This is an outdated version published on 09-11-2023. Read the most recent version.

“Barokat” yemini qorako„l qo„zilar o„sish ko„rsatkichlariga ta‟siri

Abstract

Maqolada ekstruderlangan “barokat” yemining qorako‘l qo‘ylarining tugʻilgandan 4,5 va 6 oylikkacha boʻlgan davrda o‘sish koʻrsatkichlariga ta’sirini aniqlash boʻyicha tadqiqot natijalari keltirilgan.

CC BY f
120-122
55

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Normuminova, M., & Xatamov, A. (2023). “Barokat” yemini qorako„l qo„zilar o„sish ko„rsatkichlariga ta‟siri. Актуальные проблемы пустынного животноводства, экологии и создания пастбищных агрофитоценозов, 1(1), 120–122. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/problems-desert-husbandry/article/view/25104
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Maqolada ekstruderlangan “barokat” yemining qorako‘l qo‘ylarining tugʻilgandan 4,5 va 6 oylikkacha boʻlgan davrda o‘sish koʻrsatkichlariga ta’sirini aniqlash boʻyicha tadqiqot natijalari keltirilgan.


background image

120

используемое для их выпойки. Вышеуказанные данные также могут служить для оценки
экологического состояния данного региона.

Список литература

1. Государственный стандарт Узбекистана. Питьевая вода. Гигиенические

требования и контроль за качеством. O‘zDSt 950:2011.Ташкент 2011. - 18 стр.

2. Государственный стандарт Узбекистана. Источники централизованного

хозяйственно-питьевого водоснабжения. Гигиенические, технические требования и
правила выбора. O‘zDSt 950:2011. Ташкент 2011. - 11 стр.

3. Яхяев, Б. С. Комплексное использование кормовых добавок в кормлении овец / Б.

С. Яхяев // Охрана окружающей среды - основа безопасности страны : Сборник статей по
материалам Международной научной экологической конференции, посвященной 100-
летию КубГАУ, Краснодар, 29–31 марта 2022 года / Ответственный за выпуск А. Г.
Кощаев. – ФГБОУ ВО «Кубанский государственный аграрный университет имени И. Т.
Трубилина»: 2022. – С. 216-217.

4. Яхяев, Б. С. Оборудование для культивации микроводоросли в условиях

каракулеводческих фермах / Б. С. Яхяев // Молодой специалист. – 2023. – № 7(16). – С. 3-
8.

5. Яхяев, Б. С. Эффективность использования кормовых добавок при откорме

каракульских баранчиков / Б. С. Яхяев // Аграрная наука на современном этапе:
состояние, проблемы, перспективы : материалы V научно-практической конференции с
международным участием, Вологда ; Молочное, 21–25 февраля 2022 года. – Вологда:
Вологодский научный центр Российской академии наук, 2022. – С. 219-223.


UO‘K: 636.085.54

“BAROKAT” YEMINI QORAKO‘L QO‘ZILAR O‘SISH

KO‘RSATKICHLARIGA TA’SIRI

M.Normuminova-

tayanch doktorant,

A.X.Xatamov

-q.x.f.d. (PhD), katta ilmiy xodim

Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti

Annotatsiya.

Maqolada

ekstruderlangan “barokat” yemining qorako‘l qo‘ylarining

tugʻilgandan 4,5 va 6 oylikkacha boʻlgan davrda o‘sish koʻrsatkichlariga ta’sirini aniqlash
boʻyicha tadqiqot natijalari keltirilgan.

Kalit so‘zlar: qorako‘l qo‘ylari, o‘sish, , ekstruderlangan, tugʻilganda, 4,5 oylik, 6 oylik
Summary. The article presents the results of studies to determine the effect of extruded

feed “barakat” on the growth performance of Karakol sheep in the period from birth to 4.5 and
6 months.

Key words: karakul sheep, growth, extruded feed, birth, 4.5 months, 6 months.

Kirish.

Bugungi kunda faoliyat olib borayotgan qorako‘lchilik sub’ektlari, jumladan

ma’suliyati cheklangan jamiyatlar va fermer xo‘jaliklarida sifatli va eksportbop qorako‘l teri va
boshqa qorako‘lchilik mahsulotlari yetishtirishda innovatsion usullarda tayyorlangan ozuqa
vositalaridan foydalanmoqda.

Qorako‘lchilik sub’ektlarida innovatsion usullarda tayyorlangan ozuqa vositalaridan

foydalanish mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonlarini rejalashtirish va tashkillashtirishda,
qo‘ylarning biologik imkoniyatlaridan oqilona foydalanishda, pirovard natijada sub’ektning
iqtisodiy samaradorligini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega.


background image

121

Shu bilan birgalikda qorako‘l qo‘ylarining o‘sish va rivojlanish xususiyatlarini hamda

mahsuldorligini innovatsion usullarda tayyorlangan ozuqa vositalarini ratsionga qo‘shish orqali
oshirish imkoniyatlari mavjud.

Qo‘ylarning o‘sish va rivojlanishiga boshqa omillar bilan bir qatorda ularning etologiyasi

ham ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotlarda barcha yosh davrlarida birinchi etologik tip qo‘ylari
avlodlari yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi kuzatilgan. Bunda ozuqaga bo‘lgan faol
reaksiyasi ularining o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan [4]

Turli xil gidropon ozuqalar bilan oziqlantirilgan bo‘g‘oz qo‘ylardan olingan qo‘zilar,

keyinchalik shunday ozuqalar bilan 8 oylik davrgacha qo‘shimcha oziqlantirish sharoitida eng
yuqori natija bug‘doy maysasi bilan oziqlantirilgan qo‘ylardan olingan qo‘zilarda kuzatilgan
ya’ni boshqa guruhlardan 4,8-5,1 kg yuqori tirik vaznga ega bo‘lgan [1].

Tadqiqotlarda innovatsion usulda tayyorlangan ozuqalar bilan oziqlantirilgan qorako‘l

qo‘ylari tirik vazni, o‘sish va rivojlanish, sutdorlik xususiyatlari va boshqa mahsuldorlik
ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan [5, 6, 7, 8]

Tadqiqot maqsadi.

Qorako‘l qo‘ylarining ratsioniga ekstruderlangan yem kiritish orqali

o‘sish va rivojlanish xususiyatlarini o‘rganish tadqiqotning maqsadi qilib olindi.

Tadqiqot uslublari.

Turli yoshdagi qo‘ylarning (4-4,5 oylikda, 6 oylikda) tirik vazni va

uning dinamikasi elektron tarozilarda o‘lchash yordamida aniqlandi [2].

Tajribadan olingan ma’lumotlar variatsion statistika usullarida qayta ishlandi. Bunda har

bir belgining o‘rtacha arifmetik ko‘rsatkichi (X), uning xatosi (Sx), o‘zgaruvchanlik
koeffitsienti (Cv) va guruhlar ko‘rsatkichlari orasidagi farqlanishlarning ishonchlilik darajasi
(P) aniqlandi [3].

Tadqiqot natijalari.

Tadqiqotlar davomida turli qorako‘l qo‘ylarining o‘sish

ko‘rsatkichlari o‘rganildi. Tadqiqot natijalari asosida olingan ma’lumotlar 1-jadvalda keltirildi.

1-jadval

Tajribadagi qorako‘l qo‘zilarining tirik vazn dinamikasi

Guruhlar

Qo‘zilarning tirik vazni

Tug‘ilganda

4-4,5 oylikda

6 oylikda

X±S

x

C

v

X±S

x

C

v

X±S

x

C

v

Tajriba (n=30)

3,72±0,3

5,3

28,9±0,3

5,8

33,3±0,4

6,2

Nazorat (n=30)

3,72±0,4

6,7

25,6±0,32

7,03

29,8±0,42

7,6


Ushbu ma’lumotlar tahlilidan tajriba va nazorat guruhidagi qorako‘l qo‘zilarining

tug‘ilgandagi tirik vazni o‘rtasida deyarli farq bo‘lmaganlari analoglar prinsipi asosida tanlab
olindi. 4-4,5 oylikda tajriba guruhi nazorat guruhidagi qo‘zilardan tirik vazn ko‘rsatkichi 3,3 kg
12,8%, 6 oylikda esa 3,5 kg 11,7% yuqori o‘sish ko‘rsatkichlariga ega bo‘ldi.

2-jadval

Qo‘zilarning o‘sish xususiyatlari, n=30

Guruhlar

Tug‘ilgandan 4-4,5 oylikkacha

4-4,5 oylikdan 6 oylikkacha

Davr

davomiyligi,

kun

Mutloq

o‘sish,

kg

Kunlik

o‘sish, g

Davr

davomiyligi,

kun

Mutloq

o‘sish,

kg

Kunlik

o‘sish, g

Tajriba

135

25,18

187

45

4,4

98,0

Nazorat

135

21,88

162

45

4,2

93,0

Tajriba davomida qo‘zilarning mutlaq o‘sish ko‘rsatkichi 4-4,5 oylikda tajriba guruhida

25,18 kg ni tashkil qilib, kunlik o‘sish tajriba guruhida nazorat guruhidan 25,0 gram 15,4%
yuqori bo‘ldi.


background image

122

6 oylikda tajriba guruhi, nazorat guruhidan kunlik o‘sish 5,0 gram, 3,1% ga yuqori

ko‘rsatkich namoyon qildi.

Xulosa.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra ekstruderlangan qo‘shimcha ozuqalar bilan

oziqlantirilgan qorako‘l qo‘ylari nazorat guruhiga nisbatan yuqori ko‘rsatkich namoyon qildi.
Ekstruderlangan ozuqalar bilan oziqlantirilgan qorako‘l qo‘ylari tirik vazni qo‘zilarining yosh
davrlari bo‘yicha tirik vazn dinamikasi ijobiy ko‘rsatkichlar namoyon qildi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

1.

Fayzullayev O.B., Shaptakov E.S., Qo‘ylarni turli gidropon ozuqalar bilan oziqlantirib

burdoqilash samaradorligi. Chovachilik va naslchilik ishi №2.2023 20-21 b.

2.

Кравченко Н.А. Разведение селскохозяйственных животных. Изд-во селхоз

литературы, журналов и плакатов, 1963. 310 с

3.

Плохинский Н.А. Руководство по биометрии для зоотехников. Москва. 1969. -256

с.

4.

Xatamov, A. (2019). Turli etologik tipdagi qoraqalpoq sur qorako’l qo’ylarining tirik

vazn ko’rsatkichlari vauning dinamikasi. Chorvachilik Va Naslchilik Ishi Jurnali. 2019 Y. №02.
11-12 B.

5.

Xatamov А., Normuminova M. The effect of "barakat" fertilizer on the growth

indicators of lambs and the milk production of children. ISSN: 2776-0979, In Volume 3, Issue
11 of Web of Scientist: International Scientific Research Journal. Nov., 2022. РР. 1550-1553
https://doi.org/10.17605/OSF.IO/NRKCT

6.

Xatamov А., Normuminova M., Qozoqov J. B. THE USE OF INNOVATIVE

METHODS IN FEEDING KARAKUL SHEEP //Conferencea. – 2022. – С. 127-131.

7.

Xatamov, A., & Qozoqov, J. (2023). Qorako’l qo’ylari sut mahsuldorligi va sutining

kimyoviy tarkibiga probiotiklarning ta’siri. Chorvachilik Va Naslchilik Ishi Jurnali. 2023 Y.
№03. 26-28 B.

8.

Xatamov А., Qozoqov J. B. The Effect Of Probiotics On Dairy Products //Texas

Journal of Agriculture and Biological Sciences. – 2022. – Т. 10. – С. 130-132.


UO‘K: 636.32/38.088.3.

AHOLINI SIFATLI GOʻSHT MAHSULOTI BILAN TA’MINLASHDA

QOʻYCHILIKNING AHAMIYATI

D.Yu.Abduzoirova

-Rangli qorako‘l qo‘ylari seleksiyasi

bo‘limi mudiri,q.x.f.f.d (PhD).

Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti

Annotatsiya. Maqolada aholini sifatli go‘sht mahsuloti bilan ta’minlashda qo‘ychilik

tarmog‘ining ahamiyati va o‘rni, go‘sht mahsuldorligini oshirish imkoniyatlari borasidagi
adabiyotlar tahlili natijalari keltirilgan.

Kalit so‘zlar: oziq-ovqat muammosi, qo‘ychilik, tez yetiluvchanlik, go‘sht mahsuldorligi.

Annotation.

The article presents the results of the analysis of the literature on the

importance and role of the sheep breeding industry in providing the population with quality
meat products, as well as the possibilities of increasing meat productivity.

Key words: food problem, sheep breeding, early maturity, meat productivity.

Bugungi kunda butun dunyoda oziq-ovqat havfsizligi global muammolardan biri sifatida

e’tirof etilmoqda. Sababi, aholi soni yildan yilga oshib borayotgan bir davrda kimyoviy
vositalarsiz, toza va sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish qiyinlashmoqda. Qishloq
xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda iqlim o‘zgarishlari ham jiddiy zarar berishi bilan bir
qatorda, aholi sonini oshib borishi vaziyatni yanada og‘irlashib borishini ta’minlayapti. Go‘sht

References

Fayzullayev O.B., Shaptakov E.S., Qo‘ylarni turli gidropon ozuqalar bilan oziqlantirib burdoqilash samaradorligi. Chovachilik va naslchilik ishi №2.2023 20-21 b.

Кравченко Н.А. Разведение селскохозяйственных животных. Изд-во селхоз литературы, журналов и плакатов, 1963. 310 с

Плохинский Н.А. Руководство по биометрии для зоотехников. Москва. 1969. -256 с.

Xatamov, A. (2019). Turli etologik tipdagi qoraqalpoq sur qorako’l qo’ylarining tirik vazn ko’rsatkichlari vauning dinamikasi. Chorvachilik Va Naslchilik Ishi Jurnali. 2019 Y. №02. 11-12 B.

Xatamov А., Normuminova M. The effect of "barakat" fertilizer on the growth indicators of lambs and the milk production of children. ISSN: 2776-0979, In Volume 3, Issue 11 of Web of Scientist: International Scientific Research Journal. Nov., 2022. РР. 1550-1553 https://doi.org/10.17605/OSF.IO/NRKCT

Xatamov А., Normuminova M., Qozoqov J. B. THE USE OF INNOVATIVE METHODS IN FEEDING KARAKUL SHEEP //Conferencea. – 2022. – С. 127-131.

Xatamov, A., & Qozoqov, J. (2023). Qorako’l qo’ylari sut mahsuldorligi va sutining kimyoviy tarkibiga probiotiklarning ta’siri. Chorvachilik Va Naslchilik Ishi Jurnali. 2023 Y. №03. 26-28 B.

Xatamov А., Qozoqov J. B. The Effect Of Probiotics On Dairy Products //Texas Journal of Agriculture and Biological Sciences. – 2022. – Т. 10. – С. 130-132