Authors

  • Normamat Mallayev
  • Zarifjon Yusupov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.137544

Keywords:

intellectual property objects artistic visual works liability civil claim material damage moral damage administrative liability fine criminal liability counterfeit copies copying WIPO Berne Convention news AI legislation.

Abstract

This article analyzes the provisions of the legislation of the Republic of Uzbekistan related to copyright, defines the concept of “copyright,” and examines the degree of its protection under Uzbek law. Special attention is given to how the copyright legislation covers digital content in the online environment, including blogs, social media materials, and other online works. In addition, the article discusses the legal consequences of copyright infringement and the types of penalties applied for such violations.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

309

MUALLIFLIK HUQUQI VA JADAL RIVOJLANAYOTGAN INTERNET

Normamat Ramazonovich Mallayev

Yuridik fanlar nomzodi, dotsent.

Yusupov Zarifjon Erkin o’g’li

Termiz davlat universiteti Advokatlik faoliyati mutaxasisligi tinglovchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.17400734

Annotatsiya

. Ushbu maqolada O’zbekistob Respublikasi qonunchiligidagi mualliflik

huquqiga oid normalar, mualliflik huquqi tushunchasining ta’rifi, O’zbekiston Respublikasi
qonunchiligida mualliflik huquqining qay darajada himoya etilganligi, mualliflik huquqi
to’g’risidagi qonunchilikning internet muhitidagi raqamli kontent, bloglar, ijtimoiy
tarmoqlardagi materiallar va boshqa onlayn asarlarni qanchalik qamrab olganligi tahlil
qilingan. Shuningdek, mualliflik huquqi buzilishining huquqiy oqibatlari, unga qo’llaniladigan
jazolar haqida ham ma’lumot berilgan.

Kalit so’zlar:

Mualliflik huquqi, intellektual mulk, ob’ektlar, badiiy, tasviriy, asarlar,

javobgarlik, fuqaroviy da’vo, moddiy zarar, ma’naviy zarar, ma’muriy javobgarlik, jarima,
jinoiy javobgarlik, kontrafakt nusxalar, nusxa ko’chirish, WIPO, Bern konferensiyasi,
yangiliklar, AI, qonunchilik.

АВТОРСКОЕ ПРАВО И БУРНО РАЗВИВАЮЩИЙСЯ ИНТЕРНЕТ

Аннотация.

В данной статье анализируются нормы законодательства

Республики Узбекистан, касающиеся авторского права, дается определение понятия
«авторское право», а также рассматривается степень его защиты в законодательстве
Республики Узбекистан. Особое внимание уделено тому, насколько законодательство об
авторском праве охватывает цифровой контент в интернет-среде, включая блоги,
материалы в социальных сетях и другие онлайн-произведения. Кроме того,
рассматриваются правовые последствия нарушения авторского права и виды наказаний,
применяемых за такие нарушения.

Ключевые слова

: авторское право, интеллектуальная собственность, объекты,

художественные, изобразительные произведения, ответственность, гражданский иск,
материальный ущерб, моральный вред, административная ответственность, штраф,
уголовная ответственность, контрафактные копии, копирование, ВОИС, Бернская
конвенция, новости, искусственный интеллект (AI), законодательство.

COPYRIGHT AND THE RAPIDLY DEVELOPING INTERNET

Annotation.

This article analyzes the provisions of the legislation of the Republic of

Uzbekistan related to copyright, defines the concept of “copyright,” and examines the degree of
its protection under Uzbek law. Special attention is given to how the copyright legislation covers
digital content in the online environment, including blogs, social media materials, and other
online works. In addition, the article discusses the legal consequences of copyright infringement
and the types of penalties applied for such violations.

Keywords

: copyright, intellectual property, objects, artistic, visual works, liability, civil

claim, material damage, moral damage, administrative liability, fine, criminal liability,
counterfeit copies, copying, WIPO, Berne Convention, news, AI, legislation.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

310

Mualliflik huquqi

– san’at, fan va adabiyotga oid asarlar yaratgan ijodkorlarning o’z

asarlarini qonuniy himoya qilish, ulardan foydalanish va himoya qilish bilan bog’liq bo’lgan
o’zaro huquqlar majmuyidir. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida mualliflik
huquqi ijodiy faoliyat natijasi boʻlmish fan, adabiyot va sanʼat asarlariga nisbatan, ularning
maqsadi va qadr-qimmati, shuningdek ifodalanish usulidan qatʼi nazar, tatbiq etilishi, mualliflik
huquqi quyidagi biron-bir obyektiv shaklda boʻlgan oshkor qilingan asarlarga ham, oshkor
qilinmagan asarlarga ham tatbiq etilishi; Yozma (qoʻlyozma, mashinkalangan yozuv, notali
yozuv va hokazo);

ogʻzaki (omma oldida soʻzlash, omma oldida ijro etish va hokazo);
ovozli yoki video yozuv (mexanik, magnitli, raqamli, optik va hokazo);
tasvir (rasm, eskiz, manzara, tarh, chizma, kino-, tele-, video- yoki fotokadr va hokazo);
hajmli-fazoviy (haykal, model, maket, inshoot va hokazo);
boshqa shakllardagi asarlar shular jumlasiga kirishi,
Mualliflik huquqi gʻoyalar, prinsiplar, uslublar, jarayonlar, tizimlar, usullar yoki

konsepsiyalarga emas, balki ifoda shakliga nisbatan tatbiq etilishi aytib o’tilgan.

Yana o’sha manbada mualliflik huquqining ob’ektlari haqida ham batafsil ma’lumot

berilgan bo’lib, unga ko’ra: adabiy asarlar (adabiy-badiiy, ilmiy, oʻquv, publitsistik va boshqa
asarlar);

dramatik va ssenariy asarlar;
matnli va matnsiz musiqa asarlari;
musiqali-dramatik asarlar;
xoreografiya asarlari va pantomimalar;
audiovizual asarlar;
rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika, dizayn asarlari va boshqa tasviriy sanʼat asarlari;
manzarali-amaliy va sahna bezagi sanʼati asarlari;
arxitektura, shaharsozlik va bogʻ-park barpo etish sanʼati asarlari;
fotografiya asarlari va fotografiyaga oʻxshash usullarda yaratilgan asarlar;
joʻgʻrofiya, geologiya xaritalari va boshqa xaritalar, joʻgʻrofiya, topografiya va boshqa

fanlarga taalluqli tarhlar, eskizlar va asarlar;

barcha turdagi elektron-hisoblash mashinalari (EHM) uchun dasturlar, shu jumladan

amaliy dasturlar va operatsiya tizimlari kirishi ma’lumot sifatida keltirilgan. Lekin shuni aytish
ham lozimki rasmiy hujjatlar; (qarorlar, qonunlar, va shu kabilar),

rasmiy ramzlar va belgilar; (ordenlar, bayroqlar, gerblar, pul belgilari va shu kabilar)
xalq ijodiyoti asarlari;
oddiy matbuot axboroti tusidagi kundalik yangiliklarga doir yoki joriy voqealar haqidagi

xabarlar;

insonning bevosita individual asar yaratishga qaratilgan ijodiy faoliyati amalga

oshirilmasdan, muayyan turdagi ishlab chiqarish uchun moʻljallangan texnika vositalari
yordamida olingan natijalar mualliflik huquqi ob’ektlari hisoblanmaydi.

WIPO

(World Intellectual Property Organisation)ning rasmiy saytida mualliflik huquqi

tushunchasi quyidagicha ta’riflanadi “Mualliflik huquqi (yoki muallif huquqi) — bu
ijodkorlarning o‘zlarining adabiy va badiiy asarlariga nisbatan ega bo‘lgan huquqlarini


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

311

ifodalovchi huquqiy tushunchadir.” Stanford universiteti professori

Paul Goldstein

o’zining

Copyright’s Highway

” kitobida shunday deydi “Mualliflik huquqi — bu shaxsning o‘z

asaridan nusxa ko‘chirish va boshqalarning bu asardan ruxsatsiz nusxa ko‘chirishiga yo‘l
qo‘ymaslik huquqidir; ya’ni, bu “mualliflik qonuni”dir.” deydi . demak bulardan shunday xulosa
chiqarsak bo’ladi “Mualliflik huquqi bu o’zi mustaqil asarlarga ega bo’lish va ruxsatsiz nusxa
ko’chirishni taqiqlashni ta’minlovchi huquqdir.”

O‘zbekiston Respublikasining

2006-yil 20-iyulda qabul qilingan “Mualliflik huquqi va

turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi

Qonunida mualliflik huquqi “muallif tomonidan yaratilgan

ilmiy, adabiy, san’at asarlari, shuningdek kompyuter dasturlari va ma’lumotlar bazalariga
nisbatan shaxsiy nomulkiy hamda mulkiy huquqlarning majmui” sifatida ta’riflangan.

Bu qonun muallifning shaxsiy huquqlarini (asarni o‘z nomi bilan nashr etish, nomini

ko‘rsatish, asarni himoya qilish, asar ustida o‘zgartirish kiritishni rad etish) hamda mulkiy
huquqlarini (ko‘paytirish, tarqatish, namoyish qilish, ijro etish, efirga uzatish va boshqalar)
kafolatlaydi.

Qonuniy asoslar va himoya mexanizmlari
Mualliflik huquqlari quyidagi asosiy hujjatlar bilan himoyalanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – 53-moddada “Intellektual mulk qonun bilan

muhofaza qilinadi” deb belgilangan.

“Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonun (2006-y.) — asosiy huquqiy

manba.

Fuqarolik kodeksi – 1031–1111-moddalarida intellektual mulk obyektlariga egalik va

foydalanish tartibi belgilangan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi

Butunjahon intellektual mulk tashkiloti

(

1

) va

Bern konvensiyasi

ishtirokchisidir. Bu xalqaro a’zolik mamlakatdagi mualliflik huquqlarini

xalqaro standartlar darajasida himoya qilish imkonini beradi.

Hozirgi axborot texnologiyalari asrida internet tarmog’i qanchalik rivojlanib borayotgani

sayin u yerda monitoring kamligi (ayniqsa, O’zbekiston sharoitida) tufayli mualliflik huquqining
buzulishi holatlari ko’paymoqda. Ular quyidagicha holatlarda namoyon bo’lmoqda:

1.

Nusxa ko‘chirish va plagiat

Eng ko‘p uchraydigan muammolardan biri — plagiat, ya’ni boshqalarning matnini,

musiqasini, rasm yoki videolarini yoki dastur kodini ruxsatsiz olib, o‘z nomidan taqdim etish.

Masalan, talabalar internetdagi maqolalarni to‘liq nusxa qilib topshiriq sifatida berishadi;

blogerlar yoki sayt egalari boshqa manbalarni o‘zgartirmay joylashadi; YouTube’da esa boshqa
kanallardagi videolarni yuklab olib, o‘z foydasiga ishlatish holatlari uchraydi.

2.

Ruxsatsiz tarqatish (piratlik)

Raqamli mahsulotlar — filmlar, dasturlar, musiqa va elektron kitoblar — pirat saytlar

orqali noqonuniy tarqatiladi. Masalan, torrent yoki Telegram kanallarda pullik filmlar va
darsliklar bepul tarqatilishi, mobil ilovalarning “crack” qilingan versiyalari tarqalishi, yoki
Spotify, Netflix, Adobe kabi xizmatlarning noqonuniy akkauntlari sotilishi keng tarqalgan
muammolardir.

3.

Ijtimoiy tarmoqlarda kontent o‘g‘irlash


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

312

TikTok, Instagram yoki YouTube Shorts kabi platformalarda foydalanuvchilar ko‘pincha

boshqa ijodkorlarning videolarini suv belgisi (watermark)dan holi qilib o‘z sahifasiga qo‘yadi,
musiqalar yoki effektlardan ruxsatsiz foydalanadi, hamda tanlangan rasmlar yoki dizaynlarni
o‘zgartirib, o‘z nomidan reklama yoki mahsulot sifatida ishlatadi.

4.

Sun’iy intellekt (AI) bilan yaratilgan kontent muammosi

Oxirgi yillarda AI vositalari yordamida hosil qilingan asarlar mualliflik masalalarini

murakkablashtirmoqda: AI ko‘pincha boshqa mualliflarning ishlaridan o‘rganib, ularga o‘xshash
natijalar chiqaradi. Shu bois “AI yaratuvchisi kimga tegishli?” degan savol tug‘ilmoqda. Ba’zi
mamlakatlarda (masalan, AQSh va Buyuk Britaniya) AI yordamida yaratilgan kontent mualliflik
huquqi bilan himoyalanmasligi mumkinligi e’tirof etilyapti.

5.

Manba ko‘rsatmaslik (Vikipediya, bloglar va boshqa platformalar) Internetda ko‘plab

odamlar manbalarni ko‘rsatmay turib ma’lumotdan foydalanadi. Bunday xatti-harakatlar
ko‘pincha “yumshoq buzilish” sifatida qaraladi, lekin ilmiy yoki tijorat maqsadlarda manba
ko‘rsatilmasa, bu qonuniy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.

Agarda mualiflik huquqi buzilsa,
1

) Fuqarolik-huquqiy (civillik) choralar

: Muallif yoki huquq egasi Fuqarolik kodeksi

asosida zarar miqdorini aniqlab, moddiy va ma’naviy zararni sud orqali undirishi mumkin;
shuningdek, asarni foydalanishni to‘xtatish (taqiq), asarning nusxalarini musodara qilish,
zararlarni qoplashni talab qilish huquqi mavjud.

2

) Ma’muriy javobgarlik

(Ma’muriy kodeks): Ma’muriy jihatdan mualliflik va turdosh

huquqlarni buzish uchun javobgarlik belgilangan (Ma’muriy kodeks — 177¹-modda va tegishli
bandlar). Sanksiyalar quyidagicha ifodalangan (qisqacha): fuqarolarga — bazaviy hisoblash
miqdorining 5 dan 15 baravarigacha jarima; mansabdor shaxslarga — 15 dan 30 baravarigacha;
takroriy yoki jiddiy holatlarda ko‘proq (tartibga ko‘ra 15–30 yoki 30–50 va hokazo).
Shuningdek, contrafakt nusxalar, ularni tayyorlashda ishlatilgan materiallar va uskunalar ham
musodara qilinishi mumkin.

3

) Jinoiy javobgarlik

(Jinoyat kodeksi): Mualliflik huquqini o‘zlashtirish yoki ularni

qonunga xilof ravishda ko‘paytirish, tarqatish va hokazo — Jinoyat kodeksining 149-moddasi
(va unga qo‘shimchalar) bo‘yicha jinoiy javobgarlikka olib keladi. Jinoiy xarakterdagi va katta
zarar yetkazilgan holatlarda sanksiyalar og‘irlashishi mumkin.

4)

Musodara va boshqa protsessual choralar

: Ma’muriy va jinoiy ishlarda (qaror va

hukmlar asosida) kontrafakt nusxalar, ularni tayyorlash uskunalari va tarqatishda ishlatilgan
materiallar musodara qilinishi nazarda tutiladi. Fuqarolik da’vosi orqali moddiy va ma’naviy
zarar undirishni ham mumkin.

Xulosa o’rnida

shuni aytish kerakki, insonning o’z ijod maxsulini uning roziligisiz

o’zlashtirib olish jinoyat hisoblanadi. Bugungi internet tarmoqlari rivojlangandanda-rivojgan
davrda bunday holatlar, ayniqsa, ko’paymoqda. Afsuski, O’zbekiston mualliflik huquqini
himoya qilish sohasida dunyo bo’yicha reytingi unchalik yuqori emas. Buning sababi hali
aholida huquqiy savodxonlikning pastligida deb aytish mumkin. chunki ko’pchilik birovning ijod
mahsulini “o’ziniki“ qilib olganda buning jinoyat ekanligini, hatto, bilmaydi ham. Yana boshqa
sabablardan biri Internet materiallaridagi Mualliflik holatlarining buzilish holatlarini monitoring
qilib borish juda ham qiyin jarayon hisoblanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

313

Lekin so’ngi yillarda O’zbekistonning Jahon Savdo Tashkilotiga qo’shilish jarayoni

ketayotganligi bois, Mualliflik huquqini himoya qilish sohasida qonunchilik hujjatlari
yangilanib, yaxshilanib bormoqda. Bunga yaqqol misol sifatida, O’zbekiston Respublikasining
Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksga

2025-yil 10-noyabrda

boshlab kuchga kiradigan

qator o‘zgartirishlarni ko’rsatish mumkin. Xususan, asarning va turdosh huquqlar ob’ektlarining
kontrafakt nusxalarini, shuningdek ularni takrorlash va tarqatish uchun foydalanilgan materiallar
va uskunalarni hamda boshqa huquqbuzarlik qurollarini musodara qilish haqida qo’shimchalar
kiritilmoqda. Umid qilamizki, yaqin yillarda O’zbekiston mualliflik huquqining himoya qilinishi
sohasida yanayam kattaroq marralarga erishadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

:

1.

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – qonunchilik milliy bazasi lex.uz;

2.

O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi - qonunchilik milliy bazasi lex.uz;

3.

O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksi- qonunchilik
milliy bazasi lex.uz;

4.

O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi - qonunchilik milliy bazasi lex.uz;

5.

WIPO ning rasmiy sayti wipo.int;

6.

Copyright’s Highway – muallif Paul Goldstein;

7.

Fuqarolik huquqi - darslik II qism – TDYU Mualliflar jamoasi Toshkent 2023;

8.

O’zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to’g’risida”gi
qonuni- qonunchilik milliy bazasi lex.uz.


References

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – qonunchilik milliy bazasi lex.uz;

O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi - qonunchilik milliy bazasi lex.uz;

O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksi- qonunchilik milliy bazasi lex.uz;

O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi - qonunchilik milliy bazasi lex.uz;

WIPO ning rasmiy sayti wipo.int;

Copyright’s Highway – muallif Paul Goldstein;

Fuqarolik huquqi - darslik II qism – TDYU Mualliflar jamoasi Toshkent 2023;

O’zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to’g’risida”gi qonuni- qonunchilik milliy bazasi lex.uz.

Most read articles by the same author(s)

Normamat Mallayev, Etibor Qayumova, THEORETICAL AND PRACTICAL ASPECTS OF THE INSTITUTION OF EVIDENCE AND PROOF IN CRIMINAL PROCEEDINGS , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 10 (2025): Modern science and research

Normamat Mallayev, Zuhra G’ulomova, PARTICIPATION OF LAWYERS IN CIVIL COURT , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 10 (2025): Modern science and research

Normamat Mallayev, Sabrina Abdurasulova, ADVOCACY SECRET , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 10 (2025): Modern science and research

Normamat Mallayev, Zarifjon Yusupov, ABSOLUTE RIGHTS TO INTELLECTUAL PROPERTY OBJECTS AND METHODS OF THEIR PROTECTION , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 12 (2025): "Modern science and research" international scientific journal

Normamat Mallayev, Zuhriddin Hamroyev, SUDLAR FAOLIYATIDA SUN'IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARI JORIY ETILADI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 12 (2025): "Modern science and research" international scientific journal

Normamat Mallayev, Zuhra G’ulomova, IQTISODIY NIZOLARNI HAL ETISHDA ADVOKAT ISHTIROKI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 12 (2025): "Modern science and research" international scientific journal

Normamat Mallayev, Jamshid Mamatov , THE ORIGIN AND DEVELOPMENT OF THE LEGAL PROFESSION , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 10 (2025): Modern science and research

Normamat Mallayev, Sabrina Abdurasulova, JAMIYATDA AYOLLARGA NISBATAN MUNOSABATLAR, ULARGA NISBATAN TAZYIQ VA ZO'RAVONLIKNING DARAJASI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 12 (2025): "Modern science and research" international scientific journal

Normamat Mallayev, Islombek Ismatov, KORPORATIV NIZOLARDA ADVOKATLIK FAOLIYATI ETIKASI: MILLIY VA XORIJIY TAJRIBA , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 12 (2025): "Modern science and research" international scientific journal

Normamat Mallayev, Islombek Ismatov , АDVOKАTLАR MАLАKАSINI OSHIRISH VА IMIJINI YUKSАLTIRISHNING DOLZАRB MUАMMOLАRI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 9 (2025): Modern Science and Research

1 2 > >>