Роль ландшафтного дизайна в планировке центров южных городов Узбекистана

CC BY f
116-119
3
1
Поделиться
Камилова, Х., & Джахонова, С. (2023). Роль ландшафтного дизайна в планировке центров южных городов Узбекистана. Тенденции и перспективы развития городов, 1(1), 116–119. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/prospects-urban-development/article/view/27254
Холида Камилова, Ташкентский архитектурно-строительный университет
Доцент
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Основная цель статьи - представить требования современной архитектуры на основе национальных традиций, сохранения национальной идентичности в градостроительстве, ландшафтной архитектуре, озеленении современных городских территорий, эстетическом дизайне и классификации. Приведены основные принципы проектирования улиц, дорог и транспортных зон, а также предоставлена информация об организации движения пешеходов.

Похожие статьи


background image

O‘ZBEKISTONNING JANUBIY SHAHARLARI MARKAZLARINI

REJALASHTIRISHDA LANDSHAFT DIZAYNI MEʼMORCHILIGI

MUHITINI SHAKLLANTIRISHNING ROLI

Dotsent., KAMILOVA XOLIDA XABIBULLAEVNA, magistrant JAHONOVA SAINA G‘ANISHER QIZI

Toshkent Arxitektura-Qurilish universiteti

Annotatsiya:

Maqolaning asosiy maqsadi milliy urf-odatlarga tayangan holda zamonaviy

arxitekturaning talablarini ifodalash, milliylikni saqlash shaharsozlikda landshaft arxitekturasi,
zamonaviy shaharlar xududini ko‘kalamzorlashtirish, estetik shakllantirish va klassifikatsiyalash
buyicha loyihalash. Ko‘cha, yo‘l va transport maydonlarini loyixalashni asosiy prinsiplarini
yaratilishi va piyodalar xarakatini tashkillashtirish haqida maʼlumot berilgan.

Kalit so‘zlar:

ko‘kalamzorlashtirish, landshaft meʼmorchiligi, dekorativ, unifikatsiyalash,

funksional rejalashtirish, hajmiy fazoviy, texnik - iqtisodiy, taʼmirlash, shahar dizayni.

Аннотация:

Основная цель статьи - представить требования современной

архитектуры на основе национальных традиций, сохранения национальной идентичности в
градостроительстве, ландшафтной архитектуре, озеленении современных городских
территорий, эстетическом дизайне и классификации. Приведены основные принципы
проектирования улиц, дорог и транспортных зон, а также предоставлена информация об
организации движения пешеходов.

Ключевые слова:

ландшафтный дизайн, ландшафтная архитектура,

декоративность, унификация, функциональное планирование, объемно-пространственный,
технико-экономический, ремонт, градостроительство.

Annotation:

The main purpose of the article is to present the requirements of modern

architecture based on national traditions, preservation of national identity in urban planning,
landscape architecture, gardening of modern urban areas, aesthetic design and classification. The
basic principles of designing street, road, and transport areas are provided and information on the
organization of pedestrian traffic is provided.

Key words:

landscaping, landscape architecture, decorative, unification, functional

planning, volume-spatial, technical-economic, repair, urban design.

Prezidentimizning qatʼiyati va jasorati tufayli mustaqillik yillarida shaharsozlikni

rivojlantirishda erishilgan tarixiy haqiqatni qaror toptirish, xalqimizning bukilgan qaddini tiklashga
kirishilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumat qarorlarida aholi yashash
xududlarini obodonlashtirishga alohida eʼtibor qaratiladi. Hozirda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini
olib borishda bir qancha ilmiy tashkilotlar, nihol o‘stiriladigan ko‘chatxonalar faoliyat
ko‘rsatmoqda.

Ko‘kalamzorlashtirishda qo‘llaniladigan manzarali daraxtlar va butalar turlarini

kengaytirish, janubiy shaharlar markazlari sharoitlariga moslasha oladigan nav va shakllarini izlab
topish, ilmiy darajada asoslangan texnologiya bo‘yicha parvarishlashni tadbiq etish – bugungi
kunning dolzarb masalalaridan sanaladi.

Landshaft meʼmorchiligi muhitini shakllantirish.

Landshaft arxitekturasini janubiy shaharlar

xududida ko‘kalamzorlashtirishni estetik shakllantirish va klassifikatsiyalash hamda tipologik-
jarayonlar buyicha loyihalashni taqozo etadi.

Landshaft arxitekturasi obyektlarini loyihalash bo‘yicha asosiy masalalar yaratilishi uchun

kichik arxitektura formalarini ro‘yxatlari, obodonlashtirish elementlari, jihozlari, shuningdek
interyerlarni ko‘klamzorlashtirish va qishki bog‘larni tashkil etish, dekorativ gulzorlarni bezash
masalalari chizmalarda, loyihalar dasuratlarda ko‘rsatilishi lozim.


background image

Transport vositalarini

. Ko‘cha yo‘l va transport maydonlarini loyixalashni asosiy

prinsiplari yaratiladi, rejalashtirishni unifikatsiyalashgan chizmalar asosida transport va piyodalar
xarakatini tashkillashtirishga qarab chiqilishi lozim. Turli tipdagi yo‘lovchi transportini
takomillashtirish yo‘llari va ulardan qo‘llanish ko‘rsatiladi.

Tashqi transport to‘g‘risidagi (avtomobil, temir yo‘l, suv, xavo) ularni qurilmalarini

joylashtirish, axoli joylarini rejalashtirish va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishga bog‘liq asosiy
tushunchalar beriladi.

Janubiy shahar markazlarining piyodalar zonalarini meʼmoriy yechimlari.

Janubiy

shaharlar markazlarining ko‘p funksiyali piyodalar ko‘chasi va maydonlari meʼmoriy shakllanish
taxlili kompleks o‘rganilishi lozim.

Janubiy shaharlar markazlarining piyodalar ko‘chasi va zonalarini meʼmoriy - tipologik

yechimlarini rivojlanishning asosiy anʼanalarini aniqlanadi, shaharsozlikni funksional rejalashtirish,
hajmiy fazoviy, texnik - iqtisodiy, taʼmirlash va meʼmoriy kompozitsion muammolari taxlil etiladi.

Meʼmorlar va shaharsozlik soxasida ishlayotgan muxassislar uchun shaharlar xududini to‘la

muxandislik obodonlashtirish va turli axamiyatga molik xududlarni obodonlashtirish: turar joy
rayoni, mikrorayon, ko‘cha, maydonlar, skverlar, bulvarlar, bog‘lar va parklar, sport inshootlari,
shahar xududini vertikal planlashtirish, yomg‘ir suvlarini qochirish yo‘laklarni loyihalashtirish


background image

avtomobil to‘xtash joylari, xo‘jalik maydonlari va turar joy mikrorayonlarini shuningdek
mikrorayon yer osti muxandislik tarmoqlariga katta eʼtibor qaratilmoqda.

Shaharsozlikda shahar ko‘chalarini, maydonlarni, park bog‘larini sunʼiy yoritqichlar bilan

yoritish masalalari ham yechilishi lozim.

Bog‘lar tarkibiy shakllantirilmasdan, puxta o‘ylangan bo‘lishi va meʼmoriy bog‘bonlar bilan tuzgan
tarx-rejalari asosida yaratilishi lozim.

Unda daraxt va butalar, gul ekish, bog‘ qurilishlariga oroyish berish, ayniqsa, favvoralar,

saroy va ko‘shklar barpo etish ishlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Bog‘lardagi o‘simliklar turi va navlarini tanlash, bir-biridan keyin ochiladigan mavsumiy

gullar, manzarali va mevali daraxtlarni aralash ekish, xullas, landshaft meʼmorchiligi va meʼmoriy
muhit orastaligi hisobga olingan. Demak, aytish mumkinki, bugun bog‘ va shaharsozlikning muhim
tarkibiy qismiga aylangan landshaft dizaynining ilk ko‘rinishlari ota bobolarimiz yaratgan bog‘larda
keng qo‘llanilgan.


background image

Shahar dizayni shaharsozlik, arxitektura, shahar infrastrukturasi va landshaftining tarkibiy

kismi sifatida qaralishi, quriladigan har bir inshoot, shakllantiriladigan infrastruktura esa badiiy-
estetik mohiyatga betakror, rang-barang, qiziqarli ko‘rinishiga ega bo‘lishi lozim. Buning, uchun
shaharsozlar, arxitektorlar dizaynerlar bilan ijodiy hamkorlik o‘rnatishi darkor.
Shahar dizayni rang-barang sohalar bilan bog‘liq ijodiy faoliyat turidir. U arxitektura, yo‘l
transporti, savdo-sotiq, madaniy- maishiy xizmatlar uyushtirish, kommunikatsiya, mebelshunoslik,
ijtimoiy boshqarish va tabiiy ravishda, sanʼatning barcha janrlarini, turlarini bilishni talab etadi.
Shuning uchun «Shahar dizayni» kursini ishlab chiqish va mutaxassislar tayyorlash jarayoniga joriy
etish maqsadga muvofiqdir.

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, shahar dizaynida zamonaviy, g‘arbona va anʼanaviy,

sharqona sanʼat janrlarini, turlarini uyg‘unlashtirish imkoni kattadir. Ushbu janrlarni, turlarni
sintezlashtirish mutaxassisni erkin, keng izlanishlarga undaydi va uning asarlarini ommalashtiradi,
haѐtiy qiladi. Demak, shahar dizayni badiiy-estetik ijodni ijtimoiy hayotga, amaliyotga
yaqinlashtiradi, izlanishlarga pragmatik yo‘nalish beradi.

ADABIYOTLAR:

1. Glazichev V.L. Дизайн как он есть. — М.: Европа.-2006. - B.17-19.
2. Shimko V.T.

Shahar muhitining me'moriy shakllanishi

.-М.:Oliy maktab, 1990.- B.10-12.

3. Mixaylov S.M, Mixaylova А. S.

Dizayn asoslari. - M.: Dizaynerlar uyushmasi Rossiya, 2004. - B.42-48.

Библиографические ссылки

Glazichev V.L. Дизайн как он есть. — М.: Европа.-2006. - B.17-19.

Shimko V.T. Shahar muhitining me'moriy shakllanishi.-М.:Oliy maktab, 1990.- B.10-12.

Mixaylov S.M, Mixaylova А. S. Dizayn asoslari. - M.: Dizaynerlar uyushmasi Rossiya, 2004. - B.42-48.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов