1119
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
УДК 159;316.652
TALABALAR GURUHIDAGI NIZOLARNING PAYDO BO’LISH SABABLARI:
SOTSIAL PSIXOLOGIK VA PSIXOLOGIK OMILLAR TAHLILI
Quvondiqova Shahlo Bahodir qizi
O’zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti
Psixologiya yo’nalishi 1-bosqich magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14555659
Annotatsiya.
Talabalar guruhidagi konfliktni sotsial psixologik tabiati quyida, bosqichma
bosqich batafsil tushuntirib o’tiladi. Bunday tashqari, guruh ichidagi nizoning sababi sifatida
psixologik omillar tahlili, guruhlar shaxs xulq atvoriga qanday ta’sir qilishi, guruhiy nizolarning
boshqa sabablari atroflicha yoritib beriladi.
Kalit so’zlar
: Kichik guruh, guruh dinamikasi, funksional, disfunksional, emotsional
intellekt.
CAUSES OF CONFLICT IN STUDENT GROUPS: ANALYSIS OF SOCIAL
PSYCHOLOGICAL AND PSYCHOLOGICAL FACTORS
Abstract.
The socio-psychological nature of conflict in a student group is explained in
detail below, step by step. In addition, the analysis of psychological factors as a cause of intra-
group conflict, how groups affect individual behavior, and other causes of group conflicts are
covered in detail.
Keywords:
Small group, group dynamics, functional, dysfunctional, emotional intelligence.
ПРИЧИНЫ КОНФЛИКТОВ В СТУДЕНЧЕСКИХ ГРУППАХ: АНАЛИЗ
СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИХ И ПСИХОЛОГИЧЕСКИХ ФАКТОРОВ
Аннотация.
Социально-психологическая природа конфликта в студенческом
коллективе будет поэтапно объяснена ниже. Помимо этого подробно освещен анализ
психологических факторов как причины конфликтов внутри группы, того, как группы
влияют на индивидуальное поведение, и других причин групповых конфликтов.
Ключевые слова:
Малая группа, групповая динамика, функциональный,
дисфункциональный, эмоциональный интеллект.
Kirish:
Jahon miqyosida urushlar ulkan muammo, oldi olinishi kerak bo’lgan noxush
hodisa sifatida baholanib kelinadi. Aslida, urushlar bu - davlatlar o’rtasidagidagi kelishmovchilik,
bir birini tushunmaslik oqibatida kelib chiqqan manfaatlar to’qnashuvidir.Oddiy bir birini
anglamaslikdan kelib chiqadigan bu ulkan g’alayon qanday yomon oqibatlarga olib kelishi
barchaga birdik ma’lum. Bu nizo nimalarga olib kelishi haqidagi oddiygina bir misol edi holos,
bunday misollarni ko’plab keltirish mumkin.
1120
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
Yorqin namuna sifatida talim muassasalarida vujudga keladigan nizolarni olsak, guruh
ichidagi kelishmovchilik o’zlashtirish darajasiga, bu esa bo’lg’usi kadrlarning kompetenligiga
tasir o’tkazadi, kompetent bo’lmagan kadrlar qanday qilib o’z kasbiy burchini mukammal ado
etadi? Muammo ortidan muammo tug’ilishi hayron qolarli emas. O’z o’zidan talabalar guruhi
ichidagi konfliktlar yechimga muhtoj dolzarb muammo sifatida maydonga chiqadi.
ASOSIY QISM:
Nizo tushunchasi
Talabalar guruhidagi nizolarni tahlil qilar ekanmiz , dastavval nizo tushunchasiga tarif
berib o’tish o’rinlidir. Nizo , ziddiyat konflikt bular teng kuchli terminlar sifatida keng
qo’llaniladi.’’konflikt sig’ishmaydigan maqsadlarga ega yoki shunday maqsadlar haqida fikr
yurituvchi ikki yoki undan ortiq (odamlar va guruhlar) o’rtasidagi munosabatlardir’’
1
- Nizo – bu
birdan ko’p tomonlarni o’z istaklariga erishish borasidagi turli xil manfaatlar to’qnashuvi. Inson
hayoti shu tuqnashuvlar bilan to’lib toshgan , ulardan doimo qochib yurish imkoni mavjud emas.
Inson qayerda bo’lsa u yerda nizo konflikt albatta mavjud.Talim dargohlari ham bundan
mustasno emas. Talaba shaxsi guruh a’zosi sifatida shu guruhdagi boshqa ishtirokchilar bilan
muloqotga kirishishga majbur.Muloqot jarayoni kelib chiqadigan turli anglashilmovlik ortidan
paydo bo’lishi mumkin bo’lgan konfliktli vaziyatda o’z o’zini boshqarish, vaziyatli ijobiy tomonga
hal qilabilish mahoratini shakllantirish eng muhim juhatlardan biridir.
Nizoni ikki xilda talqin qilish mumkin. Bir tomondan uni buzg’unchi, barcha yomon
oqibatlar sababchisi sifatida ko’rsak, keyingi tomoni uning ijobiy tomonlaridir. Nizo har doim ham
ajratuvchi emas, u har doim ham barbot bo’lishga sabab bo’lmaydi. Ba’zan u mavjud muammoni
bartaraf etishga tomonlarni yananda bir biriga yaqinlashtirishga o’zaro tushunishga
anglashilmovchiliklarga barham berishga yordam beradi. Nizoning mana shu ikki xususiyatini
boshi bir biriga tutash ammo so’ngi boshqa-boshqa manzillarga olib boradigan ikkiga bo’linga
yo’lga qiyoslash mumkin. Birining so’ngida ziddiyatlar yanada chigallik, kuchayishga yuz tutsa,
ikkinchi manzil bizni opponent bilan murosaga keltiradi, empatiya, sempatiyani vujudga kelishiga
sabab bo’ladi. Manashu ikki qarama qarshilik birligida konflikt yaxlitlashadi.Bu in va yan haqidagi
qadimgi xitoy falsafasiga o’xshab ketadi. Mashxur xitoy faylasufi Lao Szi ‘’Dao qonunlari’’
2
asarini yozib daosizmga asos soladi. Unda aytilishicha olam qarama qarshiliklar yaxlitligidan
iborat. Yo’qlik borlikni hosil qiladi ammo borlik ham vaqt o’tib yo’qlikka yuz tutadi. Inson yashab
turgan olam shu shunday qonunga bo’ysunadi: unda ikki qarama qarshilik bir butunlikni tashkil
qiladi ularning o’zaro hamkorligi bu hayotni muvozanatda ushlab turadi. Konfliktda ham xuddi
shunday in va yani mavjud yani konflikt ham yaxshi ham yomon ham yaratuvchi ham vayron
1
Работа с конфликтом: навыки и стратегия действия. Лондон , Конфликтологический центр,2001.С.23.
2
S.Jo’rayeva.’’Haqiqat manzaralari’’. Yangi asr avlodi Toshkent 2002. 10-11
1121
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
etuvchidir.Insonlar orasida uni bir yoqlama tushuning steriotip sifatida mavjud. Mavjud bo’lgan
noto’g’ri tushunchalar to’g’risiga o’zgartirilishi zarurki, shunda odamlar nizolardan o’zlari olib
qochmaydilar, uni passivlashtirmaydilar zero passiv nizo bu uni butkul unutilganini anglatmaydi,
bularning o’rniga muloqot orqali narigi tomonni ham tinglash uning manfaatlarini ham hisobga
olish ikki tomon uchun teng kuchli yechimni yani oltin o’rtalikni topish o’rinlidir. Ana shunda
konflikt bizni foydamizga xizmat qiladi.
Nizo turlari
Konflikt, insonlar o’zaro munosabatining qanday boshqarilishiga bog’liq ravishda ijobiy
va salbiy oqibatlarga olib keladigan ajralmas bir qismi. Uning bir qancha turlari farq qilinadi:
1.Mazmuniga ko’ra: Funksional va disfunksional. Funksional konfliktlar ijobiy natija bilan
yakunlanuvchi ijobiy ta’sirga ega konfliktlar bo’lib, ular yangi qarorlar qabul qilishga mavjud
bo’lga eski tuzumni yangisiga almashtirishga xizmat qiladi. Misol sifatida, talabalar loyihalar
bo’yicha fikr almashish uchun tashkil etiladigan guruhiy baxslarni keltirish o’rinli, chunki aynan
munozaralarda konfliktni shu turi yaqqol namoyon bo’ladi. Disfunksional konfliktlar salbiy
oqibatli konfliktlar bo’lib talabalar guruhi misolida tushuntiriladigan bo’lsa , guruh o’z oldiga
qo’ygan maqsad uchun emas shaxsiy manfaatlar uchun kurashlarni olish mumkin.
2.Rivojlanish dinamikasiga ko’ra: yashirin va oshkora. Yashirin konfliktlar-atrofdagilar
tashqi tomondan uni mavjud ekanligini sezmaydilar.Masalan talabalar ichida norozilik bo’ladi
ammo buni hech kim oshkora aytmaydi.Yoki xalq orasida yuqori tashkilotlar siyosatiga nisbadan
qoniqmaslik bo’lishi mumkin. Ushbu vaziyatda konflikt vaqtini kutib yotgan vulqonga uxshaydi.
Oshkora yoki ochiq konfliktlar bular aniq to’g’ridan-to’gri oshkora namoyon bo’ladi.
3.Ishtirikchilar soniga ko’ra:Ichki konfliktlar,shaxslar aro,guruh ichidagi, guruhlar aro
konfliktlarga bo’linadi. Ichki konfliktlar bu shaxsnio’z o’zi bilan bo’ladigan ichki ziddiyatga,
fikrlar qaramaqarshiligiga aytiladi.masalan, “dars tayyorlasammi yoki kino ko’rsammi’’ kabi.
Shaxslar aro konfliktlar ikki yoki undan ortiq shaxslar o’rtasida kelib chiqqan nizolardir.
Guruhlararo konfliktlar guruhlarning har qanday turlari orasidagi nizolarga aytiladi. Guruh
ichidagi konfliktlar bir guruh a’zolari o’rtasida kelib chiqadigan nizolar. Masalan, guruh sardori
lavozimiga bir necha kishi tayinlanishni istasa, bu ular o’rtasida raqobatni keltirib chiqaradi.
Talabalar guruhining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari
va sotsial psixologik omillar
tahlili
Talabalar jamoasi va uning ijtimoiy-psixologik tuzilishi bilan tanishib chiqsak.
G.M.Andreyevaning ‘’ sotsial psixologiya ‘’ darsligida guruhlarni quyidagi turlari qayt etilgan. U
Guruhlarni katta va kichik guruhlarga ajratadi. G.M.Andreyeva buyicha kichik guruh
ishtirokchilar soni 2-12 yoki 15 tagacha bo’lgan bo’lsa, amerikalik mashxur olim Moreno bu
chegarani 30-40 taga uzaytirgan.
1122
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
Shunisi e’tiborga molikki, aniq chegar qo’yishdan oldin, guruhdagi a’zolar sioni nechta
bo’lishidan qatiy nazar guruh ichida o’zaro ta’sir va muloqot imkoniyati bo’lishi lozim
Unversitetda taxsil olayotgan talabalarning bir guruhi ham kechik guruhga misol bo’la oladi.
Talabalar guruhi ‘’rasmiy guruh’’(E.Meyo) boshqa kichik guruhlardan farq qiladi.
Birinchidan ular shaxslardan tashkil topgan va ular bir xil maqomda.Ikkinchidan ular o’z
ledirlarini o’zlari tanlash va bekor qilish imkoniyatiga ega.Talabalar guruhi ham boshqa guruhlar
kabi jamiyat ehtiyojlari va sotsial talablar asosida paydo bo’ladi.
Talabalar guruhi ham har qanday guruh singari Bruce W.Tuckman
3
fanga kiritgan guruh
rivojlanish bosqichlaridan o’tadi.Birinchi bosqich bu shakllanish(forming) bosqichi bu bosqichda
shaxslar aro munosabatlar bog’liqlik bilan tavsiflanadi. Guruh a’zolarida guruh tomonidan qabul
qilinishni va guruh xavfsiz ekanligiga ishonch hosil qilishni xohlaydilar. Ular guruhdagilar bilan
o’xshashlik va farqlar to’g’risida tassurotlar va malumotlar to’playdilar shuningdek kelajakdagi
kichik guruh uchun afzallillarni shakllantiradilar. A’zolar vazifalarga ham bir birlariga ham
e’tiborli bo’lishga harakat qilishadi. Muhokama bo’ladi ammo u faqatgina topshiriqqa qanday
yondashishni, uning ko’lamini, va shunga o’xshash masalalrni aniqlashga qaratilgan. Chunki bu
bosqichda a’zolar bir birlarini yaxshi bilmaganliklari uchun boshqa muhokama sodir bo’lish
ehtimoli kam. Ushbu bosqichdan keyingi bosqichga o’tish uchun har bir a’zo xavfsiz mavzular
qulayligidan voz kechib ehtimolli konfliktlarga tayyor turishi lozim. Ko’rinib turganidek guruh
shakllanishining bu bosqichida konfliktlar sodir bo’lmaydi.
Tuckman bo’ron (storming)deb ataydigan keyingi bosqich shaxsiy munosabatlardagi
raqobat va ziddiyatlar bilan xarakterlanadi. Guruh a’zolari vazifani tartiblashga harakat
qilganlarida, konflikt insoniy munosabatlardagi oldi olib bo’lmas natijadir. Har kim ularning
tuyg’ulariga g’oyalariga, munosabatlariga, e’tiqodlariga guruhga mos kelish uchun egilishga va
qayishishga majbur.’’Fosh etilish’’ yoki ,,muvaffaqiyatsizlikka uchrashda qo’rqish sababli
strukturali izohlar va tushuntirishlarga intilish kuchayadi. Konflikt guruhiy masalalarda yuzaga
chiqsa chiqmasa, ular mavjud. Qoidalar qanday, mukofotlash tizimi nima ,baholash tizimi qanday,
kim nima uchundir javobgar bo’ladi degan savollar tug’iladi. Bular yetakchilik, kuch, hokimyat
va tuzilmaga oid ziddiyatlarni aks ettiradi. Raqob va dushmanlik bilan bog’liq yuzaga keladigan
muammolarga asoslanib, a’zolarning xatti-harakatlarida keng o’zgarishlar bo’lishi mumkin.
Ushbu bosqichda yuzaga keladigan noqulaylik tufayli, ba’zi a’zolar butunlay jim turishlari
mumkin, boshqa a’zolar esa hukmronlik qilishga intilishadi.keyingi bosqichga o’tish uchun guruh
a’zolari ‘’sinov va isbotlash’’ fikridan muammoni yechish fikiga o’tishlari kerak. guruhlarga
keyingi bosqichga o’tishga yordam berishning eng muhim xususiyati bu tinglash qobilyatidir.
3
http://www.gmu.edu/student/csl/5stages.html
1123
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
Tuckmanning normalash (norming) bosqichida shaxslararo munosabatlar uyg’unlik bilan
tavsiflanadi. Guruh a’zolari barcha a’zolarning hissalarini faol e’tirof etish, jamoani qurish va
saqlash shuningdek guruh muammolarini hal qilish bilan shug’ullanadilar. A’zolar boshqa a’zolar
tomonidan taqdim etilgan faktlar asosida o’zlarining oldingi g’oyalari yoki fikrlarini
o’zgartirishga tayyor va ular bir birlariga faol ravishda savollar berishadi. Yetakchilik baham
ko’riladi va guruhchalar tarqab ketadi. A’zolar bir birlarini taniy boshlaganlarida, ularningshaxsiy
munosabatlariga bo’lgan ishonch darajasi guruh ahilligini rivojlantirishga yordam beradi.
Rivojlanishning aynan shu bosqichida (guruh shu darajaga yetganini taxmin qilsak)
odamlar o’zaro nizolarni hal qilish natijasida guruhga mansublik yengillik hissini boshdan
kechiradilar. Bu bosqichning asosiy vazifasi guruh a’zolari o’rtasida malumotlar oqimidir: ular his
tuyg’ulari g’oyalari tajribalarini baham ko’radilar, bir birlaridan so’raydilar va fikr bildiradilar,
vazifalar bilan bog’liq harakatlarni o’rganadilar. Ijodkorlik yuqori. Agar malumotlar oqimi va
birlashuvining ushbu bosqichiga guruh erishsa, ularning o’zaro ta’siri ham shaxsiy ham vazifa
darajasida ochiqlik va malumotlar almashinuvi bilan xarakterlanadi. Normatsiya bosqichining
asosiy kamchiligi shundaki guruh a’zolari guruhni kelajakdagi muqarrar parchalanish qurquvi
bo’lishi mumkin va ular har qanday o’zgarishga qarshilik ko’rsatishlari mumkin.
To’rtinchi bosqich bu ijro bosqichidir (performing). Bu bosqichga hamma guruh ham
erisha olmaydi. Agar guruh a’zolari to’rtinchi bosqichga o’tishga qodir bo’lsa, ularning
imkoniyatlari deapozoni va shaxsiy munosabatlar chuqurligi haqiqiy o’zaro bog’liqlik darjasiga
ko’tariladi. Ushbu bosqichda odamlar mustaqil ravishda, kichik guruhlarda yoki teng
imkoniyatlarga ega umumiy birlik sifatida ishlashlari mumkin. Ularning rollari va vakolatlari
guruh va shaxslarning o’zgaruvchan ehtiyojlariga dinamik ravishda moslashadi. Bu bosqich
shaxsiy munosabatlardagi o’zaro bog’liqlik va vazifa funksiyalari sohasidagi muammolarni hal
qilish bilan ajralib turadi. Hozirgacha guruh eng samarali bo’lishi kerak. Ayrim a’zolar o’z-
o’zidan ishonchli bo’lib qolishadi va guruhni tasdiqlash zarurati o’tib ketadi. A’zolar ham yuqori
darajadagi vazifalarga, ham odamlarga yo’naltirilgan. Birlik bor: guruh o’ziga hosligi to’liq, guruh
ruhiyati yuqori va guruhga sodiqlik kuchli. Vazifa funksiyasi muammoni hal qilishga aylanadi. Bu
esa optimal yechimlar va guruhni optimal rivojlantirishga olib keladi. Muammolarni hal qilishda
tajriba qo’llab quvvatlanadi va muvaffaqiyatga urg’u beriladi. Umumiy maqsad -muammolarni
hal qilish va ishlash orqali samaradorlik.
Eng oxirgi beshinchi bosqich tanaffuz (adjourning) bosqichi , Tuckman taklif qilgan so’ngi
bosqich vazifa xatti-harakatlarini to’xtatish va munosabatlardan ajralib chiqishni o’z ichiga oladi.
Rejalashtirilgan xulosa odatda ishtirik etish va erishilgan yutuqlarni e’tirif etish va a’zolar
uchun xayrlashuv imkoniyatini o’z ichiga oladi. Guruhni yakunlash qandaydir havotirni keltirib
chiqarishi mumkin, natijada kichik inqiroz sodir bo’ladi.
1124
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
Guruhning tugatilishi nazoratdan vos kechishdan guruhga qo’shilishdan voz kechishgacha
bo’lgan regressiv harakatdir. Ushbu bosqichda eng samarali choralar vazifani tugatishdir.Biz
yuqorida ko’rib o’tgan guruh shakllanish bosqichlari, guruhda sodir bo’ladigan nizolarni yanada
yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Tuckman dastlab ushbu bosqichlarni bir maqolasida taqdim
etadi u vaqtda maqolada dastlab to’rtta bosqich bo’lgan. Keyinroq u M.Jensen bilan birgalikda
oxirgi bosqichni kiritadi. Ularning birgalikda yozgan asari ’’Stages of small group development’’
nomi ostida 1977 yilda nashr etiladi. Olimning xizmati bilan, guruhdagi nizolar aynan
shakllanishning ikkinchi bosqichida kuchayishi shunga bog’liq ravishda nizoning sabablarini
o’rganish ishi shu bosqichda amalga oshirilishi lozim degan xulosaga kelish mumkin.
Psixologik omillar tahlili
Guruh ichidagi nizolarning o’ziga xos jihatlari shundan iboratki guruh ishtirokchilar biz va
ular pozitsiyasida bo’lganlari bu kuchayadi va guruh shakllanishining aynan storming bosqichi
nizolar o’zining cho’qqisiga chiqadi. Guruhiy nizolarni ba’zi psixologik omillar ham yaxshigina
tushintirib bera oladi. Ulardan birinchisi va eng asosiysi bu xarakter va temperamentdagi
farqlardir. Guruh a’zolari muloqot jarayonida bir birlarini tushunmasliklari, yoki boshqasi uchun
normal hisoblangan xulq atvor shaklini boshqasi mutlaqo qabul qilolmasligi mumkin.Shundan
kelib chiqqan xolda biz ba’zi guruh a’zolari bilan hali ziddiyatga kirishmagan bo’lsak ham ularni
yoqtirmaymiz. Xarakterdagi nomutanosiblik bilan ifodalanadigan bunday xolat ko’pincha yashirin
nizolarning bosh omili. Ikki shaxs o’rtasidagi bunday ruhiy chiqishmaslik, bir kuni albatta oshkora
nizo omili bo’lishi muqarrardir. Talabalr guruhini oladigan bo’lsak guruh ichida talaba hech kimni
noto’g’ri xulq atvorini qabul qilishga majbur emas. Talaba balog’atga yetgan o’z shaxsiy
chegaralariga ega yetuk shaxs sifatida o’zini qanday tutishni o’zi hal qiladi kim bilan nizoga
kirishish yoki do’stlashish ham ehtiyorida qoladi. Ammo boshqa odamlarni xulq atvoridagi
farqlarni tushunish masalaning eng asosiy jihati, har bir individda ham bunday qobilyat ko’nikma
mavjud emasligi sodir bo’ladigan nizoni sababini to’g’ri sharxlashni tushuntiradi. Xarakterdan
tashqari avloddan avlodga o’tadigan insonga shartsiz o’tadigan temperament tushunchasi ham
mavjud. U har qancha xarakter xususiyatlari bilan o’rab chirmab yaxshilashga erishilsa ham
ekstrimal vaziyatda baribir o’zini oshkor qiladi. Bazi temperament vakillari bir biri bilan mutlaqo
chiqisha olmasligi psixologiyada o’zi tasdig’i topgan va uning sabablari atroflicha tushuntirib
o’tilgan.
Shaxslararo munosabatlar silliq kechmaydigan jarayonlardan biridir bunga bir qancha
sabablarni keltirib o’tish mumkin:
Birinchidan, dunyoqarashlar xilma xilligi, ikki shaxs xoh ular guruh ichida bo’lsin xoh
guruh tashqarisida o’zaro muloqotdan, firklar qaramaqarshiligiga, va baxsga moyil inson o’z
o’zidan uni mojaro darajasigacha olib kelishi mumkin.
1125
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
Bu vaziyat shunisi bilan xarakterliki vaziyat tashkilotchilarida ikkinchi tomonnni tinglash
va o’zgani fikrini xurmat qilish malakasi yetarli bo’lmaydi, bu nizo xavfini oshiradi.
Ikkinchidan ta’lim tarbiyadagi xilma xillik bir inson barchani sizlab murojaat qilsa
boshqasi o’zidan katta kishilarga ham sen deb do’stona gapirishni ma’qul ko’radi. Bu uning uchun
singdirilgan tarbiya normalari bilan bog’liq. Bu ba’zida kishilarda norozilik tug’dirishi mumkin ,
va qarama qarshi tomon ham bu norozilikni shunday qabul qiladi’’ men uni o’zimga judda yaqin
olganim uchun shunday degan edim, bu hurmatsizlik emasku, nega u meni tushunmadi?’’. Bunda
qarama qarshi tomonning yondashu bu vaziyatga nisbatan mutlaqo boshqacha.
Uchinchidan muloqot ko’nikmasining yetishmasligini tushuntirish uchun qadimgi bir
rivoyatni misol qilib keltirsak, bir podshoh bo’lgan ekan. U bir kuni tushida barcha tishlari to’kilib
ketganini faqat bir dona tishi qolganini ko’ribdi va tushini ta’bir qilish uchun munajjimni
chorlabdi. Munajjim shunday ta’bir qilibdi: ‘’sizni barcha qarimdoshlaringiz vafot etadi siz
yolg’izlikda qolasiz va yol’giz vafot etasiz. Tushning ta’biri shunday ‘’debdi bundan g’azablangan
podshoh jaxl ustida munajjimni qatl etishga xukm qilibdi va tushning tabiriga ishongisi kelmay
boshqa munajjimni chaqirtiribdi. Ikkinchi munajjim podshohning tushini eshitib bir muddat
o’ylanib qolibdi va nim tabassum bilan debdi: ‘’podshohim bu tushning tabiri shunday siz uzoq
yillar mamlakatni boshqarasiz, barcha qarimdoshlaringizdan ham ko’proq umr ko’rasiz’’ debdi.
Bu gapdan keyin podshohning chehrasiga tabassum yugurubdi va munajjimga tun kiygizib
unga sovg’a salomlar taqdim qilibdi. Qissadan xissa shuki bir xil ma’noli gapni biz turlicha talqin
qilamiz , ba’zan oddiy gapni ham kishi diliga xanjar dek botirish, eng yomon so’zlar esa aytilish
mahorati bilan kishini ranjitmasligi unga malham misol ta’sir qilishi mumkin.
To’rtinchidan emotsional intellekt pastligi qarshimdagi kishi nimani his qilyapti, u nima
uchun har doimgidek emas, menga nima uchun bugun sovuqroq muomalada bo’ldi. Shu kabi
savollarni kishi o’ziga berish orqali sherigini yanada yaxshiroq tushunish imkoniyatiga ega
bo’ladi. O’zgalar emotsional holatini tushunish yuqori emotsional intellekt bilan bog’liq.
Muloqot jarayonida bo’ladigan muammolarni faqatgina muloqot yo’li bilangina bartaraf
qilish mumkin. Guruh ishtirikchilari muloqot uchun yetarli imkoniyat bo’lmasligi ham
kelishmovchiliklarni bosh omili bo’lishi mumkin. Dars vaqtidan tashqari uchrashuvlar, sayohatlar,
turli munozarali uchrashuvlar guruhda muloqot imkoniyatlarini oshiradi. Aksincha bo’lgan
holatlarda esa guruhdagi iqlim taranglashgan sari taranglashib boradi. Guruh ishtirokchilari nizoga
kirishsalar, ular bir birlarini noto’g’ri tushunganliklari haqida yoki, ikki tomonning ushbu
vaziyatdagi xatosi haqida gaplashib olishlari vaziyatni oydinlashtiradi. Shunchaki o’zini olim
qochish muqarrar nizoni kechiktiradi holos. Bunday vaziyatda natija yanada achinarli bo’lishi
mumkin. Negaki oradagi tanaffuz ikki tomon ham, o’zicha xulosaga kelishi vaziyatni noto’g’ri bir
tomonlama baholashlari uchun yetarli bo’ladi.
1126
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
Guruh ichida ham har bir a’zoning o’z roli statusi , maqomi bo’ladiki ,bu guruhiy
munosabatlarda muhim o’rin tutadi. Har bir guruh a’zosi o’z rolini aniq bilishi bu guruh
dinamikasiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, guruhni yanada jipslashuviga sabab bo’ladi. Aksincha
bo’lsachi ? Ba’zan bunday holat endi shakllangan guruhlarda kuzatiladi, hechkim o’z masuliyati
nimadan iborat ekanligini bilmaydi. Guruhda xatto ledir ham mavjud bo’lmaydi bunday vaziyatda.
Guruh a’zolari o’z rollarini bilmasligi ba’zi guruhiy masalarda masuliyat tarqoqoligiga olib
keladi. Vazifa 10 kishiga berilganda masuliyat 10 kishiga teng taqsimlanadi, ammo u butun
guruhga berilsa 40 kishilik guruhga masuliyat teng taqsimlanadi va alohida olingan shaxslar
o’zlarini unchalik javobgar his qilmaydilar.
Xulosa
Talabalar guruhidagi nizolarni tushunishdan oldin dastlar guruh psixologiyasini to’liq
o’rganib chiqish lozim. Bu bizga guruh dinamikasini undagi jarayonlarni anglash imkoniyatini
taqdim etadiki bu guruhdagi konfliktlarni tushunish va tushuntirish uchun asos bo’lib xizmat
qiladi. Guruh sharoitida inson xulq-atvori boshqacha mazmun kasb etadi. U guruh fikriga qiziqadi
uning sha’ni uchun qayg’uradi, kerak bo’lsa uni himoya qilish uchun har qanday nizoga tayyor
bo’ladi. Shuning uchun ham guruhiy nizolarni asosiy sababi sifatida guruh ichidagi kichik guruhlar
olindi. Guruh a’zolari o’zaro nizoga kishishni istamasa ham sodir bo’ladigan nizoli vaziyatlar bor
bular muloqot ko’nikmasi yetishmasligi, emotsional intellekt pastligi,dunyoqarash xilma xilligi
va nihoyat ta’lim tarbiyadagi farqlar.
REFERENCES
1.
M.Deutsch. ‘’The resolution of conflict’’. Lightining Source .United States of America-
1973. 432 p.
2.
Donelson R.Forsyth. ’’Group dynamics ’’ United States of America – 2010 .701p
3.
H.Tajfel. ’’Social identity and intergroup relations’’ Cambridge University Press. America-
2010 546 p.
4.
И.Н.Леонов.’’Конфликтология’’ .Москва-Воронеж 2006.240 с.
5.
Saidov A.I. Eshquvvatov.T.E.,Ishonqulova .N.I ‘’Konfliktlar psixologiyasi’’ Samarqand-
2015 137s.
6.
S.Jo’rayeva.’’Haqiqat manzaralari’’. Yangi asr avlodi. Toshkent - 2002. 221s.
