Authors

  • Aziyza Gulmuratova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.137530

Keywords:

Pedagogika metodika falsafa psixologiya fiziologiya sotsiologiya didaktika fanlararo aloqadorlik ta’lim tarbiya.

Abstract

Ushbu tezis pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasining boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqadorligi, ularning o‘zaro ta’siri va bir-birini to‘ldiruvchi jihatlari tahlil qilingan. Pedagogik fanlarning rivojlanishida falsafa, psixologiya, fiziologiya, sotsiologiya kabi fanlarning o‘rni, ularning ilmiy asoslari va pedagogik tadqiqotlarda tutgan o‘rni yoritilgan.

background image


Oktabr, 2025-Yil

209

PEDAGOGIK FANLARNI O‘QITISH METODIKASI FANINING BOSHQA FANLAR

BILAN O‘ZARO ALOQASI

Gulmuratova Aziyza Marat qizi

Nukus Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi murabbiyi

email:

gulmuratovaaziza1@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.17395833

Annotatsiya.

Ushbu tezis pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasining boshqa fanlar bilan

o‘zaro aloqadorligi, ularning o‘zaro ta’siri va bir-birini to‘ldiruvchi jihatlari tahlil qilingan.
Pedagogik fanlarning rivojlanishida falsafa, psixologiya, fiziologiya, sotsiologiya kabi fanlarning
o‘rni, ularning ilmiy asoslari va pedagogik tadqiqotlarda tutgan o‘rni yoritilgan.

Kalit so`zlar:

Pedagogika, metodika, falsafa, psixologiya, fiziologiya, sotsiologiya, didaktika,

fanlararo aloqadorlik, ta’lim, tarbiya.

Pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasi fan sifatida boshqa fanlarning nazariyalaridan ijodiy

qo‘llash natijasida rivojlanadi. Pedagogik hodisa va jarayonlarni bilish va tadqiq qilishning umumiy
yondashuvlarini falsafa ko‘rsatib beradi. Pedagogika sohasidagi tadqiqotchilar ta’lim va tarbiya
mazmunini ishlab chiqishda, maqsadni belgilashda, uning metodologiyasini aniqlashda falsafiy
bilimlar tizimiga tayanadilar. Fiziologiya, anatomiya, psixologiya kabi inson to‘g‘risidagi fanlar
inson shaxsini shakllanishi, qonuniyati va mohiyatini har tomonlama chuqur o‘rganishda yordam
beradi. Pedagogika psixologik bilimlar asosida samarali o‘quv-tarbiyaviy tizimni yaratadi.
Pedagogika va psixologiya fanlarining integratsiyalashuvi pedagogik psixologiya fanining paydo
bo‘lishiga olib keldi. Pedagogika mustaqil, yetarli darajada rivojlangan, o‘zining alohida tadqiqot
sohasiga ega bo‘lishiga qaramasdan boshqa fanlar bilan aloqada bo‘lmasdan mavjud bo‘la olmaydi.
Tarbiyaviy faoliyat obyekti o‘suvchi, rivojlanuvchi inson bo‘lganligi sababli pedagogika birinchi
navbatda insonni o‘rganuvchi fanlar bilan aloqada bo‘ladi. Insonni jamiyat a’zosi sifatida ijtimoiy
fanlar, biologik evolutsiya natijasi sifatida tabiiy fanlar, ongli, fikrlovchi mavjudot sifatida psixologik
fanlar o‘rganadi. Pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasi fanini ijtimoiy fanlar bilan aloqasini ko‘rib
chiqamiz. Ijtimoiy fanlar tarbiya maqsadini va mohiyatini aniqlashga yordam beradi. Pedagogika
ijtimoiy fanlardan 13 falsafa bilan uzviy bog‘liq. Falsafiy ta’limotlar pedagogikaning metodologik
asosi hisoblanib, ta’lim va tarbiya maqsadini anglashga yordam beradi. Falsafiy qarashlar tizimidan
(materialistik, ekzistensial, pragmatik, neopozitivistik v.b..) pedagogika tadqiqotchilari tayangan
holda pedagogik izlanish yo‘nalishlarini belgilab, ta’lim jarayonini texnologik xususiyatlarini,
maqsadini, mohiyatini aniqlaydilar. Pedagogika va falsafaga tegishli qator umumiy savol va
muammolar mavjud bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi: – tarbiya maqsadi muammosi; – dunyoqarashni
shakllanishi muammosi; – jamoa va shaxs aloqadorligi; – bilish nazariyasi bilan bog‘liq gnoseologik
muammolar. Pedagogika shu bilan birgalikda falsafaning mustaqil sohalari etika va estetika bilan
ham uzviy bog‘liqlikda rivojlanadi. Ular axloqiy, estetik tarbiya hamda ilmiy dunyoqarashni
shakllantirish kabi pedagogik vazifalarni hal etishda yordam beradi. Pedagogika aholining turli guruh
va qatlamlari rivojlanishining asosiy tendensiyalarini, ijtimoiylashuv qonuniyatlarini, ijtimoiy
muhitning insonga ta’sirini, shaxsning turli ijtimoiy institutlardagi tarbiyasini tadqiq qiluvchi
sotsiologiya bilan uzviy bog‘liq. Pedagogika biologik fanlar bilan ham uzviy bog‘liq. Ular
pedagogika va psixologiyaning tabiiy-ilmiy tayanchi hisoblanadi. Pedagogika rus fiziologlari


background image


Oktabr, 2025-Yil

210

I.M.Sechenov, I.P.Pavlovlarning birinchi va ikkinchi signallar tizimi, insonni ruhan rivojlanishi,
tabiati, sezgi organlarining rivojlanishi va funksiyalari to‘g‘risidagi fundamental ishlariga tayanadi.
Ayniqsa, ta’lim-tarbiya masalalarini hal etish, mehnat qilish va dam olish tartibini ishlab chiqish
inson organizmi funksiyalari va xususiyatlari to‘g‘risidagi yosh fiziologiya, maktabdagi turli
mashg‘ulotlarni tashkil etishning gigiyenik masalalarini o‘rganuvchi maktab gigiyenasi muhim rol
o‘ynaydi. Pedagogik va psixologik fanlarni o‘qitish metodikasi fani didaktika bilan bevosita
aloqador. Didaktika va metodikaning umumiy tadqiqot obyekti – bu o'quv-tarbiya jarayonidir.
Faqatgina farqi shundaki, didaktika bu jarayonni yaxlit o'rganadi va metodologiya - ma'lum bir ilmiy
mavzuga bog'liq bo‘ladi. Bu fanlar o‘rtasidagi aloqaning xususiyatini umumiy nazariyaning aniq
predmet materiali bo‘yicha amalga oshirishning muayyan shakliga aloqadorligi sifatida belgilash
mumkin. Bu bog'liqlik har ikkala fanning kontseptual qismini tashkil 14 etuvchi asosiy
kategoriyalarning umumiyligida namoyon bo'ladi, shuningdek asosiy o‘qitish tamoyillarida ham
kuzatilishi mumkin. Pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasi fanining boshqa fanlar bilan aloqalari
tahlil natijasida quyidagi bir-birini to‘ldirish shakllarini ifodalashimiz mumkin: boshqa fanlar
tomonidan umumlashtirilgan, asosiy nazariya va g‘oyalardan pedagogikada ijodiy qo‘llash va
foydalanish; boshqa fanlarda qo‘llaniladigan ilmiy tadqiqot metodlaridan (matematik modellashtirish,
sotsiologik so‘rov) foydalanish; psixologiya, fiziologiya, sotsiologya va boshqa fanlarda olingan aniq
natijalarni pedagogikada qo‘llash; kompleks tadqiqotlarda ishtirok etish.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

To‘xtaxodjayeva M.

Pedagogika nazariyasi va metodikasi.

– Toshkent: O‘zbekiston milliy

ensiklopediyasi, 2020.

2.

Matveev L.P.

Pedagogika asoslari.

– Moskva: Prosveshcheniye, 2018.

3.

Jalolov J.J.

Ta’lim jarayonida metodika va didaktika muammolari.

– Toshkent: Fan va

texnologiya, 2021.

4.

Pavlov I.P.

Oliy nerv faoliyati fiziologiyasi.

– Moskva: Nauka, 2016.

5.

Sechenov I.M.

Inson reflekslari.

– Moskva: Meditsina, 2017.

6.

Karimov B., Qodirova N.

Pedagogika va psixologiya asoslari.

– Toshkent: TDPU nashriyoti,

2019.

7.

Qodirov M.

Sotsiologiya asoslari.

– Toshkent: Iqtisodiyot, 2022.


References

To‘xtaxodjayeva M. Pedagogika nazariyasi va metodikasi. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2020.

Matveev L.P. Pedagogika asoslari. – Moskva: Prosveshcheniye, 2018.

Jalolov J.J. Ta’lim jarayonida metodika va didaktika muammolari. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2021.

Pavlov I.P. Oliy nerv faoliyati fiziologiyasi. – Moskva: Nauka, 2016.

Sechenov I.M. Inson reflekslari. – Moskva: Meditsina, 2017.

Karimov B., Qodirova N. Pedagogika va psixologiya asoslari. – Toshkent: TDPU nashriyoti, 2019.

Qodirov M. Sotsiologiya asoslari. – Toshkent: Iqtisodiyot, 2022.