ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
50
IQLIM O’ZGARISHI VA SUV RESURSLARI TANQISLIGI:
MARKAZIY OSIYOGA TAHDID YAQINMI?
Nazirova Odina Abdurahmon qizi
Parkent tumani 57-
umumiy o’rta ta’lim maktabi 11
-
sinf o’quvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15808102
Annotatsiya.
Ushbu maqolada iqlim o’zgarishi va uning Markaziy Osiyo mintaqasidagi
suv resurslariga ta’siri xalqaro ilmiy faktlar va O’zbekiston statistikasi asosida yoritiladi.
Sirdaryo, Amudaryo, Orol fojeasi, cho’llanish va suv tanqisligi xavfi hamda buning
ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari haqida tahliliy fikrlar bildiriladi. Yechim sifatida ekologik siyosat,
xalqaro hamkorlik va aholining ekologik ongini oshirish zarurligi ta’kidlanadi.
Kalit so’zlar:
Iqlim o’zgarishi, suv tanqisligi, Sirdaryo, Amudaryo, Orol dengizi,
cho’llanish, ekologik inqiroz, suv diplomatiyasi.
Hozirgi davrda global iqlim inqilobi nafaqat muzliklar erishiga yoki harorat ko’tarilishiga
sabab bo’lmoqda, shu bilan birga, eng muhim resurs –
toza ichimlik suvi tanqisligiga ham olib
kelmoqda.
Xalqaro energetika Agentligi (IEA) va BMT Iqlim bo’yicha hisobotlariga ko’ra,
2050-
yilga borib dunyo aholisining yarmi suv tanqisligidan aziyat chekadi. Ayniqsa, qurg’oqchil
hududlar jumladan
–
Markaziy Osiyo ham bunga misol bo’la oladi. Sirdaryo va Amudaryo
havzasi mintaqaning asosiy suv manbai hisoblanadi. Biroq muzliklar erishi, yog’ingarchilik
kamayishi, havo harorati oshishi va aholi soni ko’payishi bu daryolarning tabiiy oqimiga salbiy
ta’sir ko’rsatmoqda. Harorat ko’tarilishi natijasida muzliklar qisqarib, suv hajmi kamaymoqda,
bu esa O’zbekiston, Qozog’izton, Tojikiston kabi davlatlar uchun iqtisodiy va ekologik xavf
tug’dirmoqda.
O’zbekiston suv tanqisligiga eng yaqin turgan davlatlardan biri sanaladi. Iqlim o’zgarishi
va noto’g’ri suv boshqaruvi sababli Orol dengizi qurib ketdi –
bu Markaziy Osiyodagi eng jatta
ekologik fojealardan biridir. 1960-
yillarda dunyodagi to’rtinchi yirik ko’l bo’lgan Orol dengizi
90% ga qisqarib, yuz minglab odamlar sog’lig’iga, qishloq xo’jaligiga, iqlimga salbiy ta’sir
ko’rsatdi. Bu nafaqat tabiat, balki insonlarning hayoti bilan bog’liq muammo. Cho’llanish
kuchayib, yerlarning sho’rlanishi hosildorlikni keskin pasaytirmoqda. Harorat o’rtacha 1.5°C ga
oshgan, bu esa vegetatsiya davrini qisqartirib, issiqlik to’lqinlari sonini ko’paytirmoqda. Qishloq
xo’jaligida suv sarfi juda yuqori –
90% suv irrigatsiyasiga sarflanmoqda, lekin eskirgan tizimlar
tufayli suvning 30
–
40% yo’qotiladi.
Suv tanqisligi nafaqat ekologik, balki siyosiy va ijtimoiy xavf tug’diradi. Daryo resurslari
qo’shni davlatlar o’rtasida bahsli masalaga aylangan. Ba’zi davlatlar yuqori oqimda joylashgan
bo’lib, suvni to’plashga harakat qilsa, boshqalar esa suv oqimiga qaram. Bu holat mintaqada suv
diplomatiyasini talab qiladi. Ayni paytda BMT va boshqa tashkilotlar vositachiligida mintaqaviy
kelishuvlar yo’lga qo’yilgan bo’lsa
-da, bu yetarli emas. Suv siyosatini samarali yuritish, xalqaro
hamkorlikni mustahkamlash va har bir davlat o’z ichki siyosatida suvni tejash, qayta ishlash,
yomg’ir suvidan foydalanish va xo’jalikda tomchilatib sug’orishni yo’lga qo’yishi zarur.
Raqamli texnologiyalar yordamida suv monitoringi, sug’orish usullarini joriy etish
O’zbekistonda ham dolzarb mavzulardan bo’lib bormoqda.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
51
Xulosa qilib aytganda, suv resurslari tanqisligi Markaziy Osiyo mintaqasining kelajagi
uchun jiddiy tahdiddir. Bu tahdidga faqat texnik vositalar bilan emas, balki ekologik tafakkur,
siyosiy iroda va xalqaro birdamlik bilan javob berish mumkin. O’zbekiston hukumati “Yashil
makon”, “Toza energiya” va “Ekosuv” kabi tashabbuslar orqali bu borada ijobiy qadamlar
tashlamoqda. Biroq bu yetarli emas
–
har bir fuqaro, ayniqsa biz yoshlar suvga bo’lgan
munosabatni o’zgartirishimiz, isrofgarchilikka barham berishimiz, ekologik ongimizni
rivojlantirishimiz shart. Chunki iqlim o’zgarishi –
bu ertangi kun emas, bu bugungu kunning
haqiqatidir.
Foydalanilgan manbalar:
1.
BMT (IPCC) Iqlim bo’yicha 6
-hisobot, 2023
2.
O’zbekiston Ekologiya, atrof
-
muhit va iqlim o’zgarishi vazirligi, 2024
3.
UNDP
–
BMT taraqqiyot dasturi (United Nations Development Programme)
4.
FAO
–
Central Asia water use and Agriculture, 2023
5.
Jahon banki
–
“Water Society in Central Asia”
-2022
