MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–1_ Март –2025
275
SPORT BILAN SHUG’ULLANISH ORQALI STRESSNI
BOSHQARISH
Ergashaliyeva Shirinxon Soyibjon qizi
FarDU jismoniy ma’daniyat fakulteti jismoniy ma’daniyat yo’nalishi
2-kurs 23.45-guruh talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada sport bilan shugʻullanish stressni boshqarish
vositasi sifatida tahlil qilinadi. Jismoniy faollik inson organizmida stress
gormonlarini kamaytirishga, kayfiyatni yaxshilovchi endorfinlar ajralishiga va
umumiy psixologik holatni barqarorlashtirishga yordam berishi ilmiy asoslangan
dalillar bilan izohlanadi. Shuningdek, maqolada muntazam sport mashgʻulotlarining
stressga chidamlilikni oshirish, diqqatni jamlash va emotsional muvozanatni
saqlashdagi ahamiyati taʼkidlanadi.
Annotation: This article analyzes sports as a stress management tool. The
fact that physical activity helps to reduce stress hormones in the human div, the
release of endorphins that improve mood and stabilize the general psychological state
is explained by scientifically based evidence. The article also highlights the
importance of regular sports activities in increasing stress resistance, concentration
and maintaining emotional balance.
Aннотация: В этой статье анализируются занятия спортом как
средство
управления
стрессом.Научно
обоснованные
данные
свидетельствуют о том, что физическая активность способствует
снижению гормонов стресса в организме человека, высвобождению
эндорфинов, улучшающих настроение, стабилизации общего психологического
состояния. В статье также подчеркивается важность регулярных
спортивных тренировок для повышения стрессоустойчивости, концентрации
внимания и поддержания эмоционального баланса.
Stess- bu inson organizmining tashqi yoki ichki ta’sirlarga fiziologik va
psixologik javobidir. Stressning mexanizmlarini birinchi bo’lib, Gans Selye
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–1_ Март –2025
276
tavsiflagan. Uning fikricha stress, “organizmning har qanday talabga moslashish
sindromi”. Stress ikki asosiy turga bo’linadi: eustress va distress. Eustress- insonni
rag’batlantiradigan, motivatsiyani oshiradigan stress turi. Distress esa organizmning
haddan tashqari zo’riqishiga olib keluvchi, sog’lik uchun zararli hisoblanadi. Stress
organizmda gipotalamus-gipofiz-buyrak usti bezi o’qi orqali boshqariladi. Stressga
javoban organizmda quyidagi o’zgarishlar sodir bo’ladi: gipotalamus- signal qabul
qiladi va kortikotropin(CRH) gormonini chiqaradi. Gipofiz- adrenokortikotrop
gormon ( acth) ichlab chiqaradi. Buyrak usti bezlari- kortizol va adrenalin
gormonlarini ishlab chiqaradi. Kortizol organizmni yuqori tayyorgarlik holatiga olib
keladi lekin uzoq muddat ishlab chiqarilgan kortizol yurak-qon tomir kasalliklari,
immunitet zaiflashishi va ruhiy tushkunlikka sabab bo’ladi. Shiddat bilan
rivojlanayotgan hozirgi zamonda hayotning tezkor sur’ati, ish va shaxsiy hayotdagi
bosimlar stress darajasining oshishiga sabab bo’lmoqda. Stress uzoq davom etsa,
inson sog’ligiga, xususan, uning jismoniy va ruhiy salomatligiga salbiy ta’sir
ko’rsatadi. Bu kabi muammolarga qarshi kurashishning eng samarali usullaridan bir
bu- sport bilan doimiy shug’ullanishdir. Sport bilan shug’ullanish nafaqat tanani
chiniqtiradi, balki psixologik barqarorlikni ta’minlaydi. Sport mashg’ulotlari inson
organizmidagi stress garmonlarini kamaytirib, faollikni oshiruvchi garmonlarni
ko’payishiga olib keladi. Insonlarda stess paytida kortizol garmoni ko’p miqdorda
ishlab chiqariladi, bu esa jismoniy faollikni pasayishiga sabab bo’ladi. Sport
mashg’ulotlarini bajargan vaqtda esa ortiqcha to’plangan adrenalin garmoni
sarflanadi va bundan tashqari tanada endorfin ya’ni “baxt garmonlari” ajralib chiqadi.
Endorfin garmoni ko’p ishlab chiqarilishi natijasida sport mashg’ulotlari bilan
shug’ullanayotgan insonning kayfiyati ko’tariladi, har bir organi maksimal darajada
ishlashni boshlaydi.
Sport bilan muntazam shug’ullanish quyidagi psixologik foydalarni ham
ta’minlaydi:
stressga chidamlilikni oshiradi- jismoniy faollik orqali inson bardoshli
bo’ladi, yangi muhitga oson moslashadi;
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–1_ Март –2025
277
diqqat konsentratsiyasi yaxshilanadi- sport mashg’ulotlari miyaning qon
aylanishini yaxshilaydi va ish faoliyati samaradorligini oshiradi;
tinchlanish – sport bilan shug’ullangan inson o’zidagi salbiy energiyani
mashg’ulotlar orqali chiqarib yuboradi va ancha o’zini xotirjam his qiladi;
uyqu sifatini yaxshilaydi – mashg’ulotlardan so’ng tanadagi ortiqcha
energiya sarflanadi va bu insonning tezroq uyquga ketishiga hamda chuqur uxlashiga
yordam beradi;
o’z – o’zini qadrlash hissini shakllanishiga sabab bo’ladi- sport bilan
shug’ullangan insonning o’ziga bo’lgan ishonchi ortadi va atrofdagi muammolarni
hal qilishda aql bilan ish tutishni boshlaydi.
Har qanday sport turi inson salomatligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Aynan
insonda stressni kamaytirishda ko’proq samara beradigan sport mashg’ulotlari bor.
Ular quyidagilar: eng birinchisi yurish va yugurish – eng oddiy va samarali usul. Yoga
va meditatsiya- nafas olish va oliy asab tizimini tinchlanishiga katta yordam beradi.
Suzish- tana bo’shashiga yordam beradi va umumiy psixologik holatni yaxshilaydi.
Fitness- ortiqcha energiyani chiqarishga va ichki xotirjamlikka erishishning bir usuli
hisoblanadi. Aerobik mashqlar endorphin ajralishini oshiradi, bu esa kayfiyatni
ko’taradi va og’iqqa nisbatan sezuvchanlikni pasayishiga sabab bo’ladi. Velosiped
minish- gippokampus hajmini oshirishi mumkin, bu esa xotira va stressni boshqarish
qobiliyatini yaxshilaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Hayitov O. "Sport faoliyati psixologiyasi" – Toshkent, 2023.
2. Velilyaeva A.S. "Psixiatriya asoslari" – Samarqand, 2021.
3. Qodirov I., Shomansurova M. "Sport va psixologiya" – Toshkent, O‘zbekiston
Milliy universiteti nashriyoti, 2019.
4. Shodmonov Sh., Raxmonqulov S. "Tibbiyot psixologiyasi" – Toshkent, 2018.
5. Nishonov S. "Stress va uning oqibatlari" – Toshkent, 2020.
6. Naxalova Y.B. "Sog‘lom ruhiyat sari 10 qadam. Ruhiy stress va uning oqibatlari
bo‘yicha psixologik maslahatlar" – ScienceWeb.uz, 2022.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–1_ Март –2025
278
7. Sobirov J. "Sportning inson psixologiyasiga ta’siri" – O‘zbekiston davlat jismoniy
tarbiya va sport universiteti ilmiy to‘plami, 2021.
8. Ergashev U. "Stress va sport mashg‘ulotlari orqali uni kamaytirish usullari" –
Innovatsion ta’lim jurnali, 2020.
9. Murodova S. "Ekstremal vaziyatlarda stressni yengish strategiyalari" – Zamonaviy
psixologiya ilmiy jurnali, 2019.
10. Xo‘jayev O. "Jismoniy tarbiya va sport orqali inson psixologik barqarorligini
oshirish" – Ilmiy tadqiqotlar markazi to‘plami, 2023.
11. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi. "Sport
psixologiyasi bo‘yicha tavsiyalar" – e-library.uz