammatik
vazifalarga ega ko‘plab partikllar mavjud:
*O‘zbek tilida: qaratqich (-ning), tushum (-ni), jo‘nalish (-ga), chiqish
(-dan), o‘rin-payt (-da), vosita (-bilan)
*Yapon tilida:
が
(ega),
を
(tushum),
に
/
へ
(jo‘nalish),
で
(vosita/o‘rin),
から
(chiqish),
と
(bilan, birgalik)...[7]
Yapon tilidagi partikllar son jihatdan ko‘proq bo‘lib, ularning ba’zilari
o‘zbek tilida aniq mos keladigan shaklga ega emas.
3. Ba’zi yapon partikllarining o‘zbek tilida to‘g‘ridan-to‘g‘ri mosligi
yo‘q. Masalan,
は
(wa) mavzuni bildiradi, lekin o‘zbek tilida bunday aniq
qo‘shimcha yo‘q.
*O‘zbek tilida: Bugun havo yaxshi.
*Yapon tilida:
今日は天気がいいです。
(
今日は
– "bugun"
mavzusi,
が
– ega kelishigi,
いいです
– yaxshi). Yapon tilidagi
は
mavzuni
aniqlash uchun ishlatiladi, lekin o‘zbek tilida bu funksiyani maxsus kelishik
bilan ifodalash shart emas.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–4_ Март –2025
84
Qiyosiy jadval:
Kelishik
O‘zbek tilida
Yapon tilida
Qaratqich
Mening
kitobim
私の本
(
わた
しのほん
)
Tushum
Kitobni
o‘qidim
本を読みま
した。
(
ほん
をよみまし
た
)
Jo‘nalish
Uyga bordim
家へ行きま
した。
(
いえ
へいきまし
た
)
Chiqish
Maktabdan
keldim
学校から来
ました。
(
が
っこうから
きました
)
O‘rin-payt
Maktabda
o‘qiyman
学校で勉強
します。
(
が
っこうでべ
んきょうし
ます
)
Vosita
Qalam
bilan
yozdim
ペンで書き
ました。
(
ぺ
んでかきま
した
)
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–4_ Март –2025
85
O‘zbek va yapon tillari kelib chiqishi jihatidan farqli bo‘lsa-da, ularning
kelishik tizimlari ma’lum darajada o‘xshashliklarga ega. Har ikkala til ham
grammatik bog‘lanishni ta’minlash uchun kelishik qo‘shimchalaridan yoki
partikllardan foydalanadi. Biroq, yapon tilida bu birliklar mustaqil yozilsa,
o‘zbek tilida so‘zning o‘ziga qo‘shiladi. Bundan tashqari, yapon tilida ba’zi
partikllar mavzuni ifodalash yoki nozik grammatik farqlarni aniqlash uchun
ishlatiladi, bu esa o‘zbek tilida maxsus kelishik bilan ifodalanmaydi.
Kelishiklarning qiyosiy tahlili o‘zbek va yapon tillari orasidagi grammatik
farqlarni yanada chuqurroq tushunishga yordam beradi va til o‘rganishda
samarali yondashuvni shakllantiradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Madvaliyev, A., & Matchonov, M. (2006). O‘zbek tili grammatikasi.
Toshkent: O‘qituvchi.
2. Mahmudov, N., & Jo‘rayev, G. (2019). Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent:
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.
3. Shibatani, M. (1990). The Languages of Japan. Cambridge: Cambridge
University Press.
4. Tsujimura, N. (2014). An Introduction to Japanese Linguistics. Oxford:
Wiley-Blackwell.
5. Kuno, S. (1973). The Structure of the Japanese Language. Cambridge, MA:
The MIT Press.
6. Martin, S. E. (1975). A Reference Grammar of Japanese. New Haven, CT:
Yale University Press.
7. Kim, T. Tae Kim’s Guide to Learning Japanese. [Online resource]