RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL
120
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI ANTROPOGEN LANDSHAFTSHUNOSLIK
MAKTABI FAOLIYATI
M.A.Masharipova
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti talabasi
Anatatsiya:
Ushbu maqolda Samarqand davlat universiteti antropogen landshatfshunoslik
maktabi asoschisi Ali Abdulqosimovning antropogen landshatfshunoslik fanining rivojlanishiga
qo‘shgan hissalari yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
landshaftlarining differensiyatsiyalanishi, tronsformatsiyalanish, antropogen,
agrolandshaftlar, texnogen landshaftlar, selitob landshaftlar.
Tabiat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikning geografik jihatlari antropogen geografiya
yo‘nalishini vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Inson bevosita va bilvosita yerga, tuproqga, suvga,
o‘simlik va hayvonot dunyosiga ta’sir ko‘rsatib kelayotgan bir paytda o‘z-o‘zidan madaniy
landshaftlarni o‘rganish uchun yana bir geografiyaning alohida tarmog‘iga ehtiyoj sezila boshladi.
XX-asrning o‘rtalarida madaniy landshaftlar o‘rniga “o‘zgartirilayotgan landshaftlar” iboralari
ilmiy adabiyotlarda paydo bo‘ldi. Antropogen landshaftlar haqidagi dastlabki tushunchalar XX-asr
boshlarida V.P. Semyonov-Tyanshanskiy tomonidan asoslangan bo‘lsa, antropogen landshaftlarni
S.V. Kolesnik, N.A. Solnsev, A.G. Isachenko, F.N. Milkov, M.G. Sergeev, A.I. Perelman,
V.B.Sochava va boshqa bir qancha olimlar o‘rganishgan. Shu tariqa 1946-yilda Saushkin “Madaniy
landshaftlarni o‘rganish uchun geografiyaning alohida tarmog‘i bo‘lishi kerak” - degan fikrni
bildiradi. 1970-yilda Voronej davlat universitetining professori F.N.Milkov “Landshaftnaya sfera
zemli” asarida Inson tolonidan o‘zgartirilgan va barpo etilgan komplekslarni o‘rganish bilan
antropogen landshaftshunoslik shug‘ullanishi kerak - deya ta’kidlashi, antropogen
landshaftshunoslikning shakllanishiga asos bo‘ldi.
O‘tgan asrning so‘nggi choragidan boshlab tabiatda mavjud bo‘lgan landshaft
komplekslarining antropogen qatorini har tomonlama o‘rganishga va ularni dala sharoitida tadqiq
etishga qiziqishlar paydo bo‘ldi. Bu borada F.N.Milkov (1970, 1973) kompleks tabiiy geografiya
doirasida antropogen landshaftshunoslikni alohida ajratish lozimligini ilmiy asoslab berdi.
Antropogen landshaftshunoslikning asosiy tadqiqot obyekti bo‘lib, inson tomonidan yaratilgan voha
landshaftlari, qishloq xo‘jaligi landshaftlari (agrolandshaftlar), texnogen landshaftlar, shahar va
qishloq selitob landshaftlari xizmat qiladi.
Respublikamizda antropogen landshaftshunoslik fani rivojlanishi va ilk maktabning vujudga
kelishida Samarqand davlat universiteti Geografiya yo‘nalishi bitiruvchisi, Geografiya fanlari
doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi Geografiya jamiyati faxriy professori, “El-yurt
hurmati” ordeni sohibi Ali Abdulqosimovning qo‘shgan hissalari benihoyatda katta va beqiyosdir.
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti olimlarining ko‘p yillik qilgan
tinimsiz va fidoiy mehnatlari evaziga yirik ilmiy maktablardan biri, antropogen landshaftshunoslik
yo‘nalishidagi ilmiy maktab bo‘lib, bu maktab hatto MDH mamlakatkarida ham tan olindi.
Professor Ali Abdulqosimov bu sohaga oid o‘nlab maqolalarida antropogen landshaftshunoslikka
doir ilmiy-nazariy qarashlarini har tomonlama chuqur, ilmiy asoslab, nazariy va amaliy jihatlarini
yoritib berdi.
“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”
121
Ilm-fanning tinimsiz rivojlanish davrida, bugungi kunga kelib, ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy
fanlardagi nazariy va amaliy masalalarni hal qilishda shubhasiz tabiiy geografiyaning o‘rni muhum.
Tabiiy geografik muammolarning yechimi esa landshaftshunoslik masalariga borib taqaladi.
Antropogen landshaftshunoslik tabiiy va iqtisodiy geografiyaning tutashgan qirrasida vujudga
kelgan bo‘lib, inson xo‘jalik faoliyati natijasida barpo etilgan neolandshaft komplekslarini tadqiq
etish, tasniflash va turli xil masshtablarda kartlashtirish hamda antropogen landshaftshunoslikning
bevosita iqtisodiy geografiya va uning tarmoqlari bilan belgilanadi. Insonning xo‘jalik faoliyati va
ishlab chiqarishning joylashishi bevosita tabiiy geografik sharoitlar va hududiy landshaft
komplekslari bilan bog‘liqligidir. Shu bilan birga tabiiy sharoit va landshaft komplekslarining o‘zi
ham antropogen omillar ta’sirida o‘zgarib boradi.
Olim Ali Abdulqosimov Voronej davlat universitetining tabiiy geografiya va
landshaftshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha aspiranturada o‘qidi. 1961–1964-yillarda dunyoga mashhur
landshaftshunos olim F.N.Milkovdan tabiiy geografiya va antropogen landshaftshunoslikning
nazariy bilimlarini qunt bilan o‘rganadi. Nomzodlik dissertatsiyasini “Farg‘ona botig‘i landshaft–
tipologik kartalashtirish va tabiiy geografik rayonlashtirish” mavzusida muvaffaqiyatli yakunlaydi.
1990–yilda Ozarbayjon Respublikasi Fanlar Akademiyasining Geografiya instituti qoshidagi
ixtisoslashgan ilmiy kengashda “O‘rta Osiyo yirik tog‘ botiqlari landshaftlarining makon
differensiyatsiyalanishi va antropogen tronsformatsiyalanishi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini
muvaffaqiyatli himoya qildi.
Ali Abdulqosimovning olib borgan ilmiy tadqiqotlari landshaftshunoslikning nazariy va
amaliy masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, ularda bir qancha yo‘nalishlar o‘z ifodasini topdi. O‘rta
Osiyo yirik tog‘lariga botiq landshaftlarining zonal, regional va vertikal differensiyatsiyanlanishi,
ularni inson xo‘jalik faoliyati ta’sirida o‘zgarishi oqibatida antropogen landshaftlarning hosil
bo‘lishini nazariy masalalari ochib berildi. O‘rta Osiyo tog‘lariga botiqlarning tabiiy geografik
differensiyatsiyalanishida yaruslik qonuniyatiga har qaysi botiq landshaftlarining vertikal
differensiyatsiyalanishi va balandlik landshaft bosqichi qonuniyatiga bo‘ysunishini asoslab bergan.
Landshaftlarni o‘rganish jaroynida, undagi vertikal differensiyatsiyalanishini isbotlab berdilar. Bu
holat landshaftlardagi o‘zgarishlarni mutlaq va nisbiy balandliklarda vertikal tabaqalanishi sifatida
o‘z aksini topadi. Bundan tashqari vertikal differensiyatsiyalanish tog‘ oralig‘i botiqlarida vertikal
zonallikni hosil qilib unda ichki zonal o‘zgarishlarni vujudga keltiradi.
Ali Abdulqosimov yana yirik tog‘ oralig‘i botiqlarini materik bo‘yicha geografik tarqalishini,
ularning tuzilamsini tashkil etuvchi landshaft komplekslarining kenglik bo‘ylab cho‘zilgan
botiqlarda kenglik-balandlik zonalari shakllanishini asoslab berdilar. Shu bilan bir vaqtda tog‘
oralig‘i botiqlarida landshaft zonalari spektrini vertikal o‘zgarishini, ularning quyi qismi uchun xos
bo‘lgan uchta zonallik, balandlik botiqlariga qarab kamayib borishini aniqlab bergan. Bu esa
joyning geografik kengligiga va mutlaq balandligiga bog‘liq holda o‘zgarishini ham asoslab berdi.
Geografiya qobiq va landshaft sferasida antropogen omil ta’sirida sodir bo‘layotgan sabab va
oqibatning o‘zaro bog‘liqligini, insonning xo‘jalik faoliyati ta’sirida tabiatda yuz berayotgan ijobiy
o‘zgarishlardan tashqari insonlar shakllantirgan salbiy oqibatlarni vujudga keltiruvchi ichki
omillarga ham alohida e’tibor bergan.
F.N.Milkovning ilmiy yo‘lidan borib, landshaftga umumiy tushuncha nuqtai nazaridan
yondashib ilmiy maktabni shakllantiribgina qolmasdan o‘zidan bir qancha yetuk olim va olimalarni
tarbiyalagan ustoz Ali Abdulqosimov shogirdlari soni bugungi kunga qadar kengayib kelmoqda.
Ustoz maktabini ko‘rgan Geografiya fanlari doktori professor S.B.Abbosov, Geografiya fanlari
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL
122
doktori Dsc K.M.Boymirzayev, Geografiya fanlari doktori Dsc O.Qo‘ziboyeva, Geografiya fanlari
doktori Q.S.Yarashov ustozlarni alohida ta’kidlab o‘tish mumkin.
Ali Abdulqosimov yaratgan antropogen landshaftshunoslik maktabi bugungi kunda ham o‘z
faoliyatini jadal o‘sish suratlarida, bir qator ilmiy izlanishlar, nazariy bilimlar asosida faoliyat
ko‘rsatib kelmoqda. Hozirgi vaqtda fakultetda 3 ta ta’lim yo‘nalishlari (geografiya, ekologiya va
gidrometeorologiya) bo‘yicha bakalavrlar, 4 ta mutaxassislik bo‘yicha (geografiya o‘rganish
obyekti, ekologiya, tuproqshunoslik, gidrologiya) magistrlari tayyorlanadi. Bugungi kunda bu azim
dargohda minglab talabalarga o‘z ilmu ma’rifatlaridan ziyo sochayotgan 50 nafar professor-
o‘qituvchi, jumladan, 9 nafar fan doktori, professor, 12 nafar fan nomzodi, dotsent va katta
o‘qituvchi assistent o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Abdullayev S.I., Murtazayev B.Ch., Nazarov M.G. Sug‘orma dehqonchilik sharoitlarida
antropogen landshaftlar shakllanishining geoekologik holati // Geografiya va geoekologiya. –
Samarqand, 2017. –B. 79-80.
2.
Abdulqosimov A.A. Landshaft sferasi: mohiyati, chegaralari, ikki yarusligi, xususiyatlari
va strukturasi // Geografiyaning dolzarb muammolari.-Samarqand: SamDU nashri, 2006 – B. 7-10.
3.
Abdulqosimov A.A. O‘rta Osiyo cho‘l landshaftlari vaularni shakllantiruvchi omillar. //
“Cho‘l zonasi landshaftlari resurslaridan samarali foydalanishning geografik asoslari” respublika
ilmiy-nazariy, amaliy konferensiya materiallari. Buxoro, 2010. B. 42-46.
4.
Abdulqosimov A.A., Nazarov M.G. Antropogen landshaftlarni tadqiq etishning
5.
nazariy asoslari Oʻzbekiston geografiya jamiyati axboroti // 40-jild Ilmiy maqolalar
6.
Nomonjonov A. A. "Antropogen landshaftshunoslik va uning shakllanishi." tanqidiy
nazar, tahliliy tafakkur va innovatsion g ‘oyalar 1.2 (2024): 220-224. toʻplami.Toshkent 2012.
7.
Zokirov Sh.S. Antropogen va amaliy landshaftshunoslik.-T.: Universitet, 1998.
8.
Zokirov Sh.S. Kichik hududlar tabiiy geografiyasi.-T.: Universitet, 1999.
9.
Zokirov Sh.S. Landshaftshunoslik asoslari.- T.: Universitet, 1994.
10.
Абдулкасимов А. Вопросы классификации антропогенных ландшафтов
Средней Азии // Научные записки Воронежского отделения Географического общества
СССР. -Воронеж, 1966. –С. 26-30.
