1094
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
MULOQOTNING YOSHGA XOS XUSUSIYATLARI UNING SHAXS
SHAKLLANISHIDAGI O’RNI
Bektursinova Lalaxan Xojanazarovna
QDU, Pedagogika va psixologiya kafedrasi docenti, PhD.
Matyoqubova Munira Davranbek qizi
Qoraqalpoq davlat universiteti, “Amaliy psixologiya” yo’nalishi III
-bosqich talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15714285
Annotatsiya
.
Mazkur maqolada muloqotning yoshga xos xususiyatlarini ochib berilib,
muloqotning shaxs shakllanishidagi o'rni yoritib beriladi. Go'dakda muloqot ko'lamining
kengayishi va nutqning paydo bo'lishi va ilk bolalik davrida nutqning o'sishi, muloqotning o'ziga
xos xususiyatlari yoritilib ko'rsatilgan va ota-onalarning go'daklarda muloqot o'sishi
jarayonidagi o'rni o'rganilgan.
Kalit so‘zlar:
Muloqot uslubi, emotsionallik, go‘daklik, ilk bolalik davri, temperament,
nerv tizimi, kommunikativ, ijtimoiy rol.
AGE-RELATED CHARACTERISTICS OF COMMUNICATION AND ITS ROLE IN
PERSONALITY FORMATION. COMMUNICATION IN INFANCY AND EARLY
CHILDHOOD
Abstract.
This article reveals the age-related characteristics of communication and
highlights the role of communication in personality formation. The expansion of the scope of
communication in an infant and the emergence of speech and the growth of speech in early
childhood, the peculiarities of communication are highlighted, and the role of parents in the
process of communication growth in infants is studied.
Keywords:
Communication style, emotionality, infancy, early childhood, temperament,
nervous system, communicative, social role.
ВОЗРАСТНЫЕ ОСОБЕННОСТИ ОБЩЕНИЯ И ЕГО РОЛЬ В ФОРМИРОВАНИИ
ЛИЧНОСТИ. ОБЩЕНИЕ В МЛАДЕНЧЕСТВЕ И РАННЕМ ДЕТСТВЕ
Аннотация.
В данной статье раскрываются возрастные особенности общения и
освещается роль общения в формировании личности. Освещены расширение диапазона
общения у младенца и появление речи и развитие речи в раннем детстве, особенности
общения и изучена роль родителей в процессе развития общения у младенцев.
Ключевые слова:
Стиль общения, эмоциональность, младенчество, раннее
детство, темперамент, нервная система, коммуникативная, социальная роль
.
Kirish
Muloqot har bir insonda o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Har bir odamning
muloqotdagi uslubi, ohangi, ifoda vositalari va kommunikativ xatti-harakatlari uning
individualligini aks ettiradi. Bu xususiyat
lar tug‘ma (temperament, nerv tizimi) va orttirilgan
(tajriba, tarbiya, ijtimoiy muhit) omillar asosida shakllanadi. Muloqot
—
bu ikki va undan ortiq
shaxslar o‘rtasida axborot almashinuvi, emotsional yaqinlik, hamkorlik va ijtimoiy tajriba
o‘rnatilish jarayonidir. Shaxsning shakllanishi esa insonning individual psixologik xususiyatlari
va ijtimoiy muhit bilan o‘zaro ta’sirida yuzaga keladi. Shu jihatdan muloqot bolada: dunyoni
idrok etish qobiliyati, o‘zini anglash, ijtimoiy qoidalarni o‘zlashtirish, emotsional bog‘lanishlar
shakllanishi, ijtimoiy rol va harakatlarni egallash kabi jarayonlarda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
1095
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
Asosiy qism
Muloqotning yoshga xos xususiyatlari va uning shaxs shakllanishidagi o‘rni insonning
ruhiy, ijtimoiy va aqliy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Har bir yosh bosqichida muloqot
o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi va bu jarayon bolaning shaxs sifatida kamol topishida asosiy
omillardan biri hisoblanadi.
Go‘daklik davrida muloqot, asosan, emotsional aloqa shaklida bo‘ladi. Bu bosqichda
bolaning ona yoki unga yaqin kishilar bilan o‘rnatgan hissiy bog‘lanishi uning kelajakdagi
ishonch hissi va ijtimoiy munosabatlarga tayyorligini belgilaydi. Emotsional muloqot orqali bola
atrofidagi dunyoni idrok qilishni boshlaydi.
Maktabgacha yoshda bolalar og‘zaki muloqotni faol egallay boshlaydi. Bu davrda nutq
rivojlanadi, bolalar savol berish, tushuntirish, o‘z fikrini ifodalash orqali atrofdagi insonlar bilan
o‘zaro aloqa o‘rnatadi. Muloqotning bu bosqichi ijtimoiy me’yorlar, axloqiy qadriyatlar va
madaniyat elementlarini o‘zlashtirishda asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Maktab yoshida bolalarda muloqot nafaqat o‘yin va hissiy ehtiyojlarni qondirish, balki
ta’lim olish, bilim va ko‘nikmalarni egallash vositasiga aylanadi. Bu davrda muloqot orqali bola
o‘z o‘rnini anglaydi, jamoadagi vazifalarini bajaradi, ijtimoiy rollarni o‘zlashtiradi. O‘qituvchi
va tengdoshlar bilan muloqot bolaning shaxsiy fazilatlari
—
mas’uliyat, mustaqillik, o‘z
-
o‘zini
boshqarish
—
rivojlanishiga xizmat qiladi.
O‘smirlik davrida muloqot chuqur psixologik ahamiyat kasb etadi. Bu bosqichda inson
o‘zligini anglash, ichki dunyosini ifoda etish va o‘ziga xoslikni shakllantirishga intiladi.
Muloqot o‘smirga o‘z fikrini bildirish, qarashlarini himoya qilish, tengdoshlar bilan
ijtimoiy mavqeni belgilash imkonini beradi. Shu orqali shaxsning mustaqil fikrlashi, o‘z qarorlari
uchun javobgarlik hissi shakllanadi. Umuman olganda, muloqot har bir yosh bosqichida bola va
yoshlarning ichki dunyosini boyitadi, ular orasida ijtimoiy aloqalar tizimini shakllantiradi va
shaxsiy rivojlanishga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Inson hayotining ilk bosqichlari
–
go‘daklik va ilk bolalik davri –
uning keyingi ruhiy,
ijtimoiy va intellektual rivojlanishi uchun poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Ayniqsa, bu davrda
muloqotning tutgan o‘rni beqiyosdir. Go‘dak tug‘ilgan ilk kunlardan boshlab atrofdagi insonlar,
ayniqsa onasi bilan o‘ziga xos muloqotga kirishadi. Bu muloqot nafaqat nutqni shakllantiradi,
balki bola shaxsining dastlabki asoslarini ham belgilaydi.
Oilada bola tug‘ilishi bilan oila a’zolari u bilan muloqotga kirishishga harakat qiladilar.
Lekin chaqaloq muloqotga darhol tayyor bo‘lmaydi: uxlaydi, yig’laydi va emadi.
Chaqaloq o‘zining hayotini shartsiz refleks, ya’ni qichqiriq bilan boshlaydi. Birinchi
qichqiriq nutqning birinchi belgisidir. Ayrim olimlar birinchi qichqiriqni salbiy emotsiya deb
ataydilar. Haqiqatdan ham chaqaloq o’zining qichqirig‘i bilan uyquga, ovqatga, issiqlikka
bo‘lgan ehtiyojini bildiradi.[1.67]
Insonning tabiati shundayki, u atrofdagilar bilan muloqotda bo‘lmasdan yashay olmaydi.
Bola tug‘ilganda uning onasi o’zining mehrini muloqot orqali beradi. Shuningdek,
oilaning boshqa kattalari ham chaqaloq bilan muloqotda boim asdan turolmaydi. Kattalar
tomonidan bo’ladigan to’g’ri muloqot chaqaloqda muloqotga bo‘lgan ehtiyojni shakllantiradi.
Chaqaloq bir oylik bo’lganda «ga», «da», «ua» kabi nutq belgilari paydo bo’ladi.
Bolaning muloqoti reaktiv (passiv) yoki aktiv (faol) shaklda bo‘ladi. Bolaning kattalar
bilan qiladigan muloqoti dastlab kattalarning labi va ko‘zlariga qarashdan boshlanadi. Ijobiy
muloqotda bo‘lish uchun kattalar bolaga ko‘proq kulgulari bilan ta’sir etishlari maqsadga
muvofiq. Bolani qo‘lga olib ko‘targanda u juda xursand bo‘ladi.
1096
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
Biryarim
—
ikki oylikda bola kattalarning jilmayishiga o‘zining kulgusi bilan javob
qaytaradi. Ona bola uchun ehtiyojlarini qondiruvchi eng asosiy kishi. Ona uchun ham bola
barchadan aziz.[2.45]
Ilk bolalik davrida bolalar kattalarga qaram bo‘ladilar, chunki ularning mustaqil harakat
qilishlari qiyin. Hatti-
harakat xulq me’yorlarini bolalar kattalardan o‘rganadilar. Bu davrda bola
xulqining motivi anglanilmagan bo‘ladi. Bolaning ichki dunyosi shakllanishi kattalarga bog‘liq.
Chunki bola kattalar kutgan muloqotni darhol bera olmaydi. Bola predmetlarga bo‘lgan
qiziqishini awalo kattalarga murojaati orqali bildiradi. Kerakli yordamni nutqni qo‘llash orqali
oladi. Kattalar agar bola bilan kam muloqotda bo‘lsalar, uning nutqi rivojlanishdan orqada
qolishi mumkin. Muloqotga bo‘lgan ehtiyoj bolada kattalarning muloqoti orqali o‘sadi.Ilk
bolalik davrida nutqning rivojlanishi ikki xil yo‘l orqali amalga oshiriladi: kattalar nutqini
tushunishi hamda bolaning shaxsiy faol nutqi shakllanishi orqali. [3.98] Bola bilan onaning
muloqoti faqatgina so‘zlar bilan emas, balki mimika, imo
-ishora, pantomimika, ohang va vaziyat
kabilar orqali amalga oshiriladi. Bular harakatga signal bo‘lib xizmat qiladi. 2 yoshli bolalar
oldida o‘yinchoqlar turgan bo‘lsa onasi unga «ber menga» deb o'yinchoqni ko‘rsatsa darhol bola
uni olib beradi. «mumkinmas», degan so‘z bolaning harakatlari to ‘xtashiga signal bo‘lib xizmat
qiladi.
Xulosa
Muloqotdagi yoshga xos xususiyatlar bu
–
insonning yoshi ortib borishi bilan uning
muloqot qilish uslubi, ehtiyojlari, maqsadlari va ifoda shakllarining o‘zgarishidir. Har bir yosh
bosqichida: bola yoshida muloqot o‘yin orqali, hissiy va harakatlarga boy tarzda kechadi; til
o‘rganish va ijtimoiylashuv boshlanadi. O‘smirlik davrida o‘z fikrini mustaqil ifoda qilishga
intilish kuchayadi, tengdoshlar bilan muloqot muhim o‘rin tutadi. Yoshlikda muloqot ko‘proq
maqsadga yo‘naltirilgan, professional va shaxsiy aloqalarni rivojlantirishga qaratiladi. Katta
yoshda esa muloqot tajriba va donolikka asoslanadi, ko‘proq maslahat va tarbiyaviy yo‘nalishda
bo‘ladi. Shunday qilib, muloqotdagi yoshga xos xususiyatlar –
shaxsning rivojlanish
bosqichlariga mos ravishda o‘zgarib boradigan, psixologik va ijtimoiy jihatdan shakllanadigan
muloqot uslublaridir.
Foydalanilgan Adabiyotlar
1.
Lolaxon B., Ayjamal B. PEDAGOGIK INSTITUTLARDA BILIM BERISH MAZNUNI
VA BILIM OLISH MALAKASINI SHAKILLLANTIRISH //ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА
И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. –
2023.
–
Т. 20. –
№. 4. –
С. 142
-143.
2.
Бектурсынова Л. ФАСИЛИТАЦИЯ ВОСИТАСИДА ТАЪЛИМ ЖАРАЁНИНИ
ТАШКИЛ ЭТИШ //ВЕСТНИК КАРАКАЛПАКСКОГО ГОСУДАРСТВЕННОГО
УНИВЕРСИТЕТА ИМЕНИ БЕРДАХА. –
2017.
–
Т. 35. –
№. 4. –
С. 50
-53.
3.
Bektursinova L. X., Madaminova N. O. CHARACTERISTICS OF THE
DEVELOPMENT OF LITTLE CHILDREN'S MENTION //Modern Science and
Research.
–
2024.
–
Т. 3. –
№. 5.
4.
Bektursinova L. X., Ismailova G. ROLE AND SIGNIFICANCE OF THE FAMILY IN
AGGRESSIVE SITUATIONS IN ADOLESCENTS.
–
2024.
5.
Bektursinova L., Kamolova S. OILAVIY IJTIMOIYLASHUV VA UNING O ‘ZIGA
XOSLIGI //MODERN SCIENCE.
–
2025.
–
Т. 2181. –
С. 3906.
1097
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
6.
Bektursinova, L. X. "O ‘QITUVCHINING IMIDJINI SHAKLLANTIRISH."
МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ 1.1 (2024): 294
-299.
7.
Khojanazarovna, Bektursinova Lalaxan, Turdimuratova Safiya, and Sarsenbaeva Dilnoza.
"PSYCHOLOGICAL MEANS AND LEVELS OF COMMUNICATION." AMERICAN
JOURNAL OF EDUCATION AND LEARNING 3.5 (2025): 871-875.
8.
Xojanazarovna, Bektursinova Lalakhan. "Improving The Pedagogical Mechanism For
The Formation Of The Pedagogical Image Of Future Teachers." Journal of Positive
School Psychology (2022): 3686-3694.
