Проблемы перевода анималистических фразеологизмов

CC BY f
181-183
105
43
Поделиться
Закиров, Б., & Матчанов, М. (2022). Проблемы перевода анималистических фразеологизмов. Современные лингвистические исследования: зарубежный опыт, перспективные исследования и инновационные методы преподавания языков, (1), 181–183. https://doi.org/10.47689/linguistic-research-vol-iss1-pp181-183
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Данная статья посвящена изучению проблем перевода анималистической фразеологии. Основное внимание уделяется проблемам, возникающим при переводе фразеологии с английского языка на узбекский. Автор раскрыл свои идеи с помощью примеров.


background image

181

ANIMALISTIK FRAZEOLOGIZMLARNING TARJIMADAGI

MUAMMOLARI

B.B.Zakirov, M.R.Matchanov (UrDU)

Аннотация. Данная статья посвящена изучению проблем перевода

анималистической фразеологии. Основное внимание уделяется проблемам,

возникающим при переводе фразеологии с английского языка на узбекский. Автор

раскрыл свои идеи с помощью примеров.

Ключевые слова: фразеология, английский язык, узбекский язык,

оригинальность, перевод.

Annotation. This article is dedicated to the study of translation problems of

animalistic phraseology. The main focus is on the problems encountered in the translation
of phraseology from English into Uzbek. The author disclosed his ideas with help of exact
examples.

Key words: phraseology, English, Uzbek, originality, translation.


Tarjima jarayonida til birliklarini to‘g‘ri tanlash mas'uliyati san’atkor oldiga asl

nusxada aks etgan barcha vositalarning, bayon etilgan fikrlarning est

е

tik va badiiy qiymatini

tarjima tili boyligidan unumli foydalanish asosida funksional qayta yaratish vazifasini
qo‘yar ekan, bu hol san’atkordan ijodiy jarayon uchun zarur bo‘lgan juda ko‘p narsalarni
bilish bilan birga birliklarning o‘zlariga xos s

е

mantik-stilistik xususiyatlarini, ularning har

xil muhit va sharoitlarda o‘zaro birikish imkoniyat va qobiliyatlarini puxta o‘zlashtirgan
holda ish ko‘rishni talab qiladi. Bu esa tarjima tilining mantiqan boy bo‘lishiga zamin
yaratadi.

Tarjimon va tarjimashunoslar o‘rtasida doimo keskin tortishuvlarga sabab

bo‘layotgan muammolardan biri – tarjima qilish usulidir. Aniq, ijodiy, erkin, satrma-satr
tarjima usullari mavjud bo‘lib, har birining ijobiy va salbiy tomonlari bor. Quyida misol
tariqasida keltirilgan maqolalar mualliflarning deyarli barchasi aniq, ijodiy tarjimani
ma’qullab satrma-satr tarjimani qoralaydilar.

Ma’lum bo‘lganidek, asl nusxadagi milliy ruhni berishini bir so‘z, bir gap yoki

asarning biror bobi hal qilmaydi. O‘sha millatga oid qandaydir so‘z tarjimasiz qolib ketishi
mumkin, lekin, personajlar dunyoqarashida, ongida, yurish-turishida, urf-odatida, gap-
so‘zida, psixologiyasidagi millatga xoslik, albatta, berilishi kerak. R.Fayzullayevaning
‘Badiiy tarjimada sizlash va senlash muammosi” maqolasida: ”Sizlash va senlash har bir
xalqning tarixiy taraqqiyotida shakllanib kelgan an’ana” – deb yozadi [3]. Bu an’ana
o‘zbeklarda juda nozik. Ruslarda ota, ona, erga nisbatan “sen” deb murojat qilinsa,
o‘zbeklarda bu o‘ta qo‘pol eshitiladi. Maqola muallifi bu muammoga tarjimonlar alohida
e’tabor berishlari zarurligini ta’kidlab, misollar keltiradi.

Tarjimonlar ijodiy jarayonida duch keladigan yana bir muamo – bu o‘zga tildagi

maqol, matal, idioma. Frazeologizm, metaforalarni tarjima qilishdir. Bu tarjimadan katta
mehnat talab qiladi. Yana bir muhim masala shundan iboratki, tarjimachilik
adabiyotshunoslik faniga suyanadimi yoki tilshunoslik fanigami? Tarjima nazariyasi
bilimdoni hisoblangan A.Fyodrov tarjimaga butunlay tilshunoslik nuqtai nazaridan
yondoshsa, undan farqli o‘laroq, tarjimani faqat stilistik solishtirma, deb e’lon qiladi.

Y.Etkind o‘zining “

Четыре

антинолика

теории

перевода

” nomli maqolasida

tarjima jarayoni ikkita tarixiy shakllangan grammatikaning to‘qnashuvidan iborat degan
fikrni qayd etadi. Tarjimani tekshirishda asl nusxa bilan solishtirishga to‘g‘ri keladi, matn


background image

182

taqqoslanadi, so‘ngra tarjima yaxlit, butunicha o‘rganiladi. Ko‘rinib turibdiki, tarjimada
tilshunoslik ham, adabiyotshunoslik ham birgalikda qo‘llaniladi. Tarjima qilingan asarni bir
tomonlama tekshirib, tarjima haqida to‘la xulosa chiqarish mumkin emas. Bugungi kunda
tarjima asarlarida milliy koloritni, davr ruhini saqlash, maqol, matal, idiomalarni berish
masalalari haqida turli fikrlar mavjud, biroq, xorijiy tillardan tarjima qilishning o‘ziga xos
tomonlari nazariy jihatdan kam o‘rganilmoqda [2: 87].

Ma’lumki, tarjima nazariyasi va amaliyotida, asosan, maqol, matal va idiomalar

tarjimasida uchta omil hukm suradi:

– asl nusxadagi frazeologizmga tarjima tilidan teng qiymatli ekvivalent qidirib topish;
– asar o‘girilayotgan tildan monand muqobil variant topib qo‘yish;
– frazeologizmni aynan so‘zma-so‘z tarjima qilish.
Har uchala hol uchramagan taqdirda tarjimon ularning umumiy ma’nosini aks ettirish

bilan kifoyalanishiga majbur bo‘ladi.

Xullas, o‘zbek tilidan ingliz tiliga, ingliz tilidan o‘zbek tiliga o‘girilgan matnlar a’lo

bo‘lishi uchun bizga ikki tilli frazeologik lug‘atlar juda zarurdir [1: 86-88].

Mark Tvenning “Janna D’Ark” romanida qo‘llanilgan “not to hurt a fly”

frazeologizmining “pashshaga ozor bermaslik” ekvivalenti bilan almashtirilishi adekvatlikni
ta’minlagan ekan, bu yerda asosiy omil birlikning o‘zga shaklda qo‘llanilishidir.

… The idea of that gentle creature, that wouldn’t hurt a fly … rishing into battle with

a gang of soldiers at her back.

Bir o‘ylab qarang-a, pashshaga ozor bermagan ana shu yuvosh qiz jangga borarmish,

yana soldatlarni boshlab borarmish.

Har bir tarjimaning ijobiy va salbiy jihatlari bor. Chunki asl nusxani asar sifatida

taqdim etgan mualliflar har bir jumlani yoki so‘zni qaysi ma’noda va nima maqsadda
berilganligini anglab yetishi tarjimonga havola. Tarjimonga asarni tarjima qilishda
qiyinchilik tug‘dirishi mumkin bo‘lgan jihatlardan bittasi frazeologik birikmalar, shu
o‘rinda maqol hamda matallardir. Ular xalqning tarixiy og‘zaki va yozma ijodi mahsuli
hisoblanib, xalqning ko‘p asrlik tajribalari, turmushdagi turli voqea-hodisalarga
munosabatining ifodasidir. Maqol xalq orasida kun sayin tug‘ilib turganidek, uning badiiy
matnda, yani qalam yordamida yaratilayotgan asarlarda qo‘llash masalalari paydo bo‘ladi.
Chunki asarda berilayotgan timsol yoki voqea-hodisani to‘laroq bayon etish uchun albatta
maqol va matallarga murojaat qilinadi.

Maqollar, matallar, idiomalarning aksariyatini tabiat, hayvonlar nomlari bilan bog‘liq

bo‘lgan ifodalar tashkil etadi.

Hayvonlar nomlaridan tuzilgan ko‘chma ma’noli iboralar insonning hayvonot olami

bilan uzoq zamonlar mobaynida olib borgan munosabatlari va sinchkov kuzatishlarning
tildagi in’ikosidir. Frazeologik iboralarning ma’nosi va obyekti-mazmun va shakl
masalasidir. Binobarin, frazeologizmlarning obyektini o‘rganish ularning shakl
xususiyatlarini o‘rganish hisoblanadi. Ikki tilda birikmalarning barcha shakl va obyekt
belgilari muvofiq kelsa ham, ammo, asosiy narsa ma’no monandligi bo‘lmasa, bu birikmalar
bir-biriga ekvivalent yoki muqobil bo‘lmaydi. Frazeologizmlarni bir tildan boshqa tilga
tarjima qilishda asosiy dastak ma’nodir.

Ayrim frazeologik birikmalarning tilda aniq ekvivalenti yoki muqobil variantlarining

yo‘qligi ularni umuman tarjima qilib bo‘lmasligini ko‘rsatmaydi. Aksincha, xuddi shu hol
ularni aniq tarjima qilishga ehtiyot tug‘diruvchi sabablardan biridir. Masalan, ingliz tilidagi
“to live like fighting cock” matalining o‘zbekcha muqobil variant mavjud emas. Uni ingliz
tilidan aynan “urushqoq xo‘rozlarday yashamoq” deb tarjima qilish mumkin.


background image

183

Maqol, matal yoki idiomaning shakli va obyektlarini aynan saqlagan holda bir tildan

ikkinchi tilga tarjima qilish uni uchinchi, to‘rtinchi va hokazo tilarga ham aynan shunday
tarjima qilish uchun asos bermaydi. Masalan, “

любишь

меня

,

люби

и

мою

собаку

idiomasi ingliz tilidan rus tiliga aynan tarjima qilinganligi uchungina uni o‘zbek tiliga ham
xuddi shunday prinspda “meni sevsang, itimni ham sev” deb tarjima qilish shart emas.

Inglizcha frazeologizmdan o‘z tilimizga tayyor ekvivalenti bo‘lsa, uni so‘zma-so‘z

tarjima qilishga hech qanday ehtiyoj qolmaydi. Masalan, quyidagi misollardan ko‘rinib
turibdiki, inglizcha frazeologizmlarning o‘zbek tilida ekvivalentlari bor: “to lock the stage
door after the horse is stolen” – “to‘ydan keyin nog‘ora chalmoq”, “every dog is a lion at
home” – “qo‘rqoq o‘z uyida botir”, “to kill two birds with one stone” – “bitta o‘q bilan
ikkita quyonni urmoq”.

Yoki, ingliz tilida: “one swallow doesn’t make a summer” – matalini bir qaldirg‘och

bilan bahor kelmas, deb tarjima qilishga hojat yo‘q, chunki o‘zimizda shu ma’noda: “bitta
qarg‘a bilan qish kelmas”, degan juda yaxshi muqobil matal ishlatiladi.

Ayniqsa obrazli frazeologik birikmalar tarjimasi tarjimonga qiyinchilik tug‘diradi.
Yuqoridagi fikrlardan shunday xulosa chiqarish mumkin:
Eng asosiysi tarjimon frazeologizmlarni o‘girishda nimaga e’tibor berishi kerakligi,

bu frazeologik birliklarning ifoda elementi tarjimasi; frazeologizmlar tarjimasida ularning
ekspressiv xususiyatini saqlashni unutmaslik; frazeologizmlarni uslubiy bo‘yoqdorligini
saqlash.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Badiiy tarjima va o‘zbek adabiyotining xalqaro aloqalari. – Samarqand, 1991.

2.

Musayev Q. Tarjima nazariyasi asoslari. – Toshkent, 2005.

3.

O‘zbekiston adabiyoti va madaniyati // Ilmiy-ommabop jurnal. – Toshkent, 1972.

4-son.

4.

Ashurov, Shahobiddin Saidovich. "Инглиз ва ўзбек тилларидаги

интернационал мақоллар таржимасидаги ассиметрик ҳолатлар." Молодой ученый 18

(2020): 584-586.

Библиографические ссылки

Badiiy tarjima va o‘zbck adabiyotining xalqaro aloqalari. - Samarqand, 1991.

Musayev Q. Tarjima nazariyasi asoslari. - Toshkent, 2005.

O‘zbckiston adabiyoti va madaniyati // Ilmiy-ommabop jurnal. - Toshkent, 1972. 4-son.

Ashurov, Shahobiddin Saidovich. "Инглиз ва узбек тилларидаги интернационал маколлар таржимасидаги ассиметрик холатлар." Молодой ученый 18 (2020): 584-586.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов