So‘zlashuv nutqi shakllanishiga boshqa tillardan o‘zlashgan lug‘aviy birliklarning o‘rni masalasi

Abstract

Ma’lumki, har qanday til lug‘aviy qatlami faqat o‘z qatlamdan iborat bo‘lmaydi. Ijtimoiy hodisa bo‘lgan til doimo o‘zgarishda bo‘ladi. Boshqa tillar bilan aloqada bo‘ladi. Bu jarayon tilda aks etadi.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
Branch of knowledge
CC BY f
319-320
109

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Sharipova, L., & Eshkuvatova, R. (2022). So‘zlashuv nutqi shakllanishiga boshqa tillardan o‘zlashgan lug‘aviy birliklarning o‘rni masalasi. Modern Linguistic Research: Foreign Experience, Promising Research and Innovative Methods of Teaching Languages, (1), 319–320. https://doi.org/10.47689/linguistic-research-vol-iss1-pp319-320
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ma’lumki, har qanday til lug‘aviy qatlami faqat o‘z qatlamdan iborat bo‘lmaydi. Ijtimoiy hodisa bo‘lgan til doimo o‘zgarishda bo‘ladi. Boshqa tillar bilan aloqada bo‘ladi. Bu jarayon tilda aks etadi.


background image

319

SO‘ZLASHUV NUTQI SHAKLLANISHIGA BOSHQA

TILLARDAN O‘ZLASHGAN LUG‘AVIY BIRLIKLARNING O‘RNI

MASALASI

L.Sharipova (SamDU), R.Eshquvatova (SamDUO‘zFinPI)

Ma’lumki, har qanday til lug‘aviy qatlami faqat o‘z qatlamdan iborat bo‘lmaydi.

Ijtimoiy hodisa bo‘lgan til doimo o‘zgarishda bo‘ladi. Boshqa tillar bilan aloqada bo‘ladi.
Bu jarayon tilda aks etadi.

Boshqa tillar qatori nemis tili ham tarixiy taraqqiyoti jarayonida o‘z so‘zlari bilan bir

qatorda olinma so‘zlar ham ma’lum bir rol o‘ynagan. O‘zlashmalarning aksariyati fonetik,
leksik va morfologik nuqtai nazaridan o‘zgarishlarga uchragan so‘zlar bo‘lib, ular nemis tili
lug‘at boyligidan o‘rin olgan.

Oliy ta’limda talabalarga zamonaviy nemis tili o‘qitishda dastlab uning

shakllanishida eng avvalo, bobo tillardan qadimgi lotin, qadimgi yunon hamda qadimgi got
tillarining roli beqiyoslgi haqida tushuncha berishga to‘g‘ri keladi. O‘z navbatida o‘rta
asrlardan nemis tiliga fransuz tilining lug‘aviy birliklari tez o‘zlasha boshladi. Bunga sabab,
aynan o‘rta asrlarda Fransiya davlati o‘z saroyadabiyoti, feodal madaniyati, ahloq-odob,
pazandachilik kabi tomonlardan boshqa davlatlarga nisbatan yuksak taraqqiyotga erishgan
edi. Fransuz tili va madaniyati natijasida nemis tilida quyidagi so‘zlar paydo bo‘ldi:Palast –
fr.palais; Tournier -fr. Tournnoi; Lanze – fr. lance; Manier – fr. manier; Pavillion – fr.
pavilion; Flöte – altfr. flauti;; blond – fr. blond; Form – fr. forme; Preis – fr. prix; fein – fr.
fin; Abenteuer – fr. aventure; fehlen – fr. faillir; parlieren = sprechen – fr. parler; elegant –
fr. elegant; kokett -fr. coquet; Mode-fr. mode; Möbel – fr. meuble, Omelette -fr. omelette;
Armee – fr. armee; Batailon -fr. bataillon; Kompanie – fr. compagnie; Parade – fr. parade;
Garnison – fr. garnison; Kommandeur – fr. commandeur va boshqalar (qarang: A.Iskos,
A.Lenkowa. Deutsche Lexikologie 1.).

Shuni ham qayd etib o‘tish lozimki, Yevropadagi uyg‘onish davri ilk bor Italiyada

yuzaga kelganligi ham italyan tili lug‘aviy birliklarining boshqa tillarga kirib kelishiga
turtki bo‘ldi. Natijada 15-asr mobaynida va 16-asrning birinchi yarmida nemis tilida ham bir
qator kelib chiqishi italyancha bo‘lgan so‘zlar paydo bo‘ldi. Nemis tiliga o‘zlashgan bunday
so‘zlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

a) musiqa sohasida: Oper, Sopran, Baß, Tenor, Fuge, Konzert, piano, forte,

crescendo...;

b) arxitektura sohasida: Galerie, Korridor, Fassade...;
d) moliyaga xos terminlarda: Bank (ital. banka), Bankrott (ital.banka rotta =

umgewandte Bank); Dukaten (ital. ducato)...;

e) harbiy sohadan: Soldat (ital. soldato), Proviant (ital. provianda), Panzer (ital.

panciera), Granate (ital. granata) Scharmützel (ital. scarmuzzia)...;

f) oziq-ovqatlar: Samt, Spinat, Spagetti...
14-17-asrlarda nemis tiliga ingliz tilidan ko‘proq dengiz orqali savdo-sotiq,

kemasozlikka hamda boshqa sohalarga oid so‘z va terminlar o‘zlashgan bo‘lsa (Boot, Lotse,
Flagge, Kabine, Paketboat va boshqalar), 18-19-asrlarga kelib Angliyaning yirik kapitalistik
davlatga aylanishi natijasida, bu tilda turli-tuman yangi so‘zlar paydo bo‘ldi hamda bu
so‘zlarning aksariyati qo‘shni mamlakat tillariga ham kirib bordi. Bu davrda ingliz tilidan
nemis tiliga o‘zlashgan so‘zlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

a) fan va texnika sohasida: Logarithmus, Spektrum, Barometer, Darvinismus,

Evolutionstheorie...;


background image

320

b) sanoat, savdo-sotiq, moliya sohasida: Trust, Tunnel, Koks, Export, Import, City,

Cheviot, Scheck, Budget, Banknote, Prozent...;

d) siyosiyterminlar bo‘yicha: Agitator, Bill, Boykott, Imperalismus, Interview,

Leader, Meeting, Parlament, Reporter, Votum, Trade-Union...;

e) sport sohasida: Box, Boxer, Fußball, Rekord, Hockey, Jockey, Jury, Match, Lawn-

Tennis, Sport, Tourist, Start, Trainer, trainieren, Jacht...;

f) moda va pazandachilik san’ati bo‘yicha: Comfort, comfortabel, Bar, Dandy,Flirt,

Gentleman, Klub, fashionable, Frack, Makkintosh, Plaid, Raglan, Schal, Smoking, Sweater,
Clown, Boston, Lunch, Grog, Pudding, Punsch, Sandwich, Whisky, Whist, Picknick...

Hozirgi kunga kelib ingliz tilidan nemis tiliga so‘z o‘zlashishi yanada

kuchaydi.Jumladan nemis tili lug‘at boyligidan quyidagi ingliz so‘zlari o‘rin oldi:

Zelluloid, Film, Kodak, Musik-Hall, Girl, Trick, Jumper, Pullover, Karaoke, Tank va

boshqalar.

Keyinchalik nemis tili lug‘at tarkibiga inglizcha so‘zlarning amerikancha variantlari

kirib kela boshladi. Bunday so‘zlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

Jeans, Bluff, Businesman, Job, Story, Song, Blues, Boß, fifty-fifty, groggy, tipp top,

Twens, Teeenager va boshqalar (1, 100-101).

Hozirgi paytga kelib fan-texnika taraqqiyotidagi asosiy o‘zgarishlar dastlab ingliz tili

orqali ifoda etilib, keyin boshqa tillarga kirib bormoqda.O‘z navbatida bunday inglizcha
terminlar boshqa tillarga ba’zi bir o‘zgarishlar bilan kirib bormoqda. Jumladan, nemis tili
so‘zlashuv nutqida paydo bo‘lgan va hozirda nemis adabiy tiliga ham kirib kelayotgan
shunday so‘zlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

jobben = arbeiten o‘rnida;
mailen = elektronische Post schicken o‘rnida;
Karroten = Möhre o‘rnida;
Girlfreund, Boyfreund = Freundin, Freund o‘rnida...
Yana bir narsaga e’tibor berish lozimki, bir tildan ikkinchi bir tilga o‘zlashgan so‘zlar

assimilatsiya, ya’ni yangi tilga moslashuviga ko‘ra quyidagi turlarga xos bo‘ladi:

a) morfologik assimilatsiya (bunda so‘z asosan morfologik qo‘shimchalar hisobiga

farqlanadi);

b) orfografik assimiliatsiya ( bu o‘rinda o‘zlashgan so‘zlardagi ma’lum bir harflar

yangi tilning tovush tizimiga qarab o‘z shaklini o‘zgartiradi;

d) to‘liq assimiliatsiya (bunday so‘z o‘zlashuvida so‘z o‘z holicha, hech bir

grammatik o‘zgarishlarsiz qabul qilinadi;

e) noto‘liq assimiliatsiya (assimiliatsiyaning bu turida urg‘u tushushi asosiy ahamiyat

kasb etadi).

Xullas, talabalarga nemis tilini, xususan, uning leksikologiyasini o‘qitishda

o‘zlashma qatlamning ham o‘rnin borligi haqida ham ma’lumot berilshi maqsadga
muvofiqdir.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Iskos A., Lenkova A. Deutsche Lexikologie, -Moskau, 1970, S.296.

2.

Langenscheidt. Power Wörterbuch Deutsch. –München, 2009. S.1122.

3.

Voll konkret: das neueste Lexikon der Jugendsprache. 2001. S. 160.

4.

Wörterbuch der Jugendsprache. Sammelband. Pons GmbH. – Stuttgart, 2011.

S.288.

5.

books.google.de

6.

scholar.google.de

References

Iskos A., Lenkova A. Deutsche Lexikologie, -Moskau, 1970, S.296.

Langenscheidt. Power Worterbuch Deutsch. -Miinchen, 2009. S.l 122.

Voll konkret: das neueste Lexikon der Jugendsprache. 2001. S. 160.

Worterbuch der Jugendsprache. Sammelband. Pons GmbH. - Stuttgart, 2011. S.288.

books.googlc.de

scholar.googlc.de