96
NEMIS VA O
ʻ
ZBEK TILLARIDA FRAZEOLOGIK
MUQOBILLIKLAR
A.Jo
ʻraqulov (SamDChTI)
Nemis va o
ʻzbek tillarining frazeologiya tizimida tillararo muqobillik А.Yaxshiyev
fikricha, frazeologik birliklarni tillararo qiyoslashda yo denotativ ma’no (=semantik yoki
mazmunga bog
ʻ
liq ekvivalentlik) yoki shakl (=formal yoki morfosintaktik-leksik
ekvivalentlik) boshlang
ʻ
ich nuqta bo
ʻ
lib xizmat qilishi mumkin (Yaxshiyev 2021: 159).
Aksariyat hollarda esa ekvivalent frazeologik birliklarni izlash denotativ ma’noga
asoslanadi, bu “frazeologizmlarni amaliy maqsad bilan tillararo qarama-qarshi (kontrastiv)
qoʻyishning ajralmas sharti” hisoblanadi (Sh.Safarov 1989:
145). Sh.Safarovning
ta’kidlashicha, denotativ ma’noni qarama-
qarshi qoʻyishda m
a’lum nosimmetriklar yuzaga
kelishi mumkin, masalan, denotativ ma’no
ning soni turlicha boʻlishi, y
a’ni nemis tilidagi
frazeologizm koʻp
ma’no
li polisemantik boʻlishi mumkin, oʻzbek tilidagi ekvivalenti esa bir
ma’no
li monosemantik boʻlishi mumkin yoki aksincha.
Nemis tilida “wie eine gesengte
Sau” frazeologik iborasi yomon xulq-atvorni bildiradigan denotativ ma’no bilan emas,
balki, avvalambor, xuddi yaralangan choʻchqaday “juda tez”
ma’no
sida (qoʻrquvdan
qochish yok
i shunga oʻxshash holatda)
ekvivalentlik hosil qiladi.
Taqqoslangan birliklarning denotativ ma’nosi dominant ekvivalentlik omili sifatida
qabul qilinadi. Biroq, Wotjak (1992: 117)
ga koʻra, asos sifatida olingan ekvivalentlik
mezonlari tekshirilayotgan ob’y
ektning oʻziga xosligi va murakkabligiga muvofiq “til
tavsifining faqat bir jihati bilan chegaralanib qolmasligi kerak”. Boshqa ekvivalentlik
parametrlariga struktura, idiomatiklik, tasviriylik, barqarorlik va pragmatiklik
(konnotatsiya) kiradi. W.Fleischer shular qatori ekvivalentlikni
ham qoʻshimcha omil
sifatida hisoblaydi.
Kontrastiv frazeologiyada ekvivalentlik miqdor va sifat muqobillik jihatlariga
boʻlinadi. Ekvivalentlik turlarini aniqlash solishtirilayotgan birliklar oʻrtasidagi sifat
ekvivalentlikka asoslanadi. Shu munosabat bilan kontrastiv frazeologiyada shu munosabat
b
ilan frazeologik ekvivalentlikning asosiy guruhlariga ajratish boʻyicha olimlar oʻrtasida
hamfikrlik mavjud. Biroq, muqobillikning har xil parametrlarini hisobga olgan holda
(qar
ang. А.Yaxshiyev 2021
:
233) asosiy turlarga kiradigan, aniq yoʻnalish
kasb etgan ba’zi
frazeologik juftliklarni aniq belgilab olish maqsadga muvofiqdir. Quyidagi tahlil natijalari
tasniflanishga asoslanadi. Ushbu tasniflanishda toʻliq ekvivalentlik, qisman
ekvivalentlik va
oʻrnini bosuvchi ekvivalentlik toifalari tillararo
oʻxshashl
ik va farqlarni tavsiflash uchun
oʻrinli ekanligi isbotlangan.
A.Yaxshiyev
ga koʻra, toʻliq muqobillik ekviva
lentlikning ideal holati
sifatida koʻrib
chiqilishi mumkin (
Яхшиев 20
09: 55)
. Toʻliq ekvivalentda frazeologizmlar barcha muhim
ekvivalentlik parametrlarida bir-biriga mos kelishi kerak, ya’ni bir xil denotativ va
konnotativ, emotsional-ekspressiv va stilistik umumiy ma’no, shuningdek komponentlar
zanjiridagi toʻliq bogʻlani
sh va muvofiqlik qarama-
qarshi birliklar oʻrtasida boʻlishi kerak.
Barcha taqq
oslash parametrlarida ikkita frazeologik birlikning mos kelishi nemis va oʻzbek
tillarida juda keng tarqalgan holat emas. Bushuy ham bu turdagi ekvivalentlik
frazeologizmlarning
aksariyati toʻliq ekvivalent holatlariga nisbatan “oʻxshash madaniy
zaminga asoslangan” frazeologik internatsionalizmlar ekanligini ta’kidlaydi. U
frazeologizmlar koʻpincha hayvon nomlari, inson tana
a’zolari, narsa-predmet nomlari va
oʻsimlik nomlari qoʻllanilgan, qadimgi adabiyot va xalq ogʻzaki ijodidan ke
lib chiqqanligini
yoki ba’
zi frazeologik ekvivalentlar oʻzlashma boʻlishi mumkinligini aytib oʻtgan.
97
Nemis tilida
den Kopf haben ((be) halten)
oʻzbekchada
“
boshini tik tutib (koʻtarib)
yurmoq”,
an der Nase führen
“
burnidan ip oʻtkazib olmoq
”,
aus einer Mücke einen
Elefanten machen
“pashshadan fil yasamoq”,
hungrig wie ein Wolf
“boʻriday och” kabi
misollar yuqoridagi fikrning isbotidir.
Frazeologik birliklar tuzilishiga kelsak, shuni ta’kidlash kerakki, n
emis va oʻzbek
tillarini solishtirganda ma’lum bir morfosintaktik farqni, masa
lan, oʻzbek t
ilida artiklning
uchramasligini hisobga olish kerak. Frazeologik birliklar bilan, odatda, artikl
ishlatilmasligini kuzatish mumkin, chunki noaniqlik ot shaklidan ani
q boʻladi.
Nemis va oʻzbek tillar
idagi FBlarni taqqoslash shuni k
oʻrsatadiki, toʻliq ekviva
lentga
ega frazeologizmlarning atigi 12 foizi
hayvonlar nomi bilan bogʻliq ekanligi
ni
frazeologizmlar tanlangan kichik guruhlarda
koʻrish mumkin
. Biroq, ular alohida ekvivalent
guruhlar ichida birinchi oʻrinni egallaydi, buni quyi
dagi izohlard
a koʻrish mumkin.
Qisman muqobillik yoki qisman yoki taqribiy muqobillik bir yoki bir necha
ekvivalentlik parametrlarida ogʻishlar mavjud boʻlganda yuzaga keladi, bunda denotativ
ma’nodagi (nisbiy) tenglik frazeologik juftliklarni qisman muqobillikka borishi uchun hal
qiluvchi ahamiyatga ega. Kontrastiv frazeologik birliklar oʻrtasidagi farqlar,
masalan, FB
tuzilishda (frazemalarning tarkibiy qismlarida morfosintaktik va/yoki leksik farqlar),
stilistik darajada (konnotatsiyalar va boshqalar) yoki semantik va sintaktik jihatdan mavjud
boʻlishi mumkin.
Nemis va oʻzbek tillaridagi frazeologik birliklarining tarkibida hayvon nomlarining
komponent sifatida ishtiroki nuqtai-nazaridan taqqoslanganda, qisman ekvivalentlikning
quyidagi kichik turlarini
koʻrsatish mum
kin:
Qisman ekvivalentlik doirasidagi katta guruhni semantik va tarkibiy oʻxshashliklarga
ega boʻlgan frazeologizmlar tashkil etadi. Ular bir xil denotativ
ma’noga ega, lekin leksema
yoki komponentlar tarkibidagi farqlar va shu orqali tom ma’noni anglatish
i mumkin. Koʻrib
chiqilgan materialdan ushbu guruhga 23 ta frazeologik juftlik (=8%) kiritilishi mumkin,
masalan:
arbeiten wie ein Pferd
“
hoʻ
kizdek ishlamoq yoki eshshakdey ishlamoq“,
leben wie
ein Hund
“itdek hayot kechirmoq”,
zwei Fliegen mit einer Klappe schlagen
“
bir oʻq bilan
ikki quyonni urmoq“,
mit j-m Katze und Maus spielen
“biror kishi bilan mushuk sichqon
oʻynamoq
”,
leben wie Hund und Katze
“it-
u mushuk boʻlib yashamoq
”.
Ikkinchi guruhni denotativ ma’nosi bir xil, lekin komponentli tuzilmasi butunlay
boshqa-
boshqa va shuning uchun ham toʻgʻridan
-
toʻgʻri
ma’nosi farq qiladigan
frazeologizmlar tashkil etadi. Shunday qilib, frazeologizmlar turli xil milliy, madaniy
tasavvur
jihatlaridan kelib chiqib paydo boʻladi. Bunday frazeologik bir
liklar jami 67 ta
frazeologik juftlik (=24%) boʻlib, bu qisman muqobillik frazeologizmlar ichida eng katta
guruhdir.
Frazeologik birliklarning boshqa bir guruhi denotativ ma’no va uslubiy qatlamda
hamda soʻz
ma’no sathlarida bir-biriga mos kelishi komponentlarning morfosintaktik
farqlarini koʻrsatadi. Bu yerda har ikkala frazeologik birlik ham bir xil olamni tasavvur
qilish maydonidan kelib chiqadi. Qisman muqobillikning ushbu kichik turi 25 ta frazeologik
birlikni tashkil etdi, bu esa iboralarning 9 foizi demakdir. Masalan:
Hunde, die bellen,
beißen nicht
“huradigan it tishlamas”,
(stark) wie ein Bär
“hoʻkizdek kuchli yoki filday
kuchli”,
die Hunde bellen, und aber die Karavane zieht weiter
“it
hurar, karvon oʻtar
”.
Shakli bir xil, lekin ma’no jihatdan farq qiladigan frazeologizmlar kichik guruhni
tashkil etadi. Toʻplangan faktalogik materiallardan juda kam frazeologik birliklar (=1%)
ushbu guruhga kirishi ma’
lum boʻldi.
Yana bir shunga oʻxshash guruh (toʻplangan mat
erialning 1 foizini tashkil etadi),
s
oʻzma
-
soʻz tarjimada soʻzlar
ma’no
lari oʻxshashligi mavjud boʻlgan frazeologizmlar, y
a’ni
morfosintaktik farqlar va shu kabi sema mosligidagi nomuvofiqliklarga ega boʻlgan
iboralar.
98
Misollar koʻrs
atib turganide
k, soʻz
ma’no
laridagi oʻxshashlik oʻzbek va ne
mis
tillaridagi fr
azeologizmlarning bir vaqtning oʻzida, nafaqat oʻxshashliklarning
guruhlashishiga, balki bir-biridan farqlanuvchi ma’nolarga ham olib keladi. Muqobillikning
uchta turiga asoslanib shuni aytish mumkinki, frazeologik korpusida eng katta hissani nol
muqobillikka ega tarkibida hayvon nomlari ishtirok etgan FBlar tashkil etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Сафаров Ш. О дискурсивно
-
прагматической природе директивных речевых
актов // Текст: структура и анализ.
–
М., 1989.
–
С. 142
-146.
2.
Яхшиев А.А. Синтактико
-
текстовая экспрессия как лингвистическая
категория (на материале немецкого языка). Филология масалалари.
-
Тошкент:
УзДЖТУ, 2009, №3.
–
С.54
-58.
3.
Duden. Redewendungen und sprichwörtliche Redensarten. Bearbeitet von
G.Drosdowski und W. Scholze-Stubenrecht. Mannheim u.a. 1992. – 428 S.
4.
Fleischer W. Phraseologie der deutschen Gegenwartssprache. 2., durchgesehene
und ergänzte Auflage. – Tübingen: Max Niemeyer Verlag, 1997. – 299 S.
5.
Yaxshiyev A.A.
Nemis tili ogʻzaki nutqi tizimida frazeologik birli
klarning
semantik-diskursiv maqomi. –Filol. fan. dok. …diss. – Samarqand, 2021. – 292 b.
6.
Wotjak B. Verbale Phraseolexeme in System und Text. – Tübingen: Max
Niemeyer, 1992. – 278 S.
7.
Ашуров, Шахобиддин,
and
Фарида Шукурова. "ИНГЛИЗ ВА ЎЗБЕК
ТИЛЛАРИДАГИ ФРАЗЕОЛОГИК БИРЛИКЛАР ЭТИМОЛОГИЯСИГА ОИД
АЙРИМ МУЛОҲАЗАЛАР." МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА
3.2 (2020).