Iyul, 2025-Yil
99
SHUKUR XOLMIRZAYEV HIKOYALARIDA TABIAT VA INSON MANZARALARI
UYG‘UNLIGI
Alimova Mohidil
Surxondaryo viloyati Termiz tuman 1-umumta’lim maktabi
ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi.
+998944629587
alimova.mohidil2@mail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.16692361
Annotatsiya.
Ushbu tadqiqot ishida adib Shukur Xolmirzayev hikoyalari kompozitsiyasida
badiiy detallar, jumladan uning peyzaj, narsa-predmet, interyer kabi turlaridan keng
foydalanganiva asar tuzilishining o’ziga xosligini ta’minlagani ilmiy tahlil etiladi.Yozuvchi ijodiy
kredosi hisoblangan tasvir ob’ektivligini yuzaga chiqarishda qahramon holati uning ichki
ruhiy dunyosi, tasvirning aniq va ishonchliligi, muallifning badiiy maqsadini yuzaga chiqarishda
badiiy detallar muhim ahamiyat kasb etadi.
Kalit so’zlar:
kompozitsiya, badiiy detal, obraz, tabiat, peyzaj detal, predmet detal,
ekspozitsiya, interyer detal, badiiy konstepstiya.
Аннотация.
В данной статье будет проведен научный анализ рассказов Адиба
Шукура Холмирзаева, в которых широко использованы художественные детали, в том
числе такие его виды, как пейзаж, вещь-предмет, интерьерi, и I, которые обеспечили
оригинальность структуры произведения. В выводе на поверхность объективности
образа, творческим кредо которого является писатель, состояние героя, его внутренний
духовный мир, ясность и достоверность образа, художественная детальность работы
приобретают важное значение при выводе на поверхностьхудожественного замысла
детали становятся важными.
Ключевые слова:
композиция, художественная деталь, образ, природа, пейзаж
деталь, предметная деталь, экспозиция, интерьердеталь, художественнаяконцепция.
Abstract.
In this article, the writer Thanks the Xolmirzaev kompozitsiya story of artistic
details, including its landscape, things-objects, interiors, such as the widely used cultivars havei
made that provide specific and the gameis scientific analysis. The writer is the occurrence of
internal mental image out of his hero status kredosi creative ob'ektivligi the world, and the
reliability of the image is clear, the author details in the likelihood of out your artistic artistic
goals] which plays an important role.
Keywords:
kompozitsiya, artistic details, images, nature, landscape details, item details,
exposition, interior details, artistic konstepstiya.
Shukur Xolmirzayev ijodining ma'lum bir qismini tabiat va inson munosabatlarini badiiy
tadqiq etishga bag‘ishladi. Bu munosabatlar haqida adibniig o‘zi iqror tarzida yozgan ushbu
so‘zlaridan ham anglash mumkin: “Men Boysun rayonida tug‘ilganman. Boysun - tog‘lik joy. O‘n
ikki yoshimda o‘zim yolg‘iz miltiq ko‘tarib ovga chiqib ketardim. So‘ngra, bu yerda yashirishning
hojati yo‘q: qaysarroq edim... Lekin bitta narsani yaxshi ko‘rardim: masalaning mohiyatini
tushunishni”. Bu so‘zlardan anglashiladiki, 70-yillarning boshlarida, ya'ni ijodiy prinsiplari hali
to‘la shakllanib ulgurmagan paytda yosh yozuvchi voqyelikni badiiy idrok etish yo‘llarini o‘rgana
boshladi.
Iyul, 2025-Yil
100
U inson hayotini, yashash tarzini, abadiy tiriklik maibaini tabiat bilan uyg‘unlikda,
bog‘liqlikda, birlikda deb biladi. Bu xulosaga u hozirgi Surxon elining olis avlod-ajdodi bo‘lmish
qadimgi baqtriyaliklar hayoti tarzini kuzatish asnosida keladi, bu o‘lkaning ko‘hna ibtidoiy
xalqlari dastlab tabiatga sig‘inishganini, uni ulug‘ bir ne'mat sifatida qadrlashganini anglaydi.
Yomg‘ir yog‘may qurg‘oqchilik bo‘lgan paytda ko‘kdan yomg‘ir tilab qo‘shiq aytishlar,
bahorning birinchi darakchisi bo‘lmish boychechak chiqishi bilan bolalarning uyma-uy yurib
xabar berishlari va qariyalarning eson-omon bahorni qarshilaganlari bois ko‘zlariga giyohni surib,
tavof qilishlari, Navro‘z quvonchlari o‘sha qadim davrlardan to hozirgacha, ayniqsa,
Surxondaryoda saqlanib qolganligi, yozuvchining bolalik xotiralarini ham band etgani sezilib
turadi. Yozuvchi bolaligida eshitgan qadimgi afsonalar mazmunida ham inson va tabiat o‘rtasidagi
uyg‘unlikda katta ma'no yashiringanini anglaydi: “Momomning Tiniqoy kampir haqida aytgan
ertagining mazmunini keyinchalik chaqishga urinib ko‘rdim...
Shukur Xolmirzayevning “Uchinchi hamroh” hikoyasida Ziyorat va uning sevimli iti
Olapar o‘rtasidagi o‘zgacha do‘stlik manzalarini ko‘rish mumkin. Hikoya Olaparning favqulotda
ziyrakligi, boshqalar uni ko‘rganda qani edi bizning uyimizda ham shunday it bo‘lsa, deb havas
qilishi tasvirlari bilan boshlanadi. Hikoyada keyinchalik u ovoz chiqarmay yurishni odat qiladi
degan tasvirning o‘ziyoq psixologik detalni vujuga keltiradi. Mohir yozuvchi aynan shu tasvir
bilan sassizlik sadolari ostida vafot etish hodisasini kitobxon bilan yuzma yuz kelishini ishora
sifatida qo‘laydi. Yoshlik - umr bahori, u kelib ketuvchi. Mehmon bo‘lgan bu davrda barcha inson-
u jonzotlar tabiiyki, kuch-quvvatga to‘lgan davr bo‘ladi. Hammaga va hamma narsaga kuchim
yetadi, barchasi qo‘limdan keladi deya o‘ylay. Afsuski, umrimizning kuzi biz bilan salomlashgan
davrga kelib qolganimizni payqamay qolamiz. Olapar va uning do‘sti Ziyorat o‘rtasidagi do‘stlik
rishtalari yillar o‘tgan sayin ko‘paysa ko‘paydi, sira kamaymadi.Ziyorat unga ovchilik sir -
asrorlarini o‘rgatadi.Birga vaqtlari maroqli o‘tkazishadi. Olapar ancha qarib qolgan edi.
Kunlarning birida Ziyorat do‘sti Tesha bilan ovga chiqishmoqchi bo‘lishadi. Do‘sti Olapar
ancha qarib qolganligi sababli uni toliqtirib qo‘ymaslik uchun Ziyorat uni ovga olib ketishni
istamaydi. Olapar qishloq oxirigacha ular taqib etib borgandan so‘ng ular o‘zlari bilan uni ham
olib ketishadi. Olapar kakliklarni yugurib borib ushlar qarib qolgan bo‘lsa ham undagi abjirlik
zarracha kamaymagandek, huddi avvalgidek o‘zini his etardi. Ovchilar naq o‘n bir kaklilkni
o‘ljaga olishdi. Ovdan sarmast bo‘ldimi va yoki gurunglari o‘zaro kelishib qoldimi, ular bu u
dunyoni unutib o‘z olamlariga sho‘ng‘ishdi. Olaparning shunday odati bor edi: Ruxsat
berilmaguncha, hatto oldida turgan kaklik ichak- chovoqlarini ham olib yeyishga botina olmadi.
Uning mana shunday fe’lini bilgan qishloqdagilar to‘y-u marakada Olaparga qovon -
tovoqlarini ochiq holda ishonib tashlab ketishar edi.
Rumiy hazratlarining: Ko‘zingni yumgin, Ko‘zga aylansin ko‘ngil degan misralari
asrlar osha yashab kelyapti.Ko‘ngil misli Ka’baga qiyoslanadi, muqaddas Qur’oni karim
oyatlarida ham qalb Ollohning mulki ekanligi haqida ham ko‘p bor ta’kidlanadi. Olaparning
ko‘ngil mulkiga ziyon etdi. Chirsillab turgan olov soyasida Olaparning alamzada, faryodga to‘la
ko‘zlari ko‘rinardi. Shukur Xolmirzayev hikoyada itning ketganini ikki sherik burilgandan keyin
sezib qolishganini yozadi.Olaparning burilish detalining o‘ziyoq butun dunyoga, do‘stga, o‘zi
yashayotgan muhitga teskari bir olamga tushaganini bildirgandek. Do‘stlar bir birlarini ayblab
qolishdi. Olapar to‘ng‘izlarga duch keldi, ulardan bir amallar qochib qutildi.
Iyul, 2025-Yil
101
Tanish daraga yetib kelganda ko‘ngli hotirjam tortib, ariqdan suv ichdi. Qishloq itlari
ham uni talashdi, sudrala -sudrala uyidagi ko‘prik tagiga yetdi.Ziyoratning otasi jamoa xo‘jaligiga,
onasi dalaga ketdi, kechqurun kelgan va kelganini kimsa bilmagan Olapar ko‘prik tagida
qolaverdi. Ko‘prik detali haqida: biz yashayotgan olamda ikki dunyo mavjud tug‘ilish va o‘lish
orasida yashaydi inson. Haqiqiy hayot darchasiga ko‘prik bu o‘lim hodisasi, aynan shu
jarayonning o‘ziyoq bizning tanamizni ruhimizdan ozod qiladi. Ziyorat ertlab ovdan qaytib keldi
va shu zahotiyoq Olaparni izlashga tushdi. Ko‘prik tagida yotgan Olaparni ko‘rib uni chaqira
boshladi, javob bermagach, yoniga bordi. Ariq labidan kesak otdi. Olaparning boshi, ko‘tarilmadi,
u qotib qolgan edi.
Yozuvchi asar voqealariga munosabatni to‘g‘ridan to‘g‘ri bildirmaydi, asar voealarida u
yaxshi-yu bu yomon deb xulosani o‘zi bermaydi. Asardagi obrazlar ham yozuvchi ixtiyoriga
muvofiq emas, balki o‘z xarakteriga muvofiq harakatlanadi.Yozuvchi asar qahramonlarini o‘z
istaklari yo‘lida harakatlantirsa, tabiiylik yo‘qoladi, asar qahramonlari qo‘g‘irchoq teatrida rol
o‘ynayotgan aktyorlar singari tasavvur uyg‘otadi. Haqiqiy yozuvchi asaridagi qahramonlar
mustaqil bo‘lib tug‘iladi, chunki unga muallif ilk bor tanigandanoq jon ato etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
Quronov D. “Adabiyotshunoslikka kirish”. –Toshkent: Meros, 2004. –B 76-77.
2.
SolijonovY. “Detallar tilga kirganda”-“O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”gazetasi, 2007-
yil, No5.
3.
Xolmirzayev Sh. Saylanma:IIJ. –Toshkent: “Sharq”, 2005. –B.116.
4.
Xolmirzayev SH.Tanlangan asarlar:Hikoyalar.II J-T: “Sharq”,2020. –. B.21
