“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”
201
NUROTA TOG‘LARI SHIMOLIY YONBAG‘RI RELYEFINING QIYALIK
DARAJALARNI GAT TAHLILI
Xakimov Bekzod Bekpo‘latovich
Guliston davlat universiteti o‘qituvchisi
E-mail:
Annotatsiya.
Maqolada gegrafik o‘rin tushunchasining qisqacha izohi va tarixi, turlari
to‘g‘risida ma’lumot berilgan. Shuningdek, Sirdaryo vioyati misolida hududlarning
chegaralanishida GIS texnologiyalaridan foydalanish afzalliklari, xususiyatlari bo‘yicha atroflicha
ma’lumotlar berilgan.
Kalit so‘zlar:
GIS, ArcGIS, QGIS, relyef profili, relyef qiyaligi, geografik oʻrin, havza,
suvayirg‘ich,
koordinata, geografik uzunlik, geografik kenglik.
Kirish:
GIS texnologiyalari asosida ixtiyoriy biror bir hududning relyefning qiyaligini
kartalashtish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha alohida ilmiy manba yoki yo‘riqnomalar juda kam.
Mavjudlari ham xorijiy tillarda nashr etilgan bo‘lib, ular GIS texnologiyalarining ayrim dasturlari
bo‘yicha berilgan va ular dasturda amaliy ishlarni bajarish bo‘yicha yo‘riqnomalardan iborat.
O‘rganishlarimizga ko‘ra o‘zbek tilida biror hududning ayniqsa Nurota tog‘lari relyefini kosmik
tasvir asosida “ArcGIS”, “QGIS”, “GLOBAL MAPPER”, “SURFER”, “ORIGINLAB”dasturlari
yordamida
relyefning
qiyalik
darajasini
kartalashtirish
ishlari
amalga
oshirilmagan.
Kartalashtirilgan ayrim mustaqil tadqiqotlarda esa relyefning qiyalik darajasini kartalashtirish
ishlarining ketma ketligi yoki metodik asosi berilmagan.
Mavjud adabiyotlarning aksariyatida esa relyefning qiyalik darajasi haqida qisqacha yozma
ma’lumotlar berilgan xolos. GIS texnologiyalrining alohida dasturiy ta’minotlari bo‘yicha
relyefning qiyalik darajasini kartalashtirish ishlarini va metodologik asosini tadqiq etish juda
muhim sanaladi. Geoaxborot tizimlari vositasida Shimoliy Nurota tizmasining relyefini qiyalik
xususiyatlariga ko‘ra o‘rganish va tahlil qilish avvalo hududda tabiiy jarayonlarning dinamikasini
o‘rganishga, muhofaza qilish ishlarini tashkil etishga, hududda turizm va rekreatsiya sohalarini
rivojlantirishga tavsiyalar ishlab chiqishga imkon beradi.
Asosiy qism.
Global Mapper, ArcGIS va QuantiniumGIS (QGIS) kabi GIS dasturlari
yordamida hududning rastrli ma’lumotlari qiyalik darajasiga ko‘ra qayta ishlanganda Shimoliy
Nurota tizmasi shimoliy yonbag‘irining katta qismi 2°gacha qiyalik darajasiga ega hududlardan
iboratligi ma’lum bo‘ldi (1-rasm). Shu sababdan tizma nafaqat O‘rta Osiyo balki O‘zbekiston
hududidagi tekislik va tog‘liklar orasidagi chegara, geomorfologik rayonlashtirishda barer vazifasini
o‘taydi.
Shimoliy Nurota tog‘larining shimoliy yonbag‘ri relyefi janubiy yonbag‘ridan relyefning
qiyalik darajasiga ko‘ra keskin farq qiladi. Masalan, hududning dengiz sathidan 500 m gacha
bo‘lgan qismlarida tizmaning shimoliy yonbag‘iri qiyaligi maksimal 5°ga, 1000 metrgacha bo‘lgan
balandliklarda esa 10° ga yetmaydi. Janubiy yonbag‘irda esa shu balandliklar bo‘yicha qiyalik 10°
va 25°dan yuqori (1-rasm). Bu holat bizningcha tizmaning orogenezi, ekspozitsiyasining
shakllanish bosqichlari va yo‘nalishiga bevosita bog‘liq.
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL
202
1-rasm.
Shimoliy Nurota tog‘lari shimoliy yonbag‘rirelyefining qiyalik darajasi kartasi
(tasvir
ArcGIS 10.8 dasturi yordamida muallif tomonidan shakllantirildi)
Shimoliy Nurota tizmasining rel’ef sharoitini rel’ef qiyaligi jihatidan o‘rganishda GIS
dasturlaridan unumli foydalanish mumkin. Hozirgi kunda keng qo‘llanilayotgan GIS dasturlaridan
eng asosiysi ArcGis dasturidir. Shimoliy Nurota tizmasi hududning relyefi va uning qiyalik darajasi
bo‘yicha kartalashtirish ishlari
ArcGis 10.8
dasturida quyidagicha ketma-ketlikda amalga
oshiriladi:
Shimoliy Nurota tizmasining relyefini qiyalik darajasi va uning hududiy ko‘rsatkichlari
kartasini
ArcGis 10.8
dasturida shakllantirish uchun dastlab Shimoliy Nurota tizmasining
havzaviy
chegarasi asosida kesib olingan rastr (
Landsat 8
-kosmik tasvir) fayli
ArcGis 10.8
dasturining
ArcMap
ichki dasturiga yuklanadi.
Shundan so‘ng ArcMap panellar qatori (
Arc Tool Box → Spatial Analyst Tools →
Surface
) dan panellari ketma ket tanlanib boriladi va
“Surface”
panelining
“Slope”
buyrug‘i
berilganda belgilangan Shimoliy Nurota tizmasining rastr fayli relyef qiyaligi bo‘yicha
ArcMap
dasturida avtomatik tasniflanadi. Hosil bo‘lgan tasnifni tadqiqotning maqsadi va kerakli qiyalik
darajalari bo‘yicha qayta tasniflash talab etiladi. Bunda avtomatik hosil bo‘lgan tasnif kartasi
belgilanib, uni mexanik tasniflash buyrug‘i asosida qayta tasnif qilish bosqichi quyidagicha
bajariladi.
Arc Tool Box → Layer Proparties → Symbology → Classified → Classification
panellari ketma ket tanlanib briladi va tasniflash
(Classifiation)
panelining
“Manual”
metodi
buyrug‘i asosida kerakli relyefning qiyalik darajalari kiritiladi va har bir qiyalik darajasi uchun
alohida ranglar tanlanib, taxrirlanadi hamda bajarish
“OK”
tugmasi bosilib kerakli xarita hosil
qilinadi.
“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”
203
Keyingi bosqichda hosil qilingan xaritani belgilab olamiz va
ArcToolBox → Spatial
Analyst Tools → Reclass → Reclassify
buyruqlari asosida qiyalik xarita qayta tasniflanadi.
Qayta tasflangan xarita xosil bo‘lgach u yana belgilab olinadi va dasturning
ArcToolBox
→ Conversion Tools → From Raster → Raster to Polygon
buyruqlari asosida har bir qiyalik
darajasi bo‘yicha maydon ko‘rsatkichlari vektor formatda avtomatik hosil qilinadi.
Ushbu hosil qilgan relyefning qiyalik bo‘yicha tasnifini shakllantirgan vektorli faylga
Geoprocessing → Dissolve
buyruqlari asosida qayta ishlov berilganda hududning qiyalik bo‘yicha
umumiy tasnifi shakllanadi va shundan so‘nggina hosil qilingan fayl attributlariga maydon
ko‘rsatkichlarini aks ettirish uchun alohida ustun hosil qilishga dastur tomonidan imkon hosil
qilinadi. Natijada qiyalik bo‘yicha umumiy tasflangan vektorli fayl attributlariga maydon
ko‘rsatkichlari uchun
Layer
→ Open attribute table → Add field → Calculate Geometry
buyruqlari orqali relyefning qiyaligi bo‘yicha qayta umumiy tasniflangan qatorlarga avtomatik
maydon hosil qilinadi. Bunda faylning geografik koordinatasiga mos ravishda proektsiya to‘g‘ri
tanlangan bo‘lishi talab etiladi.
Yuqorida dasturiy amallar bajarilgandan so‘ng va hududning geografik joylashuviga mos
tarzda proyetsiya tanlangandan so‘ng hosil bo‘lgan xaritaning attributlari qatoridan maydon
ko‘rsatkichlari olinib taxrirlanadi va tegishlicha jadval va diagrammalar hosil qilinadi.
2-rasm.
Shimoliy Nurota tog‘lari shimoliy yonbag‘rirelyefining 3d shakli
(tasvir
Surfer dasturi yordamida muallif tomonidan shakllantirildi)
GIS dasturiy ta‘minoti asosida tanlangan har qanday hududni qiyalik darajalari bo‘yicha
xaritalar ishlab chiqilib, xaritaning tashqi va ichki ramka (hoshiya)lari, masshtab va legendalari
ishlab chiqiladi. Bunda asosiy nazarda tutiladigan omil xarita tushiriladigan qog‘oz o‘lchamlari
hisoblanadi. Odatda xarita nashr qilinadigan qog‘oz o‘lchamlaridan kelib chiqib xaritaning
masshtabi, koordinatalar tizimi, legenda qismlari va ularning tasviriy o‘lchamlari belgilab olinadi (1
- rasm, 1-jadval).
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL
204
Shimoliy Nurota tizmasining relyefi qiyalik darajasi bo‘yicha EPSG:32642 - WGS 84 / UTM
zone 42N proyektsiyasi asosida xaritasi ishlab chiqildi.
Hudud relyefini qiyalik darajasi
ArcGis 10.8
dasturi vositasida tasniflanganda Shimoliy
Nurota tizmasining havzaviy chegarasi bo‘yicha umumiy maydonini 45,75 foizi 1° gacha, 79,66
foiz hududi esa 5° gacha qiyalikka ega va bu Shimoliy Nurota tizmasining shimoliy yonbag‘ri
r
elyefi asosan tog‘ oldi tekisliklaridan iborat ekanligi ko‘rsatadi. Hudud umumiy maydonining juda
katta qismi ya’ni 92,33 foizi yoki 6255 km
2
dan ortig‘i 15° gacha qiyalikda. Bunday holat Shimoliy
Nurota tizmasining shimoliy yonbag‘ri relyefining o‘zga xos tarzda tuzilishga ega ekanligini
ko‘rsatadi (1-jadval).
Shimoliy Nurota tizmasining shimoliy yonbg‘ri qiyalik ko‘rsatkichlari
(1- jadval).
№
Relyef qiyaligi
(
da)
Maydoni (km
2
)
Jami maydon (
6775,13
) ga
nisbatan % da
1
0
24,31
0,36
2
0-1
3075,10
45,39
3
1-3
1867,36
27,56
4
3-5
430,34
6,35
5
5-7
252,59
3,73
6
7-12
430,98
6,36
7
12-15
174,94
2,58
8
15-30
488,72
7,21
9
30-45
30,61
0,45
10
45-52
0,18
0,003
Jadval muallif tomonidan ArcGis 10.8 dasturi vositasida muallif tomonidan ishlab chiqildi
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki Shimoliy Nurota tizmasining relyefi Aydar-Arnasoy ko‘llar
tizimi sohilida 250 m dengiz sathidan balandlik va tizmaning suvayirg‘ichidan 40-45-km
uzoqlikdan boshlanib, suvayirg‘ichdan 15 km uzoqliklargacha sekin ko‘tarilib boradi, shundan
so‘ng qiyalik keskin ortadi.
XULOSA
Shimoliy Nurota tizmasi relyefining GIS dasturlari asosida o‘rganish va morfometrik tahlil
qilish juda muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Ayniqsa, turli xo‘jalik sohalarini
rivojlantirishda samarali natijalarga erishishuchun, turli tabiiy jarayonlarni o‘rganish va tadqiq
etishda, iqlim, tuproq, o‘simlik hamda hayvonot olamining o‘zgarishlarini tadqiq etish qimmatli
natijalarni qo‘lga kiritishga imkon beradi.
GIS dasturlari asosida hududlarning relyefini o‘rganish uchun avvalo GIS dasturlarida
relyefning qiyalik darajasini kartalashtirish bo‘yicha metodologik asos talab etiladi. Shu sababdan
relyefning har qanday morfometriyasi kartalashtirishda har bir GIS dasturiy ta’minotlari bo‘yicha
kartalashtirish metodologiyasini o‘rganish va uni keng ommaga joriy etish kartografik
tadqiqotlarning takomillashuviga olib keladi. Bu esa tabiatdan foydalanish va tabiiy resurslarni
muhofaza qilish uchun o‘z samarasini beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”
205
1.
Bekpulatovich, K. B. (2020). The nature of the nurata ridge and its
protection.
ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal
,
10
(10), 651-654
2.
Khakimov, B. B. (2020, December). Nurata Ridge Streams And Their Rational Use.
In
International Scientific and Current Research Conferences
(pp. 106-110).
3.
G‘o‘dalov M.R. Xakimov B.B. “Shimoliy nurota tog‘lari relyefi va uning rekreatsion
turistik jihatlari” Respublika ilmiy–amaliy konferensiya Jizzax-2023. 135-140 bet
4.
Камолов, М. Н., Холмирзаев, Ж., & Хакимов, Б. (2021). ЖИЗЗАХ
ВИЛОЯТИДА
ГИДРОЛОГИК
ХУСУСИЯТЛАРНИНГ
ТАҚСИМЛАНИШИ.
Журнал
естественных наук
,
1
(5).
Internet manbalari
1.
https://www.qgis.org/ru/site/
2.
https://nextgis.ru/
3.
https://www.argis.com
https://pro-tourism.com/gory-gornolyzhnye-kurorty/harakteristika-gornyh-
5.
https://meganorm.ru/Data2/1/4293730/4293730809.htm
