Authors

  • Mirkomil G‘o‘dalov
  • Nurmuxamad Qosimov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.124199

Keywords:

tabiatdan foydalanish Sangzor daryo havzasi havzaviy yondoshuv tabiatdan foydalanish turlari.

Abstract

ushbu tezisda tabiatdan foydalanishning geografik asoslari turli manbalarni tahlil qilgan holda, Sangzor daryo havzasi tabiatidan foydalanish masalalari havzaviy yondoshuv asosida ochib berilgan.

background image


RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL

38

SANGZOR DARYO HAVZASI TABIATIDAN FOYDALANISHNING GEOGRAFIK

ASOSLARI

G‘o‘dalov Mirkomil Ravshanovich

1

, Qosimov Nurmuxamad Dursinovich

2

JDPU dotsenti

1

,

JDPU tayanch doktoranti

2

qosimovnurmuxamad1@gmail.com

Annotatsiya:

ushbu tezisda tabiatdan foydalanishning geografik asoslari turli manbalarni

tahlil qilgan holda, Sangzor daryo havzasi tabiatidan foydalanish masalalari havzaviy yondoshuv
asosida ochib berilgan.

Kalit so‘zlar:

tabiatdan foydalanish, Sangzor daryo havzasi, havzaviy yondoshuv, tabiatdan

foydalanish turlari.

Kirish.

Tabiat va uning resurslaridan oqilona foydalanish hozirgi kunning muhim dolzarb

vazifalaridan biri hisonlanadi. Shu o‘rinda tabiatdan foydalanish termini haqida to‘xtalib o‘tish joiz.
Bu termin dastlab ХХ asrning 50-yillari oхirida ekolog Y.N.Kurajkovskiy tomonidan taklif
qilingan. U o‘zining 1969 yilda nashr ettirgan “Tabiatdan foydalanish asoslari” kitobida
quyidagicha tarif bergan.

Tabiatdan foydalanish - bu tabiat va uning resurslaridan bevosita foydalanish, yoki uning

ta’siridagi o‘zgarishlar bilan amalga oshadigan barcha faoliyatlarining umumiy tamoyillarini ishlab
chiqish bilan shug‘ullanadigan mustaqil ilmiy-ishlab chiqarish fanidir” [3].

Shuningdek, R.Ballieva, I.Turdimambetovlarning (2020) "Tabiatdan foydalanishning

geografik asoslari" deb nomlangan darsligida, tabiatdan foydalanish deb - inson tomonidan
tabiatning barcha foydali tomonlarini o‘ziga olish jarayoni natijasida yuz beradigan jamiyat va
tabiat o‘rtasidagi aloqalarning turlariga aytiladi [1].

Geograflar har doim tabiatni muhofaza qilish va uning resurslaridan oqilona foydalanish

hamda tabiatni qayta o‘zgartirish masalalariga alohida e’tibor qaratib kelgan. Jumladan, tabiatdan
foydalanish masalalari bo‘yicha ishlar olib borgan xorij olimlaridan V.A.Anuchin, Y.K.Efremov,
A.A.Komar, A.A.Mins, T.G.Runova, V.S.Preobrajenskiy va boshqalarni keltirish mumkin.

Mamlakatimiz geograflari tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda ham tabiatdan kompleks

foydalanish masalalarida ham bir qancha tadqiqotlar olib borilgan, Jumladan, V.N.Federko (2018)
tabiatdan foydalanishning ixtisoslashuvi va hududiy tarkibiga ko‘ra, O‘zbekiston qishloq
tumanlarining 14 ta tipologiyasi ishlab chiqilgan [2].

Shuningdek, tumanlar doirasida ham tabiatdan foydalanish masalalari turli yondoshuvlar

asosida olib borilgan. Shunday tadqiqotlardan biri K.A.Xakimov (2022) tomonidan olib borilgan,
Baxmal tumani tabiatidan foydalanishni landshaft rejalashtirish asosida takomillashtirishga oid
tadqiqot ishlari muhim axamiyatga ega. K.A.Xakimov tuman landshaftlarini xo‘jalikda foydalanish
nuqtai nazaridan miqdor va sifat ko‘rsatkichlarida baholash ishlarini olib borgan.

Asosiy qism.

Yuqorida olib borilgan tadqiqotlardan ko‘proq ma’muriy birliklar bilan

chegaralangan hududlarda tabiatdan foydalanish masalalari tadqiq qilinganligini anglash mumkin.
Bu esa ma’lum bir statistik ma’lumotlarni olish va tahlil qilishni bir muncha osonlashtiradi.

Biz olib borayotgan tadqiqotimizda esa aynan bitta viloyat yoki tuman doirasida emas, balki

o‘ziga xos tabiiy chegaraga ega bo‘lgan geotizim Sangzor daryo havzasi doirasida olib borilishi


background image


“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”

39

bilan ajralib turadi. Bu esa tadqiqot davomida oziga xos bir qancha murakkabliklarni keltirib
chiqaradi. Birinchidan, aynan bitta ma'muriy birlikdagi tarmoq tashkilotlari ma’lumotlaridan emas
ularning bir qanchasi ma’lumotlarini olish; ikkinchidan, olingan ma’lumotlar va statistik
ko‘rsatkichlarni havza doirasida saralash; uchunchidan, tahlillar asosida keltirilgan ma’lumotlarni
umumlashtirish.

Hozirgi kunda Sangzor daryo havzasi tabiati va uning resurslaridan quyidagi maqsadlarda

foydalanib kelinmoqda:

1-rasm. Sangzor daryo havzasida tabiatdan foydalanish turlari

Sangzor daryo havzasi hududining katta qismidan dehqonchilik maqsadlarida foydalaniladi.

Hudud tog‘ va tog‘oldi hududlaridan tashkil topganligi sababli, bu hududlarning katta qismidan
dehqonchilik maqsadlarida foydalaniladi. Bizga ma'lumki dehqonchilikning sug‘orma va lalmi
turlari mavjud. Havza hududida Sangzor daryosi bo‘ylarida, soy suvlarining konus yoyilmalarida,
G‘allaorol tumani hududining Tuyatortar kanali oqib o‘tgan hududlarda dehqonchilikning sug‘orma
turi rivojlangan. Shuningdek, havzaning adir, tog‘oldi mintaqalarining oddiy bo‘z, och tusli bo‘z va
jigarrang tuproq turlari tarqalgan hududlarida lalmi dehqonchilikda keng foydalaniladi.

Sangzor daryo havzasida yerdan foydalanish darajasiga ko‘ra, ekin ekiladigan (861 km

2

)

maydonlar, eng katta hududlarni egallagan bo‘lib, umumiy havza hududining 33 % dan ortiq
qismini tashkil qiladi (1-jadval).

1-jadval

Sangzor daryo havzasida yerdan foydalanishning ayrim ko‘rsatkichlari (2000-2020)

T/r

Yer foydalanish turi

Maydon, km

2

2000

2020

o‘zgarish, %

1

Ekin maydonlari

781

861

10

2

Semiarid (yarim
qurg‘oqchil) yerlar

868

785

-9

3

Qalin o‘sgan past bo‘yli
o‘simliklar

730

655

-10

4

Bino va inshootli maydonlar

107

181

69

5

Daraxtlar bilan qoplangan
hududlar

82

81

-1

Havza hududida Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov va Bulung‘ur tumanlari va Jizzax

shahar hududlari joylashgan. Shu sababli havza tabiatidan foydalanish masalalari ham shu
ma‘muriy birliklar doirasida amalga oshiriladi.


background image


RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL

40

Baxmal tumani

ning umumiy yer maydoni 1,86 km

2

bo‘lib, shuning 1,3 ming km

2

yoki 72 %

qismi Sangzor havzasi hududida joylashgan. Bundan anglash mumkinki, havza tabiatidan ko‘p
foydalanadigan tuman sifatida olish mumkin. Hozirgi kunda havzaning tuman qismida joylashgan
hududlari tabiatidan qishloq xo‘jaligi (dehqonchilik, chorvachilik), qurilish materiallari xom
ashyolarini qazib olish, bog‘dorchilik va boshqa maqsadlarda foydalanib kelmoqda. Jumladan,
tumanda jami qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlar maydoni 106332 gektarni tashkil etsa,
uning katta qismi ya’ni 70 ming gektardan ortiq qismi havza hududida joylashgan.

Dehqonchilik maqsadlarida foydalaniladigan yerlar sug‘oriladigan va lalmi yerlardan iborat.

Tumanning havza hududida joylashgan hududlaridan asosan dehqonchilikning lilmi turidan keng
foydalaniladi. Buni hududning relyef tuzilishi murakkabligi bilan ham izohlash mumkin.
Shuningdek, bu hudud yaylovlar, bo‘z yerlar, pichonzorlar va o‘rmonlardan iborat.

Sug‘oriladigan yerlar maydoni tuman bo‘yicha 3534 gektar bo‘lib, buning asosiy qismi

Sangzor daryosiga yaqin bo‘lgan terrasalarda hamda daryoga kelib quyiluvchi soylarning konus
yoyilmalarida oddiy bo‘z tuproqlar tarqalgan hududlarda nisbatan katta maydonlarni egallaydi [4].
Bunday konus yoyilmalariga sug‘orma dehqonchilikni Ko‘kjar, Jantaka, Guralash va Tangatopdi
soylarining quyi va o‘rta oqimlarida ko‘rish mumkin. Lalmi dehqonchilik ko‘pincha tabiiy sharoit,
iqlim va yerning unumdorligidan foydalangan holda, o‘simliklarni yetishtirishga e’tibor qaratiladi.
Lalmi dehqonchilikda suvni tejash, tuproq unumdorligini oshirish va ekinlarni parvarishlash kabi
amaliyotlar muhim rol o‘ynaydi. Havza hududini tuman hududida joylashgan qismlarining tog‘ oldi
va tog‘ etaklarida namlik darajasi yetarli qismlarida keng foydalaniladi. Morguzar tog‘larining
janubiy yonbag‘rida lalmi dehqonchilik qilinadigan hududlar dengiz sathidan 700 metrdan
boshlanib xatto 2200 metrgacha (Jantaka havzasida) davom etadi. Bu hududlarga asosan kuzgi va
bahorikor bug‘doy, arpa va no‘xat ekinlari ekiladi. Chumqor tog‘ining janubiy yonbag‘irlaridagi
dengiz sathidan 750-2000 m balandliklarda ham lalmi dehqonchilikda keng foydalaniladi.

Tumanda daraxtzorlar (79,6 %), uzumzorlar (17,4 %), tutzorlar (2,9 %) va boshqa ko‘p yillik

darxatzorlar (0,3 %) egallagan maydonlar 12129 gektarni tashkil qiladi [5]. Havzaning tuman
qismida joylashgan qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlardan qolgan qismini bo‘z yerlar (2601
ga) va pichanzorlar (255 ga) tashkil qiladi. Shuningdek, o‘rmonlar tumanda jami o‘rmonlar
maydoni 55761 gektarni tashkil etib, yer fondining 29,9 % ni tashkil qiladi. O‘rmonlar bilan
qoplangan hududlarning katta qismi Chumqor to‘g‘ining shimoliy yonbag‘ri va kichikroq qismi
Morguzar tog‘ining janubiy yonbag‘rilaridagi dengiz sathidan 1500-2600 m balandliklarida
uchraydi. Bu o‘rmonlarning asosiy daraxti archa hisoblanadi. Bu hududda archaning bir qancha
turlarini uchratish mumkin. Ayniqsa, o‘rmonlar bilan qoplangan maydonlar Jantaka, Guralash,
Boyqo‘ng‘irsoy, Tangatoptisoy va Jo‘mjo‘m kabi soylarning yuqori qismlarida katta maydonlarni
egallaydi.

Havza hududida sanoat axamiyatiga ega bo‘lgan foydali qazilma konlari mavjud emas. Faqat

bir qancha marmar konlari bo‘lib, ulardan hozirgi kunda juda kam miqdorda marmar toshlari qazib
olinmoqda. Bunday konlarga Oqtosh va Morguzar konlari misol bo‘ladi. Shu bilan birga qurilish
materiallarining asosiy xom ashyosi hisoblangan qum-shag‘al Sangzor daryosi o‘zanidan keng
miqyosida qazib olingan (2024 yil 1-mayiga qadar). Sangzor havzasining tuman hududida
joylashgan qismlarining rekreatsiya va turistik obyektlarga juda boy xisoblanadi. Buni hududda
baland tog‘ o‘rmon qoplami, iqlimi va suvlari hamda boshqa xususiyatlarni keltirish mumkin eng
miqyosida qazib olingan (2024 yil 1-mayiga qadar). Sangzor havzasining tuman hududida
joylashgan qismlarining rekreatsiya va turistik obyektlarga juda boy xisoblanadi. Buni hududda


background image


“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”

41

baland tog‘ o‘rmon qoplami, iqlimi va suvlari hamda boshqa xususiyatlarni keltirish mumkin.

So‘ngi yillarda turizm sohasiga oid ko‘plab islohatlar amalga oshirilayotganligi sababli

hududga tashrif buyiruvchi rekreantlar va turistlar soni ham yil sayin ortib bormoqda ortib
bormoqda (2-rasm).

2-rasm. Baxmal tumaniga tashrif buyurigan rekreant va turistlar soni

G‘allaorol tumani

ning umumiy maydoni 2,0 ming km

2

bo‘lib, uning 1,12 ming km

2

Sangzor

daryo havzasi hududida joylashgan. Tuman hududining markaziy, janubi-sharqiy va shimoli-
sharqiy qismlarini o‘z ichiga olib, shimolga va g‘arbga tomon balandlashib boradi.

Tumanning havza hududida joylashgan qismi tabiati va tabiiy resurslaridan qishloq xo‘jaligi,

ruda va mineral resurslar qazib olish va boshqa maqsadlarda foydalaniladi.

Qishloq xo‘jaligining dehqonchilik tarmog‘idan tumanning dengiz sathidan 550 m dan 1000

metrgacha (havza chegarasi) balandlashib borgan adir mintaqasida to‘q tusli bo‘z va tipik bo‘z
tuproqlari tarqalgan hududlarida lalmi dehqonchilikdan keng foydalaniladi. Shuningdek, havza
hududidagi Marjanbuloq oltin koni respublikamizdagi yirik sanoat ahamiyatiga ega konlardan
hisoblanadi.

Tumanda mahalliy va xorijiy turistlarni o‘ziga jalb qiladigan maskanlar ham bo‘lib, shulardan

biri

Saʼd ibn Abu Vaqqos ziyoratgohi hisoblanadi. Bu maskanning go‘zal tabiati, zilol suvi va

boshqa o‘ziga xos jihatlari insonga o‘zgacha kayfiyat va sokinlik bag‘ishlaydi.

Xulosa.

Umuman olganda, Sangzor daryosi havzasining katta qismidan dehqonchilikda

foydalaniladi. Shu bilan birga hududda hali ham ishga solinmagan imkoniyatlar juda ko‘p.

Bunday

imkoniyat va sharoitlardan foydalangan holda havza tabiatidan intensiv va kam ziddiyatli
foydalanish orqali

kelajak avlodga yetkazish muhim ahamiyatga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Ballieva R., I.Turdimambetov. Tabiatdan foydalanishning geografik asoslari. Darslik.

Nukus-2020.

2.

Федорко В.Н. Ўзбекистонда табиатдан фойдаланишнинг ҳудудий таркибини

такомиллаштиришнинг иқтисодий географик асослари. г.ф.б.ф.д (PhD) илмий даражасини
олиш учун ёзилган диссертатсия автореферати. ЎзМУ. Тошкент, 2018.

3.

Куражковский Ю.Н. Очерки природоползования. -М.: 1959.

4.

Xakimov K.A. Baxmal tumani tabiatidan foydalanishda landshaft rejalashtirishni

qo‘llash. g.f.b.f.d (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi. O‘zMU. Toshkent,
2022.

5.

Baxmal tumani Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi ma

ʼ

lumotlari.

2024 .

References

Ballieva R., I.Turdimambetov. Tabiatdan foydalanishning geografik asoslari. Darslik.

Nukus-2020.

Федорко В.Н. Ўзбекистонда табиатдан фойдаланишнинг ҳудудий таркибини

такомиллаштиришнинг иқтисодий географик асослари. г.ф.б.ф.д (PhD) илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертатсия автореферати. ЎзМУ. Тошкент, 2018.

Куражковский Ю.Н. Очерки природоползования. -М.: 1959.

Xakimov K.A. Baxmal tumani tabiatidan foydalanishda landshaft rejalashtirishni

qo‘llash. g.f.b.f.d (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi. O‘zMU. Toshkent, 2022.

Baxmal tumani Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi maʼlumotlari.

.