Authors

  • Shamshod Sadullayev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.127965

Keywords:

pedagogik boshqaruv rahbarlik innovatsion texnologiyalar attestatsiya xalqaro hamkorlik.

Abstract

Mazkur maqolada ta’lim muassasalarini boshqarishning pedagogik asoslari keng yoritilgan. Rahbarlik jarayonida pedagogik liderlik, kadrlar tayyorlash va attestatsiya, innovatsion texnologiyalarni joriy etish, xalqaro standartlar va ijtimoiy hamkorlikning o‘rni asoslab berilgan. Ushbu yondashuvlar ta’lim sifati va samaradorligini oshirishning muhim omillari sifatida talqin etilgan.

background image

416

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7

TA’LIM MUASSASALARINI BOSHQARISHDA PEDAGOGIK LIDERLIK:

ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA BOSHQARUV SAMARADORLIGI OMILLARI

Sadullayev Shamshod Xojikurbonovich

Buxoro tuman Maktabgacha va maktab bo‘limi boshlig‘i.

https://doi.org/10.5281/zenodo.16419958

Annotatsiya. Mazkur maqolada ta’lim muassasalarini boshqarishning pedagogik

asoslari keng yoritilgan. Rahbarlik jarayonida pedagogik liderlik, kadrlar tayyorlash va
attestatsiya, innovatsion texnologiyalarni joriy etish, xalqaro standartlar va ijtimoiy
hamkorlikning o‘rni asoslab berilgan. Ushbu yondashuvlar ta’lim sifati va samaradorligini
oshirishning muhim omillari sifatida talqin etilgan.

Kalit so‘zlar: pedagogik boshqaruv, rahbarlik, innovatsion texnologiyalar, attestatsiya,

xalqaro hamkorlik.

Аннотация.

В

стате

раскрыты

педагогические

основы

управления

образователными учреждениями. Обоснована рол педагогического лидерства, системы
подготовки и аттестации кадров, внедрения инновационных технологий, применения
международных стандартов и развития социалного партнёрства. Эти подходы
рассматриваются как ключевые факторы повышения качества и эффективности
образователного процесса.

Ключевые слова: педагогическоэ управление, руководство, инновационные

технологии, аттестация, международноэ сотрудничество.

Absratct. The article explores the pedagogical foundations of educational management. It

substantiates the role of pedagogical leadership, staff training and certification, the integration
of innovative technologies, the implementation of international standards, and the development
of social partnership. These approaches are considered crucial for improving the quality and
effectiveness of the educational process.

Keywords: pedagogical management, leadership, innovative technologies, certification,

international cooperation.

Ta’lim muassasalarini boshqarish – bu ta’lim oluvchilarda chuqur nazariy bilim va amaliy

ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan tizimli jarayon boʻlib, u nafaqat ma’muriy, balki
pedagogik tamoyillar asosida tashkil etiladi Boshqaruvning pedagogik yondashuvi muassasaning
ta’lim sifati, innovatsion yondashuvlari va bilimli kadrlar tayyorlashda asosiy rol o‘ynaydi.

Bunda quyidagi mezonlarga amal qilish talab etiladi:

1. Pedagogik liderlik va kadrlar tayyorlash.

2025-yil 28-apreldagi PF-73-sonli

prezident farmoni ta’lim muassasalarida pedagog kadrlar tayyorlash tizimini xalqaro standarlarga
moslashtirishni va rahbarlarni tanlashda professional, pedagogik malakaga urgʻu berishni
nazarda tutadi. Bu rahbarlikdan oldin pedagogik va boshqaruv kadrlarini tanlash va malaka
oshirish muhimligini ko‘rsatadi.

Xalq ta’limi tizimi rahbarlari va maktab rahbarlari uchun attestatsiya tartibi joriy etilgan

— har besh yilda attestatsiyadan oʻtish orqali rahbarlarning pedagogik salohiyati baholanadi.

Pedagogik boshqaruvning markazida rahbar shaxsining liderlik fazilatlari turadi. Rahbar

nafaqat tashkilot boshqaruvchisi, balki pedagogik jamoaning yo‘lboshchisi, innovatsion
g‘oyalarni ilgari suruvchi va motivatsiya manbai bo‘lishi zarur. Pedagogik liderlik asosida
qarorlar qabul qilish, jamoaviy ruhni shakllantirish va ta’lim sifatini oshirish jarayoni amalga
oshiriladi.


background image

417

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7

2. Innovatsion texnologiyalarni joriy etish.

Pandemiya davrida davlat raqamli va

masofaviy ta’limni rivojlantirishga e’tibor qaratyapti. 2020-yil PF-6079 sonli farmonda “Digital
Uzbekistan – 2030” strategiyasi tasdiqlanib, maktab va oliy ta’limda masofaviy pedagogik
texnologiyalarni keng joriy qilish topshirilishi berilgan. Maktabgacha va maktab tizimida PF-152
qaror bilan esa innovatsion pedagogik yondashuvlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
kirib keldi. Zamonaviy ta’lim muassasalarida boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish va
innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish asosiy talab sifatida qo‘yilmoqda. Elektron
boshqaruv tizimlari, masofaviy ta’lim platformalari, o‘quv jarayonini monitoring qilish vositalari
rahbarlik faoliyatining samaradorligini oshiradi. Innovatsion texnologiyalar asosida boshqaruv
nafaqat vaqt va resurslarni tejashga, balki ta’lim sifati monitoringini tezkor amalga oshirishga
imkon beradi. Shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida NEMIS kabi elektron jurnal,
dars jadvali, attestasiyalarni boshqarish tizimlari yo‘lga qo‘yilgan.

3. Xalqaro standartlar va akademik mobillik.

PF-73 farmoni ta’lim muassasalarida

xalqaro dasturlarni joriy qilish va professor-o‘qituvchilarni tanlov asosida chet ellarga malaka
oshirishga yuborishni ilgari suradi. Shu bilan birga oliy ta’limda akademik mobillik, hamkorlik
va dars dasturlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha PQ-289 qaroridan foydalaniladi. Global
ta’lim makoniga integratsiyalashuv pedagogik boshqaruvni rivojlantirishning muhim omillaridan
biridir.

Xalqaro ta’lim standartlarini joriy etish, xorijiy tajribalarni o‘rganish, o‘qituvchilar va

rahbarlarning akademik mobilligi, xorijiy malaka oshirish dasturlari ta’lim muassasalarida
boshqaruv samaradorligini oshiradi.

4. Boshqaruv tizimini modernizatsiya qilish.

PF-79 sonli 2023-yil 26-mayli farmonda

maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Boshqaruvi markazini kuchaytirish, holatga mos
ravishda o‘zgartirish va sifat nazoratini yaxshilash vazifalari berilgan.

5.Kadrlar tayyorlash va attestatsiya tizimi.

Ta’lim muassasalarida rahbarlik lavozimiga

tayinlashda pedagogik tajriba va malaka asosiy mezon hisoblanadi. Maktab va oliy ta’lim
muassasasi rahbarlarini attestatsiyadan o‘tkazish tizimi ta’lim jarayonini chuqur biladigan,
o‘qituvchilarning ehtiyojlarini tushunadigan va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan strategik
qarorlar qabul qila oladigan kadrlarni tanlashga xizmat qiladi. Attestatsiya rahbarlarning bilim va
ko‘nikmalarini zamon talablariga mos ravishda yangilab borishini rag‘batlantiradi.

Ijtimoiy hamkorlik.

Pedagogik asoslarda boshqaruv o‘qituvchi, ota-ona, jamoatchilik va

davlat organlari bilan samarali hamkorlikni talab qiladi. Bu hamkorlik orqali ta’lim jarayonining
ochiqligi, shaffofligi ta’minlanadi, o‘quvchilar tarbiyasi va bilim sifati uzviy uyg‘unlikda
rivojlanadi.

Har bir muassasaning faoliyatidagi samaradorlik, birinchi navbatda, jamoadagi

shaxslararo munosabatlarning qanchalik to‘g‘ri tashkil etilgani yoki etilmaganligiga bog‘liq.

Boshqacha aytganda, ishning qanday tashkil etilishi rahbarlik, boshqaruvchilikning

tashkil etilishi darajasiga bog‘liq. Har bir rahbar pedagogik tizimni boshqarar ekan, eng avvalo,
undagi muammolar va bu tizimdagi a’zolarning pedagogik-psixologik xususiyatlarini bilish
qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.

Rahbarlik uslublari va uning mazmunmohiyatiga rahbar o‘z boshqaruv faoliyatida afzal

bilgan va asoslangan barcha usullar va harakatlarning taktika va strategiyalaridan tashkil topgan
tizim sifatida qaraladi. Bunda, bir tomondan, strategiyalar bilan boshqaruv faoliyati mazmuni,
ikkinchi tomondan, bu tizimning o‘zi, inson faoliyati muhitida turli ahamiyatga ega bo‘lgan
harakatlar va shu qatorda professional faoliyat boshqaruv sub’ektining rivojlanishi, mutaxassis


background image

418

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7

sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Rahbarning unga bo‘ysunuvchilarga nisbatan
ta’sir ko‘rsatishi va ko‘zlangan maqsadga erishishga ularni undashida o‘zaro munosabatlar
quyidagilarga asosan aniqlanadi:

- qarorlar qabul qilish jarayonida bo‘ysunuvchilarning ishtirok etish darajasi;
- bo‘ysunuvchilarning ma’lumotlar va axborotlar bilan ta’minlanishi;
- rahbar tomonidan qo‘llanilayotgan ish uslublari, ya’ni u yoki bu masalani hal qilishda

uning o‘ziga xos yondashishi.

Liderlik

– bu shaxsning shaxsiy yetukligining (shaxsiy yetuklik – shaxsiy kamolot,

individual yuksak ma’naviyat, shaxsning ijtimoiy va ma’naviy-axloqiy barkamolligini
anglatuvchi tushuncha) odamlar xulq-atvoriga ta’siriga asoslangan guruh, jamoadagi tabiiy
ijtimoiy-psixologik jarayonidir. Liderlik asosan uch xususiyatga ega[1, 2013 B –366]:

1. Emotsional lider-ta’lim muassasasining rahbari jamoada ijobiy psixologik muhit

yaratishi, o‘qituvchilar va talabalarni ruhlantira olishi bilan ajralib turadi. Masalan, ta’lim
jarayonida stressli vaziyatlar (yangi dastur joriy etilishi, attestatsiya, o‘quvchi yoki talaba
baholash tizimidagi o‘zgarishlar) yuzaga kelganda, emotsional lider rahbar ularni tushunish,
qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish orqali jamoaning motivatsiyasini ushlab turadi. Bunday
rahbarning “biz bir jamoamiz” degan ruhiy yondashuvi natijasida ish jarayoni barqaror va
samimiy bo‘ladi.

2. Ishonchli lider- ta’lim muassasasining ishonchli rahbari qarorlarni adolatli, shaffof va

qonuniy asosda qabul qiladi, so‘zida turadi va va’dalarini bajaradi. Masalan, o‘qituvchilar uchun
moddiy rag‘bat yoki sharoitlar yaratishga va’da bergan bo‘lsa, ularni bajaradi yoki aniq
sabablarini tushuntiradi. Ishonchli rahbarning obro‘-e’tibori natijasida o‘qituvchi va talabalar o‘z
fikrini ochiq aytishdan cho‘chimaydi, ota-onalar ham rahbarga ishonadi. Natijada muassasada
sog‘lom ijtimoiy muhit shakllanadi.

3. Informativ lider-bu turdagi rahbar barcha qarorlar va yangiliklarni jamoaga to‘g‘ri,

aniq va o‘z vaqtida yetkazib beradi. Masalan, yangi o‘quv dasturi yoki baholash tizimi joriy
etilganda, u rahbar barcha o‘qituvchilar, talabalar va ota-onalarga tushunarli tarzda ma’lumot
beradi, yangiliklarning sababini va foydasini izohlaydi. Informativ liderning faoliyati tufayli
muassasada chalkashliklar kamayadi, qarorlar to‘g‘ri tushuniladi va jamoada “qandaydir sirli
o‘zgarishlar” haqidagi xavotirlar yuzaga kelmaydi.

Rejalashtirish- o‘tmishdagi rivojlanish, hozirgi sharoitlarni tahlil qilish va kelajakka real

vazifalarni qo‘yishni nazarda tutadi.

Tashkillashtirish – tizimni yuzaga keltirishdir, bunda quyidagi uch komponent: intiluvchi

guruhlar, iqtisodiy munosabatlar va texnik vositalar mantiqiy ravishda birbiriga bog‘langan
bo‘ladi.

Nazorat – ish faoliyatini tartibga keltirish, tasniflash, hodisalarni oldindan belgilangan

shakli bo‘yicha baholashdir. Nazorat yordamida ijtimoiy-psixologik obyektlar, ular uchun
umumiy bo‘lgan xususiyatlarning yorqin darajasiga qarab (ekspert baholash) dastlabki tasniflash
amalga oshiriladi. Rahbarlikda ba’zida o‘z e’tiborini faqat vazifalarga, ishga qaratgan yoki faqat
xodimlarga qaratgan rahbarni ko‘rish mumkin. Albatta, bunday ko‘rinishdagi rahbarlarning
ikkalasi ham jiddiy kamchiliklarga ega, deb baholanadi. Shu o‘rinda boshqaruv madaniyati,
boshqaruv ma’naviyati tushunchalarini izohlab o‘tsak.

Boshqaruv madaniyati – boshqaruv va rahbarlik sohasidagi muayyan maqsadga erishish

yo‘lida insoniy salohiyatni ro‘yobga chiqarishga qaratilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar majmui.


background image

419

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7

Boshqaruv madaniyati xodimlar faoliyati, maqsad-muddaolari va ularning qadriyatlarini

hisobga olgan holda boshqaruvni amalga oshirish hisoblanadi1. Boshqaruv ma’naviyati –
ma’naviyat tamoyillarining boshqaruv sohasida namoyon bo‘lishi, rahbarga xos ma’naviy
fazilatlar, jamiyat va davlat hayoti, barcha sohalardagi boshqaruvning ma’naviyat talablariga
mos bo‘lishini anglatuvchi tushuncha.

Boshqaruv uslublari muammosini o‘rganishda biz shu masala bo‘yicha ilgari surilgan fikr

va qarashlar Abu Nasr Farobiyning «Aql to‘g‘risida»gi risolasi, Amir Temurning «Temur
tuzuklari» asari, Alisher Navoiy asarlarida va zamonamiz olimlaridan N.Boymurodovning
«Rahbarlik psixologiyasi», M.Qoplonova, O.Avlaevning «Boshqaruv psixologiyasi»,
J.G‘.Yo‘ldoshev, S.A.Usmonovning «Ta’lim menejmenti», R.Sh.Ahlidinovning «Maktab
boshqaruvida ichki nazorat», N.Komilov, A.Begmatov, M.Quronovning «Rahbar va xodim» kabi
ilmiy asarlarida ko‘rishimiz mumkin.[2. 2013, B – 41] Abu Nasr Farobiyning «Aql to‘g‘risida»gi
risolasida rahbarlikka xos bo‘lgan quyidagi ayrim fikrlar bayon etilgan. Aqlli deb, shunday
kishiga aytamizki, unda o‘tkir zehn-idrok bo‘lishi bilan birga, fazilati ham bo‘lsin. Bunday kishi
o‘zining butun qobiliyati va idrokini yaxshi ishlarni amalga oshirishga, yomon ishlardan o‘zini
saqlashga va tortishga qaratgan bo‘lmog‘i lozim. Ular fazilatli, o‘tkir muhokamali, yaxshi,
foydali ishlarga berilgan, zarur narsalarni kashf va ixtiro etishda zo‘r iste’dodga ega. Yomon
ishlardan o‘zlarini chetga olib yuradilar. Shunday odamnigina aqlli va to‘g‘ri fikr yurituvchi, deb
atash mumkin3. Buyuk bobokalonimiz Amir Temur o‘zining «Temur tuzuklari»da mansabdor
shaxsning o‘z mansabini suiiste’mol qilishi, adolatsizligi, yolg‘onchiligi, ikkiyuzlamachiligi, o‘z
so‘zining uddasidan chiqmasligini qattiq qoralagan, «Kuch – adolatda» g‘oyasini ilgari surgan.

Yana bir buyuk ajdodimiz Alisher Navoiy ham boshqaruvda hukmdor birinchi navbatda

haq yo‘lni tanlagan, har bir ishni insof va adolat tarozusi bilan o‘lchaydigan ma’naviy yuksak
inson bo‘lish zarurligini uqtirgan.

Ta’lim muassasalarini boshkarish va raxbarlik kilishning pedagogik shaxsiyati quyidagi

fazilatlarga ega bo ‘lishi lozim :

- kasbini va bolalarni sevish;
- o‘zi dars beradigan fan, uni o‘qitish nazariyasi va metodikasi, pedagogika, psixologiya

va mafkuraga doir chuqur bilim, yuksak ma’naviy madaniyatga ega bo‘lish;

- shaxsning axloqiy pokligi;
- pedagogik takt, muomala odobi qoidalariga ega bo‘lish;
- hamma o‘quvchilarga nisbatan xolis niyatli, ob’ektiv, talabchan, adolatli bo‘lish;
- pedagogik faoliyatning axloqiy xarakteri bilan pedagogik ijodkorlikning uyg‘unligi.
Boshqaruvchi odobining manbalariga quyidagilar kiradi:
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun;
- mamlakatning direktiv hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari,

ma’ruzalari, nutqlari;

- umumiy va milliy axloqqa, kasb odobiga doir ilmiy asarlar;
- Markaziy Osiyoda yashab, ijod qilgan donishmandlarning madaniy-ma’rifiy, pedagogik

merosi;

-o‘zbek xalq pedagogikasi asarlari, odobnomalar va ularga doir ilmiy-pedagogik

tadqiqotlar;

- axloqiy tarbiyaga, boshqaruvchining odobiga doir ta’limotlar;
- ta’lim-tarbiya, pedagogik faoliyatni aks ettirgan badiiy asarlar va boshqalar.


background image

420

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7

Hozirgi zamonda rahbarning fazilati asosan uning dadilligi, tashabbuskorligi,

bilimdonligi, halol va va’dasiga vafodorligidan ma’lum bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan, hozirgi
rahbarlar haqiqiy fazilat va xususiyatlarga ega bo‘lishi uchun:

- keng siyosiy bilimga ega bo‘lishi;
- pedagogik mahoratga ega bo‘lishi;
- jamoa ishlarini bajara oladigan va o‘z qo‘l ostidagilar bilan yaxshi muomalada bo‘la

olishi;

- ota-onalar va jamoatchilik o‘rtasida katta obro‘-e’tiborga ega bo‘lishi;
- dunyoqarashi keng, ilmiy-metodik bilimga ega bo‘lishi;
- o‘z fanini yaxshi bilishi;
- izlanuvchan, omilkor bo‘lishi va yangiliklarga ijobiy munosabatda bo‘lishi;
- muassasaning hamma sohalarini keng o‘rgangan bo‘lishi;
- ishga vijdonan munosabatda bo‘lishi;
- xo‘jalik masalalarini to‘g‘ri hal qila olishi; - maktab va o‘rta maxsus ta’lim muassasasi

ishini boshqarish tamoyillari asosida tashkil qila olishi va amalga oshira olishi kerak. Maktabni
isloh qilmay turib, jamiyatni isloh qilib bo‘lmaydi

Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida va global axborot oqimining ko‘pligi davrida

rahbardan juda katta mas’uliyat talab etiladi. Shu o‘rinda quyidagi rahbarlik vazifasi mezonlarini
keltirib o‘tamiz:

1. Ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy yetuklik, davlat va ta’lim siyosatini to‘g‘ri tushunish va

talqin qilish.

2. Rahbarlik lavozimiga zarur bo‘lgan tajriba, bilim, ko‘nikma, malakaga ega bo‘lish.
3. Ta’lim tizimi va o‘quv muassasasi o‘qituvchilari, xodimlari, o‘quvchilar faoliyatini

oldindan seza bilishi, shunga qarab choratadbirlarni belgilash.

4. Axloqliligi va tarbiyalanganligi, obro‘e’tibori, rostgo‘yligi, adolatliligi, kamtarligi,

barcha kamchiliklarga murosasiz bo‘lishi.

5. So‘zi bilan ishi birligi, ishchanligi va uddaburonligi.
6. Inson psixologiyasini bilishi, har tomonlama rivojlangan psixologik muhit o‘rnatishga

intilishga erisha olishi.

7. Ta’lim muassasasining barcha rahbariyati, pedagogik xodimlarning vazifalarini to‘g‘ri

taqsimlay olishi, ularning natijalarini xolisona baholashi.

8. Ta’lim muassasalari pedagogik xodimlari va o‘quvchilar bilan samimiy munosabatda

bo‘lishi, mumkin qadar qulay sharoit yarata olishi.

9. O‘z mehnat faoliyatini to‘g‘ri tashkil eta olishi, o‘quv-tarbiyaviy jarayonning samarali

bo‘lishiga imkoniyat yarata olishi.

10. Pedagog-o‘qituvchilar, xodimlar, o‘quvchilarning sog‘lom bo‘lishlari, ishchanlik

holatlarini saqlashlari, ularning kundalik ehtiyojlarini qondirishga bo‘lgan sharoitni yaratishi,
zaruriy moddiy-ma’naviy yordam berishning imkoniyatlarini tanlay bilishi. Bulardan tashqari,
rahbar o‘z ish faoliyatini amalga oshirishida boshqaruvda monitoring tizimini amalga oshirishi
samarali natija beradi. Pedagogik faoliyatni kuzatish, axborot to‘plash, saqlash, qayta ishlash
uning ahvoli, taraqqiyoti istiqbolini belgilab beradi. Natijada ta’lim muassasasi jamoasidagi
«psixologik iqlim» mo‘tadillashib, pedagogik jamoa mehnatining unumdorligiga ta’sir ko‘rsatdi.

Ta’lim muassasasi ichki boshqaruvi tizimida pedagoglar jamoasini va uning ayrim

a’zolarini moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirish muhim ahamiyatga ega. Moddiy-
ma’naviy rag‘batlantirish tizimlari ongliintizomli o‘quvchilarning tarbiyalanishiga turtki bo‘ladi.


background image

421

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7

Boshqarish tizimida boshqaruvchi rahbar o‘quv-tarbiya tizimidan boshlab to maktabdan

va sinfdan tashqari ishlargacha barcha maktab ishlarini pedagogik-psixologik nuqtai nazardan
biladigan va tahlil qila oladigan bo‘lishi zarur. Shuni nazarda tutishimiz kerakki, ta’lim
muassasasida pedagoglar mehnati yaxshi tashkil etilsa, ta’lim-tarbiya samaradorligi ham shu
darajada yuksak bo‘ladi. Har bir rahbar maktabda pedagogik-psixologik muhitni bir maromda
ushlab tursa, bu maktabda pedagoglar jamoasi hech qachon parokanda bo‘lmaydi.

Rahbar bajaradigan amallar

Yo‘naltirish.

Pedagogik va o‘quvchilar jamoasini milliy istiqlol mafkurasining asosiy

g‘oyalari, tamoyillari asosida faoliyat ko‘rsatishga yo‘naltirish.

Vazifa qo‘yish.

Qonun, shuningdek, qonunosti hujjatlar asosida pedagog va o‘quvchilar

jamoasi oldiga shaxs va jamoani tarbiyalash bo‘yicha vazifa qo‘yish.

O‘rganish.

Pedagogik jamoaning ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish uchun

aniq maqsad qo‘yish va kerakli metodik shakllarni topishga o‘rganish.

Yordam berish.

Jamoada mehnat faoliyati va ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etish va

faollashtirishga yordam berish.

Qo‘llash.

Pedagogik va o‘quvchilar jamoasi, o‘qituvchi va o‘quvchilar tashabbusini

qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish.

Maslahat berish.

Jamoaga o‘z imkoniyatlarini to‘liq ishlatish uchun kerakli amaliy-

uslubiy maslahatlar berish.

Kuzatish.

Kattalar va bolalar jamoasining saviyasi, axloqiy va madaniy-ma’rifiy

o‘sishini takomillashtirib borilishini kuzatish va o‘rganish.

Tartibga solish.

Jamoa ichida bo‘lgan va o‘zaro munosabatlarni, jamoa a’zolarining

mehnat faoliyatlarining ijobiy-salbiy tomonlarini tartibga solish.

Ko‘rsatma berish.

Jamoaga mehnat faoliyatlarini yetilishiga kerakli ko‘rsatma berish.

Nazorat qilish.

Pedagog xodimlar va o‘quvchilar faoliyatlari natijalarini muntazam

nazorat qilib borish.

Boshqarish.

Avtoritar, ya’ni xoh kimlik yuzasidan barcha ishlari o‘zi va qat’iy qaror

bilan harakat qilish, “MEN”ini yuqori qo‘yish;

Demokratik, ya’ni pedagogik jamoa a’zolari bilan hamkorlikda fikrlash, ish olib borish;
Liberda, ya’ni o‘z ishiga, vazifalarga e’tiborsizlik bilan qarash, mas’uliyatni sezmaslik.
Xulosa qilib aytganda, pedagogik asosda boshqaruv:

Liderlik va kadrlar attestatsiyasi orqali pedagogik salohiyatni mustahkamlaydi;

Innovatsion metodlarni va IT texnologiyalarini joriy etadi;

Xalqaro hamkorlikni kuchaytiradi;

Raqamli tizimlar yordamida boshqaruvni optimallashtiradi.

Ushbu tamoyillar mamalakat ta’lim tizimini yuqori samaradorlik bilan rivojlantirishda

muhim rol o‘ynaydi.


Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Ma’naviyat asosiy tushunchalar izohli lug‘ati. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-

matbaa ijodiy uyi, 2013. –366-b.

2.

Ma’naviyat asosiy tushunchalar izohli lug‘ati. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-

matbaa ijodiy uyi, 2013. –40-41-b.

3.

Hoshimov K., Safo O. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi.- T.: «O‘qituvchi», 2010.-116-b.


background image

422

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7

4.

Камилова, Г. А., Курбанова, Г. Р., & Джаббарова, С. З. (2020). Особенности

формирования

педагогических

навыков

у

воспитателей

дошкольно-

образовательных учреждений.

Academy

, (5 (56)), 25-27.

5.

Камилова, Г. А., & Тураева, О. С. К. (2021). ФОРМИРОВАНИЕ

ДИАГНОСТИЧЕСКИХ

НАВЫКОВ

У

СТУДЕНТОВ

ДОШКОЛЬНОГО

ОБРАЗОВАНИЯ.

Проблемы науки

, (4 (63)), 50-52.

6.

Камилова, Г. А., & Курбонова, Г. Р. (2020). Эффективность экологического

образования:

образование

дошкольников

с

помощью

педагогических

технологий.

Academy

, (12 (63)), 60-62.

7.

Камилова,

Г.

А.,

&

Курбонова,

Г.

Р.

(2020).

ЭФФЕКТИВНОСТЬ

ЭКОЛОГИЧЕСКОГО ОБРАЗОВАНИЯ: ОБРАЗОВАНИЕ ДОШКОЛЬНИКОВ С
ПОМОЩЬЮ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ.

Academy

, (12), 60-62.

8.

Камилова, Г. А. (2021). Развитие системы дошкольного образования.

Вестник науки

и образования

, (16-2 (119)), 86-88.

9.

Alimovna, K. G. (2022). Laws of Ecological Education.

EUROPEAN JOURNAL OF

INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION

,

2

(2), 241-244.

10.

KAMILOVA, G. (2024). EKOLOGIK TARBIYADA PAREMIOLOGIYA VA UNING

XUSUSIYATLARI.

News of the NUUz

,

1

(1.1), 83-86.

11.

Kamilova, G. A. (2024). PARAMERIK JANRLAR VOSITASIDA EKOLOGIK

MADANIYATNI

SHAKLLANTIRISHDA

PSIXOLOGIK

YONDASHUV.

Inter

education & global study

, (5), 565-5574.

12.

Камилова, Г. А. (2023). Мактабгача Таълим Ташкилотларида Экологик

Тарбия.

Miasto Przyszłości

,

42

, 330-333.

13.

Kamilova, G. A., & Rozieva, Z. E. (2022). Botirova.

Nю A. Maktabgacha talim

tashkilotlarida bolalarni ekologik-gigienik tarbiyalash imkoniyatlari. Maktabgacha
talim-Maktab-Oliy talim konsepsiyasi muammo, yechimlar va istiqbollar xalqaro ilmly-
amaliy anjuman materiallarl. Buxoro

, 46-48.

14.

Kamilova, G. A., & Rozieva, Z. E. (2022). Botirova.

Nю A. Maktabgacha talim

tashkilotlarida bolalarni ekologik-gigienik tarbiyalash imkoniyatlari. Maktabgacha
talim-Maktab-Oliy talim konsepsiyasi muammo, yechimlar va istiqbollar xalqaro ilmly-
amaliy anjuman materiallarl. Buxoro

, 46-48.

15.

Kamilova, G. (2020). Maktabgacha talim muassasalarida ekologik tarbiyani tashkil

etishda integrativ yondashuv.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

1

(1).

References

Ma’naviyat asosiy tushunchalar izohli lug‘ati. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2013. –366-b.

Ma’naviyat asosiy tushunchalar izohli lug‘ati. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2013. –40-41-b.

Hoshimov K., Safo O. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi.- T.: «O‘qituvchi», 2010.-116-b.

Камилова, Г. А., Курбанова, Г. Р., & Джаббарова, С. З. (2020). Особенности формирования педагогических навыков у воспитателей дошкольно-образовательных учреждений. Academy, (5 (56)), 25-27.

Камилова, Г. А., & Тураева, О. С. К. (2021). ФОРМИРОВАНИЕ ДИАГНОСТИЧЕСКИХ НАВЫКОВ У СТУДЕНТОВ ДОШКОЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ. Проблемы науки, (4 (63)), 50-52.

Камилова, Г. А., & Курбонова, Г. Р. (2020). Эффективность экологического образования: образование дошкольников с помощью педагогических технологий. Academy, (12 (63)), 60-62.

Камилова, Г. А., & Курбонова, Г. Р. (2020). ЭФФЕКТИВНОСТЬ ЭКОЛОГИЧЕСКОГО ОБРАЗОВАНИЯ: ОБРАЗОВАНИЕ ДОШКОЛЬНИКОВ С ПОМОЩЬЮ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ. Academy, (12), 60-62.

Камилова, Г. А. (2021). Развитие системы дошкольного образования. Вестник науки и образования, (16-2 (119)), 86-88.

Alimovna, K. G. (2022). Laws of Ecological Education. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 2(2), 241-244.

KAMILOVA, G. (2024). EKOLOGIK TARBIYADA PAREMIOLOGIYA VA UNING XUSUSIYATLARI. News of the NUUz, 1(1.1), 83-86.

Kamilova, G. A. (2024). PARAMERIK JANRLAR VOSITASIDA EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA PSIXOLOGIK YONDASHUV. Inter education & global study, (5), 565-5574.

Камилова, Г. А. (2023). Мактабгача Таълим Ташкилотларида Экологик Тарбия. Miasto Przyszłości, 42, 330-333.

Kamilova, G. A., & Rozieva, Z. E. (2022). Botirova. Nю A. Maktabgacha talim tashkilotlarida bolalarni ekologik-gigienik tarbiyalash imkoniyatlari. Maktabgacha talim-Maktab-Oliy talim konsepsiyasi muammo, yechimlar va istiqbollar xalqaro ilmly-amaliy anjuman materiallarl. Buxoro, 46-48.

Kamilova, G. A., & Rozieva, Z. E. (2022). Botirova. Nю A. Maktabgacha talim tashkilotlarida bolalarni ekologik-gigienik tarbiyalash imkoniyatlari. Maktabgacha talim-Maktab-Oliy talim konsepsiyasi muammo, yechimlar va istiqbollar xalqaro ilmly-amaliy anjuman materiallarl. Buxoro, 46-48.

Kamilova, G. (2020). Maktabgacha talim muassasalarida ekologik tarbiyani tashkil etishda integrativ yondashuv. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 1(1).