ISH HUJJATLARI VA ULARGA QO‘YILADIGAN LINGVISTIK TALABLAR

Annotasiya

Ushbu maqolada ish hujjatlari turlari va ularga qo‘yiladigan umumiy talablar bilan bir qatorda,ularning tiliga,yaʼni leksik,grammatik va uslubiy jihatlariga qo‘yiladigan lingvistik talablar tahlil qilinadi. Shuningdek, hujjat matnlarida qo‘yiladigan tipik xatolar ko‘rsatilib ularni bartaraf etish yo‘llari yoritiladi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Normurodova, Z., & Xotamova, F. (2025). ISH HUJJATLARI VA ULARGA QO‘YILADIGAN LINGVISTIK TALABLAR. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 4(11), 61–63. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/138901
0
Iqtibos
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada ish hujjatlari turlari va ularga qo‘yiladigan umumiy talablar bilan bir qatorda,ularning tiliga,yaʼni leksik,grammatik va uslubiy jihatlariga qo‘yiladigan lingvistik talablar tahlil qilinadi. Shuningdek, hujjat matnlarida qo‘yiladigan tipik xatolar ko‘rsatilib ularni bartaraf etish yo‘llari yoritiladi.


background image

61

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

ISH HUJJATLARI VA ULARGA QO‘YILADIGAN LINGVISTIK TALABLAR

Normurodova Zarifa Ruziqulovna

Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi.

Xotamova Feruza Xusan qizi

Termiz davlat universiteti 1-kurs talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17517512

Annotatsiya.

Ushbu maqolada ish hujjatlari turlari va ularga qo‘yiladigan umumiy

talablar bilan bir qatorda,ularning tiliga,yaʼni leksik,grammatik va uslubiy jihatlariga
qo‘yiladigan lingvistik talablar tahlil qilinadi. Shuningdek, hujjat matnlarida qo‘yiladigan tipik
xatolar ko‘rsatilib ularni bartaraf etish yo‘llari yoritiladi.

Kalit so‘zlar:

hujjat, rasmiy uslub, rekvizit, til me’yorlari, lingvistik talablar, imlo,

uslubiy aniqlik, nutq madaniyati, hujjat madaniyati, rasmiy muloqot, yozma nutq, til
savodxonligi.

WORKING DOCUMENTS AND THEIR LINGUISTIC REQUIREMENTS

Abstract.

This article analyzes the types of business documents and the general

requirements for them, as well as the linguistic requirements related to their language,
specifically their lexical, grammatical, and stylistic aspects. Furthermore, typical errors found in
document texts are shown, and methods for their elimination are highlighted.

Key words:

document, official style, requisites, language norms, linguistic requirements,

spelling, stylistic accuracy, speech culture, document culture, official communication, written
speech, language literacy.

РАБОЧИЕ ДОКУМЕНТЫ И ИХ ЛИНГВИСТИЧЕСКИЕ ТРЕБОВАНИЯ

Аннотация.

В данной статье анализируются виды служебных документов и

общие требования к ним, а также лингвистические требования, предъявляемые к их
языку, то есть к лексическому, грамматическому и стилистическому аспектам. Кроме
того, будут рассмотрены типичные ошибки, встречающиеся в текстах документов, и
освещены пути их устранения.

Ключевые слова:

документ, официально-деловой стиль, реквизиты, языковые

нормы, языковые требования, орфография, стилистическая точность, культура речи,
культура документа, официальное общение, письменная речь, языковая грамотность.

Bugungi kunda davlat boshqaruvi, ta’lim, iqtisodiyot va boshqa sohalarda hujjatlar orqali

olib boriladigan ish yuritish jarayoni jamiyat hayotining ajralmas qismiga aylangan. Hujjat – bu
nafaqat ma’lum bir ma’lumotni qayd etuvchi yozma manba, balki rasmiy muloqot vositasi
hamdir. Shu bois ish hujjatlarini tuzishda nafaqat ularning mazmuniy to‘g‘riligi, balki til
jihatidan bexato, usluban to‘g‘ri va mantiqan izchil bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Davlat tilida ish yuritish jarayonida lingvistik talablarning to‘liq bajarilishi rasmiy

hujjatlarning aniqligi, ishonchliligi va huquqiy kuchini ta’minlaydi. Hujjat tili soddaligi,
mantiqiy izchilligi, terminlarning yagona qo‘llanishi, imlo va uslubiy me’yorlarga rioya etish
kabi omillar orqali takomillashtiriladi. Shunday ekan, ish hujjatlari tilini tahlil qilish va ularga
qo‘yiladigan lingvistik talablarni o‘rganish zamonaviy ish yuritish madaniyatining dolzarb
masalalaridan biridir.

Raqamli texnologiyalar rivojlanayotgan bir davrda har qanday tashkilot, muassasa yoki

korxona faoliyatini ish hujjatlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi.


background image

62

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

Ular orqali ish jarayoni tashkil etiladi, hujjatlar rasmiylashtiriladi, axborotlarni yozma

ravishda ifoda etish va saqlash amalga oshiriladi.

Ish hujjatlari – bu har bir tashkilot va muassasaning to‘g‘ri va tizimli faoliyat

yuritishining muhim asosidir. Ish hujjatlari nafaqat ichki ishchi jarayonlarni tartibga solish, balki
tashqi hamkorlikda ham muhim rol o‘ynaydi. Ularning to‘g‘ri tayyorlanishi va saqlanishi
korxona yoki tashkilotning professional darajasini, ishonchliligini va huquqiy muhofazasini
ta’minlaydi. Ish hujjatlari rasmiy muloqotning asosiy shakli bo‘lib, ularning til jihatdan to‘g‘ri,
aniqlik va izchillik bilan tuzilishi boshqaruv jarayonining samaradorligini belgilaydi. Har bir
hujjat o‘z mazmunini aniq ifoda etish, rasmiy uslub me’yorlariga rioya qilish, so‘z tanlashda
soddalik va aniqlikka erishish, imlo hamda grammatik qoidalarga qat’iy amal qilish talab etiladi.

Shu bois ish hujjatlarini lingvistik jihatdan to‘g‘ri rasmiylashtirish davlat tilida ish

yuritish madaniyatini oshiradi, hujjatlar aylanishida aniqlik, muloqotda tushunarlilik va
ishonchlilikni ta’minlaydi. Rasmiy-idoroviy uslubdagi hujjat qisqa, aniq, barcha uchun
tushunarli bo'lishi lozim.

Bu uslubning asosiy belgisi - jumlalaming bir qolipda, bir xil shaklda bo‘lishi. Rasmiy-

idoraviy uslubda ham so‘zlar o‘z ma’nosida qo‘llanadi, ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan ayrim
qisqartma so‘zlar ishlatiladi, har bir sohaning o‘ziga xos atamalaridan foydalaniladi. Bu uslubda
ko‘pincha darak gaplardan, qaror, buyruq, ko‘rsatma kabilarda esa buyruq gaplardan
foydalaniladi. Gap bo‘lagining odatdagi tartibda bo‘lishiga rioya qilinadi.

1

Barchaga ma’lumki, har qanday hujjat muayyan axborotni u yoki bu tarzda ifodalash

uchun xizmat qiladi, demak, har qanday hujjatdagi birlamchi va asosiy unsur bu tildir. Ayni
paytda, hujjatchilikda til axborotni faqat qayd etish vazifasinigina bajarib qolmasdan, boshqaruv
faoliyatini izchil tartibga soluvchi vosita sifatida ham namoyon bo‘ladi. Hujjatlar matniga
qo‘yiladigan eng muhim talablardan biri - xolislikdir. Hujjatlar rasmiy munosabatlarni
ifodalovchi va qayd etuvchi rasmiy yozma vositalar sifatida axborotni xolis aks ettirmog‘i lozim.
Shuning uchun hujjatlar tilida so‘z va so‘z shakllarini qo‘llashda muayyan chegaralanishlar
mavjud. Xususan, rasmiy ish uslubida kichraytirish-erkalash qo‘shimchalarini olgan so‘zlar,
ko‘tarinki-tantanavor yoki bachkana, dag‘al so‘zlar, shevaga oid so‘zlar, tor doiradagi
kishilargina tushunadigan so‘zlar, o‘xshatish, jonlantirish, mubolag‘a, istiora, tashxis kabi
obrazli tafakkur ifodasi uchun xizmat qiluvchi usullar ishlatilmaydi.

Ularning ishlatilishi hujjatlar matnidagi ifodaning noxolisligiga olib keladi.

2

Rasmiy ish

uslubida til vositalari tanlovi qat’iy me’yorlarga asoslanadi. Unda hissiyotga, badiiylikka emas,
aniqlikka, rasmiylikka va obyektivlikka e’tibor qaratiladi. Shu bois yuqorida sanab o‘tilgan ifoda
vositalari ishlatilmaydi.

Xulosa qilib aytganda, ish hujjatlari davlat boshqaruvi va tashkilotlar faoliyatida muhim

kommunikativ vosita hisoblanadi. Ularning mazmuni bilan bir qatorda til shaklining to‘g‘riligiga,
uslubiy izchilligiga va normativ me’yorlarga rioya etilishiga alohida e’tibor berish zarur. Hujjat
tili rasmiy, aniq, qisqa va tushunarli bo‘lishi hujjat aylanishining samaradorligini oshiradi hamda
davlat tilining nufuzini mustahkamlaydi. Shunday ekan, ish hujjatlarini tuzishda lingvistik
talablarning to‘liq bajarilishi nafaqat rasmiy ish yuritish madaniyatini, balki jamiyatda til
madaniyatining yuksalishini ham ta’minlaydi.

1

Raupova L. Nutq madaniyati: Darslik.– Toshkent: INNOVATSIYA-ZIYO, 2019. B. – 21.

2

Aminov M va boshqalar. Davlat tilida ish yuritish: Amaliy qo‘llanma. – Toshkent:

O‘ZBEKISTON

NASHRIYOTI, 2020. – B. 17.


background image

63

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Raupova L. Nutq madaniyati: Darslik.– Toshkent: INNOVATSIYA-ZIYO, 2019. – 140

2.

Aminov M va boshqalar. Davlat tilida ish yuritish: Amaliy qo‘llanma. – Toshkent:
O‘ZBEKISTON NASHRIYOTI, 2020. 572 b.

3.

M.Aminov, A. Madvaliyev, N.Mahkamov, N.Mahmudov, Y.Odilov. Davlat tilida ish
yuritish. – Toshkent, 2021.

4.

Qo‘ng‘urov R., Begmatov E., Tojiyev Y. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari. -Toshkent:
“O‘qituvchi”, 1992.

Bibliografik manbalar

Raupova L. Nutq madaniyati: Darslik.– Toshkent: INNOVATSIYA-ZIYO, 2019. – 140

Aminov M va boshqalar. Davlat tilida ish yuritish: Amaliy qo‘llanma. – Toshkent: O‘ZBEKISTON NASHRIYOTI, 2020. 572 b.

M.Aminov, A. Madvaliyev, N.Mahkamov, N.Mahmudov, Y.Odilov. Davlat tilida ish yuritish. – Toshkent, 2021.

Qo‘ng‘urov R., Begmatov E., Tojiyev Y. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari. -Toshkent: “O‘qituvchi”, 1992.