Authors

  • Shahlo Quvondiqova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.136987

Keywords:

Inson shu jamiyat a’zosi sifatida nafaqat yakka holda balki bir guruh a’zosi sifatida idrok etiladi

Abstract

Guruh ichidagi nizolarni tushunish va ularni sabablarini aniqlash uchun dastlab guruh psixologiyasini, guruhga xos bo’lgan alohida jihatlarni batafsis tushunib olish lozim. Quyida Henri Tarfel va John Turner tomonidan taklif etilgan ijtimoiy idintifikatsiya nazariyasida shu kabi masalarga boshqa muaaliflardan farqli nuqtai nazar bilan yondoshganligini guvohi bo’lishingiz mumkin.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

49

УДК 159;316.652

TALABALAR GURUHIDAGI NIZOLARNI TUSHUNISH UCHUN IJTIMOIY

IDINTIFIKATSIYA NAZARIYASI

Quvondiqova Shahlo Bahodir qizi

O’zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti

Psixologiya yo’nalishi 1-bosqich magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17270935

Annotatsiya.

Guruh ichidagi nizolarni tushunish va ularni sabablarini aniqlash uchun

dastlab guruh psixologiyasini, guruhga xos bo’lgan alohida jihatlarni batafsis tushunib olish
lozim. Quyida Henri Tarfel va John Turner tomonidan taklif etilgan ijtimoiy idintifikatsiya
nazariyasida shu kabi masalarga boshqa muaaliflardan farqli nuqtai nazar bilan
yondoshganligini guvohi bo’lishingiz mumkin.

Kirish

: Inson shu jamiyat a’zosi sifatida nafaqat yakka holda balki bir guruh a’zosi

sifatida idrok etiladi. Ba’zi hollarda xato shu guruh a’zoligi shaxsni boshqalardan farqlovchi,
alohidalovchi shu bilan bir vaqtda boshqa shaxslar bilan umumlashtiruvchi kategoriya sifatida
aks etadi. Darhaqiqat, guruh azolari shu guruh ishtirokchilarini huddi oila a’zolaridek qabul
qiladi, ularni manfaatlarini boshqalarnikidan ustun ko’radi va o’zi mansub bo’lgan guruhga
nisbatan doimo ijobiy qarorlar qabul qilishga, shuning bilan guruh foydasiga yo’nalgan xatti
harakatlarni amalga oshirishga moyil bo’ladi va bu qachonki guruhlar o’rtasida raqobat muhiti
vujudga kelganda, yoxud maqsadlar to’qnashganda, yaqqolroq va aniqroq namoyon bo’ladi.

ASOSIY QISM

Shunday jarayonlar borki, ular guruhda nizolarni bosh omilini anglashga yordam beradi.
Buni bizga Henri Tarfel va John Turner

1

tomonidan taklif etilgan ijtimoiy idintifikatsiya

nazariyasi ( social identity theory SIT)

2

tushuntirib beradi. Aslida Tarfel polshalik yahudiy

bo’lgan u ikkinchi jahon urushi yillarida natsislarga qarshi jang qiladi. Uning urush davridagi
tajribalari guruhlararo mojarolar bo’yicha tadqiqotlariga ilhomlantirgan. Bu nazariya 1950-1960
yillarda Sherif tomonida yaratilgan realistik mojarolar nazariyasi (realistic conflict theory
RCT)ni to’ldirish uchun ishlab chiqilgan deyish mumkin. Bu ikkala nazariya ham guruhlar
o’rtasidagi harakatlarni ayniqsa guruhlar o’rtasidagi nizolarni tushunishga xizmat qiladi.
Guruhdagi nizolar qanday xollarda sodir bo’ladi, uning asosiy sababi nima, bu borada ikki
nazarida ham farqli va o’xshash jihatlar mavjud bu ikkala nazariyani o’rganish guruhdagi nizoli
vaziyatlarni to’g’ri tushunish imkonini beradi. Guruhlararo mojaroga misol sifatida bir guruh
talabalar jamoasini olsak, shu guruh ichida yana kichik guruhlar mavjudligidan o’sha kichik
guruh azosi boshqa guruh ya’ni kichik guruhdan tashqari bo’lgan boshqa a’zolarga nizoli xulq
atvorni namoyon qilishi mumkin. Bu guruhdagilarni o’zini tutishi va shaxslararo munosabatlarga
mutlaqo bog’liq bo’lmagan holat bo’lib bu shuchaki ular usha kichik guruh a’zosi emasligi
uchun ya’ni boshqa guruhdan bo’lganligidan sodir bo’ladi. Sherifning RCT nazariyasining
asosiy g’oyalardan biri shundaki, guruhlar o’rtasidagi ziddiyat resurslar uchun yaqqol kurash
mavjud bo’lganda vujudga keladi deyishidir.

1

https://www.themantic-education.com/ibpsych/2017/02/16/social-identity-theory

2

H.Tajfel. ’’Social identity and intergroup relations’’ Cambridge University Press. America-2010 546p.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

50

SIT nazariyasi ham bunga teskari emas, balki resurslar uchun to’g’ridan-to’g’ri raqobat

bo’lmagan taqdirda ham ziddiyat qanday bo’lishi mumkinligini tushuntirish uchun davom
ettiriladi. Ijtimoiy toifalash,ijtimoiy o’ziga xoslik,ijtimoiy taqqoslash va ijobiy farqlanish bu
to’rtta o’zaro bog’liq tushunchalari orqali SIT guruhlar o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri ziddiyat va
yoki raqobat bo’lmagan sharoitlarda ham guruhlararo nizolar nima uchun mavjud bo’lishi
mumkinligini tushunishga hizmat qiladi. Quyida ushbu tushunchalarga alohida alohida to’xlatib
o’tamiz. Dastlab ijtimoiy toifalashga qaraydigan bo’lsak, ijtimoiy toifalarga ajratish-bu
guruhlarni guruh ichidagi yoki guruhdan tashqari deb hisoblashning kognitiv jarayonidir. Xuddi
shu jarayonda shaxslar guruh ishtirokchilariga nisbatan ‘’biz’’ va ‘’ular’’ pozitsiyalarida
yondashadilar. Ijtimoiy identifikatsiyada esa, Henri Tarfel va John Turner fikriga ko’ra ijtimoiy
o’ziga xoslik’’individning o’zini o’zi imidjining ( ular) o’zini tegishli deb biladigan ijtimoiy
kategoriyalardan kelib chiqadigan jihatlari ‘’degan ma’noni anglatadi. Ya’ni bunda shaxs o’zi
haqida xulosa qilar ekan u o’zi mansub bo’lgan guruhga qaraydi bu o’z o’zini baholashda asosiy
o’rin tutadi.Boshqacha qilib aytadigan bo’lsak, har birimiz ko’plab guruhlarga mansubmiz(
masalan ijtimoiy oilaviy, talimiy, sport, san’at,diniy va boshq.) Ushbu guruhlarning har biriga
a’zoligimiz bizni shaxs sifatida o’zimizni anglashimizga yordam beradi. Biz shaxsiyatimizni
fazilatlarimiz, yutuqlarimiz va boshqalar asosida shakllantiramiz va biz ijtimoiy o’ziga xoslikni
o’zimiz mansub bo’lgan guruhlarning maqsadlari, yutuqlari asosida shakllantiramiz.guruh
ishtirokchisi guruhning bir qismi bo’lish orqali o’zimizni anglash hissi SIT ni tushunish va
tushuntirish uchun muhimdir. Ijtimoiy taqqoslash haqida gapiradigan bo’lsak, Henri Tarfel va
John Turner tomidan olib borilgan darstlabki tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, ‘’ tashqi guruh’’ ning
mavjudligi ‘’guruh ichidagi’’ shaxslarning xatti-harakatlariga sezilarli ta’sir ko’rsatishi
mumkin.Ijtimoiy solishtirish asosan boshqa guruh azolari bilan o’zimiz mansub bo’lgan guruhni
solishtirish orqali sodir bo’ladi bu jarayonda o’ziga bo’lgan munosabat ham muhim rol o’ynaydi.

Chunki o’zini hurmat qiladigan odam o’zi mansub bo’lgan guruhni ham tashqi guruhdan

boshqacha tasavvur etadi. Bu o’zimiz haqimizdagi fikrlarni yanada yaxshiroq tushunishga ham
xizmat qiladi. Masalan, biz mansub bo’lgan guruh tashqi guruhdan yaxshi va u avzalliklarga ega,
ya’ni solishtirish natijalari shuni ko’rsatadi demak biz ham yaxshimiz. Shu nuqtai nazardan
kishida doim o’z guruhi ishtirokchilarini yaxshi deb takidlashga va ulardagi ijobiy hislatlarni
ko’rishga yuqori moyillik mavjud bo’ladi. Buni boshqa so’z bilan tarafkashlik deb ham atash
mumkindir. Bunday tarafkashlik guruh rasmiy yoki norasmiy tuzilganiga bog’liq bo’lmagan
holda shakllanadi. Bunga misol sifatida bir eksperimentni keltirish mumkin. Agar biz darslarda
talabalar guruhini yana ham kichikroq guruhlarga bo’lib darsni tashkillashtiradigan bo’lsak
bunda guruhlarga bo’lish tasodifiy tanlovga asoslansa, guruh ishtirokchilariga bu bo’linish hech
qanday ma’no anglatmasligi , hech qanday musobaqa yoki tanlovlar sodir bo’lmaydi deyiladi va
guruh a’zolariga turli sovg’alar taqdim etilib uni istagan odamiga berish so’raladi. Bunday
sharoitda talabalar o’zlari mansub bo’lgan guruh a’zolariga ko’proq sovg’alar taqdim etadilar.Bu
guruhiy tarafkashlik vaqt o’tishi bilan shakllanadigan holat emas balki, guruh guruh
bo’lganidayoq belgilanadiga xulq atvor namunasi sifatida namoyon bo’ladi.

Olimlar guruhiy taqqoslash va guruh a’zolarini o’ziga xos deb bilishni tushunish uchun

quyidagi uchta gepotizaga asoslanadilar: Birinchi faraz shuki har qanday shaxs ham guruh


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

51

ichidami guruh tashqarisidami o’z hurmatini oshirishni hurmatga sazovor bo’lishni istaydi. Unda
o’zini ijobiy tasavvur qilishga doimi moyillik bo’ladi.

Ikkinchi faraz:Bazan biz biror guruhga mansub bo’lishni istamaymiz yoki boshqasiga

mansub bo’lishni xohlaymiz. Bu shu bilan tushuntiriladi. ba’zi guruhlarga qo’shilish ijobiy yoki
salbiy deb qabul qilinadi va insonlar shunga ko’ra o’zlarining yaxshi yoki yomon deb tasavvur
etishlariga ta’sir ko’rsatadi.

Uchinchi va eng oxirgi faraz esa shuni tushuntiradiki biz guruhlarni ijobiy yoki salbiy deb

baholashimizda guruh ichidagilarni va tashqaridagilarni taqqoslash muhim o’rin tutadi. Misol
uchun siz talabalarni kechik guruhlarga bo’lganingizda ma’lum a’zolar tegishli guruh a’zosi
bo’lishni istamasliklarini aytishadi, yoki aksincha aytishmagan taqdirda ham shu guruh a’zosi
ekanliklari ularni qoniqtirmaydi.

Ijobiy betakrorlik, biz o’zimiz mansub bo’lgan guruhni boshqalaridan ajratishga

moyilmiz. Va bu ajratish albatta biz uchun qulay va guruh a’zolari uchun ijobiy bo’lishii lozim.

Masalan, ‘’bizning guruh boshqa guruhlarga o’xshamaydi. U har qanday holatda ham

boshqa guruh ishtirokchilaridan o’zining yaxshi sifatlari bilan ajralib turadi’’ qabilidagi
anglashlar. Tajribalar shuni ko’rsatdiki guruhiy tarafkashlik guruhiy o’ziga xoslik va shu kabilar
umumiy qilib aytadigan bo’lsa ijtimoiy identifikatsiya nazariyasini namoyon bo’lishi uchun,
tashqi guruh mavjudligining o’zi yetarli ekan . Bunday vaziyatda guruh a’zolarining oldindan
tanish yoki tanish emasligi, tasodifiy yoki ixtiyoriy tanlov asosida guruhga birlashganlik
tarfkashlikni bilgilovchi omil bo’la olmaydi.

Xulosa

Ijtimoiy identifikatsiya nazariyasi bizga guruh psixologiyasini, guruh ichidagi nizolarni

sababini ilgari tushuntirilmagan o’ziga xos tarzda bayon qiladi. Bu nazariya aslida Sherefning
realistik nizolar nazariyasi negizida, ushbu nazariyani davomi sifatida vujudga kelgan desak
mubolag’a bo’lmaydi. Guruh ichidagi o’z o’zidan shakllanadiga psixologik xarakter guruh
azolarini nega tashqi guruh azolari bilan nizolashishga moyil bo’lib qolishini izohlaydi.

Yuqoridagi ma’lumotlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, ta’lim muassasalarida

dars jarayonlarida kechik guruhlarga bo’lib o’tish nizoli xulq atvor namoyon bo’lishiga olib
keladi va bu guruhlarni doimiy saqlanib qolishi kichik guruhlar aro nizoni doimiy kuchaytiradi.

Buni oldini olish uchun yoki ushbu usuldan vos kechish yoki kechik guruhlarni har

darsda qaytadan taqsimlab turish maqsadga muvofiq.

Adabiyotlar ro’yxati

1.

H.Tajfel. ’’Social identity and intergroup relations’’ Cambridge University Press. America-
2010 546 p.

2.

M.Deutsch. ‘’The resolution of conflict’’. Lightining Source .United States of America-
1973. 432 p.

3.

Donelson R.Forsyth. ’’Group dynamics ’’ United States of America – 2010 .701p

4.

И.Н.Леонов. ’’Конфликтология’’ .Москва-Воронеж 2006.240 с.

5.

Saidov A.I. Eshquvvatov.T.E.,Ishonqulova .N.I ‘’Konfliktlar psixologiyasi’’ Samarqand-
2015 137s.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

52

6.

Yoshlar va konfliktologiya:Konflikt yechimiga o’rganish/ To’ychiyeva Gulxumor-
Toshkent.2008 y

7.

Ergeshova D Q., Najimov M.K.Yuridik konfliktologiya: O’quv qo’llanma_T.:TDTuI, 2007.-
97b.

8.

Konfliktologiya asoslari: O’quv qo’llanma/ R.Z.Jumayev, U.A.Ubaydullayev, B.A.Xujanov.
-Toshkent:Akademiya,2000.-208b.

References

H.Tajfel. ’’Social identity and intergroup relations’’ Cambridge University Press. America-2010 546 p.

M.Deutsch. ‘’The resolution of conflict’’. Lightining Source .United States of America-1973. 432 p.

Donelson R.Forsyth. ’’Group dynamics ’’ United States of America – 2010 .701p

И.Н.Леонов. ’’Конфликтология’’ .Москва-Воронеж 2006.240 с.

Saidov A.I. Eshquvvatov.T.E.,Ishonqulova .N.I ‘’Konfliktlar psixologiyasi’’ Samarqand-2015 137s.

Yoshlar va konfliktologiya:Konflikt yechimiga o’rganish/ To’ychiyeva Gulxumor-Toshkent.2008 y

Ergeshova D Q., Najimov M.K.Yuridik konfliktologiya: O’quv qo’llanma_T.:TDTuI, 2007.-97b.

Konfliktologiya asoslari: O’quv qo’llanma/ R.Z.Jumayev, U.A.Ubaydullayev, B.A.Xujanov. -Toshkent:Akademiya,2000.-208b.