Authors

  • M Ashurova
  • U Maxamatov
  • R Xaitov
  • K Saydullayeva
  • X. Xojimatov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.137219

Keywords:

Healthy eating Safe eating Nutrient balance Dietary control Food safety Sanitary standards Hygienic requirements Eating culture.

Abstract

This article scientifically analyzes the issues of organizing healthy and safe nutrition for children and adolescents studying in secondary schools. The study highlights the importance of the age-related physiological characteristics of the child's body, nutrition, and energy and nutrient balance in healthy development. The need to comply with hygienic requirements, sanitary standards, and food safety standards during food preparation in school canteens is substantiated. At the same time, the negative impact of malnutrition on the physical and mental development of students, problems such as vitamin deficiency, overweight, and underweight are analyzed. The article contains practical recommendations for improving the school nutrition system, strengthening dietary control, and forming a healthy eating culture among students. The results of the study serve to promote a healthy lifestyle in secondary schools and strengthen children's health.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

177

UMUMTALIM MAKTABLARIDA TARBIYALANAYOTGAN BOLALAR VA

O'SMIRLARNI SOG'LOM VA XAVFSIZ OVQATLANISHI TASHKIL ETISH

M. Ashurova

Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti

Ovqatlanish, bolalar va o'smirlar gigiyenasi kafedrasi.

U. Maxamatov

Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti

Ovqatlanish, bolalar va o'smirlar gigiyenasi kafedrasi.

R. Xaitov

Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti

Ovqatlanish, bolalar va o'smirlar gigiyenasi kafedrasi.

K. Saydullayeva

Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti

Ovqatlanish, bolalar va o'smirlar gigiyenasi kafedrasi.

X. Xojimatov

Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti

Ovqatlanish, bolalar va o'smirlar gigiyenasi kafedrasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17308524

Annotatsiya.

Mazkur maqolada umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan bolalar va

o‘smirlarning sog‘lom hamda xavfsiz ovqatlanishini tashkil etish masalalari ilmiy jihatdan tahlil
qilingan. Tadqiqotda bolalar organizmining yosh fiziologik xususiyatlari, ovqatlanish tartibi,
energiya va ozuqa moddalari balansining sog‘lom rivojlanishdagi ahamiyati yoritilgan. Maktab
oshxonalarida ovqat tayyorlash jarayonida gigiyenik talablar, sanitariya me’yorlari va oziq-
ovqat xavfsizligi standartlariga rioya etish zarurligi asoslab berilgan. Shu bilan birga, noto‘g‘ri
ovqatlanishning o‘quvchilarning jismoniy va ruhiy rivojlanishiga salbiy ta’siri, vitamin
yetishmovchiligi, ortiqcha vazn va kamquvvatlik kabi muammolar tahlil qilingan. Maqola
maktab ovqatlanish tizimini takomillashtirish, dietologik nazoratni kuchaytirish va
o‘quvchilarda sog‘lom ovqatlanish madaniyatini shakllantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni o‘z
ichiga oladi. Tadqiqot natijalari umumta’lim muassasalarida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib
qilish hamda bolalar salomatligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar:

Sog‘lom ovqatlanish, Xavfsiz ovqatlanish, Ozuqa moddalari balansi,

Dietologik nazorat, Oziq-ovqat xavfsizligi, Sanitariya me’yorlari, Gigiyenik talablar,
Ovqatlanish madaniyati.

ORGANIZATION OF HEALTHY AND SAFE NUTRITION OF CHILDREN AND

ADOLESCENTS EDUCATED IN GENERAL SCHOOLS

Abstract.

This article scientifically analyzes the issues of organizing healthy and safe

nutrition for children and adolescents studying in secondary schools. The study highlights the
importance of the age-related physiological characteristics of the child's div, nutrition, and
energy and nutrient balance in healthy development. The need to comply with hygienic
requirements, sanitary standards, and food safety standards during food preparation in school
canteens is substantiated. At the same time, the negative impact of malnutrition on the physical
and mental development of students, problems such as vitamin deficiency, overweight, and


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

178

underweight are analyzed. The article contains practical recommendations for improving the
school nutrition system, strengthening dietary control, and forming a healthy eating culture
among students. The results of the study serve to promote a healthy lifestyle in secondary schools
and strengthen children's health.

Keywords:

Healthy eating, Safe eating, Nutrient balance, Dietary control, Food safety,

Sanitary standards, Hygienic requirements, Eating culture.

ОРГАНИЗАЦИЯ ЗДОРОВОГО И БЕЗОПАСНОГО ПИТАНИЯ ДЕТЕЙ И

ПОДРОСТКОВ, ОБУЧАЮЩИХСЯ В ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ШКОЛАХ

Аннотация.

В статье научно проанализированы вопросы организации здорового и

безопасного питания детей и подростков, обучающихся в общеобразовательных
учреждениях. Подчеркивается важность возрастных физиологических особенностей
организма ребенка, питания, а также баланса энергии и питательных веществ для
здорового развития. Обоснована необходимость соблюдения гигиенических требований,
санитарных норм и стандартов безопасности пищевых продуктов при приготовлении
пищи в школьных столовых. Анализируется негативное влияние неполноценного питания
на физическое и психическое развитие учащихся, такие проблемы, как дефицит
витаминов, избыточная и недостаточная масса тела. В статье даны практические
рекомендации по совершенствованию системы школьного питания, усилению контроля за
питанием и формированию культуры здорового питания учащихся. Результаты
исследования

направлены

на

формирование

здорового

образа

жизни

в

общеобразовательных учреждениях и укрепление здоровья детей.

Ключевые слова:

Здоровое питание, Безопасное питание, Сбалансированность

питательных веществ, Контроль питания, Безопасность пищевых продуктов,
Санитарные нормы, Гигиенические требования, Культура питания.

Kirish

Bugungi kunda yosh avlodning sog‘lom rivojlanishini ta’minlash jamiyat taraqqiyotining

eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, umumta’lim maktablarida ta’lim olayotgan
bolalar va o‘smirlarning to‘g‘ri, sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etish masalasi davlat
siyosati darajasida e’tiborga olinmoqda. Chunki bu yosh davrida organizm intensiv o‘sish va
rivojlanish jarayonini boshdan kechiradi, bu esa oqsil, yog, uglevodlar, vitaminlar va mineral
moddalarga bo‘lgan ehtiyojning yuqori bo‘lishini taqozo etadi. Oziqlanish sifati nafaqat
bolalarning jismoniy holatiga, balki ularning aqliy faoliyati, o‘qishdagi faolligi, immunitet
darajasi hamda umumiy ijtimoiy moslashuv qobiliyatiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu
sababli, maktab muassasalarida sog‘lom ovqatlanish tizimini yo‘lga qo‘yish, ovqat tayyorlash
jarayonlarining gigiyenik xavfsizligini ta’minlash va ratsional menyu ishlab chiqish dolzarb
masala bo‘lib qolmoqda.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida ta’lim muassasalarida bolalar sog‘lig‘ini

mustahkamlash va ularning ovqatlanish sifatini yaxshilashga qaratilgan qator normativ-huquqiy
hujjatlar qabul qilindi. Jumladan, “Sog‘lom ovqatlanish to‘g‘risida”gi qonun, “Sog‘lom avlod
uchun” dasturi hamda Xalq ta’limi vazirligining o‘quvchilar uchun muvozanatli ovqatlanishni
yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tavsiyalari shular jumlasidandir.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

179

Shu bilan birga, amaliyotda ayrim muammolar, xususan, ovqatlanish menyusining bir

xilligi, mahsulotlar sifatining pastligi, sanitariya-gigiyena talablariga to‘liq rioya qilinmasligi
kabi holatlar ham uchramoqda. Bu esa bolalar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, ularning
o‘sish sur’atini sekinlashtirishi va turli metabolik buzilishlarga olib kelishi mumkin. Mazkur
maqolada umumta’lim maktablarida sog‘lom va xavfsiz ovqatlanish tizimini tashkil etishning
ilmiy-amaliy asoslari, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi.

Shuningdek, bolalar va o‘smirlar organizmining fiziologik ehtiyojlariga mos ravishda

ovqatlanish ratsionini tuzish tamoyillari va zamonaviy gigiyenik talablar asosida maktab
oshxonalarining faoliyatini takomillashtirish masalalari yoritiladi

Assosiy qism

Bolalar va o‘smirlar organizmi faol o‘sish va rivojlanish bosqichida bo‘lgani uchun

ularning metabolik jarayonlari kattalarnikiga nisbatan ancha faol kechadi. Shu sababli energiya,
oqsil, yog‘, uglevodlar, vitaminlar va mineral moddalarga bo‘lgan ehtiyoj ham yuqori bo‘ladi.

O‘smirlik davrida organizmda gormonal o‘zgarishlar yuz beradi, bu esa ovqatlanish

muvozanatini ta’minlashni yanada muhim qiladi. Ayniqsa, kaltsiy, temir, fosfor, rux va yod kabi
mikroelementlarning yetarli miqdorda iste’mol qilinishi suyak va mushak to‘qimalarining to‘liq
shakllanishini ta’minlaydi. Noto‘g‘ri yoki yetarli bo‘lmagan ovqatlanish esa o‘sishning
sekinlashuvi, immunitetning pasayishi, anemiya, semirish yoki modda almashinuvi buzilishlariga
sabab bo‘ladi. Shu bois har bir yosh toifasi uchun individual fiziologik me’yorlar asosida
ovqatlanish ratsioni ishlab chiqilishi zarur.

Sog‘lom ovqatlanish bu – organizmning energiya va oziq moddalarga bo‘lgan ehtiyojini

to‘liq va muvozanatli tarzda ta’minlovchi ovqatlanish tizimidir. Bu tizimning asosiy talabi -
oqsil, yog‘ va uglevodlar o‘rtasidagi nisbatning fiziologik me’yorlarga muvofiq bo‘lishidir.

Bolalar uchun tavsiya etiladigan nisbati 1:1:4 tarzida belgilanadi, ya’ni har bir gramm

oqsilga bitta yog‘ va to‘rtta uglevod to‘g‘ri keladi. Gigiyenik jihatdan esa ovqatlar yangi, sifatli
mahsulotlardan tayyorlanishi, harorat rejimi saqlanishi va mikrobiologik xavfsizlik talablariga
to‘liq rioya etilishi kerak. Suv sifati ham ovqatlanish gigiyenasida muhim o‘rin tutadi, chunki
iflos suv orqali infeksion kasalliklar tarqalish xavfi yuqori. Shu sababli maktab oshxonalarida
suv filtrlash, mahsulotlarni yuvish, saqlash va pishirish sharoitlari qat’iy nazorat qilinishi kerak.

Maktab ovqatlanish tizimi bolalar salomatligi uchun mas’ul ijtimoiy tizimlardan biridir.
Uni tashkil etishda ratsional menyu, sifat nazorati va gigiyenik xavfsizlik ustuvor bo‘lishi

lozim. Zamonaviy yondashuvlar orasida kaloriyalangan menyu tuzish, bolalarning yosh, jins va
jismoniy faolligiga mos porsiyalar belgilash, ovqatlanish vaqtining aniq rejasini joriy etish kabi
choralar mavjud. Har bir maktabda issiq nonushta yoki tushlik tizimi yo‘lga qo‘yilishi kerak,
bunda parhezbop, vitaminlarga boy va allergiya chaqirmaydigan mahsulotlar ishlatiladi.
Shuningdek, raqamli nazorat tizimlarini kiritish orqali mahsulot kelib chiqishi, yaroqlilik
muddati va pishirish sifati ustidan monitoring olib borish samarali natija beradi. Bu nafaqat
ovqat sifati, balki bolalar salomatligi bo‘yicha tibbiy ko‘rsatkichlarni kuzatishda ham foydalidir.

Sanitariya-gigiyena qoidalari maktab oshxonalarida sog‘lom ovqatlanishning asosiy

kafolati hisoblanadi. Oshxona xodimlari shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilishi, maxsus
kiyimda ishlashi va tibbiy ko‘rikdan o‘tgan bo‘lishi zarur. Mahsulotlarni saqlash harorati, kesish
va pishirish vositalarining tozaligi, chiqindilarning to‘g‘ri chiqarilishi qat’iy nazorat qilinishi


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

180

kerak. Issiq taomlar 60°C dan past haroratda uzoq saqlanmasligi, sovuq ovqatlar esa 10°C dan
yuqori haroratda turmasligi lozim. Oshxonalarda zararkunandalarga qarshi profilaktik ishlovlar
muntazam olib borilishi shart. Sog‘lom muhit bolalarning infeksion kasalliklardan himoya
qilinishini ta’minlaydi. Bularning barchasi gigiyena nazoratini kuchaytirish, oshxona xodimlarini
maxsus tayyorlash va nazorat laboratoriyalarini joriy etishni talab qiladi.

Har bir bolaning energiya sarfi uning yoshi, jinsi va jismoniy faolligiga bog‘liq. Odatda

boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga kuniga 1800–2100 kkal, o‘rta sinflarga 2200–2500 kkal, yuqori
sinflarga esa 2600–2800 kkal energiya tavsiya etiladi. Bu miqdor oqsil, yog‘ va uglevodlarning
to‘g‘ri nisbatda bo‘lishi orqali ta’minlanadi. Shuningdek, A, B guruhi vitaminlari, C, D va E
vitaminlari bolalar immuniteti hamda asab tizimi faoliyati uchun zarur hisoblanadi. Ovqatlanish
tarkibida sut mahsulotlari, go‘sht, baliq, sabzavot, meva va donli mahsulotlar doimiy bo‘lishi
lozim. Monoton menyu yoki tez tayyor ovqatlar bolalar salomatligiga zarar yetkazishi, semirish,
gipovitaminoz va oshqozon-ichak muammolariga olib kelishi mumkin. Shu sababli, maktab
ovqatlanishida energiya balansini saqlash muhim vazifa hisoblanadi. Sog‘lom ovqatlanish
nafaqat jismoniy salomatlik, balki bolalarning psixologik holati va o‘quv faoliyatiga ham katta
ta’sir ko‘rsatadi. To‘yimli nonushta qilgan bola dars jarayonida faolroq, diqqat-e’tibori yuqori va
kayfiyati barqaror bo‘ladi. Shu sababli maktab ovqatlanish tizimi bolalarda sog‘lom turmush
tarzini shakllantirish vositasi sifatida qaraladi. Ovqatlanish jarayonida bolalar gigiyena
madaniyatiga o‘rganadi, jamoaviy muhitda o‘zini tutish, me’yorda iste’mol qilish ko‘nikmalarini
hosil qiladi. Shu bilan birga, sog‘lom ovqatlanish ijtimoiy tenglikni ta’minlashda ham muhim,
chunki barcha bolalar bir xil sifatli ovqatdan bahramand bo‘ladi. Bu holat ularning ruhiy
barqarorligini oshiradi va sog‘lom ijtimoiy muhitni yaratadi.

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda davlat nazorati, laboratoriya tahlillari va

sertifikatlashtirish tizimi muhim rol o‘ynaydi. Maktab oshxonalariga yetkaziladigan barcha
mahsulotlar sanitariya-epidemiologik xulosaga ega bo‘lishi zarur. Mahsulotlarning kelib chiqish
manbasi, ishlab chiqarish sanasi va saqlash muddati qat’iy nazorat qilinadi. Tahlil
laboratoriyalarida mikrobiologik, kimyoviy va toksikologik testlar o‘tkazilib, bolalar uchun
xavfsizligi tasdiqlanadi. Shuningdek, har bir maktabda oziq-ovqat sifatini monitoring qilish
tizimi yo‘lga qo‘yilishi kerak. Bu tizimda mas’ul shaxslar kunlik oziqlanish jarayonini nazorat
qiladi va shikoyatlar bazasini yuritadi. Raqamli texnologiyalar yordamida oziq-ovqat xavfsizligi
bo‘yicha real vaqt monitoringi amalga oshirilsa, bu tizimning ishonchliligi yanada ortadi.

Kelajakda maktab ovqatlanish tizimini takomillashtirish uchun bir nechta yo‘nalishlar

bo‘yicha islohotlar zarur. Avvalo, ovqatlanish standartlarini xalqaro gigiyena me’yorlariga
moslashtirish, menyularni dietologlar bilan birgalikda ishlab chiqish talab etiladi. Mahalliy
ekologik toza mahsulotlardan foydalanish, o‘quvchilar uchun sog‘lom nonushta dasturlarini
kengaytirish muhim. Shuningdek, bolalarda to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatini shakllantirish
uchun maxsus darslar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish lozim. Maktab oshxonalarini zamonaviy
texnika bilan jihozlash, xodimlarni malaka oshirish kurslariga yuborish ham tizim
samaradorligini oshiradi. Eng muhimi, sog‘lom ovqatlanish masalasi tibbiy, pedagogik va
ijtimoiy yo‘nalishlarning hamkorligi asosida hal etilishi kerak. Shu tarzda kelajak avlodning
salomatligi va rivojlanishi uchun mustahkam zamin yaratiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

181

Muhokama

Tadqiqot davomida olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, umumta’lim maktablarida

sog‘lom va xavfsiz ovqatlanish tizimini tashkil etish ko‘p tarmoqli yondashuvni talab etadi.

Bolalar va o‘smirlar organizmining fiziologik xususiyatlari, ularning yoshga oid o‘sish

sur’atlari hamda energiya sarfi farqlanishi ovqatlanish me’yorlarini alohida ishlab chiqishni
taqozo etadi. Amaliy kuzatuvlar shuni isbotlaydiki, maktab oshxonalarida taomlar sifati, gigiyena
holati va ovqatlanish ratsioni ko‘p hollarda belgilangan standartlarga to‘liq javob bermaydi.

Ayrim hollarda menyu bir xil, vitaminlar yetarli darajada bo‘lmaydi yoki issiq ovqatlar

har kuni taqdim etilmaydi. Bu holat bolalar salomatligida anemiya, gipovitaminoz, semirish,
surunkali charchoq kabi muammolarga olib kelmoqda. Mavjud kamchiliklar asosan uch
yo‘nalishda aniqlanadi: birinchidan, ovqatlanish jarayonining sanitariya-gigiyenik nazorati
sustligi; ikkinchidan, mahsulotlar sifati va yaroqlilik muddati ustidan doimiy monitoring
tizimining yo‘qligi; uchinchidan, bolalarda to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatining yetarli
shakllanmaganligi. Shu bilan birga, ayrim maktablarda ijobiy tajribalar ham kuzatilmoqda.

Masalan, sog‘lom menyu asosida ovqat tayyorlash, ekologik toza mahsulotlardan

foydalanish, parhezli taomlar ro‘yxatini kiritish va raqamli monitoring tizimini joriy etish
natijasida o‘quvchilarda me’yoriy vazn va faol o‘qish ko‘rsatkichlari yaxshilangani aniqlangan.

Muhokama jarayonida aniqlanganki, sog‘lom ovqatlanish tizimini samarali yo‘lga

qo‘yish uchun ta’lim, tibbiyot va sanitariya sohalarining o‘zaro integratsiyasi zarur. Maktab
rahbariyati, tibbiyot xodimlari va ota-onalar o‘rtasida muntazam hamkorlik o‘rnatilsa,
ovqatlanish sifatini boshqarish yanada natijador bo‘ladi. Xususan, dietolog va pediatrlar
tomonidan o‘quvchilarning yoshiga, jismoniy faolligiga va sog‘lig‘iga mos individual ratsionlar
ishlab chiqilishi muhim. Bundan tashqari, o‘quvchilar orasida sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha
ma’rifiy ishlarni yo‘lga qo‘yish ularning oziqlanish madaniyatini mustahkamlaydi. Umuman
olganda, muhokama natijalari shuni ko‘rsatadiki, sog‘lom ovqatlanish tizimini samarali tashkil
etish orqali bolalar salomatligini mustahkamlash, o‘quv faoliyatini yaxshilash va kelajak
avlodning intellektual salohiyatini oshirish mumkin.

Natija

O‘tkazilgan ilmiy tahlillar asosida quyidagi xulosalarga kelindi:

1.

Bolalar va o‘smirlarning sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash ularning jismoniy

rivojlanishi, immun tizimi faoliyati va o‘quv faoliyati samaradorligi bilan bevosita bog‘liq.

2.

Umumta’lim maktablarida ovqatlanish tizimini tashkil etishda fiziologik ehtiyojlar,

gigiyenik talablar va oziq-ovqat xavfsizligi me’yorlariga qat’iy rioya etilishi zarur.

3.

Ovqatlanish jarayonini boshqarishda davlat standartlari, sanitariya qoidalari va tibbiy

nazorat mexanizmlari to‘liq ishlashi ta’minlanishi lozim.

4.

Maktab oshxonalarini zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlash, xodimlarning

malakasini oshirish va raqamli monitoring tizimini joriy etish oziq-ovqat xavfsizligini
kafolatlaydi.

5.

Bolalarda to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatini shakllantirish uchun ma’rifiy va tarbiyaviy

ishlarni kuchaytirish muhim ahamiyatga ega.

6.

Ota-onalar, pedagoglar va tibbiy xodimlarning hamkorligi sog‘lom ovqatlanish tizimining

barqarorligini ta’minlaydi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

182

7.

Sog‘lom ovqatlanish tizimini ilmiy asosda takomillashtirish orqali o‘quvchilar orasida

ovqatga bog‘liq kasalliklarning kamayishi, umumiy sog‘lomlik ko‘rsatkichlarining oshishi
kutiladi.

8.

Kelgusida maktablarda sog‘lom ovqatlanish dasturlarini milliy mahsulotlar asosida ishlab

chiqish, ekologik tozalikka e’tibor qaratish va har bir hududning o‘ziga xos oziqlanish
an’analarini inobatga olish zarur.

Yakuniy natija sifatida aytish mumkinki, sog‘lom va xavfsiz ovqatlanish tizimi – bu faqat

oshxona faoliyatini yaxshilash emas, balki yosh avlodning sog‘lig‘ini, aqliy salohiyatini va hayot
sifati darajasini belgilovchi strategik omildir. Shu sababli, umumta’lim maktablarida ovqatlanish
tizimini takomillashtirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida doimiy
e’tiborda bo‘lishi kerak.

Xulosa

Umumta’lim maktablarida sog‘lom va xavfsiz ovqatlanish tizimini yo‘lga qo‘yish

bugungi kunda ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarining eng muhim vazifalaridan biridir. Tadqiqot
natijalari shuni ko‘rsatadiki, bolalar va o‘smirlarning to‘g‘ri ovqatlanishi ularning jismoniy
o‘sishi, aqliy faolligi, immuniteti hamda umumiy salomatligi bilan uzviy bog‘liq. Sog‘lom
ovqatlanish tizimini shakllantirishda asosiy e’tibor mahsulot sifati, gigiyenik xavfsizlik, ratsional
menyu tuzish va tibbiy nazoratga qaratilishi lozim.

Amaliy kuzatuvlar asosida aniqlanganki, maktab oshxonalarida gigiyena me’yorlarini

to‘liq bajarish, mahsulotlarni to‘g‘ri saqlash va pishirish texnologiyasiga rioya etish natijasida
o‘quvchilarda ovqatlanish bilan bog‘liq kasalliklar soni kamayadi. Bunda o‘quvchi
organizmining fiziologik ehtiyojlariga mos energiya va oziq moddalarga ega menyularni ishlab
chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, bolalarda sog‘lom ovqatlanish madaniyatini
shakllantirish, noto‘g‘ri oziqlanish oqibatlari haqida ma’rifiy targ‘ibot ishlarini olib borish zarur.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, sog‘lom ovqatlanish tizimi maktab muhitining ajralmas

qismi bo‘lib, u faqat ovqatlanish jarayonini emas, balki bolalar salomatligini saqlash, ularning
psixologik barqarorligini mustahkamlash va ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Shu
sababli, sog‘lom ovqatlanish siyosatini maktab miqyosida emas, balki davlat darajasida
kompleks tarzda tashkil etish va ilmiy asoslangan nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish zarur.


Foydalanilgan adabiyotlar

1.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi. “Maktab o‘quvchilarining sog‘lom
ovqatlanish me’yorlari bo‘yicha metodik qo‘llanma”. – Toshkent, 2023.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori. “Ta’lim muassasalarida
ovqatlanish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”. – PQ–5123-son, 2021-yil 15-mart.

3.

Karimova, M. va Rasulov, A. “Bolalar va o‘smirlar fiziologiyasi”. – Toshkent: Tibbiyot
nashriyoti, 2022.

References

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi. “Maktab o‘quvchilarining sog‘lom ovqatlanish me’yorlari bo‘yicha metodik qo‘llanma”. – Toshkent, 2023.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori. “Ta’lim muassasalarida ovqatlanish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”. – PQ–5123-son, 2021-yil 15-mart.

Karimova, M. va Rasulov, A. “Bolalar va o‘smirlar fiziologiyasi”. – Toshkent: Tibbiyot nashriyoti, 2022.