128
PROSTATA BEZI SARATONINI DAVOLASH UCHUN
YANGI KOMPOZITSIYA “АNDROFER”NING
FARMAKO-
TOKSIKOLOGIYASINI O‘RGANISH
Tuxtasheva Visola Farmonovna, Zaxidova Lola Tishayevna,
Aminov Salohiddin Djurayevich, Tursunxodjayeva Firuza Muratovna
O‘zR FА
akad. S.Yu.
Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti,
visolaft@mail.ru
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) maʼlumotlariga ko‘ra har yili
dunyoda 1,41 mln.dan ortiq bemorlarda prostata kasalligi qayd etilib, ularning
70-80% da patologik jarayon rivojlanadi. Ushbu kasallik asosan erkaklik jinsiy
gormonlar taʼsirida yuzaga kelganligi sababli, davolashda gormonoterapiya
usullaridan foydalaniladi. Gormonoterapiyaning barcha usullarida yetarlicha
no‘juya taʼsirlar kuzatilishi sababli, bugungi kunda jahon tajribasida,
gormonoterapiyaning turli kombinatsiya usullaridan foydalanib kelinmoqda. Shu
sababli tadqiqot ishi prostata bezi saratonini davolash uchun yangi
kombinatsiyani o‘rganishga bag‘ishlangan.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasida o‘sadigan Ferula tenuisecta
o‘simligidan seskviterpen spirtlarni murakkab efirlarini ajratib olish, sinergetik
taʼsirni oshirish
maqsadida turli kombinatsiyalarni ishlab chiqish, olingan
substantsiyaning farmakologik va toksikologik xususiyatlari hamda klinik
tekshiruvlarini o‘tkazish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish muhim ahamiyat
kasb etadi.
Tadqiqot maqsadi: Ferula tenuisec
ta o‘simligining ildiz qismidan ajratib
olingan seskviterpenli spirtlarning murakkab efirlari yig‘indisi asosida olingan
ferulen substantsiyasining va uning siproteron atsetat bilan kompozitsiyasining
androgenga bog‘liq organlarga taʼsirini o‘rganishdan ib
ora
Tadqiqotlarning material va uslublari.
Tajribalar, erkak-
urg‘ochi oq kalamushlar (180
-200 g) va erkak-
urg‘ochi oq
sichqonlar (18-20 g), mushuklar (2,5-
3,2 kg) da olib borildi. O‘rganilgan dori
vositalari zond yordamida tajriba hayvonlar oshqozoniga yuborildi.
А
ndrofer
suvda yaxshi erimaganligi sababli erituvchilar, o‘rik yelimi yordamida
distillangan suvda eritilib hayvonlar oshqozoniga yuborildi. Nazorat guruhiga
mos ravishda o‘rik yelimining suvdagi suspenziyasi yuborildi.
Solishtiruv preparatlari sifatida Ferulin va Siproteron atsetatlardan foydalanildi.
Аndroferning rezorbtiv taʼsiri va o‘tkir zaharlilik ko‘rsatgichlariga taʼsirini
o‘rganish. Аndrofer erkak va urg‘ochi oq kalamushlarga 180
-200g hamda erkak va
urg‘ochi oq sichqonlarga 500; 1000; 2000; 3000 va 4000 mg/kg larda og‘iz orqali
129
yuborildi. 500-
3000 mg/kg bo‘lgan dozalar yuborilganda nazorat guruhidan deyarli
farq qilmadi va o‘lim holati ko‘zatilmadi. 4000 mg/kg yuborilganda tajriba kunining
oxirida harakat faolligi kamaydi. 15 soatdan keyin harakat faolligi qaytdi va nazorat
guruhiga nisbatan sezilarli farq ko‘zatilmadi. Tajriba hayvonlari 14 kun davomida
ko‘zatuvda bo‘ldi va yuborilgan dozalarda o‘lim holati mutloqo qayd etilmadi.
Tajriba natijalariga asoslanib “Аndrofer”ni V
guruh amaliy zaharsiz
moddalar guruhiga kiritdik
Xulosa
1. “Аndrofer” o‘tkir zaharlilik ko‘rsatkichi bo‘yicha og‘iz orqali yuborilganda
V sinfga, kam zaharli moddalar kirishi aniqlandi.
Olib borilgan tadqiqot natijalari mahalliy xom ashyodan foydalangan holda
prostata bezi saratonini gormonaterapiya usuli bilan davolashda bezarar yangi
kompazitsiyani ishlab chiqarish va tibbiyot amaliyotida foydalanish imkoniyatini
beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Каримов
Р., & Юнусов
А. (2022). Проблемы перекисного окисления
липидов в аспекте гепатопротекторов. Library, 22(4), 109
-
117. извлечено от
https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/17306
2.
Мирзаахмедова, К., & Нуриддинова, Н. (2021). Лечение заболеваний
центральной нервной системы в
аспекте фармакологии, in Library, 27(4),
5-
8. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/17316
3.
Аминов, С., & Каримова, Г. (2022). Поиск и изучения
гепатопротекторной активности биологически активной добавки группы
дармонал.
in
Libra
ry,
22(1),
46-
47.
извлечено
от
https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/17378
4.
Бабаджанова, Ф., Абдужалилов, А., & Аскаръянц, В. (2021). О структуре
и функциональной активности пищеварительной системы, in Library, 21(4),
105-
107. извлечено от
https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/17362