Authors

  • Ergashaliyeva Shirinxon Soyibjon qizi

Author Biography

  • Ergashaliyeva Shirinxon Soyibjon qizi

    FarDU jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy ma’daniyat yo’nalishi

    2-kurs 23.45-guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.119477

Abstract

Maqolada sport sohasida gender tengligining dolzarbligi, mavjud muammolar va ularni hal etish yo‘llari yoritiladi. Ayollar va erkaklar sportidagi tengsizliklar, jumladan, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, media e’tibori va professional imkoniyatlardagi tafovutlar ko‘rib chiqiladi. Xalqaro tashkilotlar va hukumatlar tomonidan gender tengligini ta’minlash uchun olib borilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilinib, sportda inklyuzivlikni oshirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Maqola sportning gender stereotiplarini yengish va ijtimoiy tenglikni mustahkamlashdagi o‘rnini ham ko‘rsatib beradi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–1_ Март –2025

271

SPORT VA GENDER TENGLIGI

Ergashaliyeva Shirinxon Soyibjon qizi

FarDU jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy ma’daniyat yo’nalishi

2-kurs 23.45-guruh talabasi

Annotatsiya: Maqolada sport sohasida gender tengligining dolzarbligi,

mavjud muammolar va ularni hal etish yo‘llari yoritiladi. Ayollar va erkaklar

sportidagi tengsizliklar, jumladan, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, media e’tibori va

professional imkoniyatlardagi tafovutlar ko‘rib chiqiladi. Xalqaro tashkilotlar va

hukumatlar tomonidan gender tengligini ta’minlash uchun olib borilayotgan chora-

tadbirlar tahlil qilinib, sportda inklyuzivlikni oshirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.

Maqola sportning gender stereotiplarini yengish va ijtimoiy tenglikni

mustahkamlashdagi o‘rnini ham ko‘rsatib beradi.

Annotation: The translation program highlights the relevance of gender

equality in the field of sports, existing problems and ways to solve them. Inequalities

in women's and men's sports are addressed, including differences in financial

support, media attention, and professional opportunities. Measures taken by

international organizations and governments to promote gender equality are

analyzed and recommendations are made to increase inclusion in sport. The article

will also show the role of sports in overcoming gender stereotypes and strengthening

social equality

Aннотация: Переводстатья освещает актуальность гендерного

равенства в спорте, актуальные проблемы и пути их решения. Будет

рассмотрено неравенство в женском и мужском спорте, включая неравенство

в финансовой поддержке, внимании СМИ и профессиональных возможностях.

Будут проанализированы меры, предпринимаемые международными

организациями и правительствами для обеспечения гендерного равенства, и

даны рекомендации по повышению инклюзивности в спорте. Статья также


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–1_ Март –2025

272

показывает роль спорта в преодолении гендерных стереотипов и укреплении

социального равенства.

Sport jamiyatning ajralmas qismi hisoblanib, u inson salomatligini

mustahkamlash va insonlar o’rtasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga, ijtimoiy

faollikni oshirishga xizmat qiladi. Biroq, sportda gender tengligi masalasi hali ham

dolzarb hisoblanadi. Ayollar va erkaklar sportidagi moliyaviy, media va jamiyat

tomonidan qabul qilinish borasidagi tafovutlar sezilarlidir. Ayollar sporti erkaklar

sportiga nisbatan kamroq moliyaviy qo’llab-quvvatlanadi. Buni ularning

maoshlarida, homiylik shartnomalarida, mukofot pullarida ko’rishimiz mumkin.

Jamiyatda ayrim sport turlarini “erkaklar” yoki “ayollar ” sporti sifatida ajratish

mavjud. Masalan: gimnastika, figurali uchish ko’proq ayollar bilan bog’lanadi. Boks,

futbol, kurash kabi sport turlari esa erkaklar sporti deya qaraladi. Bu esa erkaklar va

ayollarning sportdagi faoliyatini cheklanishiga olib keladi. Tadqiqotlarga ko’ra, sport

ommaviy axborot vositalarida yoritilishida ayollar sportiga nisbatan erkaklar sport

turini ommalashtirish yuqori, ko’pgina sport yangiliklari erkak sportchilarga

bag’ishlangan bo’lib, ayollar sportining ommalashishiga to’sqinlik qilmoqda.

O’zbekistonda sport sohasida gender tengligini ta’minlash borasida juda

ko’plab sezilarli islohotlar olib borilmoqda. 2019- yil 2-sentabrda “Xotin-qizlar va

erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to’g’risida” gi qonun qabul

qilindi, bu esa gender tengligini ta’minlashda muhim asos bo’lib xizmat qilmoqda.

Jahon bankining “Ayollar, biznes va qonun 2024” indeksida O’zbekiston maksimal

100 balldan 82,5 ball to’plab Markaziy Osiyoda eng yaxshi natijani qayd etdi.

Sportdagi gender tengligi bo’yicha muammolarni hal qilishda inklyuzivlikni

oshirish zarur hisoblanadi. Sportda inklyuzivlikni ta’minlash- bu nafaqat nogironlar,

ayollar va erkaklar o’rtasidagi tafovutni hal qilishga qaratilgan, balki har kimning

sportga kirish huquqini ta’minlashga qaratilgan yondashuvdir. Inklyuziv sport-

hamjamiyatni birlashtiradi, ijtimoiy integratsiyani kuchaytiradi va yurtimizdagi turli

qatlamlar o’rtasidagi tushunish va his qilishni, hurmatni oshiradi. Sport sohasida

inklyuzivlikni oshirish bo’yicha quyidagi amaliy islohotlarni o’tkazish mumkin:

-

gender tengligini ta’minlovchi qonunlarni kuchaytirish;


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–1_ Март –2025

273

-

eski qotib qolgan stereotiplarni bartaraf etish;

-

sport, nafaqat g’alaba va mag’lubiyat uchun emas va balki sog’lom

turmush tarzi uchun kerakligini aholining barcha qatlamiga tushuntirish;

-

nogironlar sportini rivojlantirish bo’yicha maxsus dasturlarni yaratish;

-

ijtimoiy tarmoqlarda inklyuziv sportning ahamiyati haqida batafsil

ma’lumotlar berish. Xususan, bu bo’yicha maxsus videoroliklar tayyorlash;

-

sportda inklyuzivlik bo’yicha ta’lim dasturlarini yo’lga qo’yish;

-

yangi ishlab chiqilgan dasturlarni amalda qo’llash uchun homiylarni lab

qilish;

-

imkoniyati cheklangan sportchilar uchun maxsus grantlar va

stipendiyalar ajratish;

-

mahalliy darajada ochiq sport maydonchalarini yaratish;

-

jins va imkoniyatlar bo’yicha aralash jamoalarni tashkil qilish – bu o’z

navbatida tenglik va hamkorlik madaniyatini shakllantiradi.

-

murabbiy va hakamlik tizimida teng imkoniyatlarni yaratish ya’ni

ayollar va imkoniyati cheklangan shaxslarni murabbiylik va hakamlik kurslariga jalb

qilish, o’qib bitirganlar va bu borada muvaffaqiyatga erishganlarni ham rahbarlik

lavozimlariga qabul qilish.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Olimov S., Karimov B. Sport va axloqiy qadriyatlar. – Toshkent: Fan, 2020.

2. Xudoyberganov N. Sport etikasi va odob qoidalari. – Toshkent: Yangi asr avlodi,

2018.

3. International Olympic Committee (IOC). Olympic Values and Ethics in Sport. –

Lausanne, 2016.

4. Gʻafurova D. Sport pedagogikasi va tarbiya asoslari. – Toshkent: Sharq, 2019.

5. Murodov A. Gʻalaba va magʻlubiyat madaniyati: sport psixologiyasi nuqtayi

nazaridan. – Samarqand: Zarafshon, 2021.

6. Nazarov, Q. N. (2018). Oʻzbek sportchilari: Gʻalaba sari yoʻl. Toshkent: Fan.

7. Yusupov, B. R. (2020). Sport etikasi: nazariya va amaliyot. Toshkent: Universitet

nashriyoti.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–1_ Март –2025

274

8. Xudayberganov, A. H. (2019). Oʻzbekistonda sport madaniyati va uning

rivojlanishi. Toshkent: Ma'naviyat.