MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–1_ Март –2025
268
SPORT ETIKASI: G’ALABA VA MAG’LUBIYAT MADANIYATI
Ergashaliyeva Shirinxon Soyibjon qizi
FarDU jismoniy ma’daniyat fakulteti jismoniy ma’daniyat yo’nalishi
2-kurs 23.45-guruh talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada sport etikasi tushunchasi, xususan, gʻalaba
va magʻlubiyat madaniyati haqida soʻz boradi. Gʻalaba qozongan sportchilar uchun
kamtarlik va raqibga hurmat muhim ekanligi ta’kidlanadi. Shuningdek,
magʻlubiyatni munosib qabul qilish, sabr-toqat va o‘z ustida ishlash sportchining
axloqiy yetukligidan darak berishi tushuntiriladi. Sport nafaqat jismoniy kuch sinovi,
balki insoniy qadriyatlarni shakllantiruvchi muhim omil sifatida koʻrib chiqiladi.
Maqolada bu tamoyillarning sportdagi va hayotdagi ahamiyati yoritiladi.
Annotation: This article will talk about the concept of Sports Ethics, in
particular, the culture of victory and defeat. It is noted that humility and respect for
the opponent are important for athletes who have won. It is also explained that a
worthy acceptance of defeat, patience and work on oneself indicate the moral
maturity of the athlete. Sport is considered not only as a test of physical strength, but
also as an important factor that shapes human values. The article highlights the
importance of these principles in sports and in life.
Aннотация: Переводчикэта статья посвящена концепции спортивной
этики, в частности культуре побед и поражений. Подчеркивается, что для
спортсменов-победителей важны смирение и уважение к сопернику. Также
объясняется, что адекватное принятие поражения, терпение и работа над
собой свидетельствуют о моральной зрелости спортсмена. Спорт
рассматривается не только как испытание физической силы, но и как важный
фактор формирования человеческих ценностей. В статье будет освещено
значение этих принципов в спорте и жизни.
Sport nafaqat jismoniy faollik, balki sportchilarning axloqiy va ruhiy
yetukligini shakllantiruvchi muhim vositalardan biri hisoblanadi. Har bir sport bilan
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–1_ Март –2025
269
shug’ullanuvchi sportchi doimo g’alabaga intiladi, ammo bu yo’lda sportning etikasi
va axloqiy qoidalariga amal qilishga majbur. G’alabaning ham, mag’lubiyatning ham
o’ziga yarasha etikasi mavjud.
G’alabaning etikasi quyidagilar:
1.
Tavozelik – g’alaba qozongan sportchi o’zining ustunligini boshqalarga
yaqqol namoyish qilishi yoki raqibni kamsitishi sport etikasiga zid hisoblanadi.
Haqiqiy sportchi o’z muvaffaqiyatini kamtarlik bilan qabul qiladi va o’z raqibini
hurmat bilan munosabatda bo’ladi;
2.
O’rnak bo’lish –g’alaba haqiqiy sportni sevguvchi, doimiy ravishda o’z
ustida ishlovchi sportchilar uchun ilhom manbai bo’ladi. Har bir sportchi o’zining
muvaffaqiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalarga namuna bo’lishi lozim;
3.
Hurmat – sportchi nafaqat o’z yaqinlarini, hakamlarni ham va hattoki
raqibini ham hurmat qilishi kerak va bu ham har bir sportchi uchun muhim
hisoblanadi;
4.
Minnatdorchilik – sportchi g’alabaga erishishda nafaqat o’zining shaxsiy
mehnati va balki murabbiysi, ota-ona va yaqinlari, jamoadoshlari, uni qo’llab-
quvvatlovchi muxlislarining ham o’rni, hissasi borligini his qilishi va ularga bildirgan
ishonchlari uchun minnatdorchilik bildirishi lozim;
Mag’lubiyat tamoyillari- sabr va matonat, raqibni tabriklash, xatolarni tahlil
qilish, emotsiyalarni boshqarish va boshqalar. Har bir tamoyilni o’z tavsifi mavjud.
Masalan: sabr va matonat- sportda sportchi doim g’alaba qozonmaydi, o’z navbatida
mag’lubiyat ham bo’lib turadi. Bunday vaziyatda muhimi sportchi mag’lubiyatga
to’g’ri munosabatda bo’lishi, xatolari va o’z ustida ishlashi lozim. Mag’lubiyatga
uchraganda har qanday sportchida ham ruhiy sinish, siqilish bo’lishini anglagan
holatda yanada kuchli bo’lishga harakat qilishi kerak. Raqibni g’alabasi bilan
tabriklash- haqiqiy sportchi uchun eng kerakli omil hisoblanadi. Bu orqali sportchi
raqibini tabriklash bilan birga, uning mehnatini e’tirof aytadi. Emotsiyalarni
boshqarish – jahl, jizzachilik, g’azab kabi emotsional holatlar har bir odamda mavjud
lekin haqiqiy sportchi jahl, ranjish va turli bahsli vaziyatlarda o’zini bosa oladi, unga
kelayotgan nohush holatlar va mag’lubiyatni xotirjamlik va kelajakdagi g’alabalarga
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–1_ Март –2025
270
ishongan holatda qabul qiladi. Xatolarni tahlil qilish – mag’lubiyatlarni muvaffaqiyat
sari qo’yilayotgan eng ishonchli va mustahkam qadamlar sifatida qabul qilgan, o’z
xatolarini ko’ra olgan sportchigina eng ulkan marralarni zabt eta oladi.
G’alaba va mag’lubiyatga uchragan vaziyatlarda sportchilar o’zini qanday
tutishi haqida juda ko’p olimlar o’zining mashhur kitoblarida ham bayon qilishgan.
Xususan, Aristotel o’zining “O’rtacha yo’l” konsepsiyasiga ko’ra: “haddan tashqari
mag’rurlik yoki haddan tashqari tushkunlik yomonlik belgilaridir. Sportchi haddan
tashqari o’zini yuqori tutmasligi, shuningdek, mag’lubiyatni juda ham og’ir qabul
qilmasligi lozim” – deya ta’kidlaydi. Immanuil Kant esa “ inson o’z harakatlarini
shunday yo’naltirishi kerakki, bu harakatlar universal axloqiy me’yorlarga mos
kelsin. Ya’ni agar barcha sportchilar mag’lubiyatni to’g’ri qabul qilsa va g’alabadan
so’ng hurmatli bo’lsa sport madaniyati yanada yuksaladi”- deb aytib o’tgan. Olimpia
o’yinlarining asoschilaridan biri Pierre de Coubertin sport etikasi va halollik g’oyalari
bilan quyidagi mashhur fikrni bildirgan: “Muhimi – g’alaba emas, balki
qatnashishdir; muhim bo’lgan narsa – yutish emas, balki kurashishdir”.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Olimov S., Karimov B. Sport va axloqiy qadriyatlar. – Toshkent: Fan, 2020.
2. Xudoyberganov N. Sport etikasi va odob qoidalari. – Toshkent: Yangi asr avlodi,
2018.
3. International Olympic Committee (IOC). Olympic Values and Ethics in Sport. –
Lausanne, 2016.
4. Gʻafurova D. Sport pedagogikasi va tarbiya asoslari. – Toshkent: Sharq, 2019.
5. Murodov A. Gʻalaba va magʻlubiyat madaniyati: sport psixologiyasi nuqtayi
nazaridan. – Samarqand: Zarafshon, 2021.
6. Nazarov, Q. N. (2018). Oʻzbek sportchilari: Gʻalaba sari yoʻl. Toshkent: Fan.
7. Yusupov, B. R. (2020). Sport etikasi: nazariya va amaliyot. Toshkent: Universitet
nashriyoti.
8. Xudayberganov, A. H. (2019). Oʻzbekistonda sport madaniyati va uning
rivojlanishi. Toshkent: Ma'naviyat.