Authors

  • Parizoda Tursunova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.138194

Keywords:

female leader gender equality social stereotype psychological barrier leadership emotional intelligence.

Abstract

This article analyzes the personal and psychological characteristics of female leaders, their role in society, and the socio-psychological barriers they face. The study also highlights the importance of gender equality in leadership, the process of women finding their place in management, and the necessity of providing them with psychological support throughout this process based on scientific principles.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

585

AYOL RAHBARLARNING PSIXOLOGIK PORTRETI: JAMIYATDAGI ROLI VA

FAOLIYATDAGI TO‘SIQLARI

Tursunova Parizoda Jamshid qizi

Yangi asr universiteti

“Pedagogika va psixologiya” yo‘nalishi talabasi.

jamshidovnaparizoda@ gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.17468549

Annotatsiya.

Ushbu maqolada ayol rahbarlarning shaxsiy va psixologik xususiyatlari,

ularning jamiyatdagi roli hamda duch keladigan ijtimoiy-psixologik to‘siqlar tahlil qilinadi.

Shuningdek, rahbarlik faoliyatida gender tengligining ahamiyati, ayollarning

boshqaruvda o‘z o‘rnini topishi va bu jarayonda ularni ruhiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash
zarurati ilmiy asosda yoritiladi.

Kalit so‘zlar:

ayol rahbar, gender tengligi, ijtimoiy stereotip, psixologik to‘siq,

yetakchilik, emotsional intellekt.

THE PSYCHOLOGICAL PORTRAIT OF FEMALE LEADERS: THEIR ROLE IN

SOCIETY AND THE BARRIERS IN THEIR PROFESSIONAL ACTIVITY

Abstract.

This article analyzes the personal and psychological characteristics of female

leaders, their role in society, and the socio-psychological barriers they face. The study also
highlights the importance of gender equality in leadership, the process of women finding their
place in management, and the necessity of providing them with psychological support
throughout this process based on scientific principles.

Keywords:

female leader, gender equality, social stereotype, psychological barrier,

leadership, emotional intelligence.

ПСИХОЛОГИЧЕСКИЙ ПОРТРЕТ ЖЕНЩИН-ЛИДЕРОВ: ИХ РОЛЬ В ОБЩЕСТВЕ

И ПРЕПЯТСТВИЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ

Аннотация.

В статье анализируются личностные и психологические

характеристики женщин-лидеров, их роль в обществе и социально-психологические
препятствия, с которыми они сталкиваются. Также освещается важность гендерного
равенства в лидерстве, необходимость поиска женщинами своего места в управлении и
необходимость оказания им психологической поддержки в этом процессе.

Ключевые слова:

женщина-лидер, гендерное равенство, социальный стереотип,

психологический барьер, лидерство, эмоциональный интеллект.

Kirish.

Hozirgi globallashuv va ijtimoiy yangilanishlar davrida jamiyatda ayollar

faoliyati tobora kengayib bormoqda. Siyosat, iqtisodiyot, ta’lim, sog‘liqni saqlash, fan va
boshqaruv sohalarida ayollar rahbarlik lavozimlarini egallayotganlari nafaqat gender tengligining
natijasi, balki ularning intellektual, irodaviy va tashkiliy salohiyatining yuksak darajada
ekanligidan dalolat beradi. Shu bilan birga, rahbarlik faoliyati ayollar uchun nafaqat kasbiy
yutuq, balki ruhiy barqarorlik, o‘ziga ishonch va psixologik muvozanatni saqlashni talab etuvchi
jarayondir.

Bugungi kunda ko‘plab jamiyatlarda ayol rahbarlar o‘z faoliyatida gender stereotiplari,

ijtimoiy bosimlar, psixologik to‘siqlar va madaniy kutilmalar bilan to‘qnash keladilar.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

586

Ayrim hollarda, ayol rahbarning qat’iyligi “erkaklarcha”, yumshoqligi esa “zaiflik”

sifatida talqin etiladi. Bu holat ayol shaxsining psixologik holatiga, o‘ziga bo‘lgan ishonchiga va
yetakchilik qobiliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Shu bilan birga, rahbar ayollar odatda o‘z jamoasida emotsional intellekt, empatiya,

adolat va hamjihatlik asosida boshqaruv olib boradilar. Shu bois, ularning shaxsiy-psixologik
portretini o‘rganish nafaqat individual ruhiy holatni, balki jamiyatda gender tengligi darajasini
aniqlash uchun ham muhim ilmiy masala hisoblanadi.

Adabiyotlar tahlili va mushohada

Ayol - bu nafaqat jamiyatning yuragi, balki rahbarlikda ham insoniylik, sabr va adolat

timsoli. Ayol rahbarlar o‘z faoliyatida hissiyot va aql, empatiya va qat’iyat, yumshoqlik va
mas’uliyatni uyg‘unlashtira oladilar. Ularning boshqaruv uslubi o‘ziga xos bo‘lib, jamoa
ruhiyatini his etuvchi va ijtimoiy muvozanatni saqlovchi kuchga ega. Ular inson bilan ishlashda
kuch emas, so‘z, tushunish va ishonch orqali natijaga erishadilar. Bunday rahbarlik insoniy
qadriyatlarni ustuvor qo‘yadi, jamoani “tartib bilan emas, ruh bilan” boshqaradi.

Ayol rahbarlarning jamiyatdagi roli - bu faqat lavozim yoki maqom emas, balki ijtimoiy

o‘zgarishlarning ruhiy asosidir. Ular boshqaruvga mehr, mas’uliyat, estetik did va ma’naviylik
olib kiradilar. Shuning uchun ham ayol rahbarlar bor joyda muhit iliq, muvozanatli va ijodiy
bo‘ladi. Ular qarorlar qabul qilishda faqat natijani emas, inson omilini ham hisobga oladilar —
bu esa zamonaviy boshqaruvning eng muhim mezonidir.

Hozir, insonning jinsiy mansubligiga qaramay, kasb yoki lavozim pog‘onasida katta

imkoniyatlar paydo bo‘layotganini ko‘ramiz. Respublikamizda tadbirkorlik va davlat boshqaruvi
sohasida ayollarga katta yo‘l ochib berilmoqda. Bir necha yillar oldin rahbar so‘zi ko‘pincha
erkak jinsi bilan ifodalangan va negadir, ayol rahbar idora etadigan sohalar, jumladan, maorif,
sog‘liqni saqlash, aholiga xizmat ko‘rsatishdan nariga o‘tilmagan. Bugungi kunga kelib esa ayol
rahbarlar deyarli barcha sohalarga kirib borishga ulgurishdi. Bu esa jamiyatda ayolning faolligi
ortib borayotganidan, ularning rahbarlik qobiliyatlariga bo‘lgan e’tibor kuchayganidan dalolat
beradi.

Ayolning u yoki bu sohada boshqaruv lavozimini egallashi, ko‘p jihatdan, bu soha

ayollarga mosmi yoki erkaklargami, degan savolga bog‘liq. Bir qator tadqiqotlar orqali
aniqlanishicha, erkak va ayol aralash ishlaydigan guruhda ko‘pincha erkaklar tashabbusni o‘z
qo‘llariga olar ekanlar. Tadqiqotchi Ye.Xollander tajribasiga ko‘ra, guruh doirasida hal
etiladigan vazifani yechishda erkaklar ko‘proq maqbul yo‘l topa olishadi, ayol va erkaklardan
iborat aralash guruhda esa ustunlikka intilishadi. Olimning tushuntirishicha, erkaklarga xos
bunday xatti-harakat, ko‘p jihatdan, jamiyatda o‘rnatilgan normalar va erkaklar xulqiga oid
ustanovka, ya’ni kutuvlardan kelib chiqadi. Bunday ustanovkalar asosidagi standartlar
atrofdagilarning bo‘layotgan voqea-hodisalarni idrok etishiga ham katta ta’sir etadi

1

.

Ammo, boshqa tadqiqotlarda bu holat biroz boshqacha yodashuv bilan izohlanadi.
Masalan, taniqli olima F. Denmark o‘z izlanishlari asosida shunday xulosaga kelganki,

boshqaruv sohalarida muvaffaqiyatga erishishda sezilarli jinsiy tafovutlar kuzatilmas ekan. Ayol
va erkaklarning boshqaruv faoliyatidagi farq shundan iborat ekanki; “Ayollar - jamoadagi

1

Hayitov, О.Е. “Boshqaruv psixologiyasi”, Toshkent: «Istiqlol» nashriyoti, 2021. 87-bet


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

587

insoniy munosabatlarga ko‘proq e’tibor beradilar”. Erkak va ayollarga xos jinsiy psixologik
farqning bo‘lishi tabiiy, lekin jamoa oldida turgan vazifani bajarish, ko‘zlangan maqsadga
erishish borasida jinsiy tafovut deyarli kuzatilmaydi.

Demak, ayollarda muvaffaqiyatga erishish ko‘p jihatdan shaxsiy fazilatlar, oila tarbiyasi

va ijtimoiy tajribaning uyg‘unligiga bog‘liqdir. Bu jihatlar ularning rahbarlikdagi psixologik
portretini shakllantiruvchi asosiy omillar hisoblanadi. Misol tariqasida, shaxsning ko‘pgina
mehnatsevarlik fazilatlari jinsiy moyilliklar bilan emas, balki o‘rganishlar, ijtimoiy qadriyatlar,
xarakterdagi xususiyatlarga asoslanadi. Asosan, insoniy munosabatlarga e’tibor qaratish,
empatiya, ko‘ngilchanlik, boshqaruvda demokratik tamoyillarga suyanish ayollarda ko‘proq
uchraydi. Shuni yoddan chiqarmasligimiz zarurki, bu ko‘rsatkichlar ma’lum darajada jamoa
faolligiga ijobiy ta’sir etuvchi omillardir. Erkak rahbar asosiy diqqat-e’tiborini ishlab chiqarish
muammolariga taalluqli vazifalarga qaratsa, ayol rahbar ko‘proq jamoaning ijtimoiy-psixologik
jihatlariga, psixologik muhitni sog‘lomlashtirishga qaratadi.

Ayol kishiga o‘ta muhim va og‘ir vazifa topshirilsa, u o‘zining “nozik jins”ga taalluqli

ekanligini bahona qilishi ham mumkin, yoki jinsidan qat’i nazar, erkakchasiga ishga to‘g‘ridan
to‘g‘ri kirishib ketishi ham mumkin. Rahbar ayollarning bunday sifatlarga ega bo‘lishlari
ularning nasldan o‘tgan qator maskulin sifatlariga ham bog‘liq. Boshqaruv faoliyatida
ayollarning muvaffaqiyatga erishishi uchun ota-onalardan meros bo‘lib o‘tadigan qator maskulin
sifatlar yordam beradi. S.S.Lomakinaning ilmiy izlanishlarida ota-onalardan meros bo‘lib
o‘tadigan maskulin sifatlar keltirib o‘tiladi

2

.

Ayollarning muvaffaqiyatga erishishi uchun otadan meros bo‘lib o‘tadigan sifatlar:

maqsadga intilish

intellektual xarakter

yetakchilik va ishbilarmonlik sifatlari

bilishga intilish, mehnatsevarlik

botirlik

kuchli xarakter

qattiq qo‘llik, mustaqillik

faollik, qat’iylik, optimism, vazifalarga yo‘nalganlik, o‘z-o‘ziga ishonch, qarorlar qabul

qila olish

Ayollarning muvaffaqiyatga erishishi uchun onadan meros bo‘lib o‘tadigan sifatlar:

maqsadga intilish

yetakchilik va ishbilarmonlik sifatlari, intellektual xarakter

kuchli xarakter, mehnatsevarlik

faollik, qattiq qo‘llik

mustaqillik, botirlik, bilishga intilish
Atrofimizda muvoffaqiyatga erishayotgan ayollarni uchratayotgan bo‘lsakda, “Jamiyatda

o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etish jarayonida turli to‘siqlarga duch kelayotgan ayollar yo‘q”
deya olmaymiz.

2

Ломакина C.C. Феномен социално-психологического наследования у современных

руководителей: Автореферат дис. ... канд. психол. наук: 19.00.05. - СПб., 2006.-С . 17.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

588

Eng avvalo, ijtimoiy stereotiplar – ya’ni ayolning faqatgina uy va oilaviy vazifalar bilan

cheklanib qolishi haqidagi eski qarashlar – ularning rivojlanishiga halaqit beradi. Bunday fikrlar
ayollarning o‘z kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchini susaytiradi, faol ijtimoiy hayotga
kirishishdan to‘xtatadi. Hozir texnika va texnalogiya asri. Ayollarning bo‘sh vaqti ortib
bormoqda. Ularning ilm va salohiyatidan to‘g‘ri foydalanishimiz kerak.

Bundan tashqari, mehnat bozorida tenglikning to‘liq ta’minlanmaganligi. Rahbarlik

lavozimlarida ayollar ulushining pastligi ham muhim masalalardan biridir. Ko‘plab ayollar o‘z
g‘oyalari va tashabbuslarini ilgari surishda iqtisodiy to‘siqlarga duch kelmoqdalar.

Shuningdek, muzokaralar olib borishdagi qiyinchiliklar, ko‘tarilish imkoniyatlarining

pastligi, ish va hayot muvozanatining yo‘qligi kabi muammolar rahbar ayollarning rivojlanishiga
halaqit beradi.

Xulosa va tavsiyalar

Ayol rahbarlarning jamiyatdagi o‘rni tobora mustahkamlanib borayotgan bo‘lsa-da, hali

ham gender tengligi to‘liq ta’minlanmagan. Shu sababli, psixologiya sohasi vakillari ayol
rahbarlarni ruhiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy stereotiplarni kamaytirish va ularning
yetakchilik fazilatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratishlari zarur.

Ayollarning faolligini oshirish, ularning psixologik barqarorligini kuchaytirish va

yetakchilik salohiyatini yuzaga chiqarish - ijtimoiy taraqqiyotning muhim sharti hisoblanadi. Bu
jarayonda birinchi navbatda ta’lim tizimida gender tengligini chuqurroq integratsiya qilish zarur.

Har bir qiz bola o‘z qobiliyatini erta aniqlashi, uni rivojlantirish uchun zarur sharoitga

ega bo‘lishi lozim.

Shuningdek, ayollar uchun psixologik qo‘llab-quvvatlash markazlari, turli xildagi

dasturlar va yetakchi ayollar klublarini tashkil etish, ularning ruhiy barqarorligini oshirishda
muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki rahbarlik faqat bilim emas, balki kuchli iroda, stressga
bardoshlilik va o‘ziga ishonchni talab qiladi.

Ayollarni iqtisodiy jihatdan mustaqil qilish ham ijtimoiy tenglik sari muhim qadamdir.
Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, ularga grantlar ajratish, jamiyatda ularning faol

ishtirokini rag‘batlantirish - real natijalarga olib keladi.

Eng asosiysi, madaniyat va ommaviy ongda ayol shaxsiga bo‘lgan munosabatni

o‘zgartirish lozim. Ayolning rahbar sifatida faol ishtiroki nafaqat mehnat jamoasiga, balki butun
jamiyatga ijobiy energiya, mulohazali qarorlar va insonparvarlik madaniyatini olib kiradi.

Ayol rahbarning muvaffaqiyati nafaqat o‘zining, balki jamiyatning rivojlanish darajasini

ham aks ettiradi. Bugungi kunda dunyo gender tenglikni targ‘ib etar ekan, bu aslida ayolning
imkoniyatlarini emas, balki butun insoniyatning potensialini ochish demakdir. Chunki ayol
yuksalgan joyda jamiyat yuksaladi, ayol qadrlangan muhitda madaniyat gullaydi, ayol baxtli
bo‘lgan jamiyatda tinchlik abadiy yashaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati:

1.

О.Е.Hayitov, “Boshqaruv psixologiyasi” - Toshkent: “Istiqlol” nashriyoti, 2021. - 236 b.

2.

C.C.Ломакина. Феномен социално-психологического наследования у современных
руководителей: Автореферат дис.канд. психол. наук: 19.00.05. - СПб., 2006.-

3.

Mahmudov.I “Boshqaruv psixologiyasi”. YUNAKS-PRINT. - Toshkent: 2005. -170 b

References

О.Е.Hayitov, “Boshqaruv psixologiyasi” - Toshkent: “Istiqlol” nashriyoti, 2021. - 236 b.

C.C.Ломакина. Феномен социално-психологического наследования у современных руководителей: Автореферат дис.канд. психол. наук: 19.00.05. - СПб., 2006.-

Mahmudov.I “Boshqaruv psixologiyasi”. YUNAKS-PRINT. - Toshkent: 2005. -170 b