Огнезащита деревянных конструкций, используемых в строительстве

CC BY f
469-471
1
0
Поделиться
Арсланов, И., & Султонова, Г. (2023). Огнезащита деревянных конструкций, используемых в строительстве. Тенденции и перспективы развития городов, 1(1), 469–471. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/prospects-urban-development/article/view/27480
Ислом Арсланов, Ташкентский международный университет Кимё
t.f.n. dots
Гульноза Султонова, Ташкентский международный университет Кимё
магистр
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

в данной статье представлены методы огнезащиты деревянных конструкций, применяемые при строительстве зданий и сооружений, а также положительные и отрицательные стороны этих методов. Также, представлен конструктивный способ противопожарной защиты стропильной системы, используемого для устройства кровли здании.

Похожие статьи


background image

CONCLUSION.

The following conclusions can be made based on the results of research

conducted in laboratory conditions.

- We used two different methods to increase the durability of asphalt concrete.
Method 1. Adding surface-active additives to bitumen. adding surface-active materials to

bitumen in the following ratio gives high efficiency" Monoethanolamine (MEA)- 0.05% of the
total mass bitumen, EkoTop- 0.5% of the total mass bitumen, rubber powder 12.5% of the total
mass bitumen.

Method 2. Adding surface-active materials to asphalt concrete: Topcell - 0.5% of the total

mass AS, Khrizopro - 0.5% of the total mass AS, Khrizotop - 0.3% of the total mass AS, Viatop
66 - 0 .4% of the total mass AS, Aramid - 0.5% of the total mass AS was added.

Adding these surfactants improved the physical and mechanical properties of asphalt

concrete (Table 2). At the same time, due to the addition of surface-active materials, the
durability of the asphalt-concrete pavement is increased, and various deformations (cracks,
shifts, ruts, etc.) that appear in it are reduced, and its service life is increased by at least 25-35%.

REFERENCES

1.

Ablakulov A., Jamolov S. Using the new material to enhancing asphalt concrete’s rheologic characteristics.
‘‘Mashinasozlik va muhandislik ta’limi muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya. 8-iyun,
2023-yil.

2.

Ablakulov A., Jamolov S., Ablullaev X. ‘‘Improve asphalt concrete’s physical and mechanical characteristics’’,
« II

nd

International Scientific Scopus Conference ‘‘Modern Materials Science’’ 2023-y.

3.

J.

Rottenmaier

&

Sohne

GMBH

Viatop

[Электронный

ресурс].

-

http://sma-

viatop.com/SMAviatop_engl/index.shtml

4.

https://flagma.kz/stabiliziruyushchaya-dobavka-ecotop-o2096244.html

5.

http://www.chryzotop.ru/menu/product/

6.

Ablakulov, A, Mahkamov D., ‘‘Asfaltobeton qorishmasiga qo’shimcha moddalar qo’shib uning fizik-mexanik
xususiyatlarini oshirish’’. ‘‘Avtomobil yo'llari va muhandislik kommunikasiyalari qurilish jarayonlarining
dolzarb muammolari” mavzusidagi respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya, 2021-y.

7.

Ablakulov A., Jamolov S. Improving the quality of the road construction materials by modifiying with additives
to external influences. ‘‘Mashinasozlik va muhandislik ta’limi muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy
konferensiya. 8-iyun, 2023-yil

8.

Shaw P. S. Stress-Strain Relationships for Granular Materials under Repeated Loading. / P. S. Shaw. – PhD
Thesis. Department of Civil Engineering. University of Nottingham, 2014. – p.120

9.

Gost 9128 - 2013. Smesi asfaltobetonnye, polimerasfaltobetony, asfalobeton, polimerasfaltobeton dlya
avtomobilnyx dorog I aerodromov. Texnicheskie usloviya M., 2014.,- 56 s.

10.

GOST 31015-2002 Smesi asfaltobetonnye va asfalobeton shchebenochno-mastichnye.

11.

Asfaltobeton GOST 12801-98 Materialy na osnove organicheskix vyjushchix uchun dorojnogo va aerodromnogo
stroitelstva.

QURILISHDA QO’LLANILADIGAN YOG’OCH KONSTRUKSIYALARNI

YONISHDAN HIMOYA QILISH

t.f.n. dots ARSLANOV ISLOM KIMSANOVICH., magistrant SULTONOVA GULNOZA SHOKIR

QIZI

Toshkent kimyo xalqaro universiteti

Annotatsiya:

ushbu maqolada bino va inshootlar qurilishida qo’llaniladigan yog’och konstruksiyalarini

yonishdan himoya qilish usullari hamda ushbu usullarni ijobiy va kamchilik tomonlari keltirilgan. Shu bilan birga
bino tom qismida qollaniladigan stropil qurilmasini yonishdan himiya qilishning konstruktiv usuli keltirilgan.

Аннотация:

в данной статье представлены методы огнезащиты деревянных конструкций,

применяемые при строительстве зданий и сооружений, а также положительные и отрицательные
стороны этих методов. Также, представлен конструктивный способ противопожарной защиты
стропильной системы, используемого для устройства кровли здании.

Abstract:

this article presents fire protection methods for wooden structures used in the construction of

buildings and structures, as well as the advantages and disadvantages of these methods. Also, a constructive method
of fire protection for the rafter system used to construct the roof of a building is presented.

Kalit so’zlar:

yog’och konstruksiyalar, yonishdan himoya qilish, yonishdan konstruktiv va kimyoviy himoya


background image

qilish, antipirenlar, shimdirish usili, olovga chidamli suvoq qoplama, lak-bo’yoqlar, kimyoviy yonishdan himoya
qiluvchi moddalar.

Ключевые слова:

деревянные конструкции, огнезащита, конструктивная и химическая

огнезащита, антипирены, метод пропитки, огнестойкая штукатурка, лаки, химические огнезащитные
вещества.

Key words:

wooden structures, fire protection, structural and chemical fire protection, fire retardants,

impregnation method, fire-resistant plaster, varnishes, chemical fire retardants.

Ma’lumki qurilishda g'isht-tosh, beton, po'lat va boshqa aralash holda tayyorlanadigan

konstruksiyalardan tashqari yog'och konstruksiyalari ham keng qo’llaniladi. Bunga sabab,
ulaming qurilish mavsumini tanlanmasligi, kimyoviy va elektr ta’sirlariga bardoshliligi, kam
zichlikka ega bo'la turib, yuqori fizik-mexanik ko'rsatkichlarga ega ekanligidir. Yog'och asosida
ishlab chiqariladigan materiallar (turli xildagi yog'och to’ldiruvchili plitalar, fanerlar,
presslangan yog'och, yog'och tolali materiallar va boshq.) dan to'g'ri foydalanish va ularni
himoyalash, yog'och konstruksiyalarining umrboqiyligini sezilarli darajada oshiradi va undan
samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi. Yog'ochdan ko'proq konstruktiv maqsadlarda,
yani undan yuk ko'taruvchi konstruksiya sifatida keng foydalaniladi. Yog'och to'sinlar, ustunlar,
sarrov kabi eng sodda konstruksiyalar va, ayniqsa, tuzilma sifatida sinchli karkas, tom yopma,
murrakkab ko'rinishga ega fazoviy qobiq, ustyopma va boshqa shu kabi turli yog'och
konstruksiyalar sifatida qo'llanib kelinmoqda.

Yog‘och konstruksiyalar mustahkamligi, kimyoviy muhitlarga chidamliligi, issiqlik

o‘tkazuvchanligining pastligi, xom ashyo bazasining doimiy mavjudligi va unga ishlov
berishning oddiyligi, qurilishni yilning barcha fasllarida bajarish imkoniyatining mavjudligi kabi
ijobiy hossalarga ega bo’lish bilan birga bir qator kamchiliklarini ham mavjud. Yogoch
konstruksiyalarining eng katta kamchiliklaridan biri bu uning ovbardoshligining juda pastligidir.

Zamonaviy materiallar turlari ko’pligiga qaramay, yog'och tabiiyligi, ekologik tozaligi kabi

ijobiy hususiyatlari bilan qurilish sohasida mashhur bo'lib qolmoqda. Ammo yog’ochni
qollanilish sohasini yanada kengaytirish uchun ularni qayta ishlash kerak. Ma’lumki bugungi
kunda, amaliyotda yog’ochlarni yonishdan himoya qilish maqsadida konstruktiv va kimyoviy
usullar keng qo’llanilib kelinmoqda.

Yogʼochni yonishdan himoya qilish uchun tegishli konstruktiv choralarga yonmaydigan

materiallardan boʼlinmalarni qurish, suvoqli va boshqa himoya qoplamalarni qilish kabilar
kiradi. Yogʼoch yuzalarini yonishga qarshi boʼyoq tarkiblar bilan boʼyashda, bogʼlovchisi odatda
suyuq shishadan hamda toʼldiruvchilari kvarts qumi, mel, magnezit va ishqorga chidamli
pigmentlardan (oxra, mumiyo va boshqalar) tashkil topgan kompozitsiyalar qoʼllaniladi.

Yogʼochni yonishdan kimyoviy himoya qilishda antipirenlar - bura, ammoniy sulfat,

fosfor-natriy va ammoniy kabi moddalar bilan shimdiriladi. Bular yongʼin sodir boʼlganda
yogʼochning yuzasida, kislorod borishiga toʼsqinlik qiluvchi plyonka hosil qiladi yoki
konstruktsiya yonidagi gazli muxitda, kislorod konsentratsiyasini kamaytiruvchi yonmaydigan
gazlarni ajratib chiqaradi [1].

Olovga chidamli materiallarning ta'sir qilish prinsipi, yong'inga qarshi vositalarni tashkil

etuvchi komponentlar bilan sodir bo'ladigan fizik-kimyoviy jarayonlarga asoslanadi. Asosiy
yong'inga qarshi kompozitsiyalarning komponentlari – eruvchan hamda gaz chiqaradigan
moddalardan iboratdir.

Past haroratda eriydigan moddalar qizdirilganda yupqa plyonka xosil bo'ladi va buning

natijasida kislorod yuzaga chiqa olmaydi. Ushbu jarayon natijasida yog'ochning yonish harorati
ortadi va bu o’z navbatida materiallarning yong'inga chidamliligini oshiradi [2].

Yong'inga chidamli qoplamalar sezilarli kamchilikka ega bo’ladi, ya’ni ular yog'ochning

tekstura naqshini yashirib yog'och ko'rinishining yomonlashishiga olib keladi.

Yog‘ochdan yasalgan buyum va konstruksiyalarni olovdan himoya qilish, ularni

maxsus preparatlar – antipirenlar bilan qayta ishlash orqali erishiladi. Suvli dispersiyalar
yoki himoya laklar shaklida tayyorlangan antipirenlar, yog‘ochda organik materiallarning
yonishiga to‘sqinlik qiladigan issiqlikka chidamli izolyatsion qatlam, ya’ni parda hosil
qiladi. Yog‘ochni olovdan himoya qilish turli xil usullar bilan amalga oshiriladi, ularning


background image

eng samaralisi o‘tga chidamli qoplamalarni yelimlash, shuningdek maxsus tarkiblar bilan
ishlov berishdir. Olovdan himoya qilishning birinchi usuli himoya qilinadigan material
yuzasiga qoplama qatlamini yelimlashdan iborat bo‘lib, uning samaradorligi fizik-
kimyoviy xususiyatlar yoki ushbu sirtga vositani yopishishi bilan belgilanadi. Qisqa
muddatli o‘t oldirish manbasiga mahalliy ta’sir qilish bilan, olovdan himoya qiluvchi
qoplamalar yog‘och konstruksiyalarning yonishiga to‘sqinlik qiladi, yong‘inga qarshi
kurashishni osonlashtiradi va ba’zi hollarda uning paydo bo‘lish ehtimolini bartaraf
qiladi. Shimdirish usuli bilan olovdan himoya qilish materialga maxsus moddalar –
antipirenlarni kiritishdan iboratdir. Ushbu usul yong‘in sharoitida mahal liy yong‘in
ta’sirida yog‘och konstruksiyalarni yong‘indan himoya qiladi. Bunday holda, materialning
faqat karbonlashtirilishi kuzatila di, bu esa alangalanish maydoni bilan cheklanadi [3].

Bugungi kunda yog‘och va undan yasalgan mahsulotlarni ishlatilish maqsadiga

hamda hajmiga qarab, olovdan himoya qilish uchun ishlatiladigan vositalar amalda
quyidagi turlarga bo‘linadi.

-

laklar – himoya qilinishi kerak bo‘lgan yuzada nozik shaffof parda hosil qiluvchi

qoplamalardir. Ular yog‘och to‘qimasini saqlaydi, dekorativ xususiyatlarga ega
hamda olovdan himoya qilishga imkon beradi;

-

bo‘yoqlar, emallar – himoyalangan sirtda olov tarqalishining oldini oluvchi,

shuningdek namlikdan saqlovchi, dekorativ ko‘rinishga ega bo‘lgan turli xil
ranglardagi yupqa qatlam hosil qiluvchi tarkiblardir;

-

qoplamalar, suvoqlar – himoya qilish uchun sirtga qo‘llaniladigan pastaga o‘xshash

kompozitsiyalar bo’lib, ular ma’lum darajada yong‘indan himoya qiladi, ammo
yetarli dekorativ xususiyatlarga ega emas;

-

eritmani shimdirish (propitka) – yog‘och material yuzasiga qo‘llaniladigan suvli va

moyli eritmalardir. Ular yog’ochga bosim ostida yoki singdirish usuli bilan kiritiladi.

Bino va inshootlar tom qismining stropil qurilmasidagi yog’och elementlar va

konstruktsiyalarni yonishdan himoya qilishda kimyoviy himoy qilishdan tashqari konstructiv
himoya choralarini ko’rish ham muhim hisoblanad. Xususiy turar joy binolari qozonhonalaridan
chiqadigan tutun mo’rilar, olovga chidamli hamda issiqlik o’tkazuvchanligi kam bo’lgan
materiallardan qilinishi kerak. Shunda tutun mo’risi yaqinida joylashgan yog’och elementlarni
yonish ehtimoli bartaraf etiladi. Shu bilan birga bino chordoq qismada joylashgan elektr
kabellarining qoplamalari ham yonishni oldini oladigan, chidamli polimerlar bilan qoplangan
bo’lishi va to’gri montaj qilingan bo’lishi kerak.

Yog’och konstruksiyalarni yonishdan konstruktiv va kimyoviy himoya qilish ususllarini

qollash bilan bir qatorda, yong’in chiqish sabablarini ham o’rganish hamda unga qarshi tegishli
choralarni ko’rish, bino va inshootlardagi yog’och elementlar hamda kostruksiyalarni olovdan
himoya qilishdagi asosiy tadbirlarlar hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Арсланов И.К. Қурилиш материаллари. Ўқув қўлланма. Тошкент. – 2023 йил. 187 б.

2.

Rustamov O’.I. Yog’och qurilish konstruksiyalari va yog’och qipiqli plitalarning yonuvchanligini kamaytirish
muammolari. Monografiya. Toshkent 2021.

3.

Ломакин А.Д. и др. Огнезащита клееных деревянных конструкций для зданий и сооружений. Научный
журнал «Жилищное строительство». 5-2013. С 36-40.

4.

Muminov N. S. et al. RESEARCH OF TRANSPORT ECOLOGICAL SYSTEM OF TASHKENT CITY
INFRASTRUCTURE: PROBLEMS, REQUIREMENTS AND SOLUTIONS //British Journal of Global
Ecology and Sustainable Development. – 2022. – Т. 11. – С. 112-125.

5.

Jo’rayev M. B., Tugalov B. Q., Xolbekov S. R. ARMATURA QURILISH MATERIALLARIGA DOIR
XAVFSIZLIK TALABLARINI BELGILASHDA TEXNIK REGLAMENTLARNING AFZALLIKLARI
//Conferencea. – 2022. – С. 72-77.

6.

Jo’rayev, M. B., B. Q. Tugalov, and S. R. Xolbekov. "MAHSULOTLARNI XAVFSIZLIK
KORSATKICHLARINI ANIQLASHDA TEXNIK REGLAMENTLARNI QOLLASH (ARMATURA
MISOLIDA)."

Conferencea

(2022): 63-67.

Библиографические ссылки

Арсланов И.К. Қурилиш материаллари. Ўқув қўлланма. Тошкент. – 2023 йил. 187 б.

Rustamov O’.I. Yog’och qurilish konstruksiyalari va yog’och qipiqli plitalarning yonuvchanligini kamaytirish muammolari. Monografiya. Toshkent 2021.

Ломакин А.Д. и др. Огнезащита клееных деревянных конструкций для зданий и сооружений. Научный журнал «Жилищное строительство». 5-2013. С 36-40.

Muminov N. S. et al. RESEARCH OF TRANSPORT ECOLOGICAL SYSTEM OF TASHKENT CITY INFRASTRUCTURE: PROBLEMS, REQUIREMENTS AND SOLUTIONS //British Journal of Global Ecology and Sustainable Development. – 2022. – Т. 11. – С. 112-125.

Jo’rayev M. B., Tugalov B. Q., Xolbekov S. R. ARMATURA QURILISH MATERIALLARIGA DOIR XAVFSIZLIK TALABLARINI BELGILASHDA TEXNIK REGLAMENTLARNING AFZALLIKLARI //Conferencea. – 2022. – С. 72-77.

Jo’rayev, M. B., B. Q. Tugalov, and S. R. Xolbekov. "MAHSULOTLARNI XAVFSIZLIK KORSATKICHLARINI ANIQLASHDA TEXNIK REGLAMENTLARNI QOLLASH (ARMATURA MISOLIDA)." Conferencea (2022): 63-67.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов