83
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7
QASHQADARYO VILOYATI 2010-2024 YILLARDAGI TARMOQLARNING YALPI
QO`SHILGAN QIYMATINI TREND MODELLAR YORDAMIDA PROGNOZLASH
Abdushukurova Sevinch Akramjonovna
Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti.
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo`yicha) yoʻnalishi 2-kurs talabasi
Rashidova Xadicha Tursunaliyevna
Ilmiy rahbar
https://doi.org/10.5281/zenodo.15800396
2010 yildan 2024 yilgacha Qashqadaryo viloyatining tarmoqlarining yalpi qo‘shilgan
qiymati (YQQ)ancha sezilarli o‘sish ko‘rsatdi. 2010 yilda bu ko‘rsatkich 6 588,0 milliard so‘mni
tashkil etgan bo‘lsa, 2024 yilga kelib 78 033,6 milliard so‘mga yetdi. Bu davrda YQQ
ko‘rsatkichining o‘rtacha yillik o‘sish sur'ati taxminan 11,6% ni tashkil qiladi. O‘sishning eng
yuqori sur'ati 2020-2024 yillar orasida kuzatilgan bo‘lib, bu davrda YQQ taxminan ikki baravar
oshgan (39 505,4 milliard so‘mdan 78 033,6 milliard so‘mgacha). 2010-2019 yillar o‘rtasida
o‘sish barqaror bo‘lgan bo‘lsa, 2020 yildan so‘ng bu jarayon yanada tezlashdi. Bunda iqtisodiy
strategiyalardagi o‘zgarishlar, yangi loyihalar va investitsiyalarning ko‘payishi, shuningdek,
pandemiya davrida davlatning iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlari ham
katta rol o‘ynagan bo‘lishi mumkin.
Tarmoqlarning yalpi qoshilgan qiymati (YQQ) ning oshishi Qashqadaryo viloyatining
iqtisodiy o‘sishining muhim indikatoridir va uning iqtisodiy diversifikatsiyasini aks ettiradi.
2020 yil va undan keyingi yillarda kuzatilgan o‘sish viloyatning iqtisodiy strategiyalarining
samaradorligini ko‘rsatadi. Bu davrda, viloyatda sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohalariga
qaratilgan investitsiyalarni oshirish va yangi tarmoqlarni rivojlantirishga katta e'tibor qaratilgan.
2024 yilga kelib, viloyatning yalpi qo‘shilgan qiymati 78 033,6 milliard so‘mga yetdi, bu o‘z
navbatida iqtisodiy rivojlanishning yangi bosqichiga o‘tishni bildiradi. Kelgusi yillarda
tarmoqlarning diversifikatsiyasini davom ettirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va
investitsiyalarni jalb qilish orqali bu o‘sishni davom ettirish imkoniyatlari mavjud (1-rasm).
1-rasm. 2010 yildan 2024 yilgacha Qashqadaryo viloyati tarmoqlarining yalpi qo‘shilgan
qiymati.
1
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan
tayyorlandi
.
84
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7
1-jadval
Tasviriy statistika
2
Korsatkich nomi
Qiymati
O`rtacha
30744,57333
Ctandart hatolik
5791,036384
Mediana
24160,2
Moda
#Н/Д
Ctandart chetlanish
22428,58747
Tanlama dispersiya
503041536
Ekstess
-0,23469828
Asimetriya
0,885059075
Interval
71445,6
Minimum
6588
Maksimum
78033,6
Summa
461168,6
Hisob
15
Qashqadaryo viloyatining 2010–2024 yillar oralig‘ida tarmoqlar bo‘yicha yalpi
qo‘shilgan qiymati (YQQ)ga oid tasviriy statistik ma’lumotlar 1-jadvalda o‘z aksini topgan.
O‘rtacha qiymat 30 744,57 so‘mni tashkil etib, bu viloyatdagi iqtisodiy faoliyatning umumiy
darajasini ko‘rsatadi. Mediana 24 160,2 so‘m bo‘lib, bu YQQ taqsimotining markaziy nuqtasini
bildiradi va o‘rtacha qiymatdan past bo‘lishi natijalarning notekis taqsimlanganidan dalolat
beradi. Bu shuni anglatadiki, ayrim yillarda yoki tarmoqlarda juda yuqori qiymatlar mavjud
bo‘lib, ular umumiy o‘rtachani yuqoriga ko‘targan. Moda qiymatining mavjud emasligi (Н/Д)
esa YQQ ko‘rsatkichlari orasida ayniqsa ko‘p uchraydigan biror qiymat bo‘lmaganini bildiradi.
Tarqalish va taqsimot ko‘rsatkichlari bu davr mobaynida iqtisodiy faoliyatda sezilarli
farqlar mavjud bo‘lganini ko‘rsatadi. Standart chetlanish 22 428,59 so‘m, tanlama dispersiyasi
esa 503 041 536 so‘mni tashkil etgan bo‘lib, bu qiymatlar tarmoqlar bo‘yicha YQQning
o‘zgaruvchanligi yuqoriligini bildiradi. Asimetriya ko‘rsatkichi 0,89 bo‘lib, taqsimotning o‘ngga
og‘ganini anglatadi, ya’ni ayrim yillarda yuqori qiymatlar ustunlik qilgan. Ekstess ko‘rsatkichi -
0,23 bo‘lib, taqsimot biroz yassi shaklda bo‘lganini va juda yuqori yoki past qiymatlar kam
uchraganini bildiradi. YQQning maksimal qiymati 78 033,6 so‘m, minimal qiymati esa 6 588
so‘m bo‘lib, ularning orasidagi farq 71 445,6 so‘mni tashkil qiladi. Bu katta tafovut iqtisodiy
faollikda keskin o‘zgarishlar yuz berganini ko‘rsatadi. Umumiy yig‘indi - 461 168,6 so‘m, jami
15 yillik ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan ishlab
chiqildi.
85
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7
2-jadval
Model turlari
3
Model nomi
Tenglamasi
Dererminatsiya
koeffitsienti
Eksponensial
Polinom
Chiziqli
Darajali
Yuqoridagi jadvaldan korinib turibdiki, eng katta determinatsiya koeffitsientiga ega
model eksponensial modeli hisoblanadi.bu modeldan foydalanib 2027 yilga qadar prognoz ishlab
chiqildi.
3-jadval
Prognoz
4
Yillar
Tarmoqlarning yalpi
qo`shilgan qiymati (mlrt
so`mda)
2025
95 183,3
2026
113 370,8
2027
135 034,9
Qashqadaryo viloyatida 2024 yilda tarmoqlar bo‘yicha yalpi qo‘shilgan qiymat (YQQ) 78
033,6 mlrd so‘mni tashkil etgan. Bu viloyat iqtisodiyotida sezilarli o‘sishni anglatadi, ayniqsa
avvalgi yillarning o‘rtacha ko‘rsatkichlari (masalan, 2010–2024 yillarda o‘rtacha YQQ 30 744,6
mlrd so‘m bo‘lgan) bilan solishtirganda. 2025 yilga mo‘ljallangan prognozga ko‘ra, YQQ 95
183,3 mlrd so‘mga yetishi kutilmoqda, bu esa 2024 yilga nisbatan taxminan 22% o‘sishni
anglatadi. Bu kabi o‘sish tendensiyasi iqtisodiy faollikning kengayayotganini, investitsiyalar va
ishlab chiqarish samaradorligining ortib borayotganini ko‘rsatadi.
Keyingi yillarda ham o‘sish sur’ati saqlanib qolmoqda: 2026 yilda YQQ 113 370,8 mlrd
so‘mga, 2027 yilda esa 135 034,9 mlrd so‘mga yetishi prognoz qilinmoqda. Bu o‘zgarishlar
yilma-yil o‘rtacha 20-22% atrofida barqaror o‘sishni anglatadi. Ushbu holat tarmoqlarni
modernizatsiya qilish, innovatsiyalarni joriy etish va eksport salohiyatini oshirish orqali amalga
oshayotgan bo‘lishi mumkin. Bunday prognozlar viloyatning iqtisodiy strategiyasi to‘g‘ri
yo‘nalishda ekanini ko‘rsatadi va yaqin yillarda iqtisodiy barqarorlik bilan birga aholining
daromadlarida ham sezilarli o‘sish bo‘lishi kutiladi.
3
Muallif ishlanmasi
4
Muallif ishlanmasi
86
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7
REFERENCES
1.
M.K. Tuychiyeva, B.E. Turayev trend modellari yordamida elektron tijorat aylanmasi
hajmini modellashtirish va prognozlashtirish. Technical science research in Uzbekistan,
Volume-2, Issue-2, 2024.\\\\
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi rasmiy sayti
https://stat.uz/uz/
