30-Sentabr, 2024-Yil
67
TALABALARNING INKLYUZIV TAYYORGARLIGINI KOMPITENSIYAVIY
YONDOSHUV ASOSIDA RIVOJLANISH AMALIYOTIDAGI ROLI
Xafizova Umida
Guliston davlat universiteti tayanch doktoranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13765693
Annotatsiya.
Mazkur maqolada talabalarning inklyuziv tayyorgarligini natijaviylik
o`lchovlari bilan yondoshuv asosida rivojlanishingng amaliyotdagi roli haqida ilmiy munozaralar
qilinan. Unda inklyuziv muhit haqida asosli manbalar yoritilgan.
Kalit so`zlar:
sog`lom talaba, inklyuziv muhit, inklyuziv ko`nikma, inklyuziv tamoyillar,
sharq mutafakkirlari.
THE ROLE IN THE PRACTICE OF DEVELOPING INCLUSIVE READINESS OF
STUDENTS ON THE BASE OF A COMPETENCY APPROACH
Abstract.
In this article, there is a scientific discussion about the practical role of the
development of inclusive training of students based on the approach of performance measures. It
covers essential resources about inclusive environments.
Key words:
healthy student, inclusive environment, inclusive skills, inclusive principles,
eastern thinkers.
РОЛЬ В ПРАКТИКЕ РАЗВИТИЯ ИНКЛЮЗИВНОЙ ГОТОВНОСТИ СТУДЕНТОВ
НА ОСНОВЕ КОМПЕТЕНЦИОННОГО ПОДХОДА
Аннотация.
В данной статье ведется научная дискуссия о практической роли
развития инклюзивного обучения студентов на основе подхода показателей
эффективности. Он охватывает основные ресурсы, посвященные инклюзивной среде.
Ключевые слова:
здоровый студент, инклюзивная среда, инклюзивные навыки,
инклюзивные принципы, восточные мыслители.
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prizidentining “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini
2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-
son Farmoni hamda “Alohida ta’lim ehtiyojiga munosib ko‘rilgan talabalarga ta’lim-tarbiya berish
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 13 oktyabrdagi PQ-4860-
son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida inklyuziv ta’limni dolzarb masalalari muammo va
ularni yechimlari haqida tushincha va takliflar kiritaman.
30-Sentabr, 2024-Yil
68
Biz psixologlarni oldilaridagi eng dolzarb masala yakka tartibda ta’lim olayotgan har bir
talaba bilan yaqindan tanishish, buyruq asosida dars beruvchi fan o‘qituvchilarini talabaga
berayotgan ta’limini psixologik-pedagogik tahlil qilish zarur. Har bir fan o‘qituvchisi sog‘lom
talabaga qanday ta’lim bersa, alohida ta’limga muhtoj talabalarga ham shunday dars o‘tilishini
taklif qilib kiritaman. Fan o‘qituvchilari va tengdosh o‘rtoqlari yaxshi muomalada bo‘lishi,
sog‘lom talabaga qanday munosabatda bo‘lsa, imkoniyati cheklangan talabaga ana shunday
e’tiborda bo‘lish lozim. Va yangi inavatsion loyihalar asosida ta’lim berilishini haqida taklif
kiritaman.
Kelajak avlodni komil inson sifatida voyaga yetkazish masalasini muvaffaqiyatli hal
etishda xalqimizning tarixiy an’analari, ma’naviy boyliklari, ajdodlarimizning bizga qoldirgan
ilmiy meroslari va tarixiy-tarbiyaviy tajribalarini o‘rganib chiqish, ularning yutuqlarini hayotga,
ta’lim-tarbiya ishlariga tatbiq etishning ahamiyati kattadir.
Sharq mutafakkirlari yoshlarning ta’lim-tarbiyasi muammolari bilan jiddiy shug‘ullanishi
lozimligini o‘zlarining asarlarida bizga meros qilib qoldirib ketganlar.
Mutafakkurlarining barchasini g‘oyaviy jihatdan birlashtirgan asos shaxs tarbiyasi va
kamolotida oilani, oilaviy tarbiyani yuqori qo‘yishgan. Ularning bizga qoldirgan asarlari,
meroslarida bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan tarbiyaning asosiy sifatlari-halollik,
haqgo‘ylik, poklik, mehribonlik kabi fazilatlar o‘z aksini topgan. Ular yoshlarning ta’lim-tarbiyasi
muammolari bilan jiddiy shug‘ullanishi lozimligini ta’kidlab o‘tganlar. Ularning talabani
yoshlikdan tarbiyalash, ularning har bir harakatiga, nuqson va kamchiliklariga e’tibor qaratish
lozimligi hozirda inklyuziv ta’limni tashkil etishda ha o‘zining ijobiy samarasini beradi.
Sharq mutafakkirlari o‘z asarlarida, OTM va madrasalarda mudarris, ustoz-murabbiy
sifatida, insonni aqliy kamolotga yetkazishda o‘qitishning turli usullari va vositalaridan
foydalanishga katta ahamiyat berdilar, muallim va ustoz-murabbiyning pedagogik mahorati
hamda eng qulay ta’lim usullarini amaliyotda qo‘llash yo‘llarini bayon etishga harakat qildilar.
Ta’lim-tarbiyada har qanday kamsitishlarga yo‘l qo‘ymaslik, teng munosabatlarni
ta’minlash, har bir talabaning o‘ziga xos xususiyatlari, imkoniyatlari mavjudligi, unga jiddiy
e’tibor qaratish zarurligi, Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Imom G‘azzoliy, Yusuf Xos Hojib, A.
Avloniy asarlarida o‘z aksini topgan bo‘lib, ularning qarashlarini tushunishimiz hamda faoliyatda
foydalanishimiz uchun uchun bugungi kunda dolzarb bo‘lgan inklyuziv ta’limni mohiyatini
bilishimiz lozim.
Inklyuziv ta’lim-bu asosiy OTMlarda alohida ehtiyojli talabalarni o‘qitish jarayonini
tavsiflash uchun ishlatiladigan atama. Inklyuziv (fransuzcha inklyuziv-shu jumladan, lot. Inklude-
30-Sentabr, 2024-Yil
69
men xulosa qilaman, shu jumladan) yoki inklyuziv ta’lim-bu maxsus ehtiyojga ega talabalarni
umumiy ta’lim (ommaviy) OTMlarida o‘qitish jarayonini tavsiflash uchun ishlatiladigan atama
Inklyuziv ta’lim talabalarga nisbatan har qanday kamsitishlarni istisno qiladigan, barcha
odamlarga teng munosabatni ta’minlaydigan, ammo maxsus ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan talabalar
uchun alohida sharoit yaratadigan mafkuraga asoslanadi.
Inklyuziv ta’lim-bu barcha talabalarning turli xil ehtiyojlariga moslashish nuqtai nazaridan
hamma uchun ta’lim mavjudligini nazarda tutadigan umumiy ta’limning rivojlanish jarayoni, bu
alohida ehtiyojli talabalar uchun ta’lim olish imkoniyatini ta’minlaydi.
Inklyuziv ta’limning tamoyillari:
-insonning qiymati uning qobiliyatlari va yutuqlariga bog‘liq emas;
- har bir inson his qilish ibiklish va tinglash huquqiga ega;
- barcha odamlar bir-biriga muhtoj;
- haqiqiy ta’lim faqat haqiqiy munosabatlar sharoitida amalga oshirilishi mumkin;
- barcha odamlar tengdoshlarining qo‘llab-quvvatlashi va do‘stligiga muhtoj;
- barcha talabalar uchun muvaffaqiyatsizlikka qaraganda, ular qila oladigan narsalarga
erishish ehtimoli ko‘proq;
Avvalambor, axloqiy va aqliy tarbiya usullarini yaxshi egallagan irodali, dono, g‘amxo‘r
va dinga ishongan o‘qituvchi va tarbiyachi tanlash kerak bo‘ladi. U sog‘lom, tozalikni sevuvchi,
sofdil va odamlarga yaxshi munosabatda bo‘la oladigan tarbiyachi bo‘lishi kerak». Ibn Sino
talabaga bilim berishda o‘qituvchining pedagogik mahorati va mas’uliyatli burchi masalasiga
alohida to‘xtalib, o‘qituvchi talabalarga bilim berishga kirishishdan avval, ularning xulk-atvorini
o‘rganishi va bilimlarini tekshirib ko‘rishi, qiziqishi, nimaga qodir ekanligini aniqlashi, so‘ngra
unga hunar yoki ilm turini egallashni tavsiya etishi kerakligi haqida fikr yuritar ekan, o‘qituvchiga
shunday yo‘l-yo‘riqlar beradi.
Alohida ta’lim olayotgan talabalarga ham malakali, oliy ma’lumotli o‘qituvchilar bilan
ta’minlash eng dolzarb muammolardan biri. Har bir o‘qituvchi alohida bilim olayotgan talabaga
har bir dars jarayonida unga mehr-muhabbat bilan, uni ruhini ko‘tarib dars berishini va har bir
darsini zamonaviy axborot texnalogiyalari asosida o‘tishi, talaba uchun alohida kompyuterlar
berilsa maqsadga muvofiq bo‘lardi. Inklyuziv ta’lim tizimida talabaga kasb-hunar haqida
tushunchalar berib, psixolog dars soatlari berilsa maqsadga muvofiq bo‘lardi. Tanlagan
yo‘nalishlari asosida bilim ko‘nikmalar hosil qilish natijasida shuhrat topgan va yaxshi yutuqlarga
erishgan insonlar bilan davra suhbatlari uyushtirish kerakligi hakida taklif kiritaman. Bu bilan
yakka tartibda ta’lim olyotgan talaba xam jamiyatga keraligini his qiladi. Alohida ta’lim olayotgan
30-Sentabr, 2024-Yil
70
talabalarni dars jadvaliga o‘zgartirish kerakligini taklif kirtaman. Taklif shundan iboratki, jismoniy
tarbiya, musiqa, texnologiya, informatika, tasviriy san’at fanlari kiritilishini xaqida taklif
kiritaman.
Oilada ota-ona ham qo‘llab quvvatlashi va farzandiga shart-sharoit yaratib,farzandlarini
har doim rag‘batlantirib turishlari uchun tushunchalar berish zarur. Inklyuziv ta’limdagi talabaning
ota-onasi uchun ham qo‘llanma kitoblar joriy etish lozim.
Xulosa qilib shuni aytamanki, har bir imkoniyati cheklangan talaba yaxshi yashashi, unga
madad bo‘luvchi meditatsiya beruvchi insonlar ko‘p bo‘lsa, hayotda o‘z o‘rnini topishga hech
qachon qiynalmaydi. Ular jamiyatimizga kerakli inson ekanligi his etishlari uchun turtki beruvchi
do‘stlar davrasida ko‘proq bo‘lishlari lozim. Biz psixologlar ushbu yuqoridagi takliflar joriy etilsa,
o‘z maqsadimizga erishgan bo‘lamiz. Jamiyatimizga yana bir yetuk, kuchli kadrlarni yetkazish
yo‘lida xissamiz borligidan faxrlanib yashaymiz.
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. Ta’lim to‘g‘risida. 2020 yil 23 sentyabr, O‘RQ637-
son. (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.09.2020 y., 03/20/637/1313-son)
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnomasi.
https://president.uz/uz/lists/view/4057 29.12.2020 Uchastie roditeley, semi i soobщestva v
inklyuzivnom obrazovanii. Texnicheskiy putevoditel. YuNISEF, 2014.
3.
V.Xitryuk va boshqalar. Rabota pedagoga s roditelyami v usloviyax inklyuzivnogo
obrazovaniya. Nauchnыy dialog. 2017. № 8. str-426
4.
INKLYuZIV TA’LIMNING DOLZARB MASALALARI: MUAMMO VA ULARNING
YeChIMLARI mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya MATERIALLARI
TO‘PLAMI. TOShKENT – 2021
5.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasining
Qonuni. (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.10.2020 y., 03/20/641/1389- son)
