369
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
XO’JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARDA TOVAR-MODDIY ZAHIRALAR
HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI
Ishturdiev Hasan Abdigapparovich
Samarqand davlat vetetinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
«Buxgalteriya hisobi va audit» afedrasi o’qituvchisi.
Orcid:0009-0003-4590-5807
Hamidov Nizomjon
Farhod og'li
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
iqtisodiyot fakulteti talabasi.
Orcid:0009-0009-3478-7722
https://doi.org/10.5281/zenodo.17395631
Annotatsiya.
Tovar moddiy zahiralari korxonaning aylanma mablag‘larida faoliyat
sohasiga qarab, 30 foizdan 90 foizgacha bo‘ladi. Korxonaning moliyaviy va iqtisodiy ahvoli
ko‘p jihatdan ana shu tovar moddiy zaxiralaridan foydalanish samaradorligiga bog‘liq. Har
bir ishlab chiqarish korxonasida mahsulot ishlab chiqarish jarayonining to‘xtovsiz davom etib
turishida tovar moddiy zahiralarining o‘rni juda kattadir. Tovar moddiy zahiralari asosiy
vositalardan farq qilib, bir ishlab chiqarish jarayonida o‘zining qiymatini to‘la ravishda
mahsulot tannarxiga o‘tkazadi. Shunday ekan aylanma mablag‘lar harakatchanligi bevosita
tovar moddiy zahiralaridan samarali foydalanishga bog‘liq. Aylanma mablag‘larning korxona
uchun umumiy miqdori yuqori tashkilotlar, ya’ni tegishli vazirlik tomonidan belgilanadi.
Kalit sozlar:
Tovar moddiy zahiralar, Korxona, xom ashyo, materiallar, ombor,
buxgalteriya hisobi, xarajatlar, hisobot, audit.
Abstract.
Inventories range from 30% to 90% of the company's working capital,
depending on the area of activity. The financial and economic condition of the enterprise largely
depends on the efficienc of the use of inventories of this commodity. The role of inventories in
the continuous production process of any manufacturing enterprise is very important.
Inventories, unlike fixed assets, transfer their full value to the cost of production in a
single production process. Therefore, the mobility of working capital depends directly on the
efficient use of inventories. The total amount of working capital for the company is determined
by the higher organizations, ie the relevant ministry.
Keywords:
Commodity inventory Enterprise, raw materials, supplies, warehouse,
accounting, expenses, reporting, audit.
Kirish.
O‘zbekistonning jahon iqtisodiy hamjamiyatiga munosib tarzda kirib borishida
kichik biznes va tadbirkorlik korxonalarining faoliyat yuritishi, ayniqsa andemiyadan
keyingi og‘ir iqtisodiy davrda kishilarni ish joylari va daromad manbai bilan ta’minlash,
joylarda tashabbusni rag‘batlantirish, aholi o‘rtasida shakllangan tadbirkorlik ko‘nikmalarini
ommalashtirish, milliy, madaniy boyliklarni butun dunyoga namoyon etish imkoniyatlari paydo
bo‘ladi.
Bu ishlarni amalga oshirish uchun esa eng avvalo iqtisodiy sohada islohotlarni yanada
chuqurlashtirish va erkinlashtirish borasida aniq dasturning ishlab chiqilganligi asos bo‘ladi.
Bu borada Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev: «Xalqaro valyuta jamg‘armasi va nufuzli
reyting agentliklari tahlillariga ko‘ra, hozirgi qiyin va murakkab sharoitda O‘zbekiston jahonning
sanoqli mamlakatlari qatorida moliyaviyiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, ishlab chiqarish
tarmoqlarini tiklash va iqtisodiy faollikni oshirishga erishib kelmoqda.
370
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
Mana, yaqinda Amerika Qo‘shma Shtatlarining “J.P.Morgan” investitsiya banki
tomonidan e’lon qilingan “O‘zbekiston: yuksalish yo‘li” nomli tahliliy hisobotda ham ayni shu
fikrlar bayon etilgan.
1
» deb ta’kidlagan. Bu respublikamiz pandemiyadan keyingi davrda
iqtisodiyotida faoliyat yuritayotgan barcha soha va korxonalarining foyda ko‘rish maqsadida,
bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holda maxsulot ishlab chiqarishi yoki xizmat
ko‘rsatish ko’rsatkichlarini yanada oshirishini talab etadi.
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yetakchi rol o‘ynaydigan ko‘p
tarmoqli iqtisodiyot jadal shakllanmoqda. Kichik biznesni rivojlantirishni rag‘batlantirishga
qaratilgan chora tadbirlar, ularni ro‘yxatga olish tartibining sezilarli darajada soddalashtirilgani,
eng muhimi, tadbirkorlikning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha samarali
mexanizmning amalda joriy etilgani iqtiosdiyotimizda katta ahamiyatga ega bo‘lgan xususiy
tarmoqni yanada rivojlantirish va mustahkamlash imkonini beradi. Jumladan O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev: «Shu o‘rinda iqtisodiyotimizdagi tarkibi islohotlar va
asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar haqida ayrim ma’lumotlarni keltirib o‘tishni zarur, deb
bilaman.
2017-2020 yillarda mamlakatimizning iqtisodiy o‘sish darajasi 18,3 foizni tashkil etib,
yalpi ichki mahsulot 60 milliard dollarga yetdi. Bu haqda gapirganda, tashqi savdo
aylanmasi 2016 yildagi 24 milliard dollardan 2020 yilda 36 milliard dollarga ko‘payganini
ta’kidlash lozim. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 369 trillion so‘mni tashkil qilib,
2016 yilga nisbatan 23,4 foizga o‘sdi. Natijada sanoat mahsulotlarining yalpi ichki
mahsulotdagi ulushi 19,5 foizdan 27,4 foizga ko‘tarildi.
Iqtisodiy sohani, jumladan, bojxona tartiblarini liberallashtirish tufayli 2020 yilda
eksport hajmi 15,1 milliard dollarni tashkil qilib, 2016 yilga nisbatan 25 foizga o‘sdi.
Islohotlarimiz samarasining turli xalqaro reytinglarda tan olinishi mamlakatimiz uchun
xalqaro moliya bozorlariga chiqish imkoniyatini yaratdi. Jumladan, joriy yilda 635 million
dollarlik va 2,5 trillion so‘mlik davlat yevroobligatsiyalari, Ipoteka bankining 785 milliard
so‘mlik va “O‘zavtomotors” aksiyadorlik jamiyatining 300 million dollarlik korporativ
obligatsiyalari chet el investorlariga sotildi.
Sarmoyadorlarning mamlakatimiz iqtisodiyotiga bo‘lgan ishonchini keskin oshirishga
muvaffaq bo‘ldik. Investitsiyalarning umumiy hajmi qisqa muddatda 2,1 martaga, shu jumladan,
xorijiy investitsiyalar hajmi 3 barobarga yaqin o‘sgani ham buning isbotidir.
O‘tgan uch yil mobaynida soliq sohasida yangi tizim joriy etildi. Soliqlar soni sezilarli
darajada kamaytirildi, aylanma mablag‘dan olinadigan soliqlar bekor qilindi. Qo‘shilgan qiymat
solig‘i stavkasi 20 foizdan 15 foizgacha pasaytirilib, ushbu soliq zanjirining yaxlit tizimi
yaratildi.
Tadbirkorlik sohasidagi mana shunday yondashuv natijasida Jahon bankining
“Biznesni yuritish” xalqaro reytingida O‘zbekiston besh yil ichida 141-o‘rindan 69-o‘ringa
ko‘tarildi. Albatta, bu jiddiy ko‘rsatkich, ammo u hali bi zni qoniqtirmaydi. Shuning uchun
biz ushbu yo‘nalishdagi ishlarimizni izchil davom ettiramiz.” – deb ta’kidlagan edi.
2
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xo‘jalik faoliyati jarayonining yakuniy
bosqichidan olinadigan tayyor maxsulotlarning tannarxidagi sarflangan xom ashyo va
1
Sh.M.Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 30-yillik bayramiga bag‘ishlangan
marosimdagi so‘zlagan nutqidan 31.08.2021 y.
2
Ш.М.Мирзиёевнинг Ўзбекистон Республикаси Давлат мустақиллигининг 30-йиллик байрамига
бағишланган маросимдаги сўзлаган нутқидан 31.08.2021 й.
371
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
materiallarning ulushini imkoniyati boricha kamaytirish muhim o‘rin tutadi, chunki talab va
taklifdan kelib chiqqan holda ularga o‘rnatilgan baho mahsulotlarning xaridorgirlik darajasini
belgilaydi. Ushbu muomalalar va talablardan kelib chiqqan holda ishlab chiqarishni tashkil
yetganda tabiiy va moddiy resurslardan unumli foydalanish, ikkilamchi resurslarni va
yondash mahsulotlarni keng talab etilishi lozim.
Muxokamalar va natijalar.
Muhokama va natijalar.
Ishlab chiqarishning moddiy sharoitlaridan biri mehnat buyumlari hisoblanadi.Amalda
ular TMZlar deb ataladi. Asosiy vositalardan farq qilib, TMZlar bir ishlab chiqarish jarayonida
o’zining qiymatini to’la ravishda mahsulot tannarxiga o’tkazadi. Materiallarning har bir turi
bo’yicha normativ miqdori korxona tomonidan mustaqil belgilanadi.Xo’jalik yuritishning yangi
tizimi sharoitida moddiy boyliklardan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish, yashirin
iqtisodiyotga qarshi kurash mahsulot tannarxida moddiy xarajatlarning ulushini kamaytirib
borish masalalariga alohida e’tibor beriladi.
Materiallar hisobining vazifalariga quyidagilar kiradi:
1.Materiallar harakati bilan bog’liq bo’lgan o’zgarishlarini o’z vaqtida tegishli hujjatlarda
rasmiylashtirish.
2. Materiallarni joylashda ularni to’g’ri saqlanish ustidan nazorat olib borish.
3. Moddiy texnika ta’minoti rejasining bajarilishi ustidan nazorat olib boriladi.
4. Materiallarning ishlab chiqarishga to’g’ri berilishi va ularni sarflash me’yoriga
rioya qilish ustidan nazorat olib borish.
5. Mahsulot tannarxini hisoblashda sarflangan TMZlarni kalkulyatsiya ob’ektlarida
to’g’ri taqsimlash.
6. Ichki resurslarni ishga solish maqsadida ortiqcha va foydalanilmayotgan
TMZlarni aniqlash va sotish.
Materiallar, yangi mehnat mahsulotini yaratishdagi roliga qarab ikkiga bo’linadi.
a) xom ashyo va asosiy TMZlar.
b) yordamchi TMZlar.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning asosini asosiy TMZlar tashkil qiladi. Masalan,
mashinasozlikda – metall, mebel ishlab chiqarishda yog’och, gazlama ishlab chiqarishda –paxta
va boshqalar.Qazib chiqaruvchi sanoat va qishloq xo’jaligi mahsulotlari xom ashyo deb ataladi.
Masalan, neft, ruda, paxta, qand lavlagi a boshqalar. Boshqa korxonalardan olinadigan
mashina va agregatlarning to’g’ri detallari va boshqalar yarim tayyor mahsulotlar deb ataladi.
Tovar moddiy zahiralar O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998 yil
27 avgust 44-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti
(BHMS-4) ga binoan olib boriladi. Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarda TMZlarni hisobga olish
uchun 1000-«Materiallar» aktiv schyotidan foydalaniladi. Bu schyot o’z navbatida bir necha
schyotlarga bo’linadi.
- 1010 - Xom ashyo va TMZlar;
- 1020 - Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar;
- 1030 - yoqilg’i;
- 1040 - Ehtiyot qismlar.
- 1050 - Qurilish TMZlari.
- 1060 - Idish va idishbop TMZlar.
- 1070 - Qayta ishlashga berilgan TMZlar.
372
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
- 1080 - Inventar va xo’jalik jihozlari.
- 1090 - Boshqa TMZlar.
Buxgalteriya hisobining milliy standarti «Tovar-moddiy zahiralari» (4-son) standartiga
ko’ra ularni baholash belgilangan tannarxdan yoki sotishning sof qiymatidan eng kam
baho bo’yicha baholanadi. Materiallarni sotib olish xarajatlari sotib olish qiymatini, import
bojlari va yig’imlarini, tovarni sertifikatsiya qilish xarajatlarini, ta’minot, vositachi tashkilotlarga
to’langan komission to’lovlarni, Soliqlarni, xizmat va zahiralarni sotib olish bilan bevosita
bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlarni o’z ichiga oladi.
Tovar moddiy zaxiralarning xususiyatlari quyidagilarda nomoyon bo’ladi:
- materiallarning mahsulot tarkibidagi ulushiga qarab;
- materiallar ishlab chiqarish jarayonida o’rniga qarab;
- ishlab chiqarishning uzluksiz vositasi sifatida taminlash;
- 4-sonli BHMS ga binoan, ombordagi va ombordan chiqib ketayotgan.
-materiallartning ombordagi hisobiga qarab;
-hujjatlarning rasmiylashtirilishi bo’yicha;
- mahsulot tan narxida aks etishiga qarab;
- materiallarning inventarizatsiyasi bo’yicha;
-hujjatlarda aks etishiga qarab;
Materiallarni qabul qilish, xo’jalik yurituvchi sub’ekt ichida joylashtirilishi va
ombordan berilishi muomalalarini rasmiylashtirish uchun bir xillashtirilgan idoralararo
dastlabki hujjatlar ko’zda tutiladi.
"Keladigan yuklarni ro’yxatga olish jurnali" M-1 haqli yuklarni temir yo’llar, suv
pristanlari, transport ekspeditsiyasi idoralaridan olish va ularni xo’jalik yurituvchi
sub’ekt omboriga kirim qilish bilan bog’liq transport, tovarga oid va boshqa hujjatlarni
ro’yxatdan o’tkazish uchun qo’llaniladi.
Jurnalga transport va yuk hujjatlari, kirim orderlari, TMZni qabul qilish
dalolatnomalaridagi ma’lumotlar asosida yozib boriladi. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt
omboriga TMZlarni qabul kilishiga qarab jurnalga kirim orderlar (yoki qabul qilib olis h
aktlari)ning tartib raqamlari va kelib tushish sanalari yozib boriladi yoki schyoti to’langanligi
haqida axtaruv summasi bilan bog’liq so’rovnomalar to’g’risida belgi qo’yiladi.
"Ishonchnoma" M-2 shakli lavozimdor shaxsning TMZlarni olish chog’ida xo’jalik
yurituvchi sub’ektning huquqini rasmiylashtirish uchun xizmat qiladi. Xo’jalik yurituvchi
sub’ekt buxgalteriyasi ishonchnomani oluvchiga bir nusxada berib, undan tilxat oladi.
"Ishonchnoma" M-2a shaklini ishonchnoma bo’yicha TMZlar doimiy tusda olinadigan
xo’jalik yurituvchi sub’ektlar ishlatadi. Bunday ishonchnomalarning berilish oldindan
nomerlangan va tikib qo’yiladigan berilgan ishonchnomalarni hisobga olish jurnalida ro’yxatdan
o’tkaziladi (M-3 shakl).
"Berilgan ishonchnomalarni ro’yxatga olish jurnali" M-3 shaklida beriladigan
ishonchnomalar va ular olingani to’g’risidagi tilxatlar ro’yxatdan o’tkaziladi. M-2 shakldagi
ishonchnomadan foydalanishda olinganlik va berilganlik to’g’risidagi ma’lumotlar
ishonchnoma koreshogida qayd qilinadi. Bu holda jurnalda berilga ishonchnomalar
hisobga olib borilmaydi. "Kirim-orderi" M-4 shaklida xo’jalik yurituvchi sub’ekt omboriga
mol etkazib beruvchilardan yoki qayta ishlovdan kelib tushgan TMZlar hisobi olib
boriladi.
373
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
TMZlaromborga kelib tushgan kuni moddiy javobgar shaxs bir nusxada kirim orderini
tuzadi. Kirim orderlarining blankalari moddiy javobgar shaxslarga oldindan nomerlangan
holda topshiriladi.
"Materiallarni qabul qilish dalolatnomasi" M-7 shakli shunday TMZlarni qabul qilish
uchun rasmiylashtiriladiki, ularga doir ma’lumotlarda mol etkazib beruvchi ilova qilingan
hujjatlardagi ma’lumotlar bilan miqdor borasida tafovutlar mavjud bo’ladi, shuningdek, hujjatsiz
kelib tushgan TMZlarni qabul qilishda ham tuziladi.
Qabul hay’ati moddiy javobgar shaxs va mol etkazib beruvchining
vakilining ishtirokida ikki nusxada akt tuziladi va aktni xo’jalik yurituvchi
sub’ekt rahbari tasdiqlaydi. TMZlar qabul qilib olingan hujjatlar ilova qilingan aktlarning
bittasi xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriyasiga moddiy qiymatlarni hisobiga olish uchun,
boshqasi mahsulot etkazib beruvchiga topshiriladi.
TMZlarning xo’jalik yurituvchi sub’ektga o’z vaqtida keltirilishining ta’minot
bo’limi nazorat qiladi. Bu bo’lim xodimlari mol etkazib beruvchi xo’jalik yurituvchi
sub’ektlar tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilishini tekshirib, ularga TMZ
kamomadi va sifati bo’yicha s hikoyat va da’volar qo’yish, xo’jalik yurituvchi
sub’ektga o’z vaqtida etib kelmagan yuklarni qidirib topish vazifalarini bajaradilar.
Mol etkazib beruvchi yoki transport tashkiloti omboridan TMZlarni olish uchun
ta’minotchiga buxgalteriya tomonidan 10 -15 kun muddati bilan ishonchnoma beriladi.
Ishonchnoma olish huquqiga ega bo’lgan xodimlar ro’yxati xo’jalik yurituvchi
sub’ekt rahbari tomonidan imzolanadi. Ishonchnoma yozish uchun asos bo’lib shartnomalar,
naryad, to’lovnoma, buyurtmanoma yoki mol etkazib beruvchining boshqa hujjatlari xizmat
qiladi.
Beriladigan ishonchnomalar eng avval ishonchnomalarni ro’yxatga olish daftarida
qayd etiladi. Bu daftar varaqlari oldindan raqamlanib, tiqilib so’rg’uch bilan muhrlanadi.
Daftarning oxirgi betida bosh buxgalter imzosi bilan quyidagi yozuv qayd etiladi:
«Bu daftarda hisob varaqlar raqamlangan va tikib chiqilgan» Varaqlar soni harf (so’z) bilan
yozilishi kerak.
Ishonchnoma olgan xodim TMZlar olingandan keyingi birinchi kundan
qoldirmasdanunga yuklatilgan vazifani bajarganligi hamda olingan TMZlarni omborga
topshirishi shart. Muddati o’tib ketgan ishonchnomalar bo’yicha hisobot bermagan shaxslarga
yangi ishonchnomalar berish man etiladi. TMZlarni ombor mudiri yoki omborchi qabul qiladi.
Omborga qabul qilish vaqtida omborchi keltirgan TMZlar soni, turi, sifatini mol etkazib
beruvchi tomonidan yuborilgan hujjatlar (hisob varaq-faktura, to’lov talabnomasi,
spitsifikatsiya, tovar transporti, yuk xatlari) bilan solishtirib to’g’ri kelish kelmasligini
tekshirib ko’radi.
Keltirilgan TMZlar mol etkazib beruvchining hujjatlari bilan muvofiq bo’lsa, omborchi
kirim-orderi tuzadi.
Kirim operatsiyalari soni kam bo’lganda mol etkazib beruvchi hujjatiga muhr qo’yishga
ruxsat etiladi.
Hisobvaraq-faktura — O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq uni
taqdim etish majburiyatiga ega bo‘lgan tovarlarni (xizmatlarni) sotuvchi (yetkazib beruvchi)
tomonidan rasmiylashtiriladigan qat’iy belgilangan namunadagi (formatdagi), tovarlar haqiqatda
jo‘natilganligini yoki xizmatlar ko‘rsatilganligini va ularning qiymatini tasdiqlovchi hujjat
hisoblanadi.
374
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
Hisobvaraq-faktura sotuvchi (yetkazib beruvchi) tomonidan taqdim etilgan qo‘shilgan
qiymat solig‘i summasini xaridor (buyurtmachi) hisobga olishi uchun asos bo‘ladigan birlamchi
hujjat hisoblanadi.
Hisobvaraq-faktura qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha soliq solish aylanmasi va
realizatsiyani hisobga olish uchun yuritiladi.
Materiallar harakatini hisobga olish bo’yicha hujjatlar.
Materiallarning korxonaga o’z vaqtida keltirilishini ta’minot bo’limi nazorat qiladi. Bu
bo’lim xodimlari mol yetkazib beruvchi korxonalar tomonidan shartnoma majburiyatlari
bajarilishini tekshirib, ularga materiallar kamomadi va sifati bo’yicha shikoyat va da’volar
qo’yish, korxonaga o’z va qtida yetib kelmagan yuklarni qidirib topish vazifalarini
bajaradilar. Mol yetkazib beruvchidan materiallarni ta’minot bo’limi ekspeditori yetkazib
beradi.
Mol yetkazib beruvchi yoki transport tashkilotlaridan materiallarni qabul qilganda
ta’minotchi birinchi navbatda idish va tamg’a holati sharoitlarining buzilmaganligiga amin
bo’ladi, materiallar sifatini tekshiradi. Agar tekshirish natijasida kamomad yoki yuklar
sifati buzilganligi aniqlansa, mol yetkazib beruvchi yoki transport tashkilotiga da’vo qo’yish
huquqini beradigan tijorat dalolatnomasi tuziladi. Mol yetkazib beruvchi yoki transport
tashkiloti omboridan materiallarni olish uchun ta’minotchiga buxgalteriya tomonidan 10
kundan oshmaydigan muddatga ishonchnoma beriladi. Ishonchnoma olish huquqiga ega
bo’lgan hodimlar ro’yxati korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi.Ishonchnoma
korxona rahbari va bosh buxgalter tomonidan mzolanadi. Korxona tomonidan qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda yetkazib beruvchilardan Tovar-moddiy boyliklarni olish uchun
ishonchli shaxsga berilgan yozma vakolat ishonchnoma deb tan olinadi. Ishonchli shaxs unga
ishonchnoma bo’yicha berilgan vakolatlar doirasida harakat qiladi.
Ishonchnomalar yetkazib beruvchi tomonidan shartnoma va boshqa bitimlar bo’yicha
beriladigan Tovar-moddiy boyliklarni olishga beriladi. Berilgan ishonchnomalar
“Ishonchnomalar jurnalida “ro’yxatga olish bilan asmiylashtiradi.
Materiallarni omborga ombor mudiri yoki omborchi qabul qiladi. U keltirilgan
materiallar soni, turi, sifatini mol yetkazib beruvchi tomonidan yuborilgan hujjalar
(schyot-faktura, to’lov talabnomasi, spesifikasiya, tovartransport yukxatlari)ga muvofiqligini
tekshiradi.Keltirilgan materiallar mol yetkazib beruvchining hujjatlariga to’la muvofiq bo’lsa,
omorchi kirim orderi uzadi.Mol yetkazib beruvchining hujjatiga kirim orderining asosiy
rekezitlarini mujassamlashtirgan muhr qo’yishga ruhsat etiladi.
Haqiqatda kirim qilingan materiallar va yuborilgan hujjatlar orasida tafovut aniqlansa,
materiallarni qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi. Bu dalolatnoma mol yetkazib
beruvchi yoki xolis korxona vakili, ombor mudiri va ta’minot bo’limi vakilining majburiy
ishtirokida komissiya tomonidan tuziladi. Dalolatnoma tuzilganda kirim orderi
rasmiylashtirilmaydi. Materiallarning bir ombordan boshqa omborga ichki harakati yoki ishlab
chiqarishda foydalanilmagan materiallar, shuningdek chiqindilar topshirilishida yukxat tuziladi,
rasmiylashtiriladi. Hisobdor shaxslar tomonidan materiallarni jismoniy shaxslardan xarid
qilganlarida ular materiallar naqd pulga xususiy shaxslardan xarid qilishda tuziladigan
dalolatnoma yoki ma’lumotnoma bo’yicha boyliklarni topshiradilar.Chiqim hujjatlari
materiallarni ishlab chiqarish ehtiyojlariga (mahsulot tayyorlash), xo’jalik ehtiyojlariga
(binolarni ushlab turish, tamirlash ishlari) nolikvid materiallarni sotishga jo’natishni aks
ettiradi. Bularga talobnoma cheklab olish xaritalari, yukxatlar kiradi.
375
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
Materiallarning bir marotaba, kam takrorlanadigan jo’natilishi talabnomalar bilan
rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjatlar iste’molchilar, yani sex, bo’lim va uchastkalar tomonidan
rasmiylashtiriladi. Ombor xodimlariga materiallarni boshqa hujjatlar bo’yicha hamda turli
xatlar yoki mansabidan qat’iy nazar mansabdor shaxslarning og’zaki farmoyishlari asosida
mahsulotni ombordan berish taqiqlanadi. Omborga kelib tushgan, lekin kirim hujjatlari bilan
rasmiylashtirilmagan materiallarni berishga ham yo’l qo’yilmaydi. Kirim va chiqim
hujjatlari operasiya sodir bo’lgan kunida rasmiylashtiriladi.
Ombordagi materiallar hisobi: Omborlarda materiallar hisobi omborchi tomonidan
miqdor, turkum va sor bo’yicha ombor hisobi varaqlari bilan olib boriladi.Ombor hisobi
varaqlari materiallarning har biri turi navi, xili bo’yicha buxgalteriya tomonidan alohida
ochiladi.Olingan ombor hisobi varaqasida omborchi ushbu materiallar saqlanadigan joyni
( tokcha, yacheyka va x.k.) yozib qo’yadi. Saqlanadigan joyga materiallarning yorlig’i
biriktiladi. Har kuni yuqorida ko’rsatilgan hujjatlar asosida omborchi bu varaqlarga miqdor
jihatidan materiallarning qoldig’ini hisoblab chiqaradi. Jadvalda belgilangan muddatlarda
omborchi kirim va chiqim hujjatlarini topshirish ro’yxatini ikki nusxada yozadi.
Xulosa. Tovar-moddiy zaxiralar xisobida boshqaruv va moliyaviy hisob ob’ektlarini aniq
belgilab olinishi va uni tadqiq etish natijasida shunday xulosaga kelish mumkinki, ushbu masala
yuzasidan aniq chegaralanish xaligachabelgilanmagan. Bu nafaqat material xarajatlarida, balki
xisobning boshqa ob’ektlarida xam ko’zga tashlanadi. Tovar-moddiy zaxiralar baxolanishi va
uni auditni takomillashtirish yuzasidan yuqoridagi fikr va muloxozalarni umumlashtirgan xolda
quyidagi xulosalarga kelindi:
Iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida xujalik faoliyati jarayonining yakuniy
bosoqichidan olinadigan tayyor maxsulotlarning tannarxidagi sarflangan xom-ashyo va
materiallarning ulushini imkoniyati boricha kamaytirish muxim o’rin tutadi, chunki, talab va
taklifdan kelib chiqqan xolda ularga o’rnatilgan baxo (chunki, ushbu baxolarni tartibga solib
turuvchi omil – bu tannarxdir) maxsulotlarning xaridorgirlik darajasini belgilaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi "Auditorlik faoliyati to‘g‘risida"gi Qonuni. Yangi tahrirda
2013 yil 01 mayda 352-son bilan tasdiqlangan.
2.
O‘zbekiston Respublikasi "Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida"gi Qonuni. 2016-yil 13
aprelda tasdiklangan.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli
"Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chikarish va sotish bo‘yicha xarajatlar tarkibi
hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi hakidagi Nizom".
4.
Moliyaviy hisobot shakllarini to‘ldirish koidalari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligining 2002 yil 27 dekabrdagi 140-sonli buyrug‘i.
5.
5.A.B.Muxametov. B.Matrasulov.G.Turayeva T.:Buxgalteriya hisobi darslik. Ziyo
nashr. 2023.-347 b
6.
A.B.Muxametov. U.Chorshanboyev. G.Turayeva T.:Boshqaruv hisobi darslik. . Ziyo
nashr. 2024.-169 b
7.
Gulizahro, T., & Jaloliddin, X. (2023). SANOAT KORXONALARINI ISHLAB
CHIQARISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA
8.
INNOVATSIYALAR O’RNI. Нововведения Cовременного Научного Развития в
Эпоху Глобализации: Проблемы и Решения, 1(6), 219-221.
376
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
9.
Gulizahro, T., Eldor, T., Asilbek, S., & Muhammadqodir, B. (2023). Asosiy vositalar
hisobi va ulardan samarali foydalanish tahlili. " Uchinchi renessansda ilmiy-amaliy
tadqiqotlarning dolzarb muammolari" mavzusidagi onlayn konferensiyasi, 2(10), 67-69.
10.
Taxirovna, A. S. (2024). Features of Uzbek and English story ranslations. American
Journal of Public Diplomacy and International Studies (2993-2157), 2(2), 202-208.
11.
Abdigapparovich,
I.
H.
ASALARICHILIKDA
XO’JALIKLARIDA ISHLAB
CHIQARISH
XARAJATLARNI
TAQSIMLASHDA
YANGI
YONDASHUVLAR.
“OZUQA EKINLARNI YETISHTIRISHDA EKOLOGIK TOZA
OZUQALARNI YETISHTIRISHDAGI MUAMMOLAR VA ISTIQBOLLARI" XALQARO
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA MATERIALLAR TO'PLAMI
.
12.
Abdigapparovich, I. H. ASALARICHILIK XO ‘JALIKLARIDA BIOLOGIK
AKTIVLAR
HISOBINI
MHXS
ASOSIDA
TAKOMILLASHTIRISH.
“OZUQA
EKINLARNI
YETISHTIRISHDA
EKOLOGIK
TOZA
OZUQALARNI
YETISHTIRISHDAGI MUAMMOLAR VA ISTIQBOLLARI" XALQARO ILMIY-AMALIY
KONFERENSIYA MATERIALLAR TO'PLAMI
.
13.
Ergashev, F., & Ishturdiev, H. (2024). Kichik biznes subyektlarining innovatsion
loyihalarni moliyalashtirish yo ‘llari.
YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT
,
2
(9).
14.
Yuldashev, S., & Ishturdiyev, H. (2023). Qishloq xo ‘jalik korxonalarida xarajatlar hisobi
va mahsulot tannarxini takomillashtirish masalalari.
YASHIL IQTISODIYOT VA
TARAQQIYOT
,
1
(11-12).
15.
Xaitovich, Y. S., & Abdugapparovich, I. K. (2024). FERMER XO ‘JALIKLARIDA
BUXGALTERIYA HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH.
AMERICAN JOURNAL OF
BUSINESS MANAGEMENT
,
2
(3), 36-44.
