454
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7
SHUKUR XOLMIRZAYEV HIKOYALARIDA BADIIY DETALLAR
Alimova Mohidil
+
Surxondaryo viloyati Termiz tuman 1-umumta’lim maktabi
ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi.
99894-462-95-87
alimova.mohidil2@mail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.16692530
Annotatsiya.
Ushbu maqolada adib Shukur Xolmirzayev hikoyalari kompozitsiyasida
badiiy detallar, jumladan uning peyzaj, narsa-predmet, interyer kabi turlaridan keng
foydalanganiva asar tuzilishining o’ziga xosligini ta’minlagani ilmiy tahlil etiladi.Yozuvchi
ijodiy kredosi hisoblangan tasvir ob’ektivligini yuzaga chiqarishda qahramon holati uning
ichki ruhiy dunyosi, tasvirning aniq va ishonchliligi, muallifning badiiy maqsadini yuzaga
chiqarishda badiiy detallar muhim ahamiyat kasb etadi.
Kalit so’zlar:
kompozitsiya, badiiy detal, obraz, tabiat, peyzaj detal, predmet detal,
ekspozitsiya, interyer detal, badiiy konstepstiya.
Аннотация.
В данной статье будет проведен научный анализ рассказов
Адиба Шукура Холмирзаева, в которых широко использованы художественные
детали, в том числе такие его виды, как пейзаж, вещь-предмет, интерьерi, и I, которые
обеспечили оригинальность структуры произведения. В выводе на поверхность
объективности образа, творческим кредо которого является писатель, состояние героя,
его внутренний духовный мир, ясность и достоверность образа, художественная
детальность
работы
приобретают
важное
значение
при
выводе
на
поверхностьхудожественного замысла детали становятся важными.
Ключевые слова:
композиция, художественная деталь, образ, природа, пейзаж
деталь, предметная деталь, экспозиция, интерьердеталь, художественнаяконцепция
Abstract.
In this article, the writer Thanks the Xolmirzaev kompozitsiya story of artistic
details, including its landscape, things-objects, interiors, such as the widely used cultivars havei
made that provide specific and the gameis scientific analysis. The writer is the occurrence of
internal mental image out of his hero status kredosi creative ob'ektivligi the world, and the
reliability of the image is clear, the author details in the likelihood of out your artistic artistic
goals] which plays an important role.
Keywords:
kompozitsiya, artistic details, images, nature, landscape details, item details,
exposition, interior details, artistic konstepstiya.
Yozuvchilarning asosiy qismi asar yozib bo’lishgandan so’ng, uning sarlavhasi, unga
beriladigan nom ustida, asarga ajratilgan vaqtdan ko’ra bo’lsa, asar nomi kiyimni kiyib namoyish
qiladigan madel qiz deyishimiz mumkin. Bu xuddi aksioma qonuni singari, biri birisini taqazo
etadi. Inson umri doimo yashillikni mangu maskanini qumsab yashaydi. Qalb illatlardan,
yovuzlikdan to’xtamas ekan, umr xazonrezgilik balosiga mubtalo bo’ladi. Ko’klam ro’yxushlik
bermaydi. Manguga makonsiz, shamollarda sargardon hislar singari o’zligi izldizlari qariga
g’oyib bo’ladi.
Shukur Xolmirzayevning “Bahor o’tdi” hikoyasi. Bu asar insonni chuqur o’yga toldiradi.\
Shukr qilishga, mulohazakorlik bilan fikr yuritishga majbur qiladi. Qishloqning tanti,
otasi vafot etgani uchunmi, yolg’iz onasi bilan qolgan qiz qishloq qayerida yig’ayotganini
ko’rishsa unga achinishar, doimo muloyimlik bilan muomala qilar edi. Bazi insonlar ularga
hayotda kimdir achinib qaraganligidan ichki hotirjamlik his etadi. \
455
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7
Himoyaga muhtoj singari himoya qilishlarini, hammaning e’tibori unda bo’lishini istaydi.
Aynan himoyaga muhtojlik, hammaning e’tiborini o’ziga jalb etilishini istash xarakter
detalining namunasidir. Mastura huddi shunday insonlar toifasiga kirardi. Uning tolesida
baxtiqarolik sezimlari sezilmasada, unga butun qishloq ahli mehribonlik qilar, hatto muallimlari
ham maktabda baho qo’yish masalasida unga rahmdillik qilar, u bazida qishloq o’rtasida baqirib
yig’lar va buning sababini hech kim so’ramas, chunki bu sabab hammmaga ayon edi. Uning
otasi do’konda ishlagan, yigirma sotix bog’i bor, bog’da bog’dorchilik qilar va pensiya pulidan
kun kechirishar edi. Bir kuni magazinda ishlash chog’ida tap etib yiqiladi-yu, qaytib turmaydi.
Badiiy asarda detalga bog’liq ko’p elementlarni uchratish mumkin. Qay yo’sinda bo’lmasin
yozuvchi kitobxonga nima deyayotganini anglatmog’i lozim. Bu asarda ham Mastura bosh obraz
bo’lib kelmoqda. Masturaga yozuvchi shunday harakter detalini beradi: U ko’p narsani o’ylab
fikr qilib o’tirmas edi. Asar qahramonining asar boshlanishidan to tugaguniga qadar taqdiridagi
voqealariga nazar soladigan bo’lsak uning dilida o’zi aytganidek “pushmon” bo’lishga loyiq
voqea bo’lmagandek. Uning qalbida sokin tuyg‘ular, tiriklikning o‘tkinchiligi to‘g‘risida
falsafiy mushohadalar mehmon ham emas. Hikoyada qandaydir ma’yuslik, Pushkin iborasi bilan
aytganda “yorug‘ ma’yuslik” bor. Asardagi “yorug‘ ma’yuslik” Mastura qalbiga yaqin bo‘lgan.
U hali hayotning qaqshatqich zarbalariga yomonlik, adolatsizlikka, xiyonat va
sotqinlikka, hasad va tuhmatga, nafratga duch kelmagan edi. Xayollari “shirin” edi. U hali
“hovliqib oqquvchi hayot soyida chavandoz umrining qaytmas sehri”ni ko‘rish darajasidagi
aql- zakovatag ega emas edi. Inson hayotining har bir lahzalariga shukronalik keltirmas ekan, u
turli xil hayot sinovlariga duchor bo’laveradi. Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam shukr
haqida shunday deganlar:
“Kim oziga shukr qilmasa, ko‘piga ham shukr qilmaydi. Kim
insonlarga tashakkur aytmasa, ulardan minnatdor bo‘lmasa, Alloh taologa ham shukr
qilmaydi. Ne'matlar haqida gapirish
–
shukrdir. Uni gapirmaslik esa
–
noshukurlikdir. Jamoat
bilan yurish
–
rahmatdir. Yolg‘izlik esa
–
azobdir”
,
–
dedilar ( Imom Buxoriy va Imom Muslim
rivoyatlari).
Robbimizning bizga bergan vadalari doimo yodimizda turishi lozim. Shukr qiling,
shukr qilganingizdan ziyodasini beraman. Asarni o’qish davomida Masturaning hayotidagi
barcha voqealarni sinchiklab o’qib chiqar ekanman, aynan Masturada noshukrlik alomatlarini
sezdim. Shukur Xolmirzayev ushbu hikoyasida Masturaning onasi haqida portret detalidan
foydalanadi:ko’zi shilpiq deya ta’riflaydi. Shilpiq so’zining etimologiyasiga nazar soladigan
bo’lsak, ko’z atrofi doimo yoshlanib yuradigan yuqumli kasallik . Shilpiq so’zning asarda ikki
bora takrorlanishining berilishi hodisalari: Masturaning o’qishdan qaytib kelish voqeasida va
Akobirga turmushga chiqqandan keying voqealar bayonida. Har ikkala holatda ham voqea
noxush yakun topadi. Mastura o’qishdan qaytib kelgandan so’ng ham odamlar tomonidan yana
rahm-shavqat tuyg’ulari bilan kutib olinaman deb o’ylaydi, afsuski, qshloqdagilar uning xatti –
harakatlarini erkalik emas, balki u joyda bo’lgan biror noqulay vaziyat sifatida qabul qilib unga
tuhmat toshlarini otishadi, tushkinlikka tushib qoladi. Ikkinchi voqea u Akobirga turmushga
chiqish hodisasi. Hayot o’zi yolg’ondan boshlandimi uning nihoyasi yaxshilik bilan tugamaydi.
Qarshiga o’qishga kirgan Masturani u yerdagilar qishlog’idagi kabi mehribonlik bilan
“siylamaydi”, qishloqdagilar u yig’lasa qo’shilib ovutishar, muallimlari ham baho qo’iyshda
sahiylik qilishar edi. Bu yerdagilar ularning tamoman aksi ularning Mastura bilan umuman ishi
yo’q, hatto kursdosh qizlari ham uning erkaliklaridan charchab deyarli gaplashmay qo’ygan, u
qishlog’idagilarni unga g’amxo’rlik qiluvchiarni har daqiqa so’ginib yashardi. Bir kuni
paymonasi to’ldi-yu, o’z qishlog’iga qarab ravona bo’ldi. Uni u kutgandek kutib olishmadi
Alpomish dostonida aytilganidek: “otini ushlashmadi, ko’nglini xushlashmadi”.
456
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7
Turli ta’na malomatlarga qolib ketgan qizning yagona suyanuvchisi maktabda o’qib
yurganida ko’ngil qo’ygan, Qarshida o’qib yurgan kezlari stipendiyasidan pul ortirib uni
ko’rgani borgan, ota-onasi erta vafot etgani uchun mehribonlik uyida tarbiyalangan, ozg’ingina,
qirraburun, Toshkent davlat unversitetining geologiya fakulteti talabasi Akobir edi.
Yozuvchi Akobirning mehribonlik uyida tarbiyalanganligini bir necha bor takrorlaydi.
Bu holat detalidir. Hayotida mehr topmagan mehribonlik uyida tarbiyalangan bola injiq,
o’zidan o’zgani bilmaydigan xotiniga uylangandan so’ng ham mehr chashmasi bulog’idan suv
icha olmadi. U doim xotinini ko’nglini topishga harakat qiladi. Lekin mehrga zor insonni o’ziga
ham mehr kerak edi. Daryoga chanqab borib chanqab suv icha olmay qaygan inson misoli
Akobir hayotida ham turli ko’ngilsiz voqealar yuzaga chiqaveradi. O’qiganingiz sari o’zingizga
oyna tutasiz. Oila va ro’zg’or masalasida hamfikr va hamdard bo’lib, yelkadosh bo’lish
kerakligiga yana bir bora amin bo’lasiz. Mastura o’qishni tashlab kelgandan so’ng Akobirga xat
yozib uni turmushga bermoqchi ekanlilklarini yozadi. Bu xabarni eshitgan Akobir barcha
tanishlaridan pul yig’ib kichkinagina to’y o’tkazadi. Institutni a’lo baholarga tugatgan Akobir
Masturaning rayiga qarshi chiqa olmay qishlog’iga yaqin joydan ish oladi. Ishlari yurishib ketib
ozgina pul jamg’aradi va uy qurishadi. Mastura bu orada homilador bo’lib ijiqlari orta boshlaydi.
Uy bitgandan so’ng tandir qo’yish bahonasida tuproq olishga ketadi-yu, tuproq bosiq
vafot etadi. Mastura erini ham o’lgan otasi singari eslay boshlaydi. Hayotda tajribasi oshgan
ayol: Odamlarga ham hayronman yana bir erga tegay kim yaxshi Masuraxon yaxshi deb o’lay
boshlaydi. Men bu asarni turmush qurish arafasidagi yoshlarga tavsiya qilib qolga bo’lar edim.
Asar mohiyatan insonni o’ylashga men ham insonlarga nisbatan xudbinlik
qilmayapmanmi? deb fikr yuritishga, eng asosiysi turmush o’rtog’i va atrofdagilariga nisbatan
mulohazakor bo’lishga majbur qiladi.
Shukur Xolmirzayevning hikoyalari oddiy va samimiy tuyg’ularning ulug‘vor
ko‘rinishlaridir. Shukur Xolmirzayevning aksar qahramonlari oddiy hayot tarzida kun
o’tkazayotgan, bir nazar bilan qarashda, Vatanga, millatga, umuminsoniyatga daxli bo’lmagan
xokisor odamlardir. Ammo yozuvchining nigohi shu darajada o‘tkirki, u ana shu daxlsizlik ortida
yotgan millatga, Vatanga, bani basharga daxldor dardlarni ko‘ra biladi, tasvirlay oladi, ko‘rsatib
bera oladi. Makon va zamon qanchalik jimjimalarga va bezaklarga o‘ramasin, uni qanchalik
rag’batlantirilmasin, «rabotlashtirmasin», Shukur Xolmirzayev nazari uni – do‘zaxiy jim-jimalar,
ohanjamalar ichidagi insonni, uning dardini ko‘ra oladi, bu dardni Abdulla Qahhor uslubidan
farqli ravishda ko‘rsatib bera oladi.
Shukur Xolmirzayevning “Farzand”hikoyasiga to’xtaladigan bo’lsak, asar nomining
o’ziyoq hikoya maqsadini ochib beruvchi detaldir,bu asar fikrimiz boshida ta’kidlab
o’tganimizdek, oila va uning mustahkam qiluvchi sevgi deb atalmish buyuk tuyg’u haqida.
Sevgiga insoniyat doim muhtoj bo’ladi, sevish ham sevilish ham bir ne’mat. U tuyg’uga ega
bo’lgan inson hech qachon qarimaydi. Kiprik fiziologik jarayon natijasida to’kilishi, soch ham
oqarishi, yonoqlardan bizda doim hamroh bo’lgan nur ketib, ajinlar bizga do’st bo’lib, tushishi
mumkin, ammo sevgan qalb hech qaysi lahzada qishning ayozli va qahraton kunlarini qalban
his qilmaydi. Unda hamon yozning tafti, issiq nafasi ufurib turgan bo’ladi.
Dunyodagi hijron, visol haqida ash’or bitmagan yozuvchi, shoirlar bo’lmasa kerak . Bu
tuyg’u inson yaralibdiki, uning qalbiga jo qilingan. Inson hayoti davomida nimaga erishmagan
bo’lsa o’sha narsa unga totli va lazzaztliroq ko’rinadi, u haqida eslaganda yuragida uyg’ongan
tuyg’ularga nom qo’ya olmay qoladi. Boshqarishning iloji yo’qdek tuyiladi . Oila bizni qishda
isitadigan, yozda sovutadigan, biz uchun boshimiz toshga tekkanda yagona bosh urib boradigan
457
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7
maskanimiz bo’lishi lozim. Biz oilamizgagina kerakligimizni his qilamiz, uning bag’ridagina
o’zimiz hotirjam bo’la olamiz. Oila qurgandan so’ng turmushda muhabbat mavjud bo’lishi va
o’sha muhabbatni mustahkam qiluvchi farzandlar bizning kelajakdagi izimiz bo’lmog’i lozim .
Mengboy Soraga uylangani uchun butun uyidagilar akasi, opasi bilan munosabatlari iplari
uzilgan, shu sabali qishloqqa kelganida yaqinlarining gaplaridan qochib do’sti G’afforning
uyiga kelib ba’zan qarindoshlarining uyiga ham kirmasdan o’sha yerdan qaytib ketardi. U muzey
direktorining o’ribbosari bo’ganidan beri o’g’li bilan munosabatlari yaxshilangan, uni
bog’chadan olib qaytishmi olib kelishmi barcha ishlari yengillashgan, o’g’li onasidan ko’ra
otasiga mehr qo’ygan edi. Barcha oilalarda bo’lgani kabi ularning oilasida ham nimadir, hali o’zi
angalb yetmagan nimadir mavjud edi. O’sha bo’shliqni vujudga kelishida har ikkala tomonnning
ham o’z aybi bor, albatta. Xotin zamona zayli bilan o’zining tashvishlari bilan,er esa o’z
tashvishlari bilan ovvora. Badiiy detalda voqea yanada aniqroq tasavvur uyg’otishi uchun
biror so’zdan unumli foydalanishi kerak bo’ladi. Aynan Mengboyning muzey direktori
o’rinbosari bo’lishi ham bekorga badiiy detal sifatida kiritilmay qolmagan. Muzeydagi barcha
chiroyli ekspanatlar faqat ko’rgazma uchun qo’yiladi , uni uyga olib ketish va yoki boshqa
maqsadlarda foydalanish ta’qiqlandi . Hayotimiz kirib kelgan ba’zi insonlarni ham shunday
tasavvur qilishimiz, agar e’tiqodimiz maslasida qaraydigan bo’sak hayotimiz tizgini qo’limizdan
chiqib ketishi hech gap emas. Xiyonat kechirilmaydigan masala , ammo bu harakatni sodir
etagan shaxs o’z aybini vaqtida anglab yetsa, o’sha hodisani vaqtida to’xtata bilsa, menimcha,
voqealar rivojida ijobiy o’zgarishlar sodir bo’la boshlaydi. Mengboyning asli qalbi xiyonatga
moyil emas edi. U o’zi bir paytlar tushlarida orzu qilgan insonni ko’rgandek , qalbi junbushga
kelganini sezadi. Oralaridagi muhabbati hoy-u havasmi, balki muhabbat deb atalmish
tuyg’uning alangasimi u angalb yetmadi. U o’g’li Islomjonni bag’oyat yaxshi ko’rar, yaxshi
ko’radi so’zining o’zi ham bu munosabatni ta’riflashga ojizlik qilar edi. U xotini sevganidan ham
emas ko’proq farzandidan ajralib qolish vajidan Hanifa bilan munosabatlarini uzishga qaror
qiladi. Yozuvchi Mengboyni Hanifa bilan baxtli qilib yozishi, uni oilasidan ajratib Hanifa bilan
turmush qurdirib ko’pdan ko’p farzandalrning ota-onasi bo’ldi deb tasavvur uyg’otishi mumkin
edi. Ammo hayot chiziqlari mukammal bo’lishi o’zimizga bog’liq ekanligini yana bir bor eslatib
qo’yadi.
Shukur Xolmirzayev ijodida, jumladan, hikoyalari kompozitsiyasida badiiy detallar,
tahlillar jarayonida ko‘rib o‘tganimizdek, yozuvchi ijodiykredosi hisoblangan tasvir
ob’ektivligini yuzaga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etgan. Umuman, adib o`zbek
hikoyachilik san`atini yangi, yuqori bosqichga ko`targan yozuvchilardan biridir. Yangi
betakror obrazlar yaratishga intilish, asarning kompozitsion qurilishida bir-birini
takrorlamaydigan yangiliklar topish, asar mazmuniga mos detallarni o’rinli qo’llay olish,
ularga milliyruhni singdirishyozuvchi ijodiy uslubining o‘ziga xos jihatlarini namoyon ettiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
Quronov D. “Adabiyotshunoslikka kirish”. –Toshkent:Meros, 2004. –B 76-77.
2.
SolijonovY. “Detallar tilga kirganda”-“O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”gazetasi, 2007-yil,
No5.
3.
Xolmirzayev Sh. Saylanma:IIJ. –Toshkent: “Sharq”, 2005. –B.116.
4.
Xolmirzayev SH.Tanlangan asarlar:Hikoyalar.II J-T: “Sharq”,2020. –. B.21
