Authors

  • Shirin Bazarova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.137231

Keywords:

Ta’lim tizimi pedagogik nizo boshlang’ich ta’lim o’qituvchi odob-axloq “Mahbub – ul – qulub”.

Abstract

Mazkur maqolada boshlang’ich ta’lim jarayonida o’qituvchi faoliyatida pedagogik nizolarni kelib chiqish sabablari va oldini olish omillari haqida fikr-mulohazalar yuritilgan.

background image


Oktabr, 2025-Yil

92

BOSHLANG’ICH SINF O'QITUVCHILIK FAOLIYATIDA PEDAGOGIK

NIZOLARNING KELIB CHIQISH SABABLARI VA OLDINI OLISH OMILLARI

Bazarova Shirin Desyarovna

Inspiring international school boshlangʻich sinf oʻqituvchisi.

Angren Shahar.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17331249

Annotatsiya.

Mazkur maqolada boshlang’ich ta’lim jarayonida o’qituvchi faoliyatida

pedagogik nizolarni kelib chiqish sabablari va oldini olish omillari haqida fikr-mulohazalar
yuritilgan.

Kalit so’zlar:

Ta’lim tizimi, pedagogik nizo, boshlang’ich ta’lim, o’qituvchi, odob-axloq,

“Mahbub – ul – qulub”.


Pedagogik jarayondagi aloqalar tizimida o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi

muomala – munosabatlar katta o’rin egallaydi. Muallim pedagogik jarayonda asosiy figura,
yetakchi kishidir. Unga yosh avlodni o’qitish va tarbiyalash vazifasi yuklatilgan. O’qituvchi
pedagogik ishda fidoyilik ko’rsatib, muallimlik burchini yuksak darajada bajarib, bolalarga
bilim berib, ular qalbiga halollik, go’zallik, haqiqat, odob – axloq nurini singdira
olganliklari, xushmuomalada bo’lganliklari uchun bunday obro’ va hurmatga erishganlar.

Afsuski, hamma muallimlar haqida ham shunday deb bo’lmaydi. O’zining qo’pol

muomalasi bilan bolaning ko’nglini o’qishdan sovitib, dilini o’rinsiz ranjitadiganlar ham
uchrab turadi. Pedagogik amaliyot, badiiy adabiyotda bunga misol bo’ladigan dalillar ko’p.

Bundaylar yoshlar tarbiyasiga, ularning axloqiga salbiy ta‘sir etadilar. Tarbiyaviy ishlarga

tuzatish qiyin bo’lgan darajada ziyon yetkazadilar. Natijada o’qituvchi bilan o’quvchi, talaba
o’rtasida nizo tug’ila boshlaydi.

1

Barkamol ijodkor shaxsni shakllantirishga, tarbiyalashga doir axloqiy normalar

pedagogik etikada ifodalangan. Tarbiyalanuvchiga ijobiy ta‘sir o’tkazish shartlaridan biri
bo’lgan ishonch unga nisbatan qo’yilayotgan talablarning birligidir. Bu qonuniyat pedagogik
amaliyotda ko’p marta sinovdan o’tgan va o’zini oqlagan. Muallimlar, talabalar bilan
o’tkazilgan suhbat natijalari shundan dalolat beradiki, maktabda xushmuomila o’qituvchilar
bilan bir qatorda bolalarga juda – behudaga do’q o’rib, baqirib muomila qiladigan
o’qituvchilar ham uchraydi. Bunday muomala jamiyatda qabul qilingan umuminsoniy va milliy
axloqiy normalarga to’g’ri kelmaydi. Bunday o’qituvchilar bolalar orasida obro’ orttira
olmaydilar.

Pedagogik jarayon, tarbiya jarayoni, odamlarning tabiati shu darajada murakkabki,

muallim ba‘zan istasa – istamasa ko’pollik qilishga

«majbur»

bo’ladi, o’quvchi muallimning

o’rinli talablarini bajarmayotgan paytlarida u o’zini tuta olmay qoladi. Muallim o’z
talablarini, hatto ko’pchilik holatini ham, bolaga yaxshilik qilayapman deb hisoblaydi, chunki
bu ishni bolaga bilim berish, uni to’g’ri yo’lga solish, yaxshi odam qilib tarbiyalash uchun
qilayotganligiga ishonadi.

1

Хоliqоv А. Pеdаgоgik mаhоrаt (darslik). -T., 2011.


background image


Oktabr, 2025-Yil

93

Sa‘diy She‘roziyning «

Guliston»

(Toshkent, 1968) asarining «Tarbiya ta‘siri bayoni»

bobidagi hikoyatlari, Alisher Navoiyning «Mahbub – ul – qulub» asaridagi «Mudarrislar
to’g’risida», «Maktabdorlar to’g’risida»gi maqolalarida bildirilgan mulohazalar bu fikrimizga
hamohangdir.

2

Bunday holatlar ko’pincha, tarbiyasi qiyin bola bilan muomala – munosabatlar jarayonida

sodir bo’ladi. Shuni ham unutmaslik lozimki, bunday bola odatda, nosog’lom oiladan chiqadi.

Bola oiladagi yomon muhitning qurboni bo’lishi ham mumkin. Tajribali pedagoglar

tarbiyasi qiyin bola bilan ishlash, muomala qilish murakkabligini, shu bilan birga ular
insoniy mehrga zor, xushmuomalaga, e‘tiborga muhtoj ekanligini, bundaylarga nisbatan
bardoshli, sabr – toqatli, kechirimli bo’lish zarurligini ham ta‘kidlaydilar. Jismoniy jarohat
olgan bolani o’qituvchi jazolamasligini hamma biladi. Jismoniy tarbiya muallimi oyogi
jarohatlangan boladan yugurish musobaqasida qatnashishni talab etmaydi. Bola ba‘zan qalbi,
ruhi jaroxatlangan holda maktabga kelishi mumkin. Ta‘lim jarayonida buni hamma o’qituvchilar
ham e‘tiborga oladimi? Bola javob berishni xohlamayapti, dars tayyorlashni istamagan deb
hisoblab, hamma o’quvchilarga bir xil talab qo’yish, bir xil muomala qilish hollari ko’plab
uchraydi. Ba‘zan boladan hatto u bajara olmaydigan ishlar ham talab etiladi.

Muallimning biror tasodifiy xatti – harakat natijasida o’quvchilarda u haqida sodir

bo’lgan fikr ham ta‘lim – tarbiya jarayoniga salbiy ta‘sir etishi, muallimning ishini
murakkablashtirishi mumkin. Odatda, bunday ziddiyatlar uzoq davom etadi».

3

Natijada

o’qituvchi bilan o’quvchi orasida nizolar chiqadi. O’quvchi o’qituvchidan norozi holda, undan
uzoqlashib yuradi. Ayrim hollarda muallimni himoya qilaman deb, kattalar boladan kechirim
so’rashni talab etadilar, holbuki bu nizoga o’qituvchining noto’g’ri xatti – harakati sabab
bo’lgan. Bunday vaqtda bolaning qadr – qimmati hisobga olinmaydi.

Ayrim hollarda bolaga mas‘uliyatli ishlarni topshiradilar, bola esa bunday paytlarda

kattalar topshirigini bajarmay qo’yadi, o’zining mustaqilligini cheklashlarini yoqtirmaydi,
kattalarning talablariga ko’pincha salbiy munosabatda bo’ladi. Ota – onalar esa o’gil yoki
qizlarining ulg’ayib qolganligini sezmagan, ularni hali ham «yosh bola» deb hisoblaydigan
oilalarda o’smir bilan kattalar o’rtasida tez – tez nizolar, to’qnashuvlar bo’lib turadi. Avvalo,
bolaning xulqiga doimiy e‘tibor berish, uning xulqiga qat’iy, uzluksiz rahbarlik qilish,
shuningdek, bularning hammasini shunday amalga oshirish kerakki, bola mayda - chuyda
ishlarida ham kattalarning doimiy vasiyligini sezmasin. Ayniqsa, o’smir yoshida ularning
hayotidagi yangi mavqelari bilan hisoblashadigan, ularni «kichkina» deb hisoblamaydigan,
talabchan, lekin adolatli o’qituvchilarni hurmat qiladilar.

Katta yoshli bolalar uchun qiziqishlarining turli – tumanligi xarakterilidir. Ularning bu

qiziqishlari to’g’ri tarbiyalansa, ular usmirning qobiliyatlari va mayllarining rivojlanishiga
jiddiy ta‘sir ko’rsatishi mumkin. O’qituvchining o’quvchi – talabalar bilan ish yoki shaxsiy ish
yuzasidan ayrim vaqtlarda kelishmovchiliklari bo’lib turadi. O’quvchi atrofdagilarning ung
bergan bahosiga nisbatan tanqidiy qaraydi. Uning kayfiyatidagi ranjish va ikkilanishning sababi
ham ana shunda.

2

Ibragimov.X., Yoldoshev U. va boshqalar Pеdаgоgik psixologiya (o‘quv qo‘llanma). -T., 2007.

3

Malla Ochilov. Muallim qalb me‘mori. Toshkent, «O’qituvchi». 2001 yil. 56 – 57 betlar.


background image


Oktabr, 2025-Yil

94

Tasodifiy muvaffaqiyat yoki kattalarning maqtab qo’yishi bolaning o’ziga ortiqcha

baho berishiga, o’ziga haddan tashqari ishonuvchanlikka, maqtanchoqlikka olib keladi. Hatto,
vaqtincha tasodifiy muvaffaqqiyatsizlik bolada o’z kuchiga ishonmaslikni o’ygotishi, ikkilanish,
qo’rqoqlik, jur‘atsizlik va uyatchanlik hissini oshirib yuborishi mumkin. Shuning uchun
o’qituvchi va tarbiyachilarning bolalar bilan bo’ladigan munosabati alohida nazokatni talab
etadi. O’smirlik yoshida zaif, mustaqil emas, kichkina deb nom chiqarishdan qo’rqish xavfi
kuchayadi.

Muomaladagi dangallik, talabchanlik, hurmatsizlik o’quvchiga yosh bolalarga bo’lganday

muomalada bo’lish, ular yaxshi tushunaman deb hisoblagan masalalar bo’yicha o’zlarining
mustaqil fikrlarini aytish huquqini mensimaslik, ularning yuqori natijalarga erishishidagi
kuch va imkoniyatlariga shubxalanish kabi hodisalar, odatda norozilik yoki aniq
ifodalangan boshqa bir salbiy reaksiyalar, hodisalarni hosil qiladi.

Ayrim o’qituvchilar hayotida sodir bo’ladigan aniq hatolar uchrab turadi. O’qituvchilar

(yosh o’qituvchilar nazarda tutilayapti) bir xil o’quvchilarni (o’zlashtirayotgan) doim maqtaydilar,
boshqalarni (o’zlashtirmayotgan) hamisha koyiydilar. Buning ustiga o’zlashtirmayotganlarga,
odatda, o’zlashtirgan sinfdoshlariga nisbatan tez–tez va qattiq tanbex beradilar, solishtiradilar,
taqqoslaydilar, hatto kam o’zlashtiradigan o’quvchilarni javob berishga ham kam taklif
qiladilar.

Mana bunday vaziyatda o’quvchilar bir – birlariga nisbatan qaram bo’lib qoladilar,

o’qituvchiga nisbatan norozilik kayfiyati paydo bo’ladi. Kam o’zlashtirgan o’quvchiga
«yomon» baho qo’yadi, buning ustiga bir necha ko’ngilbuzar achchiq, istehzoli so’zlar ham
aytiladi. Bunday holat juda ko’p o’qituvchilar hayotida uchraydi va bu xatoni o’quvchi
umrbod kechirmaydi. Nizolarning kelib chiqish sabablari guruhdagi har bir shaxsning fe’l
atvoridagi hatti-harakatlarida, shaxs mansub bo’lgan millat, xalq hudud xususiyatlarida namayon
bo’ladi.

Pedagogik nizolarning kelib chiqish sabablarini bilish va ularning oldini olish pedagogik

madaniyatni rivojlantiradi. Pedagogik nizolarni yuzaga keltirmaslik uchun nizolarni,
muammolarni oldini olishda o’qituvchi pedagogik qobiliyati va mahorati muhim rol o’ynaydi,
o’qituvchilik ishida muvaffaqiyatga erishish uchun har bir muallim pedagogik mahoratni
egallashlari zarur. Pedagogik faoliyatning samarali bo’lishi uchun o’qituvchida qobiliyatning
quyidagi turlari mavjud bo’lmog’i lozim:

Bilish qobiliyati.

O’qituvchi o’z mutaxassisligini kuchli bilishi, o’z fani sohasida

kashfiyotlarni hamisha kuzatib borishi kerak.

Tushuntira olish qobiliyati

- o’quv materialini o’quvchilarga tushunarli qilib yetkazib bera

olish muammoli, nizoli mavzularni hayotiy misollar asosida tushuntirib bera olish:

Kuzatuvchanlik qobiliyati

– o’quvchining tarbiyalanuvchi ichki dunyosiga kira olishi,

o’quvchi shaxsini va uning vaqtinchalik ruhiy holatlarini yaxshi tushinish bilish bilan bog’liq
bo’lgan kuzatuvchanlikka ham e’tiborini qaratish.

4

Ta’lim jarayonida o’qituvchi nizolarni yuzaga keltirmasligi uchun o’quvchini yosh va

individual xususiyatlariga ham e’tibor berish lozim.

4

Kаrimоvа.V. “Mustаqil fikrlаsh” mеtоdik qo‘llаnmа. -T.: - 2000 y.


background image


Oktabr, 2025-Yil

95

Har bir guruh talabalarini xarakteri, tempramentiga qarab munosabatga kirishsa, o’qituvchi

va o’quvchilar o’rtasida nizolar yuzaga kelmaydi.

To’qnashuv qarama-qarshiliklar motivi. To’qnashuv qarama-qarshilik nizolar guruhlarda,

jamoalarda vujudga keladi. Shaxsning jamiyatdagi o’rni o’zini qanday tutishi egallangan mavqeyi
hech sababsiz o’z-o’zidan ro’y bermaydi. Faoliyatni amalga oshishi va shaxs xulq-atvorini
tushuntirish uchun motiv tushunchasiga to’xtalamiz. Motiv aniqroq tushuncha bo’lib, u shaxsdagi
u yoki bu xulq-atvorga nisbatan turgan moyillik, hozirlikni tushuntirib beruvchi sababni nazarda
tutadi. To’qnashuv qarama-qarshgilik motiviga misol. Mashhur nemis olimi Kurt Levan motivlar
muammosi to’qnashuv qarama qarshiliklar asosidaligi qo’yidagicha e’tirof etadi. Masalan, texnika
oliygohida “materiallarning qarshiligi” nomli kurs bor bo’lib, shu kursni o’zlashtirish va undan
sinovdan o’tish ko’pchilikka osonlicha ruy bermaydi. Hali kurs boshlanmmasdanoq, yosh
talabalarda shu kurs va uning talabalariga nisbatan shunday tuzulma shakllanadiki,albatta, bu kurs
qiyin uni olib boruvchi o’qituvchi o’ta talabchan,qattiqqo’l va hakozo degan. Bunday totiv mana
necha avlod talabalar boshidan chiqayotgan holat endi aniq bir shaxs ning dars jarayoni
boshlangandan keiyngi harakatlari aniq bir motivlar bilan izohlanadi va tirishqoq talaba uchun bu
fan ham boshqa fanlar qatori tinimsiz izlanishi, o’z vaqtida darslarni tayyorlashni talab qilsa,
boshqasi uchun dangasaroq talaba uchun bu darsdan qiyin dars yo’q. Ta’lim-tarbiya jarayonidagi
majburiylik O’zbekiston Respublikasida ta’limni qo’yidagi turlari majburiy amalga oshiriladi:

maktabgacha ta’lim bola shaxsnini sog’lom va yetuk, maktabda o’qishga tayyorlangan tarzda
shakllantirish maqsadini ko’zlaydi. Umumiy o’rta ta’lim bosqichlari qo’yidagicha boshlang’ich
ta’lim (1-6 sinflar); umumiy o’rta ta’lim (1-6-sinflar). Boshlang’ich ta’lim umumiy o’rta ta’lim
olish uchun zarur bo’lgan saboqlarni bilim ko’nikmalar asoslarini takomillashtirishga qaratilgan.

Umumiy o’rta ta’lim bilimlarining zarur hamjihatlikni beradi. Mustaqil fikrlash,

takomillashgan qobiliyati va amaliy tarbiya ko’nikmalarini rivojlantirgan. Nizoning ijobiy va
salbiy tomonlari. Pedagogika nizolarini salbiy tomonlari o’quvchilar bilimining baholashda jiddiy
hatolarda yana biri turish guruhlarga sub’ektiv yondashishidir. Bu o’quvchi tomonidan ayni bir
javob uchun ayni bir ish uchun turli o’quvchilarni baholashda tafovutlarda aks eatdi. Bunday
vaziyatga e’tibor qiling. Doskada past o’zlashtiradigan o’quvchi javob bermoqda, ishonchsiz,
o’rinsiz gapirmoqda. Bunday holatda o’qituvchining munosabati qanday bo’ladi ? U o’quvchi
gapini shartta bo’lib, unga “ikki” qo’yadi va joyiga o’tqazadi: “Sen” hech qachon odam
bo’lmaysan, “Senga o’rgatsa ham befoyda ekan deb izzat qiladi. Endi boshqa vaziyatni ko’raylik.

Doska olidida yaxshi o’zlashtiruvchi kishi bugun darsga tayyor emas, ishonchsiz holda

javob berayapti o’qituvchi uni ancha suyaydi. Bu vaziyatlarda nizoni salbiy tomonlarini yaqqol
ko’zda tashlanadi.

Nizoning ijobiy tomonlari pedagog ta’lim jarayonida aqliy hujum metodikalaridan

foydalanadi. Aqliy hujum metodikasida muomoli vaziyatli savollar guruhga tashlanadi, muammoli
mavzu yuzasidan har bir talaba o’z fikrlarini bildiradi. Nizolar, mojarolar to’qnashuv qarama-
qarshiliklar tufayli talabalar fikrlari yanada kengayib borada.

5

Maqsadga erishishga birgalikda intilish. Ta’lim sohasida biz maqsadga erishimiz. Uchun

albatta birgalikda intilishimiz lozimdir.

5

Оchilоv Mаllа. Muаllim qаlb mе`mоri. – T., 2000.


background image


Oktabr, 2025-Yil

96

Ta’limni tashkil etuvchi xodimlar bu pedagoglardir, shunday ekan, ta’limni samarali

amalga oshishida kimlar bilan birgalikda ishlashimiz o’rinli? Ma’lumki, pedagogik kasbda
maqsadga erishish uchun o’qtuvchining faqat bilimdon bo’lishi, u yoki bu fanini chuqur
bilishining yetarli emas. O’qituvchi tarbiya hamdir. U bolalarning yosh va ruhiy xususiyatlarini
e’tiboriga olib, biror fanni qay darajada, qanday usullar bilan o’rganishni ham, bolalarni qanday
tarbiyali metodikasini ham, inson shaxsning shakllanishi qonunniyatlarini ham bilishi zarur.

Jamiyatimiz keng qamrovchi bo’lib, u yerda turli xil xarakterdagi shaxslarni uchratishimiz

mumkin. Shaxslararo nizolar, albatta, faoliyat turlarida namayon bo’ladi. Masalan, guruh misolida
ko’ramiz. Tasavvur qiling, bir guruhda iqtidorli talantli shaxslarimiz bor. Ular har bir mazmuni
yaxshi o’zlashtirib mustaqil fikrlarini bildira oladilar, fikr doiralari keng bo’lganligi sababli u
shaxslar o’rtasida to’qnashuv, mojaro, kelishmovchilik, nizolar yuzaga keladi. Har bir guruh
a’zosi o’z fikrini to’g’riligini isbotlay oladilar, bunday holatlarda nizoni boshqarish o’qituvchi
tomonidan bartaraf etiladi. Har bir sohada shaxslar o’rtasida nizolarni ko’rishimiz mumkin.
Shaxslar o’z ustidan ishlasa, fikrini isbotlay oladimi, ular nizolarning yechimini ham topadilar.

Muloqot pedagogik nizolarning yechish va boshqarish usulidir. Muloqotdagi nizo shakllari

turlichadir. Masalan yuzma-yuz yoki texnik vositalar (telefon, telegraf va shunga o’hshash
vositalar) bilan amalga oshiriliadi. Oilada nizo muloqot ayrim a’zolari o’rtasida bo’lishi mumkin.

O’zaro munosabatlarga kirishilganda nizoni yuzaga keltirmaslikning asosiy omili o’zaro til

topishish, bir-birini tushunishdir. Bu jarayonning murakkabligi, kerak bo’lsa, o’zaro til topishishi
bir-birini tushuna olish lozim.

6

O’qituvchi hayotga endigina kirib kelayotgan, barkamol shaxs sifatida shakllanayotgan

insonlar - yosh bolalar bilan muloqotda bo’ladi. O’qituvchining biror tasodifiy xatti-harakati
natijasida o’quvchilarda u haqda sodir bo’lgan fikr ham ta’lim-tarbiya jarayoniga salbiy ta’sir
etishi, o’qituvchining ishini murakkablashtirishi mumkin. Odatda, bunday nizolar uzoq davom
etadi va o’qituvchi foydasiga hal etiladi. O’qituvchi obro’sini saqlayman deb, kattalar ba’zan
o’quvchining qadr-qimmatini erga uradilar, o’quvchidan kechirim surashni talab etadilar,
vaholanki bu nizoga o’qituvchining noto’g’ri xatti-harakati sabab bo’lgan.


Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Хоliqоv А. Pеdаgоgik mаhоrаt (darslik). -Tashkent., 2011.

2.

Аzizхodjаеvа N.N. Pеdаgоgik texnologiya va pеdаgоgik mаhоrаt (o‘quv qo‘llanma) . –

Tashkent., 2006.

3.

Ibragimov.X., Yoldoshev U. va boshqalar Pеdаgоgik psixologiya (o‘quv qo‘llanma). -

Tashkent., 2007.

4.

Оchilоv Mаllа. Muаllim qаlb mе`mоri. – Tashkent., 2000.

5.

Pirmuhаmmеdоvа.M. Pеdаgоgik mаhоrаt аsоslаri.-Tashkent.: 2001.

6.

Kаrimоvа.V. “Mustаqil fikrlаsh” mеtоdik qo‘llаnmа. -Tashkent.: - 2000 y.

6

Аzizхodjаеvа N.N. Pеdаgоgik texnologiya va pеdаgоgik mаhоrаt (o‘quv qo‘llanma) . –T., 2006.

References

Хоliqоv А. Pеdаgоgik mаhоrаt (darslik). -Tashkent., 2011.

Аzizхodjаеvа N.N. Pеdаgоgik texnologiya va pеdаgоgik mаhоrаt (o‘quv qo‘llanma) . –Tashkent., 2006.

Ibragimov.X., Yoldoshev U. va boshqalar Pеdаgоgik psixologiya (o‘quv qo‘llanma). -Tashkent., 2007.

Оchilоv Mаllа. Muаllim qаlb mе`mоri. – Tashkent., 2000.

Pirmuhаmmеdоvа.M. Pеdаgоgik mаhоrаt аsоslаri.-Tashkent.: 2001.

Kаrimоvа.V. “Mustаqil fikrlаsh” mеtоdik qo‘llаnmа. -Tashkent.: - 2000 y.