ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
106
HUQUQIY ONG VA VIJDON O'RTASIDAGI UZVIY TO'QNASHUV
Yodgorov Ismoil Akmal o'g'li
TDYU huzuridagi Samarqand viloyat akademik litseyi talabasi.
yodgorovismoi1lakmalovich@gmail.com
+99891-733-05-15.
Matlabjonov Mironshoh Mudarisjonovich
TDYU huzuridagi Samarqand viloyat akademik litseyi talabasi.
matlabjonovmironshoh@gmail.com
+99895-161-81-03.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17307775
Annotatsiya.
Mazkur ilmiy maqola huquqiy ong va vijdon o‘rtasidagi dialektik-
antagonistik munosabatlarni konseptual darajada tahlil etadi. Tadqiqot markazida normativ-
huquqiy tizimning legitimiteti va shaxsiy vijdonning aksio-normativ imperativlari o‘rtasida
yuzaga keladigan ziddiyatlar turadi. Ushbu ziddiyat, o‘z mohiyatiga ko‘ra, nafaqat pozitiv huquq
va tabiiy huquq o‘rtasidagi tarixiy qarama-qarshilikning zamonaviy ko‘rinishi, balki insoniyat
huquqiy tafakkurining eng chuqur ontologik va aksialogik muammolaridan biridir. Maqolada
huquqiy pozitivizm, ius naturale, ratio legis, conscientia moralis kabi fundamental tushunchalar
o‘zaro chog‘ishtirilib, ularning nazariy hamda amaliy oqibatlari yoritiladi. Tadqiqot jarayonida
doktrinal-analitik, komparativ-huquqiy, shuningdek, fenomenologik-psixologik metodologiyalar
uyg‘unlashtirilgan. Shunday integrativ yondashuv orqali huquqiy ongning normativ
konstruktsiyalari va vijdonning etik-imperativ qaror mexanizmlari o‘rtasidagi disonans va
rezonans jarayonlari ochib beriladi. Tahlil shuni ko‘rsatadiki, huquqiy ong — bu ijtimoiy tizim
tomonidan majburiy tarzda in’ikos etilgan normativ majburiyatlar majmui bo‘lsa, vijdon —
insonning ichki transsendental instantsiyasi, ya’ni huquqiy buyruqlardan mustaqil ravishda
mavjud bo‘lgan moral imperativdir. Ularning to‘qnashuvi esa jamiyatda legitimitet inqirozi,
shaxsda esa moral dissonans va psixologik fragmentatsiyani keltirib chiqaradi. Maqola
doirasida, shuningdek, civil law va common law tizimlaridagi vijdon asosidagi huquqiy e’tiroz
institutlari komparativ jihatdan tahlil qilinadi. Natijada huquqiy normalar va vijdoniy
imperativlar o‘rtasidagi qarama-qarshilikning universal shakllari aniqlanadi hamda ushbu
to‘qnashuvni yumshatishga xizmat qiluvchi proportionalitas, subsidiaritas va humanitas iuris
prinsiplari asosida takliflar ishlab chiqiladi. Mazkur tadqiqot nazariy jihatdan huquq falsafasi
va huquq psixologiyasining konvergensiyasini chuqurlashtiradi, amaliy jihatdan esa adliya
institutlarini insonparvarlik va aksio-huquqiy barqarorlik mezonlari asosida qayta talqin qilish
zaruratini ko‘rsatadi. Shunday qilib, huquqiy ong va vijdon o‘rtasidagi to‘qnashuv nafaqat
individual, balki sivilizatsion darajadagi muammo sifatida namoyon bo‘ladi.
Kalit so‘zlar:
huquqiy ong dialektikasi, vijdoniy determinantlar, huquqiy kolliziya,
normativ legitimlik, aksiologik mezonlar, huquqiy mentalitet, etik imperativ, shaxsiy mas’uliyat,
axloqiy-huquqiy dichotomiya, huquqiy identifikatsiya, ichki ongiy dissonans, huquqiy refleksiya,
metayuridik interpretatsiya, falsafiy-antinomik qarashlar, huquqiy epistemologiya, vijdoniy
kontradiktsiya, huquqiy diskurs, normativ ekstrapolyatsiya, etik kompas, huquqiy refleksologiya,
gumanistik paradoks, huquqiy transcendensiya, axloqiy immanensiya, huquqiy arxetiplar,
shaxsiy legitimlik, huquqiy tafakkur psixologiyasi.
THE INTEGRAL CONFLICT BETWEEN LEGAL CONSCIOUSNESS AND
CONSCIENCE
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
107
Abstract.
This scientific article analyzes the dialectical-antagonistic relationship between
legal consciousness and conscience at the conceptual level. The focus of the research is on the
conflicts that arise between the legitimacy of the normative-legal system and the axi-normative
imperatives of personal conscience. This conflict, by its nature, is not only a modern
manifestation of the historical contradiction between positive law and natural law, but also one
of the deepest ontological and axiological problems of human legal thought. The article
compares such fundamental concepts as legal positivism, ius naturale, ratio legis, conscientia
moralis, and highlights their theoretical and practical consequences. Doctrinal-analytical,
comparative-legal, as well as phenomenological-psychological methodologies are combined in
the research process. Through such an integrative approach, the processes of dissonance and
resonance between the normative constructions of legal consciousness and the ethical-
imperative decision-making mechanisms of conscience are revealed. The analysis shows that
legal consciousness is a set of normative obligations imposed by the social system, while
conscience is an internal transcendental instance of a person, that is, a moral imperative that
exists independently of legal orders. Their conflict causes a crisis of legitimacy in society, and
moral dissonance and psychological fragmentation in the individual. The article also provides a
comparative analysis of the institutions of legal objection based on conscience in civil law and
common law systems. As a result, universal forms of contradiction between legal norms and
conscientious imperatives are identified, and proposals are developed based on the principles of
proportionalitas, subsidiaritas, and humanitas iuris, which serve to mitigate this conflict.
Theoretically, this study deepens the convergence of the philosophy of law and the
psychology of law, and practically indicates the need to reinterpret the institutions of justice
based on the criteria of humanism and axi-legal stability. Thus, the conflict between legal
consciousness and conscience is manifested not only as a problem of the individual, but also of
the civilizational level.
Keywords:
dialectics of legal consciousness, conscientious determinants, legal collision,
normative legitimacy, axiological criteria, legal mentality, ethical imperative, personal
responsibility, moral-legal dichotomy, legal identification, internal mental dissonance, legal
reflection, meta-legal interpretation, philosophical-antinomic views, legal epistemology,
conscientious contradiction, legal discourse, normative extrapolation, ethical compass, legal
reflexology, humanistic paradox, legal transcendence, moral immanence, legal archetypes,
personal legitimacy, psychology of legal thinking.
ИНТЕГРАЛЬНЫЙ КОНФЛИКТ МЕЖДУ ПРАВОСОЗНАНИЕМ И СОВЕСТЬЮ
Аннотация.
В
данной
научной
статье
анализируются
диалектико-
антагонистические отношения между правосознанием и совестью на концептуальном
уровне. Основное внимание в исследовании уделяется конфликтам, возникающим между
легитимностью
нормативно-правовой
системы
и
аксиально-нормативными
императивами личной совести. Этот конфликт по своей природе является не только
современным проявлением исторического противоречия между позитивным и
естественным правом, но и одной из глубочайших онтологических и аксиологических
проблем человеческой правовой мысли. В статье сопоставляются такие
фундаментальные понятия, как юридический позитивизм, ius naturale, ratio legis,
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
108
conscientia moralis, и выделяются их теоретические и практические последствия. В
процессе исследования сочетаются доктринально-аналитическая, сравнительно-
правовая, а также феноменологически-психологическая методологии. Благодаря такому
интегративному подходу раскрываются процессы диссонанса и резонанса между
нормативными конструкциями правосознания и этико-императивными механизмами
принятия решений совестью. Анализ показывает, что правосознание представляет собой
совокупность нормативных обязательств, налагаемых социальной системой, а совесть –
это внутренняя трансцендентная инстанция человека, то есть моральный императив,
существующий независимо от правовых порядков. Их конфликт порождает кризис
легитимности в обществе, моральный диссонанс и психологическую раздробленность
личности. В статье также проводится сравнительный анализ институтов правового
возражения, основанного на совести, в системах гражданского и общего права. В
результате выявляются универсальные формы противоречия между правовыми нормами
и сознательными императивами, а также разрабатываются предложения, основанные
на принципах пропорциональности, субсидиарности и гуманности права, направленные на
смягчение этого противоречия. Теоретически данное исследование углубляет сближение
философии права и психологии права, а на практике указывает на необходимость
переосмысления институтов правосудия, основанных на критериях гуманизма и
аксиально-правовой стабильности. Таким образом, конфликт между правосознанием и
совестью проявляется не только как проблема индивидуального, но и цивилизационного
уровня.
Ключевые слова:
диалектика правосознания, сознательные детерминанты,
правовая коллизия, нормативная легитимность, аксиологические критерии, правовая
ментальность, этический императив, личная ответственность, морально-правовая
дихотомия, правовая идентификация, внутренний ментальный диссонанс, правовая
рефлексия, метаправовая интерпретация, философско-антиномические взгляды,
правовая
эпистемология,
сознательное
противоречие,
юридический
дискурс,
нормативная
экстраполяция,
этический
компас,
правовая
рефлексология,
гуманистический парадокс, правовая трансцендентность, моральная имманентность,
правовые архетипы, личная легитимность, психология правового мышления.
Kirish
Insoniyat taraqqiyoti shuni ko‘rsatadiki, huquqiy ong va vijdon o‘rtasidagi uzviy
aloqadorlik ijtimoiy hayotning eng murakkab dialektik ko‘rinishlaridan biridir. O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi jamiyatning asosiy qonuni sifatida insonning sha’ni, qadriyati
va huquqiy erkinliklarini oliy darajadagi huquqiy tamoyil sifatida belgilaydi. Konstitutsiyaning
13-moddasida: “Inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari
oliy qadriyat hisoblanadi”, deb mustahkamlab qo‘yilgan. Bu nafaqat tashqi normativ tartibning
poydevorini, balki shaxsning ichki dunyosi — vijdoniy ehtiroslari bilan ham bevosita bog‘liqdir.
Zero, huquqiy ongning mazmuni qonun ustuvorligini tan olishda, vijdonning esa shaxsiy
axloqiy kompas sifatida huquqiy normalarni ichki baholashda namoyon bo‘ladi. O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi va amaldagi qonunlari fuqarolarning vijdon erkinligini ham
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
109
konstitutsiyaviy kafolat sifatida e’tirof etadi. 2021-yil 5-iyulda qabul qilingan “Vijdon erkinligi
va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonun (yangi tahrir) vijdon erkinligini huquqiy asos sifatida
belgilab, fuqarolarning dinga bo‘lgan munosabati, diniy e’tiqod va qarashlarni tanlash erkinligini
ta’minlaydi. Bu qonun vijdonning huquqiy ong bilan munosabatidagi o‘rni va ahamiyatini
yanada mustahkamlagan holda, davlat siyosatida huquqiy madaniyat va huquqiy ongni
shakllantirish masalalarini ham yoritib beradi. 2025-yil 25-fevralda esa “Fuqarolarning vijdon
erkinligini ta’minlash hamda diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi” tasdiqlanib, vijdoniy
determinantlarning huquqiy tizimdagi real o‘rni strategik darajaga ko‘tarildi. Biroq huquqiy
ongning tashqi majburiyatlari bilan vijdonning ichki e’tiqodlari har doim ham uyg‘unlikda
kechmaydi. Insonning huquqiy refleksiyasi ko‘pincha vijdoniy qarorlar bilan kesishganda ichki
ongiy dissonans, huquqiy kolliziya va psixologik to‘qnashuvlarni yuzaga keltiradi. Masalan,
qonuniy jihatdan majburiy bo‘lgan qarorlar vijdoniy jihatdan etik maqbul bo‘lmasligi mumkin.
Yoki aksincha, vijdoniy majburiyatni ado etish qonuniy me’yorlarni buzishga olib keladi.
Bu holatlar nafaqat huquqiy ong va vijdon o‘rtasidagi uzviy to‘qnashuvni, balki shaxsiy
mas’uliyat va normativ legitimlikning ichki dialektikasini ham yaqqol ko‘rsatadi.
Huquqshunoslik nuqtayi nazaridan bu jarayonni tahlil qilish juda zarur. Chunki huquqiy
ong davlat va jamiyat o‘rtasida me’yoriy ko‘prik vazifasini bajarsa, vijdon — insonning axloqiy-
aksiologik dunyosini boshqaruvchi ichki mexanizm sifatida uning huquqiy xulqini belgilaydi.
Shu bois, huquqiy ong va vijdonning to‘qnashuvi huquqiy tafakkur psixologiyasi,
huquqiy madaniyat, 0sud amaliyoti va hatto ijtimoiy legitimlikning epistemologik asoslari uchun
ham muhim masaladir. Maqolamizda ushbu fenomen nafaqat nazariy-falsafiy nuqtayi nazardan,
balki O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari, davlat siyosati hujjatlari va zamonaviy
huquqiy-psixologik konsepsiyalar asosida o‘rganiladi. Shu orqali biz huquqiy ong va vijdon
o‘rtasidagi uzviy to‘qnashuvning ijtimoiy-huquqiy oqibatlarini, shaxs ruhiyatidagi psixologik
mexanizmlarini hamda davlat-huquq tizimida bu jarayonni tartibga soluvchi institutsional
yechimlarni yoritamiz.
Xulosa: Huquqiy ong va vijdon o‘rtasidagi uzviy to‘qnashuv masalasi — insoniyatning
azaliy ijtimoiy-madaniy rivojlanish yo‘lida eng dolzarb va murakkab fenomenlardan biri sifatida
maydonga chiqadi. Zero, huquqiy ong davlat tomonidan yaratilgan rasmiy me’yoriy tizim bo‘lsa,
vijdon insonning ichki ma’naviy o‘lchovi, qalb va ong birligidan kelib chiqadigan ilohiy va
tabiiy qadriyatdir. Shu sababli, bu ikki tushuncha bir-birini inkor etmasdan, aksincha, o‘zaro
uyg‘unlikda mavjud bo‘lishi zarur. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasida
“Inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni va qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanadi” deb
belgilangan. Bu norma shuni anglatadiki, davlatning huquqiy me’yorlari inson vijdonining eng
asosiy talabi — adolat, erkinlik va inson sha’nini hurmat qilish bilan uzviy bog‘liq bo‘lmog‘i
lozim. Agar huquqiy ong vijdonni chetlab o‘tsa yoki unga zid kelib qolsa, jamiyatda qonun
ustuvorligi va ijtimoiy adolat tamoyillari zaiflashadi, inson huquqlarini ta’minlashda bo‘shliqlar
yuzaga keladi. O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi
Qonunida (2017-yil 3-yanvar) davlat organlari faoliyatida oshkoralik, qonuniylik va adolat
tamoyillari alohida urg‘u bilan qayd etilgan. Bu esa huquqiy ongning faqatgina hujjatlar majmui
emas, balki vijdoniy poklik va halollik bilan qo‘llanishini talab qiladi. Chunki qonunlarni quruq
formalizmda qo‘llash emas, balki ularning ruhiga — adolat va halollikka sodiqlik jamiyatni
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
110
chinakam taraqqiyot sari yetaklaydi. Psixologik nuqtai nazardan qaralganda, inson vijdoni doimo
uning axloqiy tanlovlarida “ichki hakam” sifatida ishtirok etadi. Agar huquqiy ong jamiyatda
tashqi tartibni saqlashga xizmat qilsa, vijdon shaxsning ichki axloqiy tartibotini boshqaradi.
Demak, bu ikki kuch uyg‘unlashganda, davlat qonunlari faqatgina tashqi majburlov
vositasi bo‘lib qolmay, balki insonlarning ichki ishonchi va adolatga bo‘lgan e’tiqodi bilan
mustahkamlanadi. Shunday qilib, huquqiy ong va vijdon o‘rtasidagi uzviy to‘qnashuvni yengib
o‘tishning yagona yo‘li — ular o‘rtasida muvozanat va uyg‘unlikni ta’minlashdir. Davlat
qonunlari inson vijdoniga tayanib, adolat va halollikni oliy qadriyat sifatida ifodalashi, vijdon
esa huquqiy ongni insonparvarlik mezonlari bilan boyitib, uni hayotga tatbiq etishda ichki
boshqaruv mexanizmi bo‘lib xizmat qilishi zarur.
Xulosa qilib aytganda, adolatning oliy cho‘qqisi — bu huquqiy ong va vijdonning bir
butun holda ishlashidir. Bu uyg‘unlik mavjud bo‘lgan jamiyatda nafaqat qonun ustuvorligi, balki
haqiqiy ijtimoiy barqarorlik va ma’naviy poklik ta’minlanadi. Shu ma’noda, O‘zbekistonning
yangi taraqqiyot strategiyasida huquqiy ongni yuksaltirish bilan bir qatorda, inson vijdonini
qadrlash va uni jamiyat rivojining asosiy tayanchi sifatida e’tirof etish eng dolzarb vazifalardan
biri bo‘lib qolaveradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: Adolat, 2023.
2.
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni. –
2017-yil 3-yanvar, O‘RQ–419.
3.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. – 2020-yil 23-sentabr,
O‘RQ–637.
4.
Mirziyoyev Sh.M. “Yangi O‘zbekiston strategiyasi”. – Toshkent: O‘zbekiston, 2021.
5.
Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008.
6.
Normatov U., Qodirov A. “Huquq falsafasi: nazariy asoslari va amaliy tatbiqlari”. –
Toshkent: TDYU nashriyoti, 2019.
7.
Boboyev X., Jo‘rayev O. “Davlat va huquq nazariyasi”. – Toshkent: TDYU, 2018.
8.
Rawls J. “A Theory of Justice”. – Cambridge, MA: Harvard University Press, 1999.
9.
Fuller L. “The Morality of Law”. – Yale University Press, 1969.
10.
Hart H.L.A. “The Concept of Law”. – Oxford: Clarendon Press, 1994.
