“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”
11
QASHQADARYO VOHA LANDSHAFTLARIGA IRRIGATSION ERROZIYA TA’SIRINI
OPTIMALLASHTIRISH YO‘LLARI
Nazarov X.T.
1
, Yusupova K.U.
1
, Davronova R.K.
1
, Nazarova D.X.
2
,
Abdurashidava S.T.
1
, Masharipova M.A.
1
1 –Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
2 –Института Международная школа финансовых техналогий и науки
Annotatsiya:
maqolada Qashqadaryo vohasi sog‘oriladigan yerlarning ekologik holati
tahlil qilingan holda, sho‘rlangan, erroziyaga uchragan yerlarni holatini yaxshilashga qaratilgan
gidromeliorativ tad’birlar olib borish batafsil yoritilgan. Sug‘oriladigan yerlarni ekologik holatiga
ta’sir etuvchi gidrotexnik inshootlarni holati va foydali ish koeftsenti (FIK) to‘g‘risida ma’lumotlar
bayon etilgan bo‘lib, hududda yerlarni meliorativ holatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar
ko‘rsatib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
gidrotexnik inshootlar, kanal, kollektor, sug‘orish tizimi, sho‘rlanish, tuproq
erroziyasi, gidromeliorativ tad’bir.
Kirish. keyingi yillarda tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashuvini asosiy
sabablari aholi sonini ko‘payib borishi, natijasida qishloq xo‘jalik mahsulotlariga bo‘lgan talabni
oshib borishi bilan xarakterlanadi. Aholini oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish
bevosita qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yanada ko‘proq yetishtirish ya’ni ekinlaridan ko‘proq hosil
olish orqali amalga oshirish mumkin, respublikamizda qishloq xo‘jaligi yuqori taraqqiy etgan
hududlardan hisoblangan Qashqadaryo vohasi paxta, g‘alla, meva, sabzavot yetishtiradigan asosiy
hudud hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bevosita sug‘orish tizimini taraqqiy ettirish
orqali amalga oshirilishini hisobga oladigan bo‘lsak voha sug‘orish tizimi asosan gidrotexnik
inshootlardan tashkil topgan, ya’ni Qarshi magistral kanali (QMK) va uni tarmoqlari va tabiiy suv
zaxirasi Qashqadaryo, G‘uzor daryosi va uning irmoqlari hisoblanadi. Vohada sug‘orma
dehqonchilikni rivojlanishi hamda sug‘orishda yo‘l qo‘yilgan agrotexnik tadbirlarni noto‘g‘ri
tashkil etish, tuproq erroziyasini kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda. Voha sug‘orish tizimlarini ilmiy
o‘rganish, tuproqlarni agrotexnik holatini tahlil etish bugungi kunning asosiy vazifalaridan
hisoblanib voha landshaftlarida irrigatsion erroziyani oldini olishda muhim ahamiyatga ega, Ushbu
masalani har tomonlama ilmiy o‘rganish orqali landshaftlarda hosil bo‘lgan salbiy o‘zgarishlarni
oldini olish bilan birga hudud ekologik vaziyatini optimallashtirishga ya’ni ekologik barqarorlikka
erishish mumkin, binobarin sug‘orma dehqonchilikni yanada rivojlantirish qishloq xo‘jalik
ekinlaridan yuqori hosil olishni ta’minlash mumkin, biz ilmiy tadqiqot ishimizni shunday dolzarb
masalaga qaratdik. Quyida Qashqadaryo voha sug‘orish tizimi va sug‘oriladigan yerlarni har
tomonlama o‘rganish hamda zaruriy gidromelirativ tadbirlar belgilash orqali ekologik barqarorlikka
erishish yo‘llari ko‘rsatib o‘tiladi.
Asosiy qism. yirik hududlarning sug‘oriladigan dehqonchilik sharoitlarida tabiiy resurslardan
samarali, oqilona, tejamkorlik asosida foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni tadqiq qilish
yer resusrslaridan foydalanishni tashkil etish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish muhim
ahamiyatga ega. Yuqorida qayd qilinganidek, sug‘oriladigan dehqonchilik sharoitlarida
agroirrigarsion landshaftlarning tarkib topishi va ulardan foydalanish jarayonida ayrim salbiy
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL
12
holatlarning yuzaga kelishi bilan bir paytda sodir bo‘ladi, chunki agrotexnik qoidalarni buzilishi yer
meliorativ holatiga salbiy ta’sir etadi.
Sug‘orma dehqonchilikning ta’siri bevosita qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilini yig‘ib olish bilan
bog‘liq holda organik moddalarning chiqarilishi va ularning suvli muhitga tushushida namoyon
bo‘ladi va shu bilan birga moddalarning aylanma harakati buziladi. Tabiatda moddalar aylanishi
tuproq erroziyasini katta miqdorda organik moddalarning tuproq tarkibidan chiqib ketishi ya’ni
chirindi, o‘g‘it qoldig‘i ham bu moddalarning suvli muhitga tushushiga sabab bo‘ladi va ekinlarni
pishib yetilish davrida har-xil pestisitlardan foydalanish tuproq tarkibining buzilishi, minerallashish
darajasining ortishi va unumdorlik hususiyatiga ta’sir ko‘rsatadi.
Voha uchun yer va suv resurslarini o‘zlashtirish va sug‘orish uchun yer resurslarini mahalliy
suv resurslari orqali sug‘oriladigan dehqonchilik ko‘lamlarini kengaytirishni doimo cheklab turgan,
shu sababli vohada dehqonchilik qilish uchun imkoniyatlar bir muncha cheklangan. Shuning uchun
o‘tmishda sug‘oriladigan yerlar maydonini kengaytirish va suv ta’minotini yaxshilash maqsadida
qo‘shni daryo havzalari suv resurslaridan foydalanilgan. Sug‘orma dehqonchilikning qadimiyligi
uzoq tarixiy davlarga borib taqaladi va hudud quruq iqlimli bo‘lganligidan suvga bo‘lgan ehtiyojni
qondirish uchun qo‘shimcha suv manbalaridan foydalanish yo‘lga qo‘yilgan.
Vohadagi yerlarni sug‘orish uchun meloddan avvalgi birinchi ming yillikda Zarafshon
daryosidan suv oladigan Darg‘om arig‘i bilan bog‘liq bo‘lgan Manas arig‘i (keyinroq bu ariq eski
anhor nomini olgan) qazilgan. Bu ariqning uzunligi 300 km dan ortiqroq bo‘lgan, shundan 1,2 km
Ziyovuddin tog‘lari orqali o‘tkazilgan tunnel orqali o‘tgan. Ariqning kengligi tuneldan chiqishda 4
m bo‘lgan. Manas arig‘i mo‘g‘ullar istilosi davrida buzulib tashlangan bo‘lsada, buyuk sohibqiron
Amir Temur davrida qayta ta’mirlangan va qaytadan Zarafshon suvidan Qarshi cho‘li baxramand
bo‘lgan. Ammo, texnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy sabablar tufayli sug‘oriladigan dehqonchilik keng
ko‘lamli bo‘lmagan. 1913-yilda G.A. Dimo tomonidan o‘tkazilgan tuproq tadqiqotlarining
ma’lumotlariga ko‘ra Qarshi cho‘lida atiga 32,8 ming ga maydonda sug‘oriladigan dehqonchilik
qiladigan bo‘lib, bu yerlarning 90 % ida g‘alla ekinlari yetishtiriladi.
1955-yilda Eski anhor kanali yana qayta qurildi Zarafshon daryosining 300 mln m
3
miqdordagi suvini keltira boshladi va Qarshi cho‘lida yana sug‘orma dehqonchilik bilan
shug‘ullanish imkonini yaratdi.
XX asrning 60-yillarida O‘rta Osiyoda energetikaning rivojlanishi Qarshi cho‘lida katta
maydonlarda o‘zlashtirish va sug‘orish ishlarini tashkil etish uchun Amudaryoning suv
resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini vujudga keltirdi. Shuningdek, mahalliy daryolarning
gidrologik hususiyatlarini etiborga olgan holda suv omborlari barpo etildi va ulardan suv oladigan
kanallar qazildi va bu kanallar qishloq xo‘ligi uchun keng foydalanish va sog‘orma dehqonchilik
qilish katta imkoniyatlari kengaya bordi. O‘tgan yillarda uzunligi 198 km bo‘lgan Qarshi magistral
kanali va uning tarmoqlari tashkil etilgan hamda suv sig‘imi 1,5 mln m
3
bo‘lgan Talimarjon suv
ombori barpo etildi.
Sug‘orish melioratsiyasi borasida amalga oshirilgan tadbirlar tufayli Qashqadaryo viloyatida
sug‘oriladigan yerlarning maydoni kengayib 500 ming gektarga yetkazildi, shundan 65 %i voha
hududiga to‘g‘ri keladi.
Shunday qilib voha doirasida mamlakatimiz miqyosidagi yirik sug‘orma dehqonchilik
qilinadigan hudud vujudga keldi. O‘zbekistonning boshqa joylaridagi kabi Qarshi cho‘lida ham
issiq va quruq iqlim sharoitida sog‘orma dehqonchilikda suniy sug‘orish inson mehnati
“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”
13
unumdorligini oshirishning eng asosiy omilidir. Shu sababli bu yerda insoniyat tarixining dastlabki
davrlaridayoq suv resurslaridan unumli va tejamkorlikbilan foydalanishga harakat qilingan.
Vohaning iqlim sharoitlari (yog‘in miqdorining kamligi, haroratlarning deyarli yil davomida
yuqori bo‘lishi, bug‘lanish miqdorining kattaligi va boshqa omillar) faqat suniy sug‘orish
qo‘llanilgan holdagina yuqori xosil olish va ko‘proq mahsulot yetishtirish imkonini beradi.
Hozirgi paytda Qashqadaryo viloyatidagi sug‘oriladigan yerlarning maydoni 2008 yil
ma’lumotlariga ko‘ra 517 ming ga ni tashkil etadi. Sug‘oriladigan yerlarning katta qismi Qarshi
vohasi doirasidagi Koson (60,6 ming ga), Nishon (47,5 ming ga), Kasbi (39,2 ming ga), Qarshi (36,
1 ming ga), Mirishkor (25,7 ming ga) tumanlaridadir. Shuningdek Kasbi va Nishon tumanlarida
sug‘oriladigan yerlar barcha ekinzorlar ya’ni haydaladigan yerlarning 100 % ini, Muborak tumanida
93,9 % ini, Koson tumanida esa 84,9 % ini tashkil etibgina qolmay qishloq xo‘jalik ekinlaridan
yuqori hosil olishning eng samarali usuli bo‘lib, tabiiy landshaftlarning o‘zgarishida ham eng kuchli
omillardan biridir.
Ma’limki tuproqlar yer resurslarining sifatiga ko‘ra baholanadi yoki bonitet qilinadi.
Sog‘oriladigan va sug‘orish uchun yaroqli hisoblangan yerlarning asosiy tuproq tiplari bo‘z, taqirli
va bo‘z qo‘ng‘ir tuproqlar hamda ularning kichik tiplari tashkil etadi. Bu tuproqlar unumdorligiga
ko‘ra 3 sinfga mansub bonitet ajratiladi.
Qashqadryo viloyatidagi sug‘orilayotgan va sug‘orishga yaroqli bo‘lgan yerlardagi tuproqlarning
unumdorligiga ko‘ra boniteti
(Qashqadaryo viloyati yer kadastiri boshqarmasi ma’lumoti)
Tuproqlar mehanik tarkibi, sho‘rlanish va yuvilish darajasi
Bonitet
Ball
Darajasi
Qadimdan sug‘oriladigan oddiy bo‘z tuproqlar, kam yuvilgan, asosan og‘ir
gilli, ayrim joylarda o‘rtacha gilli
90
I
Yangi sug‘orilayotgan oddiy bo‘z tuproqlar, chuqur sho‘rlangan, ayrim
joylarda yuvilgan, asosan o‘rtacha gilli
70
II
Qadimdan, kam hollarda yangidan sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlar,
kuchsiz va chuqur sho‘rlangan, og‘ir gilli
80-90
I
Qadimdan sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlar, kam va chuqur
sho‘rlangan og‘ir gilli
80
I
Yangidan sug‘orilayotgan, ayrim joylarda shartli sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloq
tuproqlar, asosan o‘rtacha sho‘rlangan, og‘ir gilli
65-60
III
Qadimdan sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloq va ayrim joylarda o‘tloq-bo‘z
tuproqlar, og‘ir va o‘rtacha gilli
100-90
I
Yangidan sug‘orilayotgan bo‘z-o‘tloq tuproqlar, kuchsiz sho‘rlangan,
o‘rtacha gilli
75
I
Shartli sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloq tuproqlar, kam va o‘rta sho‘rlangan,
o‘rtacha gilli
46
III
Bo‘z-o‘tloqi (partov), ayrim joylarda shartli sug‘oriladigan tuproqlar,
kuchsiz sho‘rlangan, o‘rtacha gilli
54
II
Qadimdan sug‘oriladigan o‘tloq tuproqlar, ayrim xollarda kuchsiz
sho‘rlangan, og‘ir gilli
90
I
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL
14
Yangidan sug‘orilayotgan o‘tloqi tuproqlar,kuchsiz sho‘rlangan, o‘rtacha
gilli
70
II
O‘tloq (partov) tuproqlar, ba’zan shartli sug‘oriladigan tuproqlar uchraydi,
ayrim joylarda kuchsiz sho‘rlangan og‘ir va o‘rtacha gilli
34
IV
Shartli sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlar, sug‘oriladigan va patrov
tuoroqlar bilan, chuqur sho‘rlangan, og‘ir gilli ko‘pincha 1,3-2 m dan
boshlab shag‘al tosh uchraydi
61
II
Bo‘z-o‘tloq tuproqlar, ba’zan shartli sug‘oriladigan o‘tloq tuproqlar
uchraydi . sho‘rxok, og‘ir gilli
54
III
Qadimdan sug‘oriladigan o‘tloq-bo‘z tuproqlar, asosan o‘rtacha gilli, ba’zan
0,5-0,7 m dan boshlab shag‘altosh uchraydi
90
I
Yangidan sug‘oriladigan taqirli tuproqlar, kuchsiz sho‘rlangan va kam
sho‘rxokli, o‘rtacha gilli
60
III
Yangidan sug‘orilayotgan bo‘z-qo‘ng‘ir tuproqlar, kuchsiz sho‘rlangan,
gilli-loyli
60
III
Ushbu ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki qishloq xo‘jaligida foydalanialadigan yerlada yer
osti suvlarining ko‘tarilishi tufayli tuproq qoplamiga zarar yetkazib minerallashish darajasini
ortishiga olib keladi va kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, inson xo‘jalik faoliyatining ta’sirida nafaqat
bevosita foydalanilayotgan landshaftlar, ular bilan tutashgan, ularning yaqin atrofidagi landshaftlar
ham o‘zgaradi.
Sug‘oriladigan hududlarda yer resurslari sifatini yashilash maqsadidaolib borilgan
gidromelirativ tadbirlarning ortib borishi albatta tuproq sifatida o‘z ifodasini topmoqda. Bunda
yerlarni sug‘orish oqibatida yer osti (sizot) suvlari sathining ko‘tarilishi ekinlar ildiz tizimiga tez
ta’sir o‘tkazadi. Qarshi cho‘li doirasida yer yuzasi relyefi shimoli-sharqdan janubi-g‘arbga
nishabligi yer osti sizot suvlarining qisman harakatlanishiga sababchi bo‘ladi. Ammo bu holat uning
yer yuzasiga juda yaqin kelishiga to‘sqinlik qila olmaydi. Haroratning juda yuqoriligi tufayli
bug‘lanish ham keragidan ortiqcha va bu holat sizot suvlarning yer yuzasiga harakatlanishiga va
bug‘lanishiga sabab bo‘ladi. Sug‘oriladigan erlarda tuproq erroziyasi kuchayishi natijasida qishloq
xo‘jalik ekinlar xosildorligi keskin kamayishi kuzatilmoqda bunday salbiy jarayonlarni ilmiy tahlil
qilgan holda zaruriy gidromeliorativ tadbirlar belgilash muhim kechiktirib bo‘lmaydigan
vazifalardan hisoblanadi. Sizot suvlarni o‘zi bilan olib kelgan tuzlar esa yer yuzasiga qolib katta
hududlar sho‘rlanishiga moyil bo‘lib qoladi va ayrim hududlar sho‘rlanadi. Shu sababli bunday
hududlarda gidromeliorativ tadbirlarni amalga oshirib tuproq xolatini yaxshilash choralari
ko‘rilishini talab etadi.
Xulosa. vohadagi mavjud yerlardan oqilona foydalanish, dehqonchilikni rivojlantirishda va
uning unumdorligini saqlab qolishda katta rol o‘ynaydi. Har qanday joyning tabiat kompleksi o‘z
rivojlanish tartibiga individual xususiyatlariga ega bo‘lganicha yuksak darajadagi uyushgan
geografik sistema deb qarash oqilona foydalanishning asosini tashkil qiladi. Qarshi cho‘li
tabiatidan, jumladan yerdan foydalanishda cho‘lning o‘ziga xos regional xususiyatlarini hisobga
olish qat’iy talab qilinadi. Zero, tabiatdan foydalanishning eng birinchi va asosiy tamoyili tabiatning
barcha komplekslariga mumkin qadar ziyon yetkazmasdan optimallashtirishni, ekologiyalashtirishni
taqozo etadi. Vohada gidrotexnik inshootlardan samarali foydalanish natijasida sug‘orishda suv
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL
18
ko‘rsatkich ham tumanlar maydonining katta-kichikligi va ularda aholi puntlari sonining bir xil
emasligiga ko‘ra turlichadir. Ushbu ko‘rsatkichlar bo‘yicha Vobkent (64 ta) va Kogon (27 ta)
tumanlari yuqori o‘rinni, Qorovulbozor (0,3 ta), Qorako‘l (1 ta) va Peshku (1,5) tumanlari quyi
o‘rinlarni egallaydi.
Tadqiqot obyektdagi qishloqlar o‘rtasidagi o‘rtacha masofa 5,2 km.ni tashkil etadi. Bu
bo‘yicha ham qishloq tumanlari bir-biridan ajralib turadi. Qishloq aholi punktlari orasidagi o‘rtacha
masofa Qoravulbozor tumanida 19,1 km bo‘lsa, eng yaqini Vobkent tumaniga (1,2 km) to‘g‘ri
keladi. Aholi punktlari o‘rtasidagi masofaning yaqinligi ijtimoiy-iqtisodiy sohalarning yaxshi
rivojlanishiga, bir-biri bilan turli aloqalarning shakllanishiga, xizmat ko‘rsatish sohalarining
samarali faoliyatiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Xulosa qilib aytganda tadqiqot obyektidagi aholi punktlarining asosiy qismi viloyat markazi
va uning atrofida, shuningdek, Zarafshon daryosining quyi qismida hamda Amu-Buxoro mashina
kanali bilan sug‘oriladigan hududlarda ancha zich joylashgan. Qolgan hududlarda aholi punktlari
juda tarqoq asosan, foydali qazilmalar qazib olinadigan joylarda hamda chorvachilik xo‘jaliklari
tashkil etilgan hududlardagina yakka-yakka holdagi kichik aholi punktlari tashkil topgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Yembergenov N. J. Qoraqalpog‘iston respublikasi aholisining o‘sishi va joylashishidagi
o‘zgarishlar. –g.f.n. diss-T.: O‘zMU, 2011. – 148 b.
2.
Kadirov M.A., Sherxolov O.I. Samarqand viloyatida qishloq aholi punktlarining
joylashishi, rivojlanishi va kartalashtirilishi // Geodeziya, kartografiya va kadastr sohalarini
rivojlashtirishning dolzarb muammolari (
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari) 28-
29 noyabr, Samarqand 2014.
–
80-82 b.
3.
Kadirov M.A. Aholi geografiyasi demografiya asoslari bilan. T.: 2019. 320 b.
4.
Ковалев С.А. Сельское расселение (Географическое исследование). – М.: МГУ,
1963. – 372 с.
5.
Мавлонов А.М. Чўл шароитида шаҳарларнинг шаклланиш ва ривожланиш
муаммолари (Бухоро вилояти мисолида). –г.ф.н. дисс-Т.: Бухоро, 2009. – 182 б.
6.
Сатторов А.У. Сурхондарё вилояти қишлоқ аҳоли пунктларининг ривожланиш ва
жойлашиш хусусиятлари. – г.ф.н. дисс. – Термиз, 2009. – 215 б.
7.
Soliyev A.S. O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi. -T., 2014. – 360 b.
8.
Tojiyeva Z.N., Sherxolov O.I. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning zamonaviy
muammolari: Jamiyatni hududiy tashkil etish // «Zamonaviy geografik tadqiqotlar: nazariya,
amaliyot, innovatsiya. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya». Samarqand, 2023. B. 470-473.
9.
Tojiyeva Z.N. O‘zbekiston Respublikasida demografik jarayonlar va ularning hududiy
xususiyatlari. – g.f.d. diss – T.: O‘zMU, 2017. – 206 b.
10.
Sherxolov O.I. Navoiy viloyati aholisi oʻsishi va joylanishining geografik muammolari.
Fal.fan. dok. …diss-T.,2023.-152 b.
11.
Ibragimov, L., Sherxolov, O., Musayev, B., Boboyev, S., Sobirova, M., & Boratova, G.
(2024). Industrial development and assessment of its impact in Samarkand region-a GIS mapping-
based study. In
E3S Web of Conferences
(Vol. 590, p. 06002). EDP Sciences.
12.
Tojiyeva, Z., Omanova, K., Pardayev, N., Jaloliddinov, N., Musayev, B., & Khursanov, S.
(2024). Regional Characteristics in the Dynamics and Location of the Rural Population of the
Republic of Uzbekistan. In
E3S Web of Conferences
(Vol. 491, p. 04004). EDP Sciences.
“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”
19
13.
Ибрагимов, Л. З., Мусаев, Б. М., & Усманхонова, Д. Ф. (2021). Ўзбекистоннинг
бандлик ва меҳнат бозорига демография омилининг таъсирини баҳолашнинг баъзи
жиҳатлари.
Science and Education журнали
, (2), 2.
14.
SHERXOLOV, O., & MUSAYEV, B. (2024). Ahоli punktlаri jоylаnishini gеоgrаfik
oʻrgаnishning mеtоdоlоgiyаsi.
News of the NUUz
,
3
(3.1), 327-331.
15.
MUSAYEV, B., & SHERXOLOV, O. (2024). Mirzacho ‘l iqtisodiy rayoni shaharlari
aholi soni dinamikasi va tarkibining hududiy xususiyatlari.
News of the NUUz
,
3
(3.1), 267-271.
16.
Ibragimov, L., Ubaydullayev, D., & Musayev, B. (2021). Recreational assessment of
natural
landscapes
of
Jizakh
region.
ASIAN
JOURNAL
OF
MULTIDIMENSIONAL
RESEARCH
,
10
(4), 212-217.
17.
Ибрагимов, Л. З., Мусаев, Б. М., & Убайдуллаев, Д. К. Ў. (2021). Жиззaх вилoятида
туризмни ривожлантириш имкониятлари ва истиқболлари.
Science and Education
,
2
(3), 429-
435.
18.
Bekzod MUSAYEV, Olimjon SHERXOLOV.
Forecast of the network and composition of
cities in Mirzachul economic region
. Journal of Geography and Natural Resources 3 (06), 132-145,
2023.
