Oktabr, 2025-Yil
211
PEDAGOGIK FANLAR MAZMUNINI BELGILOVCHI ME’YORIY HUJJATLARGA
HARAKTERISTIKA
Gulmuratova Aziyza Marat qizi
Nukus Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi murabbiyi
email:
gulmuratovaaziza1@gmail .com
https://doi.org/10.5281/zenodo.17395845
Annotatsiya.
Ushbu tezisda O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’lim tizimining
davlat ta’lim standarti mazmuni, maqsadi, vazifalari hamda asosiy prinsiplari yoritilgan. Ta’lim
mazmunining me’yoriy asoslari — davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlar orqali
tartibga solinishi, ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga mosligi tahlil qilingan. Shuningdek, davlat
ta’lim standartining asosiy prinsiplari — o‘quvchi shaxsi ustuvorligi, insonparvarlik, uzluksizlik,
yagona ta’lim makoni, innovatsion texnologiyalarni qo‘llash va kompetensiyalarni rivojlantirish
masalalari keng yoritilgan. Tezisda tayanch o‘quv reja, o‘quv dasturi, malaka talablari va
baholash tizimi kabi tarkibiy qismlar mazmunan ochib berilgan hamda ta’lim sifatini nazorat
qilishning ichki, tashqi va davlat-jamoatchilik shakllari tahlil etilgan.
Kalit so‘zlar:
Davlat ta’lim standarti, umumiy o‘rta ta’lim, o‘quv reja, o‘quv dasturi,
malaka talablari, baholash tizimi, kompetensiya, ta’lim mazmuni, ta’lim sifati, uzluksizlik,
innovatsion texnologiyalar, nazorat turlari.
Davlat ta’lim standarti Ta’lim mazmuni – belgilangan maqsadga muvofiq yo‘nalish va
hajmiga ega bo‘ladi. U tegishli me’yoriy hujjatlar: davlat ta’lim standartlari, o‘quv reja, dasturlar
shaklida rasmiylashtirib, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanadi1 . Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim
standartining maqsadi — umumiy o‘rta ta’lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan
ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan
va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy
barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat. Umumiy o‘rta ta’limning
davlat ta’lim standartining vazifalari quyidagilardan iborat: -umumiy o‘rta ta’lim mazmuni va
sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash; -milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida
o‘quvchilarni tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish; -o‘quv-tarbiya jarayoniga
pedagogik va zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, umumiy o‘rta
ta’lim muassasalarining o‘quvchilari va bitiruvchilarining malakasiga qo‘yiladigan talablarni
belgilash; -kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning
samarali integratsiyasini ta’minlash; 1 Ж.Ҳасанбоев, Х.Тўрақулов, М.Ҳайдаров,
О.Ҳасанбоева, Н.Усманов. Педагогика фанидан изоҳли луғат. Т.: “Фан ва технология”,
2009, 464-бет 86 -ta’lim va uning pirovard natijalari, o‘quvchilarning malaka talablarini
egallaganlik darajasini tizimli baholash tartibini, shuningdek ta’lim-tarbiya faoliyati sifatini
nazorat qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish; -davlat ta’lim standartlari talablarining
ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash.
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi: -
o‘quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligi; - umumiy o‘rta ta’lim
mazmunining insonparvarligi; - davlat ta’lim standartining ta’lim sohasidagi davlat va jamiyat
Oktabr, 2025-Yil
212
talablariga, shaxs ehtiyojiga mosligi; - umumiy o‘rta ta’limning boshqa ta’lim turlari va
bosqichlari bilan uzluksizligi va ta’lim mazmunining uzviyligi; - umumiy o‘rta ta’lim
mazmunining respublikadagi barcha hududlarda birligi va yaxlitligi; - umumiy o‘rta ta’limning
mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovatsiya texnologiyalariga asoslanilganligi; -
o‘quvchilarda fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun tayanch va fanlarga oid
umumiy kompetentsiyalarni rivojlantirishning ta’minlanganligi; - rivojlangan xorijiy
mamlakatlarning ta’lim sohasida me’yorlarni belgilash tajribasidan milliy xususiyatlarni hisobga
olgan holda foydalanish. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti quyidagi tarkibiy
qismlardan iborat: -umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasi; -umumiy o‘rta ta’limning o‘quv
dasturi; -umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari; -baholash tizimi. Umumiy o‘rta ta’limning
tayanch o‘quv rejasi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan o‘quv fanlari nomi, o‘quv
yuklamasining minimal hajmi hamda ularning sinflar bo‘yicha taqsimoti belgilangan hujjat
hisoblanadi. Tayanch o‘quv reja umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining dars jadvalini ishlab
chiqish uchun asos hisoblanadi. 87 Tayanch o‘quv reja umumta’lim fanlari bo‘yicha belgilangan
ta’lim mazmunini o‘quvchiga yetkazish uchun ajratilgan o‘quv soatlari (davlat ixtiyoridagi va
maktab ixtiyoridagi soatlar)ning minimal hajmini belgilaydi. Umumiy o‘rta ta’limning o‘quv
dasturi tayanch o‘quv rejaga muvofiq o‘quv fanlarining sinflar va mavzular bo‘yicha hajmi,
mazmuni, o‘rganish ketma-ketligi va shakllantiriladigan kompetentsiyalari belgilangan hujjat
hisoblanadi. O‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab
chiqiladi va tasdiqlanadi. Umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari umumta’lim fanlari bo‘yicha
ta’lim mazmunining majburiy minimumi va yakuniy maqsadlariga, o‘quv yuklamalari hajmiga
hamda ta’lim sifatiga qo‘yiladigan talablardan iborat bo‘lib, u quyidagilardan tashkil topadi: bilim
— o‘rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish; ko‘nikma — o‘rganilgan
bilimlarni tanish vaziyatlarda qo‘llay olish; malaka — o‘rganilgan bilim va shakllangan
ko‘nikmalarni notanish vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qilish; kompetentsiya —
mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati. Baholash
tizimi — davlat ta’lim standarti bo‘yicha umumiy o‘rta ta’limning malaka talablarini o‘quvchilar
tomonidan o‘zlashtirilishi darajasini hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasasining faoliyati
samaradorligini aniqlaydigan mezonlar majmuidan iborat. Davlat ta’lim standartini joriy etish, shu
jumladan umumta’lim fanlari bo‘yicha ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan minimal
talablarni, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablarini
tasdiqlash pedagogik tajriba-sinov ishlari muvaffaqiyatli yakunlanib, ularga ekspert baho
berilgach amalga oshiriladi. Umumiy o‘rta ta’lim sifatini nazorat qilishning turlari quyidagilardan
iborat: ichki nazorat — O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan
tartib asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasasining monitoring guruhi tomonidan amalga
oshiriladi; 88 tashqi nazorat — ta’lim sohasidagi vakolatli davlat organlari, hududiy xalq ta’limi
boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi; davlat-jamoatchilik nazorati — qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda hududiy xalq ta’limi boshqaruvi organlari va nodavlat notijorat
tashkilotlar hamkorligida amalga oshiriladi; milliy va xalqaro darajada baholash — Hukumatning
tegishli qarori hamda xalqaro shartnomalar asosida xalq ta’limi boshqaruvi organlari, nodavlat
notijorat tashkilotlar va xalqaro tashkilotlar hamkorligida amalga oshiriladi. O‘zbekiston
Respublikasida ta’limning uzluksizligi, uzviyligi, o‘quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan
Oktabr, 2025-Yil
213
kelib chiqib, ularning yosh xususiyatlariga mos ravishda quyidagi tayanch kompetentsiyalar
shakllantiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun
, 2020-yil 23-sentabr. —
Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi nashri.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish
to‘g‘risida”gi farmoni
, PQ–4884-son, 2020-yil 6-noyabr.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Umumiy o‘rta ta’limning davlat
ta’lim standartini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori
, 2017-yil 6-aprel, 187-son.
4.
Hasanboev J., To‘raqulov X., Haydarov M., Hasanboeva O., Usmonov N.
“Pedagogika
fanidan izohli lug‘at”
. — Toshkent: Fan va texnologiya, 2009. — 464 b.
5.
Ro‘ziqov O., To‘xtaxodjayev B., Rasulov A.
“Didaktika”
. — Toshkent: O‘zbekiston
Milliy universiteti nashriyoti, 1997. — 312 b.
6.
Jalolov J.J.
“Pedagogika nazariyasi va metodikasi”
. — Toshkent: “Fan va texnologiya”,
2019. — 280 b.
7.
Xolmatov A., Qurbonov N.
“Ta’lim sifatini baholashning zamonaviy yondashuvlari”
.
— Toshkent: TDPU nashriyoti, 2021. — 156 b.
8.
UNESCO.
Education Standards and Quality Assurance: International Overview.
—
Paris: UNESCO Publishing, 2022.
