MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–1_ Март –2025
279
SPORTDAGI KORRUPSIYA VA DOPING MUAMMOSI
Ergashaliyeva Shirinxon Soyibjon qizi
FarDU jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat yo’nalishi
2-kurs 23.45-guruh talabasi
Annotatsiya: Korrupsiya sportning adolat tamoyillariga putur yetkazib,
moliyaviy firibgarlik, kelishilgan o‘yinlar va mansabdor shaxslarning suiiste’moli
kabi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Doping esa sportchilarning g‘alabaga
noqonuniy yo‘l bilan erishishiga sabab bo‘lib, nafaqat adolatli raqobatga, balki
sportchilarning sog‘lig‘iga ham jiddiy xavf tug‘diradi. Maqolada ushbu
muammolarning sabablari, oqibatlari va ularni bartaraf etish bo‘yicha xalqaro
tashkilotlarning sa’y-harakatlari haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, sportning
pokligini saqlash uchun amalga oshirilayotgan qonuniy choralar ham tahlil qilinadi.
Annotation: Corruption is manifested in manifestations such as
compromising the principles of Justice of the sport, financial fraud, agreed-upon
games, and abuse of officials. Doping, on the other hand, causes athletes to achieve
victory in an illegal way, posing a serious threat not only to fair competition, but also
to the health of athletes. The article reflects on the causes, consequences of these
problems and the efforts of international organizations to eliminate them. Legal
measures being taken to maintain the purity of the sport are also analyzed.
Aннотация: Коррупция подрывает принципы справедливости в спорте,
проявляясь в таких проявлениях, как финансовое мошенничество,
согласованные игры и злоупотребления должностными лицами. Допинг, с
другой стороны, заставляет спортсменов добиваться победы незаконным
путем, создавая серьезную угрозу не только для честной конкуренции, но и для
здоровья спортсменов. В статье рассматриваются причины, последствия
этих проблем и усилия международных организаций по их преодолению. Также
будут проанализированы правовые меры, предпринимаемые для поддержания
чистоты спорта.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–1_ Март –2025
280
Sport hayotimizda faqat jismoniy harakat yoki faollik eams balki adolat,
halollik va mehnatsevarlik timsoli hamdir. So’ngi yillarda sportning har qaysi
sohasida korrupsiya va doping kabi salbiy holatlar keng tarqalib ketdi. Bu kabi illatlar
sportning asl qadriyatlariga putur yetkazmoqda. Sportdagi korrupsiya – bu noqonuniy
moliyaviy operatsiyalar, kelishilgan o’yinlar, mansabdor shaxslarning suiste’moli va
boshqa nohalol harakatlarni o’z ichiga oladi. Doping esa sportchilarning jismoniy
imkoniyatlarini sun’iy ravishda oshirish maqsadida taqiqlangan dorilar va usullardan
foydalanishidir. Bu kabi amaliyotlar xalqaro sport tamoyillariga zid hisoblanib,
sportning adolatli raqobat mexanizmlarini buzadi.
Korrupsiya kirib borgan har qaysi soha izdan chiqishni boshlaydi. Sport
sohasida korrupsiyaning avj olib ketishining bir necha omillari bo’lib, ular : nazorat
mexanizmlarining sustligi, mansabdor shaxslarning o’z vakolatlarini suiite’mol
qilishi, sport tashkilotlarida shaffoflikning yetishmasligi, katta moliyaviy manfaatlar
va boshqalardir. Korrupsiyaning sport sohasiga kirib kelishi insonlarning sportga
bo’lgan ishonchini susayishiga, halol sportchilarning adolatsizlik qurboni
bo’lishlariga, moliyaviy firibgarliklarning sport rivojiga to’sqinlik qilishiga,
kelishilgan o’yinlar oqibatida muxlislarning qiziqishini so’nishiga olib kelmoqda.
Sportda korrupsiya holatlari aniqlansa, turli darajalarda chora ko’riladi. Chora-
tadbirlarni qay birini qo’llash jinoyatning darajasiga bog’liq. Dastlab, tergov va
tekshiruv olib boriladi. Agar sportchi yoki murabbiy korrupsiyaga aloqador deb
topilsa, ular musobaqalardan chetlatiladi, ba’zi holatlarda esa umrbod ta’qiqlanadi.
Ayrim holatlarda korrupsiya davlat qonunlarini buzish deb topilib, aybdorlar sudga
tortiladi va qamoq jazosi olishi mumkin. Agar match yoki musobaqa natijalari
kelishilgan bo’lsa, ular bekor qilinishi va mukofot pullari qaytarilishi mumkin. Sport
tashkilotlarida korrupsiya holatlari yuz bersa, rahbariyat o’zgartirilishi va tizimga
islohotlar kiritilishi mumkin. Bu kabi holatlarda tegishli rahbar yoki lavozim egasi,
mansabdor shaxs lavozmidan ozod etiladi. Boshqaruv tizimi ko’rib chiqiladi, yangi
o’zgarishlar kiritiladi va qatiiy talablar qo’yiladi.
Doping - doimiy g’alaba qozonish uchun vosita hisoblanmaydi. Bir
marotaba g’alaba keltirgan narsa har doim foyda keltiradi degani emas. Mehnat qilish,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–1_ Март –2025
281
o’z ustida ishlash, xatolarni tahlil qilib borish orqaligina ko’p marotaba g’alaba
qozonish mumkin. Doping sportchilarning sog’ligiga jiddiy zarar yetkazadi. Sport
musobaqalarining obro’sini tushiradi. Sportchilar o’rtasida nohalol raqobatni
kuchayishiga olib keladi. Musobaqa natijalari sun’iy ravishda o’zgaradi. Dopingni har
xil turlari mavjud: stimulyatorlar- asab tizimini qo’zg’atib, charchqoni kamaytiradi.
Stimulyatorlarga: kofein, amfetaminlar kiradi. Anabolik steroidlar- mushak massasini
oshirish uchun ishlatiladi. Eritropoetin – qon tarkibini o’rgartirib, chidamlilikni
oshiradi. Diuretiklar- organizmdan suyuqlikni chiqarib, vazn yo’qotish yoki doping
izlarini yashirish uchun ishlatiladi. Gormonlar- o’sish gormoni yoki insulin kabi
moddalar sport natijalarini yaxshilash uchun qo’llaniladi.
Korrupsiya va dopingga qarshi kurashish uchun xalqaro va milliy
darajada ko’plab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jahon Antidoping Agentligi
tomonidan doping sinovlarini muntazam o’tkazilmoqda. Bu kabi muammolarni hal
qilish uchun qat’iy nazorat, adolatli qoidalar va halollik tamoyillariga asoslangan
yondashuv zarur.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Abdullayev, D.N. (2024). Globallashuv jarayonida talabalar sporti va jismoniy
tarbiya ta'limining dolzarb muammolari va yechimlari. Respublika ilmiy-nazariy
anjumani materiallari. Urganch davlat pedagogika instituti.
2. Kurbanova, Sh.N. (2022). O'spirinlik davrining o'ziga xos psixologik xususiyatlari.
Innovation in the Modern Education System xalqaro ilmiy konferensiyasi
materiallari. Vashington, AQSh.
3. Tursunpulatova, G.N. (2022). Oybkning ilmiy faoliyati tavsifi. Innovation in the
Modern Education System xalqaro ilmiy konferensiyasi materiallari. Vashington,
AQSh.
4.
Magrupova,
Z.A.
(2022).
O'zbekiston
davlat
boshqaruv
tizimini
takomillashtirishning dolzarb masalalari. Innovation in the Modern Education System
xalqaro ilmiy konferensiyasi materiallari. Vashington, AQSh.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–1_ Март –2025
282
5. Pardaev, S.A. (2022). Ma'naviy-ma'rifiy ishlar jarayonida ijtimoiy-pedagogik
jarayon. Innovation in the Modern Education System xalqaro ilmiy konferensiyasi
materiallari. Vashington, AQSh.
6.Eshnazarov, J. (2008). Jismoniy madaniyat tarixi va boshqarish. Toshkent: Fan va
texnologiya nashriyoti.