“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”
35
CHUMQOR TOG‘ YONBAG‘RI SUV HAVZALARI VA ULARNING EKOLOGIK
HOLATI
Mirkomil G‘o‘dalov, Dildora Ahmedova
Jizzax davlat pedagogika universiteti
Annotatsiya:
Mazkur maqolada, Chumqor tog‘ yonbag‘ridagi Sangzor havzasiga yer usti va
osti suvlarining hozirgi ekologik holat, ularga ta’sir etuvchi omillar va ularni yaxshilash bo‘yicha
ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan iborat.
Kalit so‘zlar:
Chumqortogʻning shimoliy yonbagʻrlari, Sangzor daryo havzasi, Guralash,
Bayqo‘ng‘irsoy, Ko‘kjar, Oqqo‘rg‘on, Tangatoptisoy, Jo‘m-Jo‘m, ekologik holat, lokal doir.
Suv – inson hayoti va tabiat uchun eng muhim tabiiy resurslardan biridir. U nafaqat ichimlik
suvi sifatida, balki qishloq xo‘jaligi, sanoat va energetika kabi sohalarda ham keng qo‘llaniladi. Shu
boisdan chuchuk suvga bo‘lgan talab ortib bormoqda, lekin uning manbalari cheklangan. Bu esa
suv tanqisligi, ekologik muammolar va ijtimoiy-iqtisodiy inqirozlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Hozirgi kunda suv muammosi - global muammoga aylanib bormoqda. Tadqiqotlar jarayonida
suv muammosini lokal masshtabda bo‘lgan Chumqortogʼning shimoliy yonbagʻrlari misolida
o‘rganib va tahlil qilib chiqildi.
Chumqortogʻi va uning shimoliy yonbag‘irlari - Jizzax viloyatining janubiy qismida joylashga
togʻ bo‘lib, Turkiston tizmasining bevosita davomi hisoblanadi. Chumqortog‘ G‘o‘ralash dovonidan
boshlanib, uzunligi 70 km ni tashkil qiladi. Chumqortog‘ g‘arbdan sharqqa qarab cho‘zilgan bo‘lib,
Zarafshon va Sangzor daryo havzalari o‘rtasida suvayrig‘ich vazifasini bajaradi.
Baxmal tumanidagi daryo va soylarning asosiysi Chumqortogʻning shimoliy yonbagʻrlaridan
2000-3300 m balandlikdan boshlanadi va tumanning asosiy qismini suv bilan taʼminlaydi. Bu
daryolardan eng kattasi Sangzor daryosi boʻlib, u Chumqortogʻning shimoliy yonbagʻridan
boshlanadigan irmoqlardan tashkil topgan. Chumqortog‘ning shimoliy qismidagi daryolarning oqim
miqdori har 1 km
2
maydonga 3,3 l/sek dan 11,7 l/sek gacha ortib boradi.
Sangzor daryo havzasi ham o‘z navbatida bir qancha katta-kichik soy havzalarining o‘zaro
qo‘shilishidan paydo bo‘ladi. Bu soy havzalarning eng sersuvlari Cumqorto‘gining shimoliy
yonbag‘ridan oqib tushuvchi soylar hisoblanadi. Jumladan, Guralash, Bayqo‘ng‘irsoy, Ko‘kjar,
Oqqo‘rg‘on, Tangatoptisoy, Jo‘m-Jo‘m, Suariqsoy, Baxmazor soy, Novqa, Quruqsoy, Qorasuv,
Yonboshtutsoy va Tangi kabi soylarni kirishimiz mumkin. Soylarning atrofi o‘ziga xos tabiat
manzaralarini hosil qilgan bo‘lib, har birini alohida-alohida kompleks sifatida o‘rganishni taqoza
qilmoqda.
So‘ngi yillarda ushbu hududlarda ekoturizmni tadrijiy rivojlanishi natijasida, Guralash,
Bayqo‘ng‘irsoy, Ko‘kjar, Oqqo‘rg‘on, Tangatoptisoy va Jo‘m-Jo‘m kabi soylarning yuqori va o‘rta
oqimlarida dam oluvchilar soni yildan-yilga ko‘payib bormoqda. Soy bo‘ylarida dam oluvchilar
tomonidan gulxan yoqib ovqat tayyorlashi, cho‘milish va tabiiy qirg‘oqlarning o‘zgartirilishi kabi
holatlar kuzatilmoqda. Natijada, soy havzalarining ekologik holati lokal doirada yomonlashib
bormoqda.
Chumqortog‘ va uning tog‘ oldi tekisliklari soylar bilan bir qatorda, buloqlarga ham boy
hisoblanadi. Buloqlarning asosiy oziqlanish manbayi erigan qor suvlari va yomg‘irlar bo‘lib,
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL
36
ularning hosil bo‘lish sharoitida kuchli yemirilgan hamda yoriqlarga to‘la bo‘lgan paleozoy tog‘
jinslari muhim rol o‘ynaydi. Tog‘ tizmalari va yonbag‘irlari silur, ayniqsa, devon davrining
ohaktoshlaridan tuzilgan. Bu tog‘ jinslari tektonik yoriqlar va nurash yoriqlaridan iborat. Shuning
uchun past va o‘rtacha balandlikdagi tog‘lar asosan yer osti suvini yig‘uvchi manba hisoblanadi.
Kuchli yoriqlardan iborat bo‘lgan va karst jarayonlari taraqqiy etgan ohaktoshlarida juda ko‘p
doimiy harakatdagi buloqlar paydo bo‘lgan. Ularning suv sarfi 50-70 l/sek yetadi. Buloqlarning
sersuvligi va ularning sarfi ko‘proq tektonik yoriqlar bilan bog‘liq. Masalan, tektonik yoriqlar
kuchli bo‘lgan ohaktoshlarda buloqlarning suv sarfi 40-50 l/sek ga oshadi. Tektonik yoriqlar kam
bo‘lgan joylarda esa buloqlarning suv sarfi 20-30 l/sek ga ham yetmaydi. Bu buloqlar orasida eng
kattalari O‘smat ota bulog‘i, Novqa ota bulog‘i, Malik Ajdar bulog‘i, Bibi Oysha bulog‘i, Saʼd ibn
Abu Vaqqos, Qizilsuv bulog‘i, Bog‘imozor va Xo‘ja ko‘ndalang buloqlari hisoblanadi. Hududda
ayniqsa buloqlar bilan bog‘liq bo‘lgan ziyoratgohlar alohida ajralib turadi. Sababi, ziyoratgoh
hududidagi buloqlar yaxshi saqlanib qolingan.
Ushbu buloqlar mahalliy aholi uchun hayotiy ahamiyatga ega bo‘lishi bilan birga, hududning
ekologik muvozanatini saqlashda ham muhim rol o‘ynaydi. Ammo antropogen omillar va iqlim
o‘zgarishi tufayli bu buloqlarining ekologik holati yildan yilga yomonlashib bormoqda.
Xulosa.
Suv havzalari va buloqlarga antropogen omillarning taʼsiri yildan-yilga toboro
kuchayib bormoqda. Bu o‘z navbatida suv havzalarining qurishi va ifloslanishiga olib kelmoqda.
O‘tgan asrning 90 yillariga qadar, togʻ yonbagʻrlarida aholi va uning tabiatga kuchli taʼsir
koʻrsatmagan edi. Ammo so‘ngi yillarda aholining keskin koʻpayishi, togʻ yonbagʻrlarining
oʻzlashtirilishi, suv manbalaridan ayovsiz va tartibsiz foydalanish oqibatida yer usti va yer osti suv
havzalarida koʻzga yaqqol koʻrinadigan ekologik muammolar yuzaga kelmoqda. Bular quyidagilar:
tuproq eroziyasi va loyqalanish. Tog‘ yonbag‘rida noqonuniy o‘rmon kesish ishlari va
yaylovlardan ortiqcha foydalanish natijasida tuproq eroziyasi kuchaymoqda. Togʻ oldi hududlarida
chorva mollarining ayovsiz boqilishi, tabiiy oʻrmonzorlarning yoʻqotilishi tobora ortmoqda. Bu esa
soylar va buloqlarning loyqalanishiga olib keladi;
suv resurslarining kamayishi bugungi kunda dunyo miqyosidagi glabal muammoga
aylanmoqda. Iqlim o‘zgarishi va yog‘ingarchilik miqdorining kamayishi hisobiga, suv havzalari
qurish xavfi ostida qolmoqda;
Sug‘orish maqsadida suvlarning ortiqcha foydalanilishi tabiiy suv oqimlarining
kamayishiga sabab bo‘lmoqda. Qolaversa, hududdagi dehqonchilik va bogʻdorchilik uchun suvni
taʼminlash maqsadida mahalliy aholi tomonidan turli artezian suvlarning tartibsiz va uzluksiz
chiqarilishi yer osti suvlarining kamayishi, qolaversa suv yoʻnalishining oʻzgarish holatlariga sabab
boʻlmoqda. Natijada, yer osti yuza suv miqdori chuqurlashish holatlari kuzatilmoqda;
Qishloq xo‘jaligi faoliyati natijasida suv havzalariga kimyoviy o‘g‘itlar va pestitsidlar
tushib, ularning sifatini pasaytirmoqda. Qolaversa, daryo va ularning oʻzanlaridan aholi tomonidan
olinayotgan qum shagʻal toshlar oʻrnida boʻshliqlar hosil boʻlayabdi va daryo oʻzanining
oʻzgarishiga va atrofning ifloslanishiga sabab boʻlmoqda;
Mahalliy aholi tomonidan chiqindilarning noto‘g‘ri utilizatsiya qilinishi suv havzalarining
ifloslanishiga olib kelmoqda.
Ushbu mintaqa hududida suv resurslaridan oqilona foydalanish va suv havzalarini ozoda
saqlash, turli ekologik muammolarning oldini olishi mumkin. Antropogen omilning taʼsirini
kamaytirish va turli tadbiriy choralarni amalda qoʻllash muammoning tobora avj olmasligiga xizmat
koʻrsatadi. Buning uchun quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi.
“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”
37
Suv havzalarini muhofaza qilish va ekologik barqarorlikni ta’minlash uchun quyidagi
choralarni ko‘rish lozim:
Chumqortog‘ning shimoliy yonbag‘irlarida tuproq eroziyasini kamaytirish: tog‘
yonbag‘rida o‘rmonlarni tiklash va qishloq xo‘jalik yerlaridan oqilona foydalanish;
Sangzor daryo havzasi suvini tejash va monitoring qilish: mahalliy suv havzalarining
hajmi va sifatini doimiy nazorat qilib boorish;
mahalliy soylarning ifloslanishiga qarshi choralar: chiqindilarni to‘g‘ri boshqarish va
qishloq xo‘jaligida ekologik toza texnologiyalardan foydalanish;
mahalliy aholini jalb qilish: suv resurslarini muhofaza qilish bo‘yicha aholining
xabardorligini oshirish va ularga ekologik savodxonligini oshirish;
Umuman olganda, Chumqor tog‘ yonbag‘ridagi soylarining ekologik holati tabiiy va
antropogen omillar ta’sirida yomonlashib bormoqda. Ushbu muammolarni hal qilish uchun ilmiy
tadqiqotlar o‘tkazish, mahalliy aholi va mutasaddi tashkilotlar hamkorlikda ishlashi muhim
ahamiyat kasb etadi. Ekologik muvozanatni tiklash va suv resurslarini samarali boshqarish orqali bu
hududning tabiiy boyliklarini kelajak avlodlar uchun saqlab qolish mumkin.
Foydalangan adabiyotlar:
1. Alibekov L.A. Inson va tabiat. Darslik. Samarqand: SamDU, 2020 y
2. Axmedova Dildora. Сhumqortogʻ va uning shimoliy yonbagirlariga antropogen omillarning
taʼsiri. Journal of Geography and Natural Resources. Jizzax, 2024.
3. Baratov P. O‘zbekiston tabiiy geografiyasi. Toshkent., “O‘qituvchi”, 1996 y.
4. Hakimov Q, G‘o‘dalov M. Jizzax viloyati geografiyasi. Jizzax: “Sangzor”, 2004
5. G‘o‘dalov M.R., Muxamedov O.L. Tabiatni muhofaza qilish: muammo va yechimlar.
Guliston 2021
