Authors

  • Lalaxan Bektursinova
  • Amangul Pirmatova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.110176

Keywords:

muloqot ziddiyat muloqotchanlik shaxslararo munosabat emotsional boshqaruv faol tinglash empatiya murosa kommunikativ salohiyat ziddiyatlarni bartaraf etish.

Abstract

Ushbu maqolada muloqot jarayonidagi ziddiyatlar va ularni bartaraf etishning psixologik asoslari hamda samarali muloqotchanlik sifatlarini shakllantirish masalasi yoritilgan. Shuningdek, yosh avlodning kommunikativ salohiyatini oshirish va muloqot madaniyatini rivojlantirish borasidagi taklif va tavsiyalar berilgan. Maqola psixologiya, pedagogika va sotsial soha mutaxassislari uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega.

background image

1098

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

SAMARALI MULOQOT- O'QITUVCHI IMIDJINI SHAKLLANTIRUVCHI

STRATEGIK OMIL

Bektursinova Lalaxan Xojanazarovna

QQDU, Pedagogika va psixologiya kafedrasi docenti, PhD.

Pirmatova Amangul Rahat qizi

QQDU, “Amaliy psixologiya” yo’nalishi III

-bosqich talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15714305

Annotatsiya.

Ushbu maqolada muloqot jarayonidagi ziddiyatlar va ularni bartaraf

etishning psixologik asoslari hamda samarali muloqotchanlik sifatlarini shakllantirish masalasi
yoritilgan. Shuningdek, yosh avlodning kommunikativ salohiyatini oshirish va muloqot
madaniyatini rivojlantirish borasidagi taklif va tavsiyalar berilgan. Maqola psixologiya,
pedagogika va sotsial soha mutaxassislari uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega.

Kalit so‘zlar:

muloqot, ziddiyat, muloqotchanlik, shaxslararo munosabat, emotsional

boshqaruv, faol tinglash, empatiya, murosa, kommunikativ salohiyat, ziddiyatlarni bartaraf
etish.

EFFECTIVE COMMUNICATION-A STRATEGIC FACTOR IN SHAPING A

TEACHER'S IMAGE

Abstract.

This article addresses conflicts in the communication process and the

psychological foundations for their resolution, as well as the issue of developing effective
communication qualities. Additionally, it provides suggestions and recommendations for
enhancing the communicative potential of the younger generation and improving their
communication culture. The article holds both theoretical and practical significance for
specialists in psychology, pedagogy, and social fields.

Keywords:

communication, conflict, sociability, interpersonal relationships, emotional

management, active listening, empathy, compromise, communicative potential, conflict.

ЭФФЕКТИВНОЕ ОБЩЕНИЕ

-

СТРАТЕГИЧЕСКИЙ ФАКТОР, ФОРМИРУЮЩИЙ
ИМИДЖ УЧИТЕЛЯ

Аннотация.

В данной статье рассматриваются противоречия в процессе

общения и психологические основы их преодоления, а также вопрос формирования
качеств эффективной коммуникабельности. Кроме того, представлены предложения и
рекомендации по повышению коммуникативного потенциала молодого поколения и
развитию культуры общения. Статья имеет теоретическое и практическое значение
для специалистов в области психологии, педагогики и социальной сферы.

Ключевые слова:

общение, конфликт, коммуникабельность, межличностные

отношения, эмоциональное управление, активное слушание, эмпатия, компромисс,
коммуникативный потенциал, разрешение конфликтов.

Kirish.

Zamonaviy jamiyatda insonlararo muloqot hayotning barcha jabhalarida asosiy

ijtimoiy hodisalardan biri sifatida e

tirof etiladi. Muloqot insonlar o

rtasidagi o

zaro axborot

almashinuvi, his-tuyg

ular ifodasi, tajriba va bilimlarning uzatilishi jarayoni bo

lib, ijtimoiy

muhitda shaxslarning o

zaro anglashuvi va hamkorligini ta

minlaydi.

Biroq insonlar o‘rtasidagi

muloqot doimo bir tekis, muammosiz kechavermaydi. Muloqot jarayonida turli sabablarga ko‘ra

ziddiyatli vaziyatlar yuzaga kelishi tabiiy hol sanaladi. Ziddiyatlar muloqotning buzilishi,

noto‘g‘ri tushunish, shaxsiy manfaatlar to‘qnashuvi, madaniy tafovutlar va shaxsiy xarakter
farqlari oqibatida paydo bo‘ladi.


background image

1099

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Aynan mana shunday ziddiyatlarni o‘z vaqtida bartaraf etish va ular ta’sirini

minimallashtirish insonlararo munosabatlarning barqarorligi va sog‘lom ijtimoiy muhitni
ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Muloqotdagi ziddiyatlar shaxslararo aloqaning ijtimoiy-

psixologik mohiyatini o‘rganish

jarayonida psixologiya fanida alohida tadqiqot mavzusi sifatida ko‘rilib kelmoqda. Tadqiqotlar
shuni ko‘rsatadiki, ziddiyatlarning asosiy sabablari insonlarning shaxsiy xususiyatlari, axborotni

qabul qilish va qayta ishlashdagi tafovutlari, emotsional holati, ijtimoiy maqomi, rollari va

madaniy an’analari bilan bog‘liqdir [1;25]. Shu bois muloqot jarayonida yuzaga keladigan

ziddiyatlarning oldini olish yoki ularni ijobiy hal etish insonning kommunikativ salohiyatini

rivojlantirish, ya’ni muloqotchanlik sifatlarini shakllantirish bilan chambarchas bog‘liqdir.

Muloqotchanlik

bu insonning o‘z fikrini erkin bayon eta olish, boshqalarning fikrini

tushuna bilish, muloqot jarayonida faol ishtirok etish, kerak bo‘lganda murosaga kelish va

emotsional muvozanatni saqlay olish qobiliyatidir. Muloqotchanlik sifatlari insonning
jamiyatdagi psixologik moslashuvi, ijtimoiy faolligi va shaxslararo munosabatlarning
muvaffaqiyatliligini belgilovchi asosiy omil hisoblanadi. Shu sababli, insonlarda muloqotchanlik
qobiliyatlarini tarbiyalash va kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish bugungi kunda

pedagogika, psixologiya va sotsiologiya fanlarining dolzarb tadqiqot yo‘nalishlaridan biri

sifatida qaralmoqda. Ushbu ilmiy maqolada muloqot jarayonida yuzaga keladigan
ziddiyatlarning asosiy sabablari va ularni bartaraf etish usullari psixologik nuqtai nazardan tahlil

qilinadi. Shuningdek, insonlarda muloqotchanlik sifatlarini tarbiyalashning samarali yo‘llari va

zamonaviy yondashuvlari asoslab beriladi. Muloqotdagi ziddiyatlarni hal etishda empatiya, faol
tinglash, murosaga tayyorlik, ijobiy muloqot muhiti yaratish kabi kommunikativ

strategiyalarning ahamiyati yoritiladi. Mazkur mavzu bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari

va mavjud ilmiy manbalar tahlili asosida muloqot madaniyatini rivojlantirish va shaxslararo
ziddiyatlarni boshqarishning zamonaviy psixologik asoslari ochib beriladi.

Asosiy qism.

Insoniyat taraqqiyoti tarixida muloqot jarayoni insonlar o‘rtasidagi o‘zaro

anglashuv, hamkorlik va tajriba almashinuvining asosiy vositasi bo‘lib kelgan. Muloqot —

bu

insonlar orasidagi bevosita va bilvosita axborot almashinuvi jarayoni bo‘lib, unda shaxslar bir

-

birining fikr, his-

tuyg‘u va munosabatlarini anglaydi hamda ularning ruhiy

-psixologik holati

o‘zaro ta’sirlashadi [1;42]. Biroq muloqot jarayonida turli shaxsiy, ijtimoiy va madaniy omillar
ta’sirida ziddiyatli vaziyatlar yuzaga kelishi tabiiy jarayon sanaladi. Ziddiyatlarning kelib

chiqishi va ularni boshqarish masalalari psixologiya fanida doimiy tadqiq etib kelinmoqda.

Muloqot jarayonidagi ziddiyatlar sabablari xilma-xildir. Avvalo, insonlarning xarakter va

temperament xususiyatlari, emotsional holati, kommunikativ kompetensiyasi hamda ijtimoiy

tajribasi o‘zaro muloqot jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Shaxslarning temperament turiga ko‘ra

muloqotga kirishish darajasi ham farq qiladi. Masalan, sangvinik va xolerik tipdagi insonlar

ochiq va faol muloqotga moyil bo‘lsa, flegmatik va melancholik tipdagilar esa muloqotga
nisbatan ehtiyotkor, kamgap va tortinchoq bo‘lishadi. Shu bois, insonlarning psixologik tiplarini

inobatga olmaslik ziddiyatlarning yuzaga kelish ehtimolini oshiradi. Ziddiyatlarning yana bir
muhim sababi bu

shaxslararo muloqotdagi noto‘g‘ri tushunish va tafovutli talqinlardir. Har

bir inson atrof-

muhitdagi voqealarni, boshqalarning fikr va harakatlarini o‘z shaxsiy tajribasi,

qadriyatlari va dunyoqarashiga ko‘ra talqin qiladi. Buning natijasida, bir xil axborot yoki harakat

har xil qabul qilinishi va baholanishi mumkin. Bu hol esa ziddiyatli vaziyatlarga olib keladi
[2;70].


background image

1100

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Ayniqsa, muloqot jarayonida axborotning noto‘g‘ri yoki to‘liq yetkazilmasligi,

emotsional boshqaruvning yo‘qligi va faol tinglash madaniyatining sustligi bunday holatlarni

yanada kuchaytiradi. Muloqot jarayonida ziddiyatlarni bartaraf etish uchun avvalo insonlarda
kommunikativ madaniyat va muloqotchanlik sifatlarini shakllantirish talab etiladi.

Muloqotchanlik shaxsning boshqalar bilan samarali aloqa o‘rnatish, ularning fikrini

to‘g‘ri tushunish va emotsional jihatdan muvozanatli muloqot yurita olish qobiliyati sifatida
ta’riflanadi [3;55]. Zamonaviy psixologik tadqiqotlarda muloqotchanlikning asosiy

komponentlari sifatida faol tinglash, empatiya, murosaga tayyorlik, ijobiy kayfiyat va emotsional

boshqaruv ko‘rsatilgan. Faol tinglash —

bu suhbatdoshni diqqat bilan eshitish, uning fikrini,

emotsional holatini anglash va unga nisbatan hurmat bilan munosabat bildirishni anglatadi. Faol
tinglash muloqot jarayonida yuzaga keladigan tushunmovchilik va ziddiyatlarni oldini olishga

yordam beradi. Suhbatdoshning fikrini so‘zini bo‘lmasdan tinglash, unga savollar berish, mimika
va tana tili orqali e’tibor bildirish ziddiyatli vaziyatlarni yumshatishda ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Empatiya esa boshqalarning ruhiy holatini anglash va unga mos munosabat bildira olish

qobiliyati bo‘lib, insonlararo munosabatlarda o‘zaro anglashuv va yaqinlikni mustahkamlashga

xizmat qiladi. Empatik munosabat ziddiyatning kelib chiqish ehtimolini kamaytirib, mavjud
kelishmovchiliklarni murosaga asoslangan hal etish imkonini beradi. Tadqiqotlar shuni

ko‘rsatadiki, empatiya darajasi yuqori insonlar ziddiyatli vaziyatlarda boshqalarni yaxshi
tushunadi, sabrli va murosaga tayyor bo‘ladi [4;72].

Muloqotdagi ziddiyatlarni bartaraf etishda murosaga kelish san’ati ham muhim o‘rin

tutadi. Murosa

bu tomonlarning o‘zaro fikr va manfaatlarini inobatga olgan holda, ziddiyatni

ijobiy hal etishga qaratilgan kelishuvdir. Ziddiyatni kuchaytirib yubormaslik va uni oqilona hal

qilish uchun har ikki tomon ham muloqot jarayonida o‘z fikrlarini ochiq bildirish, boshqani
eshitish va kerak bo‘lganda o‘z pozitsiyasini qayta ko‘rib chiqishga tayyor bo‘lishi lozim [5;50].

Bugungi globallashuv va axborotlashtirish davrida insonlarning kommunikativ salohiyati,

ya’ni muloqotchanlik qobiliyatlari ijtimoiy hayotda muvaffaqiyat kalitiga aylanib bormoqda.

Shaxslararo ziddiyatlar nafaqat oilaviy, balki ish joyi, ta’lim muassasalari, ijtimoiy

guruhlar va hatto virtual muloqot tizimida ham yuzaga kelmoqda. Shu bois, muloqot
jarayonidagi ziddiyatlarni boshqarish va bartaraf etish uchun zamonaviy psixologik
yondashuvlardan foydalanish talab etiladi. Bunday yondashuvlarga konfliktologiya, tranzaksion
tahlil, psixologik treninglar va kommunikativ texnikalardan foydalanish kiradi.

Zamonaviy ta’lim tizimida o‘qituvchining roli nafaqat bilim beruvchi sifatida, balki

shaxslararo muloqotni tashkil etuvchi ijtimoiy-

psixologik lider sifatida ham alohida e’tibor talab

etadi. O‘qituvchining shaxsiy qiyofasi, ya’ni imidji, uning kasbiy muvaffaqiyati va o‘quvchi
bilan o‘zaro munosabatlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu imidjning shakllanishida esa
samarali muloqot hal qiluvchi omil hisoblanadi [1;67].O‘qituvchining ovoz tembri, tana

harakatlari, yuz ifodasi, tinglay olish qobiliyati va empatik yondashuvi uning muloqot

samaradorligini belgilovchi asosiy jihatlardir. Aynan shu omillar orqali o‘quvchida o‘qituvchiga
nisbatan iliq munosabat shakllanadi va bu pedagog imidjining ijobiy ko‘rinishiga olib keladi.

O‘qituvchi muloqotda o‘quvchi shaxsini hurmat qilsa, uning fikriga quloq tutsa va

ijtimoiy-

psixologik holatini inobatga olsa, bu holat o‘zaro ishonchga asoslangan sog‘lom ta’lim

muhitini yaratadi. Shunday muhitda o‘qituvchi faqatgina bilim manbai emas, balki ma’naviy
ko‘makchi va yetakchiga aylanadi. Bu esa imidjni tabiiy shakllantiradi, sun’iy imidjdan farqli
o‘laroq, barqaror va ijtimoiy jihatdan samarali bo‘ladi.


background image

1101

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Aksincha, muloqotda tahdid, bepisandlik, rasmiylik yoki sovuqqonlik ustun bo‘lsa,

o‘qituvchining ijobiy qiyofasi yo‘qoladi va bu nafaqat shaxsiy obro‘siga, balki ta’lim
jarayonining sifati va o‘quvchilarning motivatsiyasiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois
o‘qituvchining kommunikativ kompetensiyasi zamonaviy ta’limda strategik jihatdan ustuvor deb

qaraladi. [6;67]

Xulosa qilib aytganda,

muloqot jarayonidagi ziddiyatlarning asosiy sabablari

insonlarning psixologik tiplaridagi tafovutlar, emotsional boshqaruvning sustligi, faol tinglash va

empatiya ko‘nikmalarining rivojlanmaganligi hamda axborot almashishdagi xatoliklar bilan
bog‘liq. Ziddiyatlarni bartaraf etishda esa muloqotchanlik sifatlarini rivojlantirish, faol tinglash,

empatiya, murosaga tayyorlik va ijobiy muloqot muhiti yaratish muhim ahamiyatga ega. Bu esa

insonlararo munosabatlarning barqarorligini ta’minlash, sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish

va shaxslarning psixologik farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan Adabiyotlar

1.

Lolaxon B., Ayjamal B. PEDAGOGIK INSTITUTLARDA BILIM BERISH MAZNUNI

VA BILIM OLISH MALAKASINI SHAKILLLANTIRISH //ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА
И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. –

2023.

Т. 20. –

№. 4. –

С. 142

-143.

2.

Бектурсынова Л. ФАСИЛИТАЦИЯ ВОСИТАСИДА ТАЪЛИМ ЖАРАЁНИНИ
ТАШКИЛ ЭТИШ //ВЕСТНИК КАРАКАЛПАКСКОГО ГОСУДАРСТВЕННОГО
УНИВЕРСИТЕТА ИМЕНИ БЕРДАХА. –

2017.

Т. 35. –

№.

4.

С. 50

-53.

3.

Bektursinova L. X., Madaminova N. O. CHARACTERISTICS OF THE DEVELOPMENT
OF LITTLE CHILDREN'S MENTION //Modern Science and Research.

2024.

Т. 3. –

№. 5.

4.

Bektursinova L. X., Ismailova G. ROLE AND SIGNIFICANCE OF THE FAMILY IN
AGGRESSIVE SITUATIONS IN ADOLESCENTS.

2024.

5.

Bektursinova L., Kamolova S. OILAVIY IJTIMOIYLASHUV VA UNING O ‘ZIGA

XOSLIGI //MODERN SCIENCE.

2025.

Т. 2181. –

С. 3906.

6.

Bektursinova, L. X. "O ‘QITUVCHINING IMIDJINI SHAKLLANTIRISH."
МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ 1.1 (2024): 294

-299.

7.

Khojanazarovna, Bektursinova Lalaxan, Turdimuratova Safiya, and Sarsenbaeva Dilnoza.
"PSYCHOLOGICAL MEANS AND LEVELS OF COMMUNICATION." AMERICAN
JOURNAL OF EDUCATION AND LEARNING 3.5 (2025): 871-875.

8.

Xojanazarovna, Bektursinova Lalakhan. "Improving The Pedagogical Mechanism For The
Formation Of The Pedagogical Image Of Future Teachers." Journal of Positive School
Psychology (2022): 3686-3694.





References

Lolaxon B., Ayjamal B. PEDAGOGIK INSTITUTLARDA BILIM BERISH MAZNUNI VA BILIM OLISH MALAKASINI SHAKILLLANTIRISH //ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2023. – Т. 20. – №. 4. – С. 142-143.

Бектурсынова Л. ФАСИЛИТАЦИЯ ВОСИТАСИДА ТАЪЛИМ ЖАРАЁНИНИ ТАШКИЛ ЭТИШ //ВЕСТНИК КАРАКАЛПАКСКОГО ГОСУДАРСТВЕННОГО УНИВЕРСИТЕТА ИМЕНИ БЕРДАХА. – 2017. – Т. 35. – №. 4. – С. 50-53.

Bektursinova L. X., Madaminova N. O. CHARACTERISTICS OF THE DEVELOPMENT OF LITTLE CHILDREN'S MENTION //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 5.

Bektursinova L. X., Ismailova G. ROLE AND SIGNIFICANCE OF THE FAMILY IN AGGRESSIVE SITUATIONS IN ADOLESCENTS. – 2024.

Bektursinova L., Kamolova S. OILAVIY IJTIMOIYLASHUV VA UNING O ‘ZIGA XOSLIGI //MODERN SCIENCE. – 2025. – Т. 2181. – С. 3906.

Bektursinova, L. X. "O ‘QITUVCHINING IMIDJINI SHAKLLANTIRISH." МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ 1.1 (2024): 294-299.

Khojanazarovna, Bektursinova Lalaxan, Turdimuratova Safiya, and Sarsenbaeva Dilnoza. "PSYCHOLOGICAL MEANS AND LEVELS OF COMMUNICATION." AMERICAN JOURNAL OF EDUCATION AND LEARNING 3.5 (2025): 871-875.

Xojanazarovna, Bektursinova Lalakhan. "Improving The Pedagogical Mechanism For The Formation Of The Pedagogical Image Of Future Teachers." Journal of Positive School Psychology (2022): 3686-3694.