407
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
PEDAGOGIK FANLARNI O‘QITISH METODIKASI FANI PRINSIPLARI
Gulmuratova Aziyza Marat qizi
Nukus Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi murabbiyi.
email:
gulmuratovaaziza1@gmail .com
https://doi.org/10.5281/zenodo.17405919
Annotatsiya.
Ushbu maqolada pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasi fanining asosiy
prinsiplari, ularning ta’lim-tarbiya jarayonidagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Pedagogika
fanlarini o‘qitishda ilmiylik, nazariya va amaliyot birligi, zamonaviylik va milliylik,
ma’lumotlarning tushunarliligi, izchilligi va tizimliligi, talabalarning ijodiy faolligi, mustaqilligi
hamda tashabbuskorligini shakllantirishga doir prinsiplar tahlil etilgan. Shuningdek, ta’lim va
tarbiya mazmunining o‘zaro bog‘liqligi, didaktik vositalar majmui hamda o‘quv jarayonini
maqbullashtirish tamoyillari nazariy va amaliy asosda bayon etilgan. Maqolada pedagogik
fanlarni o‘qitishning metodik prinsiplari orqali ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish
yo‘llari ochib berilgan.
Kalit so‘zlar:
Pedagogik fanlar, o‘qitish metodikasi, prinsiplar, ilmiylik, nazariya va
amaliyot birligi, zamonaviylik, milliylik, izchillik, tizimlilik, mustaqillik, ijodiy faollik, ta’lim va
tarbiya bog‘liqligi.
PRINCIPLES OF THE SCIENCE OF TEACHING METHODOLOGY OF
PEDAGOGICAL SUBJECTS
Abstract.
This article covers the main principles of the science of teaching methodology
of pedagogical subjects, their role and significance in the educational process. The principles of
scientificity, unity of theory and practice, modernity and nationality, clarity, consistency and
systematicity of information in teaching pedagogical subjects, the formation of creative activity,
independence and initiative of students are analyzed. Also, the interrelation of the content of
education and upbringing, the set of didactic tools and the principles of optimizing the
educational process are described on a theoretical and practical basis. The article reveals ways
to increase the effectiveness of the educational process through methodological principles of
teaching pedagogical subjects.
Keywords:
Pedagogical sciences, teaching methodology, principles, scientificity, unity of
theory and practice, modernity, nationality, consistency, systematicity, independence, creative
activity, connection between education and upbringing.
ПРИНЦИПЫ МЕТОДИКИ ПРЕПОДАВАНИЯ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ
ДИСЦИПЛИН
Аннотация.
В статье рассматриваются основные принципы методики
преподавания педагогических дисциплин, их роль и значение в образовательном процессе.
Анализируются
принципы
научности,
единства
теории
и
практики,
современности и народности, ясности, последовательности и системности информации
в преподавании педагогических дисциплин, формирования творческой активности,
самостоятельности и инициативы учащихся. Также на теоретической и практической
основе раскрывается взаимосвязь содержания образования и воспитания, комплекса
дидактических средств и принципов оптимизации образовательного процесса. В статье
раскрываются
пути
повышения
эффективности
образовательного
процесса
посредством методических принципов преподавания педагогических дисциплин.
408
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
Ключевые слова:
Педагогические науки, методика преподавания, принципы,
научность,
единство
теории
и
практики,
современность,
народность,
последовательность, системность, самостоятельность, творческая активность, связь
образования и воспитания.
Pedagogik fanlarni o‘qitishning metodikasining prinsiplari o‘quvtarbiya jarayonlarining
tashkiliy-didaktik asoslariga qo‘yiladigan ijtimoiy-pedagogik talablarni, uni boshqarishda rioya
qilinadigan meyorlar sifatida amal qiladi. Fikrimizcha, pedagogika va psixologiya ta’lim
yo‘nalishida o‘qitish metodikasining prinsiplarini belgilashda quyidagilarga asoslanadi: 1)
pedagogik fanlar oldida jamiyat ehtiyoji va talablaridan kelib chiqqan maqsad va vazifalarni
amalga oshirishi yo‘llari; 2) pedagogik fanlarini o‘qitish qonuniyatlari; 3) ta’lim muassasalarida
pedagogik fanlarni o‘qitishning didaktikmetodik shart-sharoitlari. O.Roziqov va boshqa
“Didaktika” darsligi mualliflarining yozishlaricha “Prinsiplar umumdidaktik kategoriyalar
bo‘lib, ular ta’limning barcha turlari (individlar, guruh, umumsinf), darajalari (boshlang‘ich,
o‘rta, professional, oliy), su’ektlari (o‘qituvchilar, o‘quvchilar kollektivi) o‘quv-tarbiya
jarayonlarining hamma komponentlari (ta’limning maqsadi, vazifasi, vositasi, mazmuni,
metodlari, tashkiliy shakllari, natijalari)ga daxldor umumiy qoidalardir”1. Demak, prinsiplar
umuman, jumladan pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishida o‘qitish metodikasining
prinsiplari jamiyat ehtiyoj va talablari asosida pedagogika fanining maqsad, 1 Roziqov O. va
boshqalar “Didaktika” darsligi –T.: O‘zR F A “Fan”, 1997, 149-bet. 15 vazifalariga, o‘qitish
qonunlariga, pedagogik fanlarni o‘qitishning didaktik-metodik shart-sharoitlariga va nihoyat
umumdidaktik kategoriya sifatlariga ta’limning turlariga, darajalariga, subektlariga, o‘quv-
tarbiya jarayonining komponentlariga daxldor qoidalar ekan, pedagogik fanlarni o‘qitish
metodikasini o‘rgatishda ularga avval yaqin zaruriy holat hisoblanadi hamda oliy ta’limda ushbu
fanni o‘rgatuvchilarni barcha barchasi bu prinsiplarni bilishlari lozim degan xulosa qilib chiqadi.
Pedagogika adabiyotlarni o‘rganish pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishida pedagogik
fanlarni o‘qitish metodikasi o‘quv predmetining quyidagi prinsiplari tizimi mavjudligini
asoslashga da’vat etdi. 1. Ilmiylik prinsipi. 2. Pedagogik fanlarni o‘qitishda nazariya va
amaliyotning birligi prinsipi. 3. Pedagogika mazmunini o‘zlashtirishda zamonaviylik va milliylik
prinsipi. 4. Pedagogika ma’lumotlarini bayon etishning tushunarliligi, izchilligi va tizimliligi
prinsipi. 5. O‘qituvchi rahbarligida talabalarning ijodiy faolligi, mustaqilligi va
tashabbuskorligini yo‘lga qo‘yish prinsipi. 6. Pedagogik ma’lumotlarni o‘rganishda ta’lim va
tarbiya mazmunining o‘zaro bog‘liqligi prinsipi. 7. O‘qitishda didaktik vositalar majmui prinsipi.
8. Pedagogik fanlarni o‘qitishda o‘quv jarayonini maqbullashtirish prinsipi. 9. Pedagogik
fanlarni o‘qitishda qo‘shimcha ma’lumotlarni tanlash prinsipi. Pedagogika va psixologiya ta’lim
yo‘nalishida pedagogik fanlarni o‘qitish ilmiylik prinsipiga asoslanadi. Har qanday ma’lumot
ilmiy asosga ega bo‘lsagina taraqqiyotga hissa qo‘sha oladi. Zero, ilmiy bilim bu tajribada
sinalgan, fan, texnika rivojini ta’minlab, svilizatsiyaning ilgarilashga mos kelishini ifodalaydi.
Ma’lumki, o‘qitishning ilmiylik prinsipi “fan-o‘quv predmeti” kesimida amalga oshadi.
O‘quv predmeti fan asoslab bergan ma’lumotlar asosida ko‘riladi. Bunda ilmiy bilimlar
borliqdagi qonuniyatlarni o‘zlashtirish, nazariy ma’lumotlarni anglash sari olib boradi. Chunki,
ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan har bir o‘quv 16 predmeti, jumladan pedagogik fanlarni
o‘qitish metodikasi o‘quv predmeti ham o‘ziga ta’luqli bo‘lgan fanning umumiy asoslaridan
iborat bo‘lgan. Bunda fanda tushuncha va kategoriyalarning ko‘pligi, mazmunan boyligi,
qo‘llanish doirasining kengligi bilan o‘quv predmetidan yuqori turadi.
409
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
O‘quv predmeti esa ta’lim oluvchilarning yosh xususiyatlarini, real o‘quv
imkoniyatlarini, qiziqishlari asosida yaratildi. Shuning uchun o‘quv predmetlaridagi ma’lumotlar
ham ilmiylik prinsiplariga asoslangan deb aytish mumkin. Ilmiylik prinsipida, ilmiy bilimlar, fan
asoslarini egallash jarayonida ta’lim oluvchilarga aqliy qobiliyat, ijodiy tafakkur rivojlanadi,
ilmiy dunyoqarash tarkib topa boradi. Shuning uchun pedagogika o‘rgatishda o‘qituvchi
(talabalar) ilmiylik prinsipini qo‘llar ekan talabalar diqqatini ilmiy ko‘nikmalar, ularni
kuzatishga, pedagogik voqelikdagi narsa va hodisalarni mohiyatini tahlil qilishga, aniq xulosalar
chiqarishga o‘rgatishi lozim. Bu esa o‘quv fanining ilmiy mazmunini o‘zlashtirib olishga va
kelgusida fanni chuqur egallab, uni o‘z faoliyatiga keng qo‘llashga yordam beradi. Pedagogik
fanlarni o‘qitishda nazariya bilan amaliyotning birligi prinsipi muhim ahamyat kasb etadi. Zero,
bu pedagogika nazariyasidan egallagan bilimlari, amaliyotga tadbiq etish bilan bog‘liq holda olib
borilishini ta’minlaydi. “Fan-ta’lim-ishlab chiqarish” kesimida yo‘lga qo‘yilishini talab etadi.
Shu bilan birga bu prinsip pedagogika fanlaridan o‘zlashtirilgan bilimlarni shaxsiy qarashlari
asosida voqelikdagi voqealarni tahlil qilishni nmazarda tutadi. Bu esa bilimlarni hayotga tadbiq
etishda talablarning amaliy faoliyati mehnatini birlashtiradi hamda nazariy bilimini amaliy
faoliyati uzviyligini ta’minlaydi. Nazariya bilan amaliyotnig birligi g‘oyasi metodika fanining
muhim xususiyatlaridan biri. Chunki bunda talabalar pedagogika fanlari nazariy ma’lumotlarini
o‘quv tarbiya muassasalarida qo‘llashning mazmuni, metod va usullarini o‘rganib oladilar. Buni
jonli amalga oshirish uchun talabalar maktabgacha ta’lim o‘quv yurtlariga, maktablarga, o‘rta
maxsus va kasb hunar bilim yurtlariga ekskursiya uyshtiradilar, u yerlardagi mehnat jarayoni
bilan tanishadilar va o‘zlari egallagan bilimlarni amaliy hodisalar bilan solishtiradi. Bunda
nazariy malumotlar ifodalangan adabiyotlar bilan talabalarni takroriy tanishtirish mashg‘ulotlari
muhim metodik ahamyat kasb etadi. Shuning nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligini
ta’minlashda ilg‘or 17 pedagogik tajribalar yoritilgan audio, video ma’lumotlar ham shu natijaga
erishishni ta’minlaydi. Pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasi o‘quv predmetining zamonaviylik
prinsipi talabalarga bayon etilayotgan ma’lumotlar zamonaviy va milliy asosda bo‘lishini
ta’minlaydi. Ma’lumki, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi munosabati bilan
mamlakatda ta’lim tizimi jahon talablariga mos andoza va milliy asosda qurildi. Ta’lim
muassasalarining uzluksizligi amalga oshirilishi natijasida, ularning moddiy texnika bazasi,
o‘quv tarbiya jarayonlarining yuqori sifati o‘quv adabiyotlari va ilg‘or pedagogik texnologiya
ta’minlandi. Endi bunday o‘quv yurtlarida ishlaydigan kadrlar zamonaviy bilimlarga ega
bo‘lishlari lozim. Shuningdek maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-
hunar ta’limi uchun tayyorlangan o‘quv fanlarining mazmuni milliy asosda ko‘rildi. Shunga
asosan pedagogika va psixologiyada o‘qitiladigan pedagogika fanlarining mazmunidagi
malumotlarni milliy xususiyatlar asosida aks ettirishda davr talabi bo‘lib qoldi. Bu esa o‘z
navbatida mazkur fanni o‘qitishni milliy asosda qurishni taqozo qiladi. Zamonaviy va milliylik
ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi zamonaviy texnik qurilmalar, vositalar, o‘quv adabiyotlaridan
o‘rinli maxsulli foydalanish taqdirdagina yuksak ma’naviy-axloqiy salohiyat va yuqori malakali
insonlar bo‘lishini anglatadi. Pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasining muhim prinsiplaridan
yana biri ma’lumotlarning tushunarliligi, ularni bayon etishning izchilligi va tuzimliligidir.
Asosan tushunarlilik ta’lim beruvchidan ma’lumotlarning hajmi qiyinlik darajasi ta’lim
oluvchilarning yoshi, real o‘quv imkoniyati, individual xususiyatlarigha muvofiq bo‘lishi
lozimligini uqtiradi. Prinsipga amal qilish jarayonida ta’lim beruvchi mavzu bo‘lim, savollarni
o‘rganish vaqtini belgilashni yoddan chiqarmasligi zarur.
410
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
Shunindek tushunarlilik prinsipi yangi tushuncha, darliklardagi hozirgi zamon fan,
texnika yutuqlarini, terminlar hajmini, o‘rganayotgan muammoning o‘quv dasturidagi o‘rnini,
o‘qitish metodlari va usullarini o‘qituvchi tomonidan aniq belgilanishi lozimligini talab qiladi.
O‘qitish jarayonida amal qilinishi lozim bo‘lgan individual xususiyatlarga
o‘quvchilarning qiziqishlari, rivojlanish darajasi, his tuyg‘ulari, temperamenti, xarakter
xususiyatlari, qobiliyati, mayli, turmush tarsi kiradi. Tushunarlilik prinsipi izchillik va tizimlilik
18 prinsipi bilan o‘zaro aloqadorlik tarzida qo‘llanilib, bunda masalalarni o‘rganishda a)
ma’lumdan nomalumga; b) oddiydan murakkabga; v) aniqdan noaniqqa g) osondan qiyiga d)
umumiydan xususiyga qoidalariga amal qilish asosida olib boriladi. Ta’limning izchillik
prinsipiga Y.A.Komenskiy asos solgan, so‘ngra bu prinsiplar rus pedagogi K.D.Ushinskiy
tomonidan rivojlantirilgan. Tajribaning ko‘rsatishicha izchil va tizimni bayon etilgan malumotlar
ongli o‘zlashtiriladi, uzoq vaqt xotirada saqlanadi. Parcha-qism asosida bayon etilgan
ma’lumotlarni o‘zlashtirish qiyin. Shuning uchun bilimlar izchilk muayyan tizim asosida bayon
etilsa ular o‘zaro bog‘lanadi va ikkinchisi birinchisini to‘ldiradi. Shunga asosan bilimlarni o‘zaro
bog‘liqlikda yaxlit muayyan izchillik, tizimlilik yo‘nalishida o‘rganish mukammal takomillashib
boruvchi shaxsning shakllanishini amalga oshiradi. Izchillik va tizimlilik butun o‘quv tarbiya
jarayonini aniq rejalashtirish darslarning ma’lumotlarini ratsional ta’minlashga yordam beradi,
bilimlar tushunarli o‘zlashtiriladi, mantiqiy tafakkur rivojlanadi. Pedagogik ma’lumotlarni
o‘zlashtirishda talabalarning ijodiy faolligi mustaqilligi va tashabbuskorligi prinsipi fanda
muhim ahamyat kasb etib gullab, xosilni ko‘p beruvchi daraxtga o‘xshaydi. Talaba pedagogika
fanlari materiallarini ijodiy o‘zlashtirsa qo‘shimcha adabiyotlardan bilimlarni mustaqil to‘ldirsa
albatta bu tashabbus ko‘rsatib mehnat qiladigan shaxs bo‘ladi. “kadrlar tayyorlash milliy
dasturi”da ham nazarda tutilgan masalalardan biri talabalarda ijodiy faollikni mustaqillikni,
tashabbuskorlikni shakllantirishi orqali malakali, maxoratli kadrlarni tayyorlash hisoblanadi.
Mustaqillik o‘z yo‘nalishida ijodiy faollikni tarbiyalaydi, ijodiy faollik tashabbuskorlikka
undaydi. Bular o‘zaro sabab va natija shaklida bog‘langan pedagogik hodisadir. Zero, “Haqiqiy
mustaqillikga erishmagan joyda talabalarning ijodiy faollikni ” tashabbuskorligi to‘g‘risida
gapirib bo‘lmaganidek, pedagogik fanlarni o‘qitishda metodika fani o‘z ta’lim oluvchilarida
mustaqillikni ta’minlamay turib pedagogik bilimlarni ijodiy o‘zlashtirish faol va tashabbuskor
bo‘lishni tarbiyalash murakkabdir. Darhaqiqat mustaqillik prinsipi davr ijtimoiyiqtisodiy
taraqiyot talab etayotgan prinsip hisoblanadi. Chunki, mustaqillik talabalarda erkin fikrlashni,
ijodiy qobiliyatni, aqlan teranlilikni shakllantiradi. 19 Shuni ta’kidlash joizki, har qanday
mustaqillik, mustaqil bilim olish aqliy faoliyatni shakllantiradi. Faollik shaxsiy intellektual
faoliyat belgisi tarzida mustaqil bilim olishni o‘rgatadi. Shu jihatdan bu ikki prinsip pedagogika
fanlari mazmunidagi ma’lumotlarni qo‘shimcha adabiyotlarda seminar mashg‘ulotlariga
tayyorlanish, mustaqil ish bajarish, referat yozish, testlar tuzishda qo‘l keladi va ijodiy aqliy
faoliyatning rivojlanishiga ko‘maklashadi. Pedagogik fanlar ko‘p qirrali bo‘lib, ular yoshlarga
ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotda shaxsiy kamolot, aqliy yetuklik, jismoniy barkamollik kabi ta’lim-
tarbiya ma’lumotlaridan xabar beradi. Shu bois pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasi ko‘proq
ta’lim-tarbiyaning uzviy bog‘liqligiga e’tibor qaratib, pedagogik bilimlarni o‘rganish uchun
ta’lim va tarbiya mazmunining o‘zaro bog‘liqligi prinsipiga amal qiladi. Chunonchi, bu prinsip
talabalarga bilim berish, ularda ilmiy dunyoqarash, siyosiy ongliligini ijyimoiy faoliyatini,
ma’naviy yetuklikni tarbiyalashdan iborat prinsip hisoblanib, bunda egallangan pedagogik bilim
konikma, malakalarni ijtimoiy hayotda qo‘llashni o‘rgatadi va ta’lim oluvchilarning ham
intellektual, ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan rivojlanishini ta’minlaydi.
411
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni. - T., 2020.
2.
Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir
rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2016 yil yakunlari va 2017 yil istiqbollariga bag‘ishlangan majlisidagi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nutqi. // Xalq so‘zi gazetasi, 2017.16 yanvar, №11
3.
Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz.
“O‘zbekiston”, 2017.
4.
Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi - inson manfaatlarini ta’minlash taraqqiyoti va xalq
farovonligining garovi. “O‘zbekiston”, 2017.
5.
Hasanboeva O., Djamilova N. Pedagogik fanlarni o'qitish metodikasi. - T.: 2008. 23.
6.
Ibragimov X.I. Pedagogika-psixologiya – Toshkent, O‘zbekiston faylasuflari milliy
jamiyati, 2007 24.
7.
Ibragimov X.I.., Abdullayeva Sh.A. Pedagogika nazariyasi. - T.: “Fan va texnologiyalar”
nashriyoti, 2008.
8.
Илина Т.А. Педагогика: Курс лексий: Учебное пособие для студентов пед. ин-тов.
— М.:
9.
Просвещение, 1984. - 496 с. 318 26. Ismoilova Z. Pedagogikadan amaliy mashg’ulotlar.
– T.: Fan, 2001. 27.
10.
Карандашев B.H. Методика преподавания психологии - М. Спб 2007 28.
Карандашев В. Н. Методика преподавания психологии: Учебное пособие. — СПб.:
Питер, 2006. — 250
11.
Jumaniyazov, D. (2024). DENE TÁRBIYASI SISTEMASINDA HÁR TÁREPLEME
TÁLIM HÁM TÁRBIYA BERIW USILLARI.
Modern Science and Research
,
3
(12),
396-400.
