MULOQOTDA DIQQATNI JALB QILISH VA UNI BOSHQARISH

Annotasiya

Ushbu maqolada professional muhitda muloqot jarayonida diqqatni jalb qilish va uni boshqarishning zamonaviy usullari, strategiyalari va ahamiyati tahlil qilinadi. Bugungi raqobatbardosh ish muhitida har qanday mutaxassis uchun samarali muloqot yurita olish, ayniqsa, suhbatdosh yoki auditoriya e’tiborini o‘ziga qaratish va uni ushlab turish ko‘nikmasi juda muhim sanaladi. Maqolada og‘zaki va noverbal muloqot vositalari orqali diqqatni boshqarish, ovoz ohangi, tana tili, savol-javob shakllari, muloqotda samaradorlikni oshiruvchi texnikalar haqida fikr yuritiladi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
Bilim sohasi

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Normurodova, Z. ., & Jomg‘irova , N. (2025). MULOQOTDA DIQQATNI JALB QILISH VA UNI BOSHQARISH. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 4(10), 280–283. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/137841
0
Iqtibos
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada professional muhitda muloqot jarayonida diqqatni jalb qilish va uni boshqarishning zamonaviy usullari, strategiyalari va ahamiyati tahlil qilinadi. Bugungi raqobatbardosh ish muhitida har qanday mutaxassis uchun samarali muloqot yurita olish, ayniqsa, suhbatdosh yoki auditoriya e’tiborini o‘ziga qaratish va uni ushlab turish ko‘nikmasi juda muhim sanaladi. Maqolada og‘zaki va noverbal muloqot vositalari orqali diqqatni boshqarish, ovoz ohangi, tana tili, savol-javob shakllari, muloqotda samaradorlikni oshiruvchi texnikalar haqida fikr yuritiladi.


background image

280

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

MULOQOTDA DIQQATNI JALB QILISH VA UNI BOSHQARISH

Zarifa Normurodova

Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi.

Jomg‘irova Nilufar

Termiz davlat universiteti 3-bosqich talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17344031

Annotatsiya.

Ushbu maqolada professional muhitda muloqot jarayonida diqqatni jalb

qilish va uni boshqarishning zamonaviy usullari, strategiyalari va ahamiyati tahlil qilinadi.

Bugungi raqobatbardosh ish muhitida har qanday mutaxassis uchun samarali muloqot

yurita olish, ayniqsa, suhbatdosh yoki auditoriya e’tiborini o‘ziga qaratish va uni ushlab turish
ko‘nikmasi juda muhim sanaladi. Maqolada og‘zaki va noverbal muloqot vositalari orqali
diqqatni boshqarish, ovoz ohangi, tana tili, savol-javob shakllari, muloqotda samaradorlikni
oshiruvchi texnikalar haqida fikr yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

diqqatni jalb qilish, muloqot, kommunikatsiya, professional muhit, nutq

madaniyati, tana tili, ovoz ohangi, tinglovchi psixologiyasi, ta’sirchanlik.

ATTRACTING AND MANAGING ATTENTION IN COMMUNICATION

Abstract.

This article analyzes the importance and strategies of attracting and managing

attention in communication within a professional environment. In today’s competitive world, the
ability to effectively capture and hold the listener's attention has become a key skill for
professionals. The article explores verbal and non-verbal communication techniques, tone of
voice, div language, question-and-answer formats, and attention-enhancing methods.

Keywords

: attracting attention, communication, professional environment, speech

culture, div language, tone of voice, communication effectiveness, psychology of li stening,
influence.

ПРИВЛЕЧЕНИЕ И УПРАВЛЕНИЕ ВНИМАНИЕМ В ОБЩЕНИИ

Аннотация

. В статье анализируются современные методы, стратегии и

значение привлечения и управления вниманием в процессе профессионального общения. В
современной конкурентной рабочей среде умение эффективно общаться, особенно умение
привлекать и удерживать внимание собеседника или аудитории, считается крайне
важным для любого специалиста. В статье рассматривается управление вниманием
посредством вербальных и невербальных средств коммуникации, тона голоса, языка тела,
вопросно-ответных форм общения, а также приёмов, повышающих эффективность
коммуникации.

Ключевые слова:

привлечение внимания, диалог, общение, профессиональная среда,

культура речи, язык тела, тон голоса, психология слушателя, впечатлительность.

Insonning kundalik hayoti muloqotsiz kechmaydi. Har qanday faoliyat – o‘qitish,

rahbarlik, ijod, hatto oddiy hayotiy munosabatlar ham samarali muloqotga tayanadi.

Muloqotning muvaffaqiyati esa faqatgina so‘z boyligiga emas, balki uni to‘g‘ri yetkazish,

tinglovchini jalb etish va emotsional aloqa o‘rnatish ko‘nikmalariga ham bog‘liq. Shu sababli,
bugungi kunda samarali muloqot insonning ijtimoiy, kasbiy va shaxsiy muvaffaqiyatining asosiy
omillaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Bugungi kunda har qanday soha vakili uchun samarali
muloqot yurita olish qobiliyati, ayniqsa diqqatni jalb qilish va uni boshqarish – muvaffaqiyat
garovidir.


background image

281

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

Zamonaviy ish muhitida shaxsiy fikrni aniq, tushunarli, qiziqarli va ta’sirchan tarzda

yetkazish – nafaqat aloqa samaradorligini ta’minlaydi, balki professional obro‘, jamoa ichidagi
ishonch va yetakchilik sifatlarining shakllanishiga ham xizmat qiladi.

Professional muhitda muvaffaqiyatga erishishda samarali muloqot muhim o‘rin egallaydi.
Ayniqsa, suhbat davomida tinglovchining diqqatini jalb qilish va uni boshqarish – bu

nafaqat notiqlik san’ati, balki psixologik tushuncha, ishonch uyg‘ota olish, ta’sirchanlik va
auditoriya bilan bog‘lanish qobiliyatini ham talab etadi. Muloqot jarayonida suhbatdoshning
diqqatini jalb qilish bir nechta asosiy vositalar orqali amalga oshiriladi. Ta’lim samaradorligiga
erishishda diqqatning o‘rni beqiyosdir. Diqqati kuchli bo‘lgan o‘quvchilar, talabalar darslarni
yaxshiroq tushunadi, bilimlarni tezroq egallaydi va mustaqil ishlashda muvaffaqiyatga erishadi.

Shu bois ta’lim jarayonida diqqatni rivojlantirish va uni boshqarish metodlarini qo‘llash

ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Bu maqsadga erishishda muloqotning
usullarining ham alohida o‘rni bor.

Avvalo, muloqotni ta’sirchan boshlash tinglovchining e’tiborini darhol o‘ziga qaratishda

muhim ahamiyatga ega. Suhbat boshida hayratlantiruvchi fakt, qiziqarli savol yoki qisqa,
mazmunli hikoya orqali diqqatni o‘ziga tortish mumkin. Bu suhbatga kirishishni osonlashtiradi
va tinglovchini faol tinglovchiga aylantiradi. Insonda yuzaga keladigan har xil ehtiyojlarni
maqsadga muvofiq ravishda qondirish muloqot maromiga bog‘liq bo‘lib, shaxslararo munosabat
barkamol avlod, komil inson g‘oyalari qaror topishiga xizmat qiladi. Muloqot muvaffaqiyatining
negizi shaxsning ruhiy dunyosi, ehtiyojlari motivatsiyasi, xarakter xislati, individual-tipologik
xususiyati, qobiliyati, e’tiqodi kabi fazilatlar, sifatlar namoyon bo‘lishi, rivojlanishi hisoblanadi

1

.

Demak, muloqotda shunchaki so‘zlash uchun emas, balki, tinglash madaniyatini ham

shakllantira oladigan vosita sifatida yondashish maqsadga muvofiqdir. Muloqotning afzalligi,
suhbatdosh uchun foydalari haqida donolarning ham qarashlari mavjud. Abulqosim Zamaxshariy
“Tilingdan chiqqan sadaqang (ya’ni pandu nasihating va ma’viza-yu hasanang) ba’zan
qo‘lingdan chiqqan sadaqangdan xayrliroqdir deganida nutqning tinglovchi uchun nihoyatda
muhim ekanligiga urg‘u bergan edi. Albatta, muloqotni boshqarishda suhbatdosh uchun kerakli
maslahatlar va tavsiyalar berish uning uchun qimmatli bo‘lishi turgan gap.

Keyingi muhim vosita bu – ovoz ohangi va nutq tempi. Bir maromda davom etuvchi nutq

tinglovchini charchatadi, qiziqishni so‘ndiradi. Aksincha, ohangdor, baland-pastlik bilan
boyitilgan nutq diqqatni uyg‘otadi. Zarur joylarda pauza qilish esa aytilgan fikrni chuqurroq
anglashga imkon yaratadi. Nutq tempi esa juda tez yoki sekin bo‘lmasligi, balki tinglovchi uchun
qulay darajada bo‘lishi lozim.

Shuningdek, tana tili – noverbal kommunikatsiya vositalari ham katta rol o‘ynaydi. Ko‘z

bilan aloqa qilish, ochiq holatda turish, qo‘l harakatlari, yuz ifodasi – bularning barchasi
tinglovchida ishonch hissini uyg‘otadi va sizga bo‘lgan e’tiborni mustahkamlaydi. Harakatlar
nutq mazmuni bilan uyg‘un bo‘lishi, sun’iylikdan holi bo‘lishi kerak.

Diqqatni jalb qilishda yana bir samarali usul bu – interaktiv muloqot olib borishdir.
Tinglovchiga savol berish, uning fikrini so‘rash, qisqa munozara tashkil etish orqali

suhbat davomida faol ishtirok ta’minlanadi. Bu esa nafaqat tinglovchining fikrlash faoliyatini
uyg‘otadi, balki diqqatni jamlashga xizmat qiladi.

Shuning bilan birgalikda, diqqatni jalb qilish bilan birga uni boshqarish ham muloqotning

samaradorligini ta’minlaydi. Buning uchun bir nechta strategiyalar mavjud:

1

Maxsudova M. Muloqot psixologiyasi: O‘quv qo‘llanma. –Toshkent : TURON-IQBOL, 2006. B. 10.


background image

282

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

Birinchidan, mavzudan chalg‘imaslik zarur. Muloqot davomida asosiy g‘oyadan chetga

chiqmaslik, reja asosida fikr yuritish tinglovchining diqqatini bir nuqtada jamlab turadi va
muloqotning mantiqiyligini ta’minlaydi.

Ikkinchidan, qisqa va lo‘nda gapirish diqqatni bir joyda jamlashda muhim omil

hisoblanadi. Keraksiz fikrlardan qochib, aniq va mazmunli gapirish orqali tinglovchi e’tibori
doimo faol holatda ushlab turiladi.

Uchinchidan, emotsional ta’sir vositalaridan foydalanish tinglovchining ruhiy holatiga

bevosita ta’sir etish vositasidir. Hayotiy misollar, hissiy jihatdan kuchli hikoyalar, o‘xshatishlar,
iboralar orqali tinglovchi bilan ichki aloqa o‘rnatiladi va uning diqqatini uzoq davom etuvchi
tarzda boshqarish mumkin bo‘ladi.

To‘rtinchidan, zarurat bo‘lsa, vizual vositalardan foydalanish ham diqqatni kuchli jalb

qiladi. Grafikalar, rasm va diagrammalar orqali mavzuni ko‘rgazmali ifodalash tinglovchi
tushunchasini mustahkamlash bilan birga, e’tiborni faol saqlab turadi.

Kishilararo muloqot ham bamisoli yo‘l harakatiga o‘xshaydi. Bilimli, farosatli, kamtarin

kishilar hech qachon muloqot jarayonida mulzam bo‘lib qolmaydi - muloqot qoidalarini
buzmaydi. Ular qachon, qanday vaziyatda, kimlarning huzurida nutq so‘zlayotganini yaxshi
anglaydilar. Masalan, madaniyatli kishi o‘zi bilmagan, yetarli ma’lumotga ega bo‘lmagan narsa
haqida gapirmaydi, hukm chiqarmaydi. Yoki muhokama qilinayotgan, suhbat mavzusi bo‘lgan
masala haqida zarur bilimga ega bo‘lsagina, suhbatga aralashadi. Muloqotda farosat muhim rol
o‘ynaydi. U madaniylik unsurlarining tarkibiy qismi bo‘lsa-da, asosiy o‘rinda turadi, ular
sirasida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Boshqacha aytganda, farosatli kishi bilmasdan gapirmaydi,
yuksak farosat kishini kamtarin qilib qo‘yadi

2

. Professional muhitda muvaffaqiyatli muloqot

yurita olish – bu shunchaki gapira olish emas, balki suhbatdoshning diqqatini jalb qilish va uni
boshqarish san’atidir. Bu ko‘nikmalar har bir mutaxassis uchun zarurdir, chunki diqqat bilan
boshqarilgan muloqot ta’sirchanlikni oshiradi, professional obro‘ni mustahkamlaydi va jamoa
bilan samarali hamkorlik qilishga yo‘l ochadi. Muloqotda diqqatni boshqara oladigan shaxs o‘z
o‘rnini topadi, hurmat qozonadi va yetakchilik salohiyatini namoyon eta oladi. Yusuf Xos Hojib
“Qutadg‘u bilig” ning “Tilning fazilatlari, foyda va zararlari haqida” nomli bobida
quyidagilarni bayon etadi: “Odam so‘z tufayli ulug‘likka erishadi, podsho bo‘ladi, ko‘p va
ortiqcha so‘z esa yuzni yerga qaratadi. Odam ikki narsa tufayli qarimaydi: bin yaxshi fe’li,
ikkinchisi esa ezgu so‘zi”.

Muloqotda so‘zni to‘g‘ri tanlash suhbatni yanada samarali qiladi. Suhbatdosh kim

bo‘lishidan qat’iy nazar, nutq tozaligiga e’tibor berishi va g‘ayriadabiy til unsurlaridan xoli
bo‘lishi muloqotning samarali kechishiga xizmat qiladi. Suhbat davomida iloji boricha, sheva,
varvarizm, konselyarizm, professionalizm, akademizm, vulgar (qo‘pol, haqoratomuz,
so‘kinishlar) va parazit (anaqa, haligi, hmm, anovi kabi so‘zlar) so‘zlarni ishlatmaslikka harakat
qilish muloqotdagi asosiy qoidalardandir. Suhbatlashayotganda ortiqcha takalluf qilishdan,
noo‘rin mulozamat qilishdan saqlanish kerak. Bu holat atrofdagilarda xunuk taassurot qoldiradi.

“So‘zlayotganingizda eshituvchining ko‘z o‘ngida tasviriy manzara hosil qila olsangiz,

obrazli fikr yuritsangiz, o‘z so‘zingizga ishontira olsangiz, qiziqtirsangiz – deb ta’kidlaydi notiq
R.Jumaniyozov, nutqingiz ravon

bo‘ladi va ta’sir darajasi oshib boraveradi”

3

.

Muloqot jarayonida diqqatni jalb qilish va uni samarali boshqarish insonlar o‘rtasidagi

tushunishni, fikr almashinuvini va ijobiy ta’sirni kuchaytiradi.

2

Raupova L. Nutq madaniyati: Darslik.– Toshkent: INNOVATSIYA-ZIYO, 2019. B. – 11.

3

Rahimboy Jumaniyozov. Nutqiy mahorat. Т.: Adolat, 2005. B.–

55 .


background image

283

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

Shu bois, har bir shaxs o‘z kommunikativ madaniyatini, nutqiy mahoratini hamda

emotsional intellektini rivojlantirish orqali samarali muloqot ko‘nikmalarini shakllantirishi
lozim. Natijada diqqatni to‘g‘ri jalb etish va boshqarish insonlar o‘rtasidagi o‘zaro tushunishni
mustahkamlaydi, hamkorlik va ishonchni kuchaytiradi. Diqqatni jalb etish jarayoni nutqiy,
emotsional va noverbal vositalarning uyg‘un qo‘llanilishi orqali amalga oshadi. Uni boshqarish
esa suhbat davomida diqqatni maqsadli ravishda yo‘naltirish, suhbatdoshning qiziqishini saqlab
turish hamda muloqotning mantiqiy izchilligini ta’minlash bilan bog‘liq.

Shu asosda aytish mumkinki, diqqatni jalb qilish va boshqarish usullarini chuqur

o‘rganish, ularni nutqiy amaliyotda qo‘llash kommunikativ kompetensiyani rivojlantiradi,
shaxsning ijtimoiy faoliyatida muvaffaqiyatga erishishiga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Maxsudova M. Muloqot psixologiyasi: O‘quv qo‘llanma. –Toshkent: TURON-IQBOL,
2006. – 120 b.

2.

Raupova L. Nutq madaniyati: Darslik.– Toshkent: INNOVATSIYA-ZIYO, 2019. – 140b.

3.

Jumaniyozov R. Nutqiy mahorat. Т.: Adolat, 2005.

75 b.

Bibliografik manbalar

Maxsudova M. Muloqot psixologiyasi: O‘quv qo‘llanma. –Toshkent: TURON-IQBOL, 2006. – 120 b.

Raupova L. Nutq madaniyati: Darslik.– Toshkent: INNOVATSIYA-ZIYO, 2019. – 140b.

Jumaniyozov R. Nutqiy mahorat. Т.: Adolat, 2005. – 75 b.