Дефекты кирпичных стен зданий

CC BY f
362-364
2
0
Поделиться
Умаров, Ш., & Юдашалиев, А. (2023). Дефекты кирпичных стен зданий. Тенденции и перспективы развития городов, 1(1), 362–364. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/prospects-urban-development/article/view/27410
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье приведены рекомендации по восстановлению прочности и устранению дефектов кирпичных стен с низкой прочностью используемых зданий и сооружений.

Похожие статьи


background image

BINOLARNI G‘ISHTLI DEVORLARIDA HOSIL BO‘LUVCHI NUQSONLAR

Dotsent UMAROV SHODILJON ABDUG‘OFUROVICH, sh.umarov@ferpi.uz,

Е1-22 BIQ talabasi YO‘LDASHALIEV AZIZBEK

Farg‘ona politexnika instituti, (Farg‘ona, O‘zbekiston)

Annotatsiya.

Ushbu maqolada foydalanilayotgan bino va inshootlarning mustahkamligi past g‘ishtli devorlarni

mustahkamligini qayta tiklash va g‘ishtli devorlarni nuqsonlarini bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

Rekonstruksiya, tosh-g‘isht, konstruksiya, vaqtinchalik, kuchaytirish, mustaxkamlik, siqilish.

Аннотация:

В статье приведены

рекомендации по восстановлению прочности и устранению дефектов

кирпичных стен с низкой прочностью используемых зданий и сооружений.

Ключевые слова:

Реконструкция, камень-кирпич, конструкция, временная, усиление, прочность, сжатие.

Annotation.

This article provides recommendations for restoring the strength and eliminating defects of brick

walls with low strength of buildings and structures used.

Keywords:

Reconstruction, stone-brick, construction, temporary, reinforcement, strength, sealing.

Kirish.

Bino va inshootlar o‘zining mustahkamligi, bikrligi, uzoqqa chidamliligi, pishiqligi va

shu kabi ko‘rsatkichlari bo‘yicha turlicha tavsifga ega bo‘ladi. Kapitalligi yuqori, o‘ta mustahkam,
mahobatli, ko‘rkam, qulaylik darajasi baland, arxitektura elementlariga boy bo‘lgan bino va
inshootlarga foydalanish davrida katta hajmdagi texnik parvarish ko‘rsatilishi talab etiladi. An’anaviy
me’morchilik usullari bo‘yicha tiklangan binolar o‘zining yuqori boshlang‘ich mustahkamligi va
pishiqligi bilan ajralib turadi. Bunday binolarni rekonstruktsiya qilish va saqlab turish iqtisodiy va
me’morchilik nuqtai nazaridan maqsadga muvofiqdir. Shuning bilan birgalikda, ularni
rekonstruktsiyalashda zamonaviy qulaylik vositalarini uyg‘unlashtirib joriy etib borish zarur bo‘ladi.

Binolardagi qo‘llanilgan konstruktsiyalarning xizmat muddatlari bir-biridan farq qiluvchi bo‘lib,
hatto bir bino miqyosida ham ularning qiymatlari turlichadir. Shu sababli, konstruktsiyalarning
amaliy xizmat muddatlari shartli miqdordir. Ko‘plab zamonaviy binolarning xizmat muddatlari
hozircha taqribiy tayinlangan, chunki ularning hatto birinchi avlodi ham o‘zining hisobiy xizmat
muddatini o‘tab bo‘lgani yo‘q.[1]. Masalan, yirik paneli yig‘ma temirbeton konstruktsiyalardan
tiklangan binolarning xizmat muddati 120-150 yilni tashkil etishi mo‘ljallangan bo‘lib, bu ularning
kafolatli xizmat muddati bo‘lib hisoblanadi. Ma’lumki, qulay ish sharoitlarida temirbetonning
mustahkamligi oshadi, natijada binolarning haqiqiy ishlash muddati me’yoriy qiymatlaridan ham
ko‘proq bo‘lishi mumkin.

Qurilish amaliyotining ko‘rsatishicha, foydalanish davrida bino va inshootlarning, ularning

konstruktsiya va qismlarining muttasil jismoniy va ma’naviy yemirilishi yuz beradi va bu holat har
qanday vaziyatda ham davom etaveradi; tizimli ravishda parvarishlash (texnik xizmat ko‘rsatish)
natijasida yemirilishlarni sekinlashtirishga, uning avj olib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikka erishiladi;
vaqti-vaqti bilan amalga oshiriluvchi rekonstruktsiyalash va modernizatsiyalashlar ma’naviy
eskirishlarni “neytrallashtirish” imkonini beradi.

Statistikaning ko‘rsatishicha, bino va inshootlardagi yaroqsizlanish va avariyalarning

ko‘prog‘i ahamiyatsiz sabablar oqibatida yuzaga kelar ekan: nazorat hisoblarining bajarilmaganligi
(ayniqsa bir necha kishidan iborat guruh tomonidan bajarilgan loyihalash ishlarida tugunlarning
tekshirilmasligi); elementlarni tayyorlashda ishchilar tomonidan yo‘l qo‘yiluvchi befarqliklar
oqibatida; montajchilar tomonidan konstruktsiyalarni yig‘ishda yo‘l qo‘yiluvchi sifatsizliklar; xizmat
ko‘rsatuvchi xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yiluvchi xatoliklar va ularning malakasining pastligi va
boshqalar.

Odatda, avariyalarning sabablari tahlil qilinganda ularning texnik jihatlariga asosiy e’tibor

qaratiladi, vaholanki, ko‘p hollarda avariyalar sub’ektiv omillar mahsuli ekanligi ma’lumdir, ya’ni
foydalanuvchilar, loyihachilar va quruvchilar yo‘l qo‘ygan xatolar natijasida sodir bo‘luvchi
yaroqsizlanishlar ham amaliyotda tez-tez uchrab turishi aniqlangan va buni nazarda tutish zarurdir.
Bunda konstruktsiyalarda yuzaga keluvchi nuqsonlarni baholashda avariyalar sabablarini ularning
xavflilik darajasi bo‘yicha tasniflash zarurdir.


background image

Ko‘plab avariyalar tahlil qilinganda, ularning kelib chiqishiga katta xatolar emas, balki

e’tiborsizlik oqibatida yo‘l qo‘yilgan arzimas kamchiliklar sabab bo‘lganligi aniqlangan. Ehtimolli
xatolarni quyidagi tarzda tasniflash taklif etilgan:

1) tasodifiy xatolar;

2) tizimli (sistematik) xatolar;

3) yanglishish natijasidagi xatolar (xodimlarning malakasi pastligi natijasida yo‘l qo‘yilgan,

ularning tez-tez almashtirilishi natijasida sodir bo‘luvchi, inshootlarning murakkabligi sababli yuzaga
keluvchi va bshqalar);

4) befarqlik va mas’uliyatsizlik natijasida sodir bo‘luvchi;

5) noma’lum yoki o‘rganilmagan omillar natijasida hosil bo‘luvchi.

Tajribalardan aniqlanishicha, 3 – guruhdagi xatolar oqibatida eng ko‘p – 35% avariya va

yaroqsizlanishlar sodir bo‘lishi kuzatilar ekan. Bundan tashqari, aksariyat hollarda avariyalar faqat
bitta hato oqibatida yuzaga kelishi, juda kam hollardagina ikki yoki undan ko‘p xato sabab bo‘lishi
aniqlangan.

Quyida keltirilgan 1.1- jadvalda bir necha Yevropa mamlakatlarida binolarning tashqi

devorlarining shikastlanish sabablari foiz miqdorida ko‘rsatilgan.

Binolarning tashqi devorlarining shikastlanish sabablari

1-jadval

Mamlakat

Xatolar, %

Materiallarni

ng noto‘g‘ri

tanlanishi
natijasida

shikastlanish

To‘liq

(butkul)

buzilish

Loyihada

yo‘l

qo‘yilgan

Texnologik

Foydalanish

davrida

yuzaga kelgan

Germaniya

4,1

2,9

9

1,4

4,1

Belgiya

4,9

2,2

9

1,5

5

Daniya

3,6

2,2

8,7

2,5

5

Tojigiston

13,7

20,4

10,6

23,1

8,1

Qirgiziston

23

24,2

12,2

21,6

8


Jadvaldagi raqamlardan ko‘rinib turibdiki, ushbu mamlakatlarda deformatsiyalangan

binolarning butkul buzilishining salmog‘i katta ekan. Avariyalarning eng asosiy -bosh sabablaridan
biri bo‘lib loyihalashda yo‘l qo‘yilgan xatolar sanaladi.

Quyida g‘isht devorlarning qurilish va foydalanish amaliyotida vujudga keladigan xarakterli

nuqson va shikastlanishlari keltirilgan.

- bino o‘rta qismining cho‘kishi, bunda devorlarda hosil bo‘luvchi yoriqlar binoning pastiga

tomon kengayib boradi.

- b

ino chetki qismlarining cho‘kishi, bunda devorlarda qiya yoriqlar hosil bo‘ladi.

-bino bir qismining cho‘kishi, bunda bino balandligi bo‘yicha yoriq

kengligi doimiyligi kuzatiladi.

1-rasm.G‘isht ustunning buzilish bosqichlari: a-1-bosqich dastlabki yoriqlar; b-yoriqlarning

kengayib xavfli ko‘rinishga kelishi; v-ustunning buzilish

Yuqoridagi nuqson va shikastlanishlarning sabablari o‘rganilganda quyidagilar aniqlandi:


background image

tekshirish va loyihada yo‘l qo‘yilgan xatolar: turli uchastkalardagi asos mustahkamligini
baholashda ko‘milgan chuqurlar, mahalliy bikr tayanchlar mavjudligini baholash
(betonlashtirilgan quduqlar), turli qavatli binolar poydevorlarini konstruktsiyalashda,
binoning bir qismida podval qavatlari va xonalarning mavjudligi.

asosni tayyorlashdagi kamchiliklar:asos grunti ortiqcha kavlab olinib, yangi to‘kilgan grunt
yetarlicha zichlanmagan; xandaqdagi yer osti suvlari chiqarib yuborilishida asos gruntining
yuvilib ketishi.

poydevorni barpo qilishdagi kamchiliklar:sifatsiz beton, qorishma qo‘llanilishi, yemiruvchan
muhitda mustahkamligi va chidamliligi yetarli bo‘lmagan toshlarning ishlatilganligi va
boshqalar.

foydalanishdagi kamchiliklar: asosga suv ketishiga yo‘l qo‘yilganligi, asos gruntining
atmosfera yog‘inlari, maishiy yoki texnologik suvlar bilan yuvilishi (ayniqsa zaif yoki
cho‘kuvchan gruntlar mavjud uchastkalarda); devorlarning ho‘llanilishiga olib keluvchi yoki
poydevorlarning muzlashi va ko‘pchishiga sabab bo‘luvchi gruntlarning to‘kilganligi yoki
kavlab olinganligi ekanligi aniqlandi.

Bundan tashqari, ko‘plab binolarning devorlarida zilzila oqibatida, quruq issiq iqlim ta’sirida,

yuklarning ortib ketishi natijasida, asos cho‘kishi oqibatida, mexanik ta’sirlardan turli
ko‘rinishlardagi nuqson va shikastlanishlar, ayrim hollarda xavfli yoriqlar va buzilish alomatlari
vujudga kelishi hollari kuzatildi.[2].

Xulosa.

Bunday holatlar yuzaga kelganda binolarning normal ekspluatatsiyaga yaroqliligini

ta’minlash uchun konstruktsiyalar ishonchli tarzda kuchaytirilishi talab etiladi. Ko‘plab binolarning
devorlari va ustunlarida zilzila oqibatida, quruq issiq iqlim ta’sirida, yuklarning ortib ketishi
natijasida, asos cho‘kishi oqibatida, mexanik ta’sirlardan turli ko‘rinishlardagi nuqson va
shikastlanishlar, ayrim hollarda xavfli yoriqlar va buzilish alomatlari vujudga kelishi hollari kuzatildi
hamda ushbu holatlarni oldini olish choralarini ko‘rish tavsiya etiladi.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Temirbeton va tosh-g‘isht konstruksiyalar. B.A.Asqarov, Sh.R.Nizomov-T.; “Iqtisod-Moliya”,2008.-440.bet

2.

Umarov, S. A. (2021). Development of deformations in the reinforcement of beams with composite
reinforcement. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(9), 511-517.

3.

G‘ishtli devorlarda uchraydigan nuqsonlar va shikastlanishlarni kelib chiqish sabablari. PhD Sh.A.Umarov,
magistrant N.H.Halilova Jizzax 2022.

Библиографические ссылки

Temirbeton va tosh-g‘isht konstruksiyalar. B.A.Asqarov, Sh.R.Nizomov-T.; “Iqtisod-Moliya”,2008.-440.bet

Umarov, S. A. (2021). Development of deformations in the reinforcement of beams with composite reinforcement. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(9), 511-517.

G‘ishtli devorlarda uchraydigan nuqsonlar va shikastlanishlarni kelib chiqish sabablari. PhD Sh.A.Umarov, magistrant N.H.Halilova Jizzax 2022.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов