MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–2_ Февраль –2025
203
FUQAROLIK HUQUQI TUSHUNCHASI VA UNING JAMIYATDA
TUTGAN ÓRNI.FUQAROLARNING HUQUQ VA ERKINLIKLARINING
HUQUQIY POYDEVORI
Azirbaev Salamat Kuanishbaevich
Qoraqalpoq davlat universiteti yurisprudensiya tálim yónalishi yuridika
fakulteti 3-kurs talabasi.
Tel raqami: +998 90 700-68-62
Email:
Annotaciya: Bu maqolada fuqarolik huquqi tushunchasi haqida va
davlatimizda amalga oshirilyotgan islohotlar.Ijtimoiy munosabatlarni qonun
doirasida tartibga solish.Jamiyatimizda fuqarolarning huquq va erkinliklari qanday
himoya qilinishi haqida.
Kalit sózlar: fuqarolik huquq, davlat, jamiyat, huquq va erkinliklar, predmet,
tizim, Ijtimoiy munosabatlar.
Kirish
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar fuqarolik muomalasi
ishtirokchilari bilan boǵliq munosabatlarni huquqiy tartibga solish bilan bevosita
boǵliqdir. Bozor munosabatlariga ótish, iqtisodiyotda xususiy mulkning mavqeyini
oshirish, xususiy mulkdorlar sinfini shakllantirish, tadbirkorlik faoliyatiga keng yól
ochib berish, bozor infratuzilmasi institutlarini tashkil etish, raqobat muhitini
shakllantinsh, tadbirkorlik faoliyati subyektlari huquq va manfaatlarini himoya qilish
ayni kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Huquq nazariyasidan bizga málumki, kishilar muayyan jámiyatda, muayyan
davlatda bir-birlari bilan ózaro ijtimoiy munosabatlarga kirishgan holda yashaydilar.
Ushbu ijtimoiy munosabatlar orqali ular ózlarining moddiy, mánaviy va boshqa
ehtiyojlarini qanoatlantiradilar, va óz imkoniyatlarini róyobga chiqaradilar. Bunday
ózaro munosabatlarni tartibga soluvchi xulq-atvor va xatti-harakat qoidalarining
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–2_ Февраль –2025
204
turlicha modellari ótmishda mavjud bolgan. Masalan, bularning eng ibtidoiy shakli:
”
órmon qonuni
” deb ataladi.
1
Bunda kuchli shaxs boshqalar uchun xatti-harakat qoidalarini belgilaydi.
Boshqalar kuchli shaxsga xizmat qiladilar, kuchli shaxs erk-irodasi ushbu
munosabatlar xarakterin belgilovchi asosiy ommil hisoblanadi.
Asosiy bólim
Mamlakatimiz milliy huquq tizimidagi yetakshi huquq tarmoqlaridan biri
bólib fuqarolik huquqi hisoblanadi. Fuqarolik huquqi mamlakatimizda bozor
munosabatlari keng rivojlanayotgan fuqarolik jamiyati shakllanayotgan, kishilarni
imkoniyatlarini róyobga chiqarishni ta’minlash maqsadlarida mulkiy munosabatlarni
hamda mulkiy xarakterda bólmagan shaxsiy munosabatlarni tartibga solish,
mustahkamlashga qaratilgan huquqiy normalar yiǵindisidan iboratdir.
Boshqacha qilib avtganda, fuqarolik huquqi - huquqiy jihatdan tenglikka,
mulkiy jihatdan mustaqilikka va erk muhtoriyatiga asoslangan subyektlar órtasidagi
mulkiy va shaxsiy-nomulkiy munosabatlarni tartibga soladigan hamda
mustahkamlaydigan huquqiy normalar yig‘indisidir.
2
Jámiyatda barcha huquq sohalari yagona huquq tizimini tashkil etadi. Ushbu
huquq sohalari odatda ikki asosiy huquq tizimilariga ajratiladi: ommaviy huquq va
xususiy huquq tizimlari.Ommaviy huquq tarkibiga kirgan huquq sohalari tomonidan
tartibga solinadigan munosabatlar tikka chiziq (vertikal) ahamiyatga ega bo‘lgan,
yáni bir tarafning ikkinchi tarafga mámuriy bo'ysunishiga asoslangan
munosabatlardan iborat.
Fuqarolik huquqi bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar fuqarolik
huquqi fanining predmetini tashkil etadi.
Birinchidan, bu munosabatlar mulkiy munosabatlar bo‘lib, ular mol-mulk,
moddiy boyliklar bilan bog‘liq holda vujudga keladi.
Ikkinchidan, bu munosabatlar mulk bilan bog‘liq shaxsiy nomulkiy
munosabatlar hisoblanib, ayrim hollarda ular mulkiy munosabatlar bilan boǵliq
1
NamDU-ARM-371-Fuqorolik_huquqi.
2
Fuqarolik huquqi darslik 2017-yil TDYU
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–2_ Февраль –2025
205
bolmaydi. Ana shu ikkita guruh munosabatlari fuqarolik huquqining predmeti
hisoblanadi.
Har
ikkala
guruh
munosabatlarini
ushbu
munosabatlar
ishtirokchilarining tengligi, erkinligi, daxlsizligi, mulkiy mustaqilligi, ularning
xususiy ishlariga biror-bir kishining ózboshimchalik bilan aralashishiga yól
qóyilmasligidan kelib chiqadigan holat birlashtiradi. Boshqacha aytganda, bu
munosabatlar xususiy huquq subyektlari órtasida vujudga keladigan xususiy
munosabatlardir.
3
Fuqarolik qonunchiligi ular tomonidan tartibga solinadigan munosabatlar
ishtirokchilarining tengligini e’tirof etishga, mulkning daxlsizligiga, shartnomaning
erkinligiga, xususiy ishlarga biron-bir kishining o‘zboshimchalik bilan aralashishiga
yo‘l qo‘yilmasligiga, fuqarolik huquqlari to‘sqinliksiz amalga oshirilishini, buzilgan
huquqlar tiklanishini, ularning sud orqali himoya qilinishini ta’minlash zarurligiga
asoslanadi.
Fuqarolar (jismoniy shaxslar) va yuridik shaxslar o‘z fuqarolik huquqlariga
o‘z erklariga muvofiq ega bo‘ladilar va bu huquqlarini o‘z manfaatlarini ko‘zlab
amalga oshiradilar. Ular shartnoma asosida o‘z huquq va burchlarini belgilashda va
qonunchilikka zid bo‘lmagan har qanday shartnoma shartlarini aniqlashda erkindirlar.
Tovarlar, xizmatlar va moliyaviy mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasining
butun hududida erkin harakatda bo‘ladi.
4
Xavfsizlikni ta’minlash, insonlarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish,
tabiatni va madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish uchun zarur bo‘lsa, tovarlar
va xizmatlar harakatda bo‘lishini cheklash qonunchilikka muvofiq joriy etilishi
mumkin.
Xulosa
Fuqarolik huquqi — bu fuqarolarning shaxsiy, mulkiy, oilaviy va boshqa
huquqlarini belgilab, ularni himoya qilish va tartibga solish uchun mo‘ljallangan
huquqiy tizimdir. U jamiyatda har bir shaxsning erkin va adolatli yashashi uchun
zaruriy shart-sharoitlarni yaratadi. Fuqarolik huquqi doirasida, shaxsning óz
3
Fuqorolik huquqi umumiy qism 2011-yil Toshkent
4
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. Umumiy qism 1995
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–2_ Февраль –2025
206
huquqlarini amalga oshirishda tósiqlarsiz harakat qilish huquqi himoya
qilinadi.Jamiyatda fuqarolik huquqi jamiyatning tinchligi va tartibini saqlash,
iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish va huquqiy davlatning asoslarini shakllantirishda
muhim rol óynaydi. Fuqarolik huquqi, shuningdek, fuqarolarga óz mulkiy va shaxsiy
huquqlarini himoya qilish imkoniyatini beradi. Uning samarali ishlashi, jámiyatda
adolat va tenglikni táminlashga, shuningdek, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikka
xizmat qiladi.
Shu tarzda, fuqarolik huquqi nafaqat har bir fuqaroning huquqlarini himoya
qilish, balki jamiyatda adolatli tizimning shakllanishiga ham hissa qo‘shadi.
REFERENCES
1)
Fuqarolik huquqi: Darslik. I qism. Mualliflar jamoasi. O'zbekiston Respublikasida
xizmat ko'rsatgan yurist, prof. O.Oqyulovning umumiy taliriri ostida. - Т.: TDYU
nashriyoti. 2017. — 311 bet.
2)
Fuqarolik huquqi: [o‘quv qóllanma]. umumiy qism / R.Dj.Ruziyev, V.R.
Topildiyev; mas’ul muharrir В.В. Samarxo‘jayev. —T.: ChoMpon nomidagi
nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 201 1. —624 b. I. Topildiyev, Vohid Raximovich.
3)
O‘zbekiston Respublikasi. (1995). O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik
kodeksi. Umumiy qism Lex.uz.