Sentabr, 2025-Yil
60
PEDAGOGIK OLIY TA’LIM JARAYONIDA TALABALARNING INKLYUZIV
TAYYORGARLIGINI KOMPITENTSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA
RIVOJLANTIRISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA
Xafizova Umida
Guliston davlat universiteti tayanch doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.17103552
Annontatsiya. Ushbu maqola orqali inklyuziv tayyorgarlik masalalari va kompetensiyaviy
yondashuv asosida pedagogik oliy ta'lim jarayonini yanada rivojlantirish yo'llari ko'rib chiqildi.
Har bir o'qituvchi va talaba bu jarayonda faol ishtirok etishi zarurdir. Shuningdek, maqolada
inklyuziv taʼlimning mohiyati, mazmuni va uni boshqa yondashuvlardan ajratib turuvchi
pedagogik asoslar tahlil qilinadi. Inklyuziv taʼlim integratsiya va meynstrimingga nisbatan
ijtimoiy adolat, insonparvarlik va metodik moslashuv tamoyillariga asoslanadi.
Kalit so‘zlar: pedagog, inklyuziv ta’lim, talaba, kompitentsiya, muammo, rivojlantirish,
yondashuv, tayyorgarlik.
Abstract. This article examines the issues of inclusive training and ways to further develop
the process of pedagogical higher education based on a competency-based approach. It is
necessary for every teacher and student to actively participate in this process. The article also
analyzes the essence, content, and pedagogical foundations of inclusive education that distinguish
it from other approaches. Inclusive education is based on the principles of social justice,
humanism, and methodological adaptation to integration and mainstreaming.
Keywords: teacher, inclusive education, student, competence, problem, development,
approach, preparation.
Аннотация. В статье рассматриваются вопросы инклюзивного обучения и пути
дальнейшего развития процесса педагогического высшего образования на основе
компетентностного подхода. Необходимо активное участие в этом процессе каждого
преподавателя и студента. В статье анализируются сущность, содержание и
педагогические основы инклюзивного образования, отличающие его от других подходов.
Инклюзивное образование базируется на принципах социальной справедливости, гуманизма
и методической адаптации к интеграционному и мейнстриминговому моделированию.
Ключевые слова: учитель, инклюзивное образование, ученик, компетентность,
проблема, развитие, подход, подготовка.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvar kuni PF-60-sonli Farmoni
tasdiqlandi va bu farmon “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot
strategiyasi to‘g‘risida”[1] bo‘lib unda yosh avlodni har tomonlama sog‘lom, aqlan rivojlangan,
o‘z mustaqil fikriga ega, qat’iy qarorlar qabul qiladigan, hayotiy nuqtayi nazarga ega, o‘z
madaniyatini yaxshi biladigan, Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni
yanada chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyatini har tomonlama rivojlantirish jarayonida ijtimoiy
faolligini oshirish nazarda tutilgan. Taraqqiyot strategiyasi[2] ham besh yilga mo‘ljallangan
amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ijtimoiy, ma’naviy, ma’rifiy reja ishlab chiqilgan. Rejaga
muvofiq jamiyatning barcha sohalari qamrab olingan bo‘lib, ta’lim sohasida ham keng ko‘lamli
ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda dunyoning taraqqiy etgan mamlakatlarida ilmfanning,
Sentabr, 2025-Yil
61
texnika va texnologiyalarning rivojlanishi ta’lim paradigmasini o‘zgartira oldi va o‘quv jarayoni
davomida nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirdi.
Zero, amaliyotda foydalanilayotgan tizimli, faoliyatli yondashuv jamiyatning ijtimoiy-
ma’naviy va madaniy taraqqiyotiga katta hissa qo‘shadi. Olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra, oliy
ta’lim tizimini isloh qilish, rivojlantirish, takomillashtirish, yangiliklarga tez moslashuvchan,
zamon talablariga javob bera oladigan mutaxassislarni tayyorlashning asosiy yondashuvlaridan
biri kompetensiyaviy yondashuv hisoblanadi.
Taʼlim tizimining ustuvor yoʻnalishlaridan biri — har bir bolaning individual
xususiyatlarini inobatga olgan holda sifatli va teng huquqli taʼlim olishini taʼminlashdir. Inklyuziv
taʼlim ushbu tamoyillarga asoslangan boʻlib, uni faqat imkoniyati cheklangan bolalar uchun emas,
balki butun taʼlim tizimini insonparvarlik asosida yangilash vositasi sifatida talqin etish zarur. Bu
yondashuv bolani tizimga moslashtirishni emas, balki tizimni bolaning ehtiyojlariga
moslashtirishni nazarda tutadi. Shu sababli, inklyuziv taʼlim integratsiya va meynstriming kabi
avvalgi yondashuvlardan tubdan farq qiladi va uni pedagogik, huquqiy hamda ijtimoiy jihatdan
chuqur oʻrganish dolzarb ilmiy masalalardan biri hisoblanadi.
Bugungi kunda pedagogik amaliyotda “inklyuziv taʼlim” atamasi tobora koʼproq
qoʼllanilmoqda, biroq u koʼpincha faqat nogironligi boʼlgan bolalarning umumiy maktabda
oʼqitilishi sifatida tor talqin etiladi. Bunday yondashuv soddalashtirilgan boʻlib, atamaning asl
ilmiy mazmunini toʻliq aks ettirmaydi. Kengroq va asoslangan talqinga koʻra, inklyuziv taʼlim
(fransuzcha inclusif - “oʻz ichiga oluvchi”, lotincha include - “kiritmoq”, “oʻz ichiga olmoq”)
umumiy taʼlim tizimining rivojlanish jarayoni boʻlib, barcha bolalar, shu jumladan, alohida taʼlim
ehtiyojlariga ega boʻlganlar uchun ham teng va toʻlaqonli taʼlim olish imkoniyatini taʼminlashga
yoʻnaltirilgan. Uning asosiy tamoyili - taʼlim muhitini har bir bolaning individual ehtiyojlariga
moslashtirish orqali ularning ijtimoiy moslashuvi, intellektual rivoji va salohiyatini roʻyobga
chiqarish imkoniyatini yaratishdan iborat. Inklyuziv yoki qoʻshilgan taʼlim - bu oʻquv jarayonini
tashkil etishning oʻziga xos shakli boʻlib, unda alohida taʼlim ehtiyojlariga ega bolalar
umumtaʼlim maktabi sharoitida taʼlim oladilar. Mazkur model anʼanaviy, maxsus va
integratsiyalashgan taʼlim turlaridan maqsadi, mazmuni va yondashuvlari bilan sezilarli darajada
farq qiladi. Inklyuziya faqatgina imkoniyati cheklangan bolaning sinfda jismoniy mavjudligini
emas, balki uni taʼlimiy va ijtimoiy-madaniy muhitga faol jalb etish uchun zarur shart-sharoitlarni
yaratishni ham oʻz ichiga oladi. Ushbu modelning asosiy yoʻnalishi - oʻquvchilarda oʻz kuchiga
ishonchni mustahkamlash va bu orqali ularni doʻstlari, qoʻshnilari va tengdoshlari bilan birgalikda
oʻqishga ichki ragʻbatlantirishdan iborat. Inklyuziv taʼlimning muhim vazifasi - nafaqat individual
pedagogik yordamni yoʻlga qoʻyish va qulay rivojlantiruvchi muhit yaratish, balki imkoniyati
cheklangan oʻquvchilarning salohiyatini toʻliq roʻyobga chiqarish va ularga akademik
muvaffaqiyatga erishish uchun teng sharoitlar taqdim etishdir. Inklyuziv maktabning asosiy
tamoyili shundaki, barcha bolalar - ularning jismoniy, kognitiv, emotsional yoki xulq-atvordagi
farqlaridan qatʼi nazar - birgalikda taʼlim olishi kerak, bunda taʼlim mazmuni, metodlari va
tashkiliy jihatlari har bir oʻquvchining ehtiyojlari va individual xususiyatlarini hisobga olgan
ravishda moslashtiriladi.
O‘zbekistonda zamonaviy oliy ta’limi tizimi islohot bosqichidadir: uzluksiz yagona kasbiy
ta'lim tizimni yaratish, mahalliy va xalqaro ta'lim xizmatlari bozori integratsiyasi va oliy ta’lim
Sentabr, 2025-Yil
62
muassasasi(OTM)ning innovatsion salohiyatini rivojlantirish hisoblanib, bular birgalikda ta'lim
sifatini oshirishga qaratilgan. OTM faoliyatining yakuniy natijasi, mobil kasbiy-komponentli,
mintaqa, mamlakat va xorijdagi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda qanday harakat qilishni biladigan
malakali mutaxassisni tayyorlashdir. Oliy ta’lim davlat ta'lim standarti(DTS)ni amalga oshirish,
an’anaviy oliy ta'limdan komponentli ta’lim va tarbiyaning modeliga o'tishga qaratilgan,
shuningdek kasbiy ta'lim sifatiy o‘zgarishlarni o’z ichiga oladi. Bu masalalar ta'lim tizimining
barcha tarkibiy qismlari orqali ko'rib chiqiladi: standartlar va dasturlar; ta’lim sifatini nazorat
qilish tizimlari; ilmiy va pedagogik kadrlarning malakasi, ta’lim xizmatlari sifati, ta'lim sharoitlari,
talabalarning o‘z-o‘zini rivojlantirishi va ta’lim natijalaridir. OTMda kompetentsiyaga asoslangan
yondashuv, talabani modellashtirish muammolarini dolzarblashtiradi. Bu muammolar: ta'limning
izchilligi va uzluksizligi, ta'limning muayyan yo‘nalishlari bo‘yicha talabalarni o‘qitishining turli
bosqichlarida, umummadaniy va kasbiy kompetentsiyalar darajalarini shakllantirish va
baholashdir[1].
Kompetensiyaga asoslangan yondashuvga o‘tish jarayoni mutaxassislar, professor-
o‘qituvchilar, ish beruvchilar va talabalar uchun OTM darajasida hal qilinishi kerak bo'lgan
ko'plab savollarni yuzaga keltiradi. Ular OTM bitiruvchisini modellashtirish va vakolatlarni
shakllantirish uchun pasport va asosiy ta'lim yo‘nalishi bo'yicha dasturlarini ishlab chiqishda hal
qilinishi kerak. Kompetensiyaga asoslangan yondashuvning dolzarbligi shu bilan bog‘liqki, bu
yondashuv shaxsga yo’naltirilgan va erkin insonparvarlik yo‘naltirilgan tanlovni amalga
oshirishga tayyor ta’lim sohasidagi ijtimoiy strategiya sifatida belgilanadi. Ta’lim mazmuni
yangilanishini, o‘zgaruvchan ijtimoiy-iqtisodiy reallikka javoban, ta'limning maqsadlari -
vektorlariga ustuvor yo‘nalish sifatida, o‘rganish va o‘z taqdirini o‘zi belgilash, o‘zini-o‘zi
anglash, ijtimoiylashish va individuallikni rivojlantirishdir.
A.A. Shexonin tomonidan taqdim etilgan model, kompetensiyayo‘naltirilgan ta'limga
o‘tish davrida OTMda ta'lim tizimidagi dolzarblikning o‘zgarishi haqida bir qator tasavvur beradi.
OTM bitiruvchisining kompetensiyalarini modellashtirishda, professor-o‘qituvchilar malakaga
asoslangan mutaxassis tayyorlash modelining, komponentli mutaxassislar tayyorlash modelidan
farqini tushunish muhimdir. Kompetentsiyaga asoslangan yondashuv ta'lim natijasiga e’tiborni
qaratib, ta'lim natija sifatida, o‘zlashtirilgan ma'lumotlar yig‘indisi emas, balki insonning turli xil
vaziyatlarda harakat qilish qobiliyatidir. DTS boyicha bilimga ega bo‘lish natijasi, bitiruvchining
egallagan kompetentsiyalari bilan belgilanadi. Ya'ni, uning bilimlari, ko‘nikmalari va shaxsiy
fazilatlarini mutaxassisning faoliyati masalalariga mos ravishda qo‘llash qobiliyati bilan
belgilanadi. Ushbu DTS bo’yicha bilimlarni o‘zlashtirish natijasida, bitiruvchi kerakli
kompetentsiyalar to‘plamiga ega bo‘lishi kereak[3].
V.S.Senashenko, V.F. Tenishcheva, E.M.Xarlanova taʼkidlaganidek, mutaxassislar
tayyorlashga qoʻyiladigan talablar tizimini bilimlar tilidan kompetensiyalar tiliga oʻtkazish
tajribasi ko‘rsatdiki, ushbu bosqichda kompetentsiyaga asoslangan yondashuv, bilim-malakaviy
yondashuv bilan bir darajada bo‘ladi. Amalda ushbu yondashuvlar asosidagi ta'lim modellari
birbirini ihota qiladi. Chunki ma’lumot berishga asoslangan ta’lim modeli, kompetentsiyaga
asoslangan yondashuv elementlarini o‘z ichiga oladi va aksincha[3].
Sentabr, 2025-Yil
63
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. (2023-yil 1-may ) // Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023 y., 03/23/837/0241-son// https://lex.uz/docs/-
6445145?otherlang=1
2.
O‘zbekiston Respublikasining “Taʼlim to‘g‘risida”gi qonuni (2020-yil 23-sentyabr,
O‘RQ637-son) // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi,
24.09.2020 y., 03/20/637/1313-son // https://lex.uz/docs/5013007
3.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va
o‘rta maxsus, kasbhunar ta’limining Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
187-son qarori. https://lex.uz/docs/3153714.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son Qarori // (Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son).
5.
Андреев А. Знания и компетенции. //Высшее образование в России. – 2005. - №2. –
С. 3-11.
6.
Махкамбаев, А., Джурабоев, А. (2022). Использование адаптативной физической
культуры при обучении студентов с инвалидностью и особыми физическими
потребностями. Проблеми і перспективи розвитку спортивних ігор і єдиноборств у
вищих навчальних закладах, 1(2), 133-137.
7.
Maxkambayev, A. X. (2022). Yosh vоlеybоlchilаrning hаrаkаtlаnish sifаtlаrini
rivоjlаntirish. Jismoniy tarbiya, sport mashg’ulotlari nazariyasi va uslubiyatining nazariy-
amaliy muammolari, 4(5), 955-959.
8.
Maxkambayev, A. X. (2022). 6-7 yoshli bolalarda jismoniy ko`nikma va malakalarni
rivojlantirishda harakatli o`yinlarning roli. Jismoniy tarbiya sport mashg’ulotlari nazariyasi
va uslubiyatining nazariy-amaliy muammolari, 4(5), 55-59.
9.
Махкамбаев, А. Х. (2022). Вопросы обучения студентов информационным
технологиям в организации учебного процесса. Харьковская государственная
академия физической культуры, 3(4), 155- 159.
