Authors

  • Parizoda Tursunova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.136594

Keywords:

ruhiyat tashqi omillar internet televideniye skandal vaziyatlar ijtimoiy izolyatsiya yolg‘izlik hissi depressiya uyqu buzilishi klipcha tafakkur (клиповое мышление) manipulativ kontent.

Abstract

Mazkur maqolada inson ruhiyatiga tashqi omillarning, xususan, internet, ijtimoiy tarmoqlar va televideniyening inson ruhiyatiga ta’siri tahlil qilinadi. Yosh avlodda tezkor media mahsulotlari ta’sirida shakllanayotgan “klipcha tafakkur”ning xususiyatlari yoritiladi. Bolalarga erta yoshdan telefon berishning psixologik oqibatlari, diqqat va sabrning pasayishi kabi muammolar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, mazkur salbiy ta’sirlarni kamaytirishda media savodxonlikni keng tadbiq etishning pedagogik va ijtimoiy ahamiyati asoslab beriladi.

background image

264

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9

TASHQI OMILLARNING INSON RUHIYATIGA TA’SIRI

Tursunova Parizoda Jamshid qizi

Yangi asr universiteti

“Pedagogika va psixologiya” yo‘nalishi talabasi.

jamshidovnaparizoda@ gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.17142247

Annotatsiya. Mazkur maqolada inson ruhiyatiga tashqi omillarning, xususan, internet,

ijtimoiy tarmoqlar va televideniyening inson ruhiyatiga ta’siri tahlil qilinadi. Yosh avlodda
tezkor media mahsulotlari ta’sirida shakllanayotgan “klipcha tafakkur”ning xususiyatlari
yoritiladi. Bolalarga erta yoshdan telefon berishning psixologik oqibatlari, diqqat va sabrning
pasayishi kabi muammolar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, mazkur salbiy ta’sirlarni kamaytirishda
media savodxonlikni keng tadbiq etishning pedagogik va ijtimoiy ahamiyati asoslab beriladi.

Kalit so‘zlar: ruhiyat, tashqi omillar, internet, televideniye, skandal vaziyatlar, ijtimoiy

izolyatsiya, yolg‘izlik hissi, depressiya, uyqu buzilishi, klipcha tafakkur (клиповое мышление),
manipulativ kontent.

PSYCHOLOGICAL CONSEQUENCES OF EXTERNAL ENVIRONMENTAL

FACTORS

Abstract. The present study examines the impact of external factors-particularly the

Internet, social networks, and television-on human psychology. Special attention is given to the
phenomenon of “clip thinking,” which has become increasingly prevalent among the younger
generation under the influence of rapid media consumption. The paper discusses the
psychological risks associated with exposing children to mobile devices at an early age,
including reduced attention span and diminished patience. Furthermore, the study substantiates
the pedagogical and social importance of fostering media literacy as a key strategy to mitigate
these negative effects and to ensure a more sustainable psychological development.

Keywords: psychology, external factors, Internet, television, scandal situations, social

isolation, sense of loneliness, depression, sleep disorders, clip thinking, manipulative content.


Kirish.

XXI asrda inson hayoti tashqi omillar: “global kommunikatsiya vositalari”,

internet, ijtimoiy tarmoqlar va televideniyedan bevosita ta’sirlanmoqda. Bu ommillar insonning
ruhiy holati, hissiyoti, muloqot madaniyati va kognitiv jarayonlariga ta’sir ko‘rsatadi. Xususan,
ularda namoyish etilayotgan turli xildagi skandal (shov-shuvli) vaziyatlarga boy materiallar,
insonlarda ajablanish va qiziqishni orttirish natijasida ularga nisbatan tobelikni keltirib
chiqarmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar insonlarga muloqot, qo‘llab-quvvatlash va axbotot olish imkonini

beradi. Ular bizning kundalik ishlarimizning ajralmas qismiga aylangan. Biz ular orqali bilim
olib va ijodiy o‘sish imkoniyatlarini yaratamiz.

Adabiyotlar tahlili va mushohada

Tadqiqotlarga ko‘ra odamlar ijtimoiy tarmoqlardan kuniga 2, 3 soat foydalanadilar[1].
Ammo ortiqcha foydalanish insonlarda axborot ortiqchaligi, charchoq, vaqtni yo‘qotish

va ruhiy stressni kuchaytiradi. Internetga qaramlikning o‘sishi, o‘z-o‘zini nazorat qila olmaslik,
tashvish va ijtimoiy izolyatsiya kabi holatlarni paydo qiladi[2]. Shuningdek, boshqalar bilan
o‘zini solishtirish, yolg‘izlik hissi, depressiya va tashvish darajasining ortishiga ham olib kelishi
mumkin.


background image

265

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO) 2024-yildagi hisobotida ortiqcha ekran va

tarmoqlardan foydalanish uyqu buzilishi va yoshlarning o‘zini past baholashiga olib kelishini
qayd etgan[3].

Raqamli texnologiyalar va ijtimoiy tarmoqlarning keng tarqalishi zamonaviy yoshlar

tafakkurida o‘ziga xos yangicha hodisani yuzaga keltirdi. Bu holat ilmiy adabiyotlarda
“клиповое мышление” yoki “klipcha tafakkur” deb ataladi.

Klipcha tafakkur- bu inson ongida ma’lumotni qisqa, parcha-parcha ko‘rinishda idrok

etish va uni tezkorlik bilan qayta ishlashga asoslangan tafakkur turi. Uchbu jarajon odatda tez
almashib turadigan visual axborot - qisqa videolar, reklama roliklari, ijtimoiy tarmoq postlari
ta’sirida shakllanadi.

Asosiy belgilari:

Axborot qisqa bo‘laklarda idrok qilinadi

Diqqat uzoq vaqt bir mavzuda ushlanmaydi, tez chalg‘iydi

Ko‘proq yuzaki va vizual tarzda qabul qilinadi

Tahliliy va mantiqiy bog‘lanishlar kuchsiz bo‘ladi

O‘quv jarayonida bilimni chuqur o‘zlashhtirishga xalaqit beradi

Yosh avlodda sabr-toqat va e’tiborning pasayishiga olib keladi

Tezkor, ammo yuzaki fikrlashni shakllantiradi
Bugungi kunda ko‘plab ota-onalar yosh bolalarni tinchlantirish yoki vaqtincha chalg‘itish

maqsadida ularga telefon yoki planshet berib, turli videolarni tomosha qildirishmoqda. Bola
qisqa roliklarga o‘rganib qolganida, kitob o‘qish yoki biror mavzuni chuqur tinglashi
qiyinlashadi. Psixolog va mutaxasislarning ta’kidlashicha, bu holat bolaning ruhiy rivojlanishi
uchun xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti(WHO)
tavsiyasiga ko‘ra, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ekran (telefon, televizor, planshet) umuman
ko‘rsatilmasligi kerak. Chunki, bu davrda bolaning nutqi, hissiy-intellektual rivojlanishi va
ijtimoiy ko‘nikmalari asosan, tirik muloqot orqali shakllanadi. Shuning uchun, biz qo‘yib
berayotgan so‘zsiz, juda tez harakatlanayotgan videolavhalar, mutfilmlar oqibatida bolalar
nutqida buzilishlar paydo bo‘lmoqda. Bolalarda tezkor multfilmlar qisqa muddatli e’tibor
pasayishiga sabab bo‘ladi[4] .

Telefon orqali ko‘rsatiladigan videolarning rang-barang va tezkor tasvirlari bolaning nerv

tizimiga ortiqcha yuklama beradi, bu esa kelajakda diqqatini jamlash qobiliyatini pasaytiradi.

Shu sababli, yosh bolalarni tinchlantirish murakkablashadi. Bu jarayonda tinchlantirish

vositasi sifatida telefon emas, balki ertak o‘qish yoki o‘yinchoqlar orqali muloqot qilish tavsiya
etiladi.

Umuman olganda ijtimoiy tarmoqlarni na ijobiy va na salbiy tomonga butkul kiritib

bo‘lmaydi. Eng afzali insonlar orasida media savodxonligini keng tadbiq etish. Media
savodxonlikni keng yoyish orqali: insonlarning turli axborot manbalaridan oqilona foydalanish,
yolg‘on va manipulativ kontentni farqlay olish, shuningdek axborotni tanqidiy tahlil qilish
ko‘nikmasini shakllantirishga ega bo‘lamiz.

Keng tadbiq etish chora-tadbirlari:

Ta’lim dasturlariga kiritilgan media savodxonlik darslarini amaliy jarayonda

qo‘llanilishini nazorat qilish

Ota-onalarning farzandlariga telefon va internetdan me’yorida foydalanishni o‘rgatish

Omaviy axborot vositalari orqali tanqidiy fikrlash va axborotni to‘g‘ri qabul qilishni

targ‘ib qilish


background image

266

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9

Ijtimoiy tarmoq vositalariga avtomat yosh cheklovini o‘rnatish

Xulosa.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsam zamonaviy tashqi omillar inson ruhiyatiga ta’sir

ko‘rsatmoqda. Bu ta’sir ijobiy imkoniyatlar bilan bir qatorda, yosh avlod tafakkurida klipcha
fikrlash kabi yangi hodisalarning yuzaga kelishiga ham sabab bo‘lmoqda. Ushbu jarayon
diqqatning pasayishi, bilimni yuzaki qabul qilish va chuqur tafakkur ko‘nikmalarining
zaiflashishi bilan xarakterlanadi.

Mazkur muammolarning oldini olishda oila, ta’lim tizimi va jamiyat miqiyosida media

savodxonlikni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb ertadi. Zero, media savodxon shaxs tashqi
omillarni tanqidiy baholay oladi, ruhiyatga salbiy ta’sirlarni kamaytiradi va axborotni ongli
ravishda saralaydi. Tashqi omillarning inson ruhiyatiga ta’sirini to‘g‘ri boshqarish - barkamol
shaxs tarbiyasi va jamiyat barqarorligini ta’minlashda asosiy omillardan biri hisoblanadi.


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati

1.

Statistika(2022)Ijtimoiy tarmoqlarda sarflangan vaqt[chart]. 2023-yil 14-iyun

https://www.statista.com/chart/18983/time-sent-on-social-media/

2.

Andreassen,C.S(2015) Online social network site addiction: A comprehensive review.

Current Addoction Reports, 2(2) 175-184

3.

World Health Organization (2024). Teens, screens and mental helth. Who Europe

4.

Lillard,A.S The immediate impact of different types of television on young children’s

executive function. BMC psychology 11(1)

References

Statistika(2022)Ijtimoiy tarmoqlarda sarflangan vaqt[chart]. 2023-yil 14-iyun

Andreassen,C.S(2015) Online social network site addiction: A comprehensive review. Current Addoction Reports, 2(2) 175-184

World Health Organization (2024). Teens, screens and mental helth. Who Europe

Lillard,A.S The immediate impact of different types of television on young children’s executive function. BMC psychology 11(1)