Вот несколько советов о том, как посмотреть или записаться на прием по наращиванию волос на немецком языке.

CC BY f
63-64
53
30
Поделиться
Юлдашева, М., & Муминова, А. (2022). Вот несколько советов о том, как посмотреть или записаться на прием по наращиванию волос на немецком языке. Современные лингвистические исследования: зарубежный опыт, перспективные исследования и инновационные методы преподавания языков, (1), 63–64. https://doi.org/10.47689/linguistic-research-vol-iss1-pp63-64
М Юлдашева, Самаркандский государственный институт иностранных языков

magistranti

А Муминова, Самаркандский государственный институт иностранных языков

PhD

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Этот тезис дает некоторое представление об изучении аспектуальности в германских языках, особенно в немецком, который принадлежит к индоевропейской языковой семье


background image

63

GERMAN TILLARIDA ASPEKTUALLIKNI O‘RGANILISHIGA

OID BA’ZI MULOHAZALAR

M.Yo‘ldosheva (SamDCHTI magistranti),

PhD A.O.Muminova (SamDCHTI)

Annotation: This thesis provides some insights into the study of aspectuality in

Germanic languages, particularly German which belong to the Indo-European language
family.

Аннотация: Этот тезис дает некоторое представление об изучении

аспектуальности в германских языках, особенно в немецком, который принадлежит

к индоевропейской языковой семье.


Ma’lumki, dunyoda ko‘plab tillar mavjud bo‘lib, ular kelib chiqishi va shakllanishiga

ko‘ra tillar oilasini, tillar oilasi tillar guruhini shuningdek, har bir til guruhi o‘z navbatida
kichik guruhchalarni tashkil etishadi. Shu jumladan german tillari – hind-yevropa tillar
oilasiga kiruvchi tillar guruhi bo‘lib, u uchta kichik guruhchalarni o‘z ichiga oladi. German
tillarining kelib chiqishi uzoq tarixga ega bo‘lib, ular qabila shevalari asosida yuzaga
kelgan. Dastlabki german qabilalari Skandinaviya yarim orolida shakllangan bo‘lib, ular
Skandinaviya shevasini hosil qilishgan. Keyinchalik Skandinaviya shevasi ikki guruhga
bo‘linib, ular sharqiy Skandinaviya shevasi va g‘arbiy Skandinaviya shevasi nomi bilan
atalgan. Sharqiy Skandinaviya shevasi asosida shved, dan tillari yuzaga kelgan bo‘lsa,
g‘arbiy Skandinaviya shevasi negizida norveg tiliga asos solingan. German tillarining
tarixiy rivojlanishi 3 davrga bo‘linadi: Bular: 1) qadimiy (yozuv paydo bo‘lgandan to 11 –
asrgacha); 2) o‘rta (12 – 15 – asrlar – yozuvning rivojlanishi va bu tillarning keng ijtimoiy
qo‘llanishi); 3) yangi (16 – asrdan hozirgacha – milliy tillarning tashkil topishi va
takomillashuvi)ni o‘z ichiga oladi.

Yuqorida aytib o‘tilganidek, german tillari o‘z navbatida uchta guruhga ajratilib,

ulardan biri g‘arbiy guruhdir. Mazkur guruhga ingliz, nemis, niderland, lyuksemburg,
afrikaans, friz, idish tillari kiradi. Shu guruhga mansub nemis tili ham kelib chiqishiga ko‘ra
qadim tarixga ega. Jumladan, nemis tili german tillar oilasining g‘arbiy tillar guruhiga
mansub til bo‘lib, hozirda Germaniya, Avstriya, Shveytsariya, Lyuksemburg, Belgiya
davlatlarining davlat tili bo‘lib, shuningdek, sobiq ittifoq davlatlari, Ruminiya, AQSH,
Kanada, ba’zi Janubiy Amerika davlatlarida keng tarqalgan. Ushbu til asosini g‘arbiy-
german qabilalari dialektlari – franklar, saksonlar, turinglar, alemonlar, bavarlar dialekti
tashkil etadi [Qomus. Info. Online eksiklopediya].

Mazkur tezisda biz german tillari, hususan nemis tilida aspektuallikning o‘rganilish

tarixiga oid ba’zi mulohazalarni keltiramiz. Shu o‘rinda aspektuallik atamasiga ta’rif
beramiz. Aspektuallik zamonaviy tilshunoslikda fe’l semantikasini o‘rganuvchi grammatik
tarmoq sifatida qaraladi. Aspektuallik lisoniy sath sifatida aspekt, aktsionallik, harakat tarzi
kategoriyalari o‘z ichiga qamrab oladi.

German tillarida aspektologiya sohasini o‘rganilishi qadim tarixga ega. German

tillarida fe’lning tus (aspekt) kategoriyasi XVIII asr oxirlarida Ya.Grimm, A.Leskin,
V.Shtreytberg, L.Zyutterlin, G.Paul, K.Brugman, G.Suit, keyinchalik E.Koshmider,
E.German, P.Yakubson, B.M.Balin, S.G.Andersson, X. Pedersen, A. Nurenlar tomonidan
tadqiq etilgan bo‘lsa, nemis aspektologiyasi bo‘yicha A.Leskin, O.Bexagel, M.Deychbeyn
kabilar bir qator izlanishlar olib borishgan. Hozirgi kunda zamonaviy nemis tili
aspektologiyasi sohasida E.Lays, E.Gogic, Ch.Haase, J.Riecke, B.Thiel, R.Schrodt,


background image

64

V.Lehmann, J.Besters-Dilger, B.Schmiedtova, O.Krause, P,Gallmann, H.Krause,
J.Lagunov, N.N.Volostnova, T.V.Lubentsova, E.D.Kucherenko, E.Lazebnya, Ya.Stavnitska,
Yu.Yu.Pivovarova, A.Paslawska, O.S.Rixlova, S.V.Shustova, B.X.Rizayev, O.M.Risayeva
kabi tilshunoslar qator izlanishlar olib borishmoqda.

Bu borada o‘zbek tilshunoslaridan B.X.Rizayev o‘z tadqiqotlarida nemis tilidagi

aspektuallik sohasini har tomonlama tadqiq etib, olim soha taraqqiyotiga o‘lkan xissa
qo‘shib kelmoqda. Tilshunos olim nemis tili aspektologiyasiga oid ko‘plab monografiya va
o‘quv qo‘llanmalarining muallifidir. U o‘z ilmiy ishlarida nemis tilidagi yurish-harakat
fe’llarini aspektual jihatdan chuqur tahlil qilib, ularni aktsional jihatdan o‘ziga hos
tasniflaydi:

1. Biror ob’ekt tomon yo‘nalgan yurish-harakatni ifodalovchi

kommen, ankommen

(kam qo‘llanuvchi

erreichen, zurückkommen, auftreten, verlassen, sich nähern, sich

entfernen, zurückziehen)

fe’llari chegaralangan fe’llar guruhiga kiritiladi. Ushbu fe’llar

semantikasida sub’yektning muayyan bir nuqtadan ikkinchi bir nuqtaga yetib kelish,
yaqinlashish, hamda ma’lum bir makonga yo‘nalganlilik ma’nolari mavjud, shu sababli ham
bunday fe’llar chegaralangan fe’llar deyiladi.2. Chegaralanmagan fe’llar guruhiga olim
sub’yektning harakat tarzini bildiruvchi

reiten, spazieren, wandern, sich stehlen, sich

schleichen, marschieren, schreiten, ziehen, tänzeln, sich schleppen, schlurfen, stapfen,
schwanken, taumeln, torkeln, wanken, sich schaukeln, hinken, humpeln, lahmen, stampfen,
tappen, bummeln, schlendern, streichen, schweifen

fe’llarini kiritadi. Ushbu guruh fe’llari

semantikasida yo‘nalish ma’nosi mavjud emas, ularda chegaralanmaganlik dominant ma’no
hisoblanadi. Shu sababli muallif ularni chegaralanmagan fe’l sifatida e’tirof etadi.

3. Nemis tilidagi

schwimmen, gehen, laufen, reisen, fahren, rennen, fliegen

kabi fe’llar esa

ikki aksional xususiyatli fe’llar guruhiga kiritiladi. Ushbu fe’llar sub’yektning yo‘nalishga ega
bo‘lgan hamda biror mo‘ljalga qaratilgan harakatini ifodalab chegaralanganlik, ba’zan
yo‘nalishga yoki muayyan mo‘ljalga ega bo‘lmagan harakati orqali chegaralanmaganlik
ma’nosini bildirishi mumkin. Olim o‘z leksik imkoniyati (potentsiali)da xuddi shunday ikki
qarama-qarshi ma’noni o‘zida mujassam etadigan fe’llarni ikki aksional xususiyatli (limitativ
neytral) fe’llar deb ataydi [Rizayev, 1999: 74 – 78].

O‘zbek tilishunoslaridan yana biri O.M.Risayeva ham o‘z tadqiqotlarini nemis tili

aspektologiyasi tadqiqiga bag‘ishlagan. Olima ishida nemis tilidagi funktsional fe’llarning
turg‘un birikmalar tarkibida ifodalaydigan aspektual ma’nolari chuqur tahlil qilinib
o‘rganilgan [Risayeva, 2019].

Yuqorida nomlari sanab o‘tilgan yevropa olimlari german tillarida aspektualikning

taraqqiy etishiga ulkan hissa qo‘shishgan. Shu bilan birga o‘zbek tilshunoslaridan
B.X.Rizayev va uning aspektuallik maktabi vakillaridan bo‘lgan O.M.Risayevalar nemis tili
aspektuallik sohasining rivojiga o‘zlarining salmoqli hissalarini qo‘shishmoqda.
O‘ylaymizki, ushbu maktab vakillarining tadqiqot ishlari nafaqat nemis, balki o‘zbek tili
aspektualligining taraqqiyoti uchun mustahkam poydevor vazifasini o‘taydi.


ADABIYOTLAR:

1.

Мirsanov.

G‘.Q. Ingliz va o‘zbek tillarida yurish-harakat fe’llarining aktsional va

aspektual xususiyatlari: Filol. fan. nomz. diss. – Samarqand, 2009. – 155 b.

2.

Ризаев Б.Х. Проблема аспектной семантики временных форм

немецкого

глагола. Аспектная семантика претерита

. –

Т

.

: Фан

, 1999. –

121 с.

3.

Рисаева О.М. Аспектуальная семантика конструкций с функциональными

глаголами в современном немецком языке: Дисс. док. филол. наук.

Ташкент, 2019.

172 с.

4. www. Qomus. Info. Online eksiklopediya

Библиографические ссылки

Mirsanov. G‘.Q. Ingliz va o'zbek tillarida yurish-harakat fe’llarining aktsional va aspektual xususiyatlari: Filol. fan. nomz. diss. - Samarqand, 2009. - 155 b.

Ризаев Б.Х. Проблема аспектной семантики временных форм немецкого глагола. Аспектная семантика претерита. - Т.: Фан, 1999. - 121 с.

Рисаева О.М. Аспектуальная семантика конструкций с функциональными глаголами в современном немецком языке: Дисс. док. филол. наук. - Ташкент, 2019. — 172 с.

www. Oomus. Info. Online cksiklonediva

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов