2025
OKTABR
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 10
66
O‘QITUVCHINING KREATIVLIK QOBILIYATI
Bazarova Shirin Desyarovna
Toshkent viloyati Angren shahar.
Inspiring international school boshlang’ich sinf o‘qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17332082
Annotatsiya.
Mazkur maqolada o‘qituvchining kreativlik qobiliyati haqida so‘z
borarkan, bugungi kun o‘qituvchilari zamon bilan hamnafas bo‘lishi kerakligi, o‘quvchilar nima
bilan yashayotganini tushunishi hamda ularga mos holda bo‘lishi darkor. Hozirgi zamon
standartlarini amalga tadbiq etish o‘qituvchidan nafaqat yuqori malakani va doimiy kasbiy
rivojlanishni, balki o‘z ishiga ijodiy yondashishni talab etadi.
Kalit so‘zlar:
kreativlik,
zamonaviy, interfaol, talant, yaratuvchanlik, qiziqtirish,
pedagogik ijodkorlik.
Annotation.
When talking about a teacher’s creative ability in this article, today’s
teachers need to keep up with the times, understand what students are living with, and be
relevant to them. Implementing modern standards requires a teacher not only high skills and
continuous professional development, but also a creative approach to their work.
Keywords:
creativity, modern, interactive, talent, creativity, interest, pedagogical
creativity.
Аннотация.
Говоря о творческих способностях учителя в данной статье,
современные учителя должны идти в ногу со временем, понимать, чем живут ученики, и
быть актуальными для них. Внедрение современных стандартов требует от педагога
не только высокой квалификации и постоянного профессионального развития, но и
творческого подхода к своей работе.
Ключевые слова:
творчество, современный, интерактивный, талант,
креативность, интерес, педагогическое творчество.
XXI asr axborotlar oqimi davrida ijtimoiy hayotimizning barcha jabhalariga, shu
jumladan, ta’lim-tarbiya sohasiga ham ko‘plab yangiliklar kirib kelmoqda. Ushbu yangiliklar
bilan bir qatorda ularni yorituvchi yangi tushunchalar ham bizning ilmiy tilimizda qo‘llanilishi
kuzatilmoqda.
Jumladan pedagogika, yani ta’lim-tarbiya sohasida keyingi 20-yil ichida «kreativlik»
tushunchasiga alohida to‘xtab o‘tmoqchimiz. Bu tushuncha so‘nggi yillarda talim-tarbiya
jarayonlarida ma’lum darajada keng qo‘llanilmoqda. Bu tushunchaning mazmun va ma`nosini
tahlil etishga hamda insonlarda kreativlikning shakllanganlik darajasini aniqlashga doir qator
tatqiqotlar olib borilgan.
Kreativlik — shaxsning muammoli vaziyatlardan tafakkuri orqali, takrorlanmas yo‘l
bilan chiqib ketish, unga ijodiylik bilan yondasha olish qobiliyati hisoblanadi.
"Ijodkorlik - bu ko‘pchilikka noma'lum va murakkab xususiyatlarni o‘rganishga imkon
beruvchi tafakkuri va ruhiyatining har xil sharoitlarda jamol ko‘rsatishi bilan bog'liq o‘ziga xos
fikrlash faoliyati modeli", "Ijodkorlik - bu aql gimnastikasi, u nafaqat donishmandlargagina
kerak va hatto oddiy ijodkor odamga ham zarur", "Ijodkorlik - bu avvalo mehnatga ijodiy
munosabatda bo‘lishni tarbiyalash, yangi bilimlarni o‘zagartirishni uddalay olish, maqsad sari
2025
OKTABR
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 10
67
intiluvchanlik, g'alaba uchun kurash, o‘z-o‘zini takomillashtirish va o‘zlikni anglashdir" kabi
ta'riflar ijodkorlikning o‘ziga xos mohiyati haqida ochib berilgan.
1
O‘qituvchi kreativligi (ijodkorlik) - pedagogning an’anaviy pedagogik fikrlashdan farqli
ravishda ta’lim va tarbiya jarayonini samaradorligi ta’minlashga xizmat qiluvchi yangi
g‘oyalarni yaratish, shuningdek, mavjud pedagogik muammolarni ijobiy hal qilishga bo‘lgan
tayyorgarligini tavsiflovchi qobiliyati hisoblanadi.
“Pedagogik ijodkorlik” quyidagi ikki holatni kafolatlay olishi zarur: 1) o‘qituvchilar
tomonidan o‘quv fanlarini past o‘zlashtirayotgan va ularini o‘rganishni zerikarli deb
hisoblayotgan o‘quvchilar e’tiborlarini fan asoslarini o‘zlashtirishga jalb etish; 2) o‘qituvchilarga
o‘quvchilarda kreativ fikrlash va ijodiy faoliyat natijalarini rag‘batlantirishga xizmat qiladigan
strategiya va vositalarni tavsiya etish qilish orqali auditoriyada ulardan samarali foydalanishlari
uchun imkoniyat yaratish. Xo‘sh, o‘quvchini qanday ijodiy fikrlashga o‘rgatish mumkin?
O‘quvchilarni erkin fikrlashga o‘rgatish, darslarni yangi texnologiya va metodlar orqali
o‘tish o‘quvchida bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish bilan birga ulardagi ijodiylik,
yaratuvchanlik qobiliyatini ham shakllantirishga xizmat qiladi.
Ijodkorlik faoliyatini alloma Forobiy "bu jarayonda inson barcha aqliy va ruhiy
fazilatlarini ishga soladi. Ijodiy faoliyatining hal qiluvchi onlari, odatda, alohida diqqat bilan,
kishining kuch va qobiliyatlari mavj urgan holatlar bilan bog'liq bo‘ladi",- deb izohlaydi.
2
Atrofga nazar solsangiz inson ijodkorligining beqiyos va hayratlanarli namunalariga duch
kelasiz: elektron xizmatlar, virtual olam, internet va shu kabilar.
Bularning barchasi inson tafakkuri mahsulidir. Mana shunday ijodiy tafakkurni
shakllantirish ta’lim-tarbiya jarayonidan boshlanadi. Pedagoglarda kreativ faoliyatni bilishga oid
(gnostik), loyihalash, ijodiy-amaliy (konstruktiv), tadqiqotchilik, muloqotga kiruvchanlik
(kommunikativ), tashkilotchilik, texnik-texnologik tashkil etishga imkon beradigan malakalardir.
O‘quvchilar o‘zlarining kreativ fikrlash qobiliyatlarini qulay muhitda to‘la namoyon
qilishlari mumkin. Agar o‘quvchilarda muvaffaqiyatsizlikka uchrash qo‘rquv hissi mavjud
bo‘lsa, fikrni noto‘g‘ri ifodalashdan hadiksirasalar, tanqidga uchrasalar, bunday vaziyatda ularda
kreativ fikrlash ko‘nikmalarini samarali shakllantirish yoki rivojlantirish mumkin bo‘lmaydi.
O‘quvchilarda kreativlikni odatga aylantirish orqaligina kreativ fikrlash ko‘nikmasini
muvaffaqiyatli shakllantirish mumkin. Bu jarayonda ular tomonidan mavzu mazmunining puxta
anglanishi va kreativ fikrlash ko‘nikmalarini baholashda qo‘llaniladigan metod va vositalar
muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zini tavakkaldan olib qochish, fikrlash va xatti-harakatlarda qo‘pollikka yo‘l qo‘yish,
shaxs fantaziyasi va tasavvurining yuqori baholanmasligi, boshqalarga tobe bo‘lish, har qanday
holatda ham faqat yutuqni o‘ylash kabi omillar shaxsda kreativlikni rivojlantirishga to‘sqinlik
qiladi.
Xulosa qilib aytganda, o‘qituvchining o‘zi kreativ, ijodkor bo‘lsagina, o‘quvchilar ham
shunday bo‘la oladi.
1
Tolipov.U,Q, Sharipov SH.S “O’quvchi shaxsi ijodkorlik faoliyatini rivojlantirish pedagogik asoslar” “Fan” nashri
2012-yil 19-bet
2
Tolipov.U,Q, Sharipov SH.S “O’quvchi shaxsi ijodkorlik faoliyatini rivojlantirish pedagogik asoslar” “Fan” nashri
2012-yil 18-bet
2025
OKTABR
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 10
68
O‘quvchilarni kreativ fikrlashga o‘rgatish, ularda kreativ tafakkurni shakllantira olish
uchun avvalo o‘qituvchining o‘zi kreativ, ijodkor shaxs bo‘lishi zarur. Bordi-yu, uning o‘zi
kreativlik sifatlariga ega bo‘lmasa, u holda qanday qilib, o‘quvchilarni kreativ fikrlashga
rag‘batlantira oladi. Chiqariladigan yagona xulosa quyidagicha: o‘qituvchining ijodkor va
kreativ bo‘lishi yoki bo‘lmasligi emas, balki darslarni ijodkorlik, kreativlik ruhida tashkil etishi,
yangi g‘oyalarni ta’lim jarayonida sinab ko‘rishga intilishi zarur.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Tolipov.U.Q, Sharipov SH.S. “O‘quvchi shaxsi ijodkorlik faoliyatini rivojlantirish
pedagogik asoslar” “Fan” nashri, 2012-yil 18,19-bet.
2.
O‘.J.Yo‘ldoshev tаhriri ostidа. “Umumiy pedаgogikа”. –T.:«Fаn vа texnologiyа», 2017.
3.
Nodira Egamberdiya “Ijtimoiy pedagogika” . Toshkent ,2019.
4.
www..tdpu.uz
