ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
534
YOZMA MANBALARDA SO‘FIY AYOLLAR TIMSOLI
G‘ofurjonova Mohlaroy Nodirjon qizi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17458613
Annotatsiya.
Mumtoz adabiyotda
tazkiralar, oʻz mohiyatiga koʻra, tarixiy, adabiy manba
sifatida qadrlanadi. Ayniqsa, tasavvufiy tazkiralarda nafaqat erkak, balki so‘fiy ayollar hayoti,
tarjimayi holi va maʼnaviy maqomlari ham oʻziga xos tarzda aks etgan. Ushbu maqolada yozma
manbalarda orifa ayollar tasviri haqida faqatgina ayol so‘fiylar ismi zikr qilingan tazkira
muallifi Abu Abdurahmon Sulamiy asariga tayanilgan holda ma’lumot beriladi.
Kalit so‘zlar:
so‘fiy ayollar, tazkira,
Sulamiy, manoqib.
Annotation.
In classical literature,
tazkiras
are valued as historical and literary sources
by their very nature. In particular, Sufi
tazkiras
uniquely portray not only male but also female
mystics (
sufi women
), reflecting their lives, spiritual experiences, and mystical ranks. This
article provides information about the representation of
arifa
women in written sources, based
on the work of Abu Abd al-Rahman al-Sulami – the only
tazkira
author who mentioned female
Sufis by name.
Keywords:
Sufi women,
tazkira
, al-Sulami,
manaqib
.
Аннотация.
В классической литературе тaзкиры по своей сути ценятся как
исторические и литературные источники. Особенно в суфийских тaзкирах своеобразно
отражены не только жизнь мужчин, но и жизнь суфийских женщин, их духовный опыт
и мистические степени. В данной статье представлена информация об образе ариф
женщин в письменных источниках на основе произведения Абу Абдуррахмана Сулами
единственного автора тaзкиры, упомянувшего имена суфийских женщин.
Ключевые слова:
суфийские женщины, тaзкира, Суламий, манакыб.
Mumtoz adabiyotimizda tazkira janri chuqur ildizlarga ega boʻlib, oʻzbek
adabiyotshunosligining shakllanishida muhim oʻrin egallaydi. Ayniqsa, tasavvufiy tazkiralar
diniy-maʼnaviy tafakkur va ruhiy-madaniy hayotning tarixiy manzarasini aks ettiruvchi muhim
manbalardandir. Darsliklarda adabiyotshunoslik tarkibiy qismlarga ajratilar ekan, uning avvalgisi
adabiyot tarixi ekanligi koʻrsatiladi hamda tazkiralarga quyidagicha ta’rif beriladi: “Oʻzbek
adabiyotshunosligida adabiyot tarixi sohasining dastlabki kurtaklari sifatida tazkiralarni
koʻrsatish mumkin”
1
.
“O‘rta asrlarda nasrdan asosan ilmiy asarlar, manoqib va risolalar yozishda istifoda
etilgan bo‘lsa-da, ularning tarkibida ham nazmiy parchalardan foydalanish an’ana tusiga kirgan
edi. Ushbu turning o‘ziga xos adabiy janrlaridan shoir-u nosirlar o‘z mahoratlarini namoyish
qilish, poetik qarashlarini ifodalashda foydalanar edilar. Xususan, shunday adabiy janrlardan biri
tazkira bo‘lib, tazkira (ar. – xotira, esga olmoq) asosan, shoir va olimlarning tarjimayi holi va
ijodiyoti haqida ma’lumot beruvchi tarixiy-adabiy majmua hisoblangan. Unda u yoki bu shaxs
haqidagi muhim ma’lumotlar va uning mashhur asarlaridan diqqatga sazovor misollar ilova
qilingan.
1
Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish. – Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi “Xalq merosi” nashriyoti, 2004. –
B. 13.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
535
Tazkiralar asosan tarixiy-irfoniy mavzuda, shoirlarga doir va ba’zan badiiy janrlar
bo‘yicha tuzilgan. Birinchi guruh tazkiralar atoqli mutasavvif va olimlar shaxsiyati,
dunyoqarashi va ijodiy merosini yoritishga bag‘ishlangan bo‘lib, ularga “Tabaqot us-so‘fiya”
(Abdurahmon Sulamiy, X–XI asrlar), “Tabaqot us-so‘fiya” (Abdulloh Ansoriy, X asr), “Tazkirat
ul-avliyo” (Farididdin Attor, XII asr), “Nafahot ul-uns” (Abdurahmon Jomiy, XV asr), “Nasoyim
ul-muhabbat” (Alisher Navoiy, XV asr) kabi tazkiralarni kiritish mumkin. Ikkinchi guruh
tazkiralar nisbatan ko‘proq bo‘lib, ularga Abu Tohir Xotuniyning (XI) “Manoqib ush-shuaro”,
as-Saolibiyning “Yatimat ud-dahr”, Muhammad Avfiyning “Lubob ul-albob”, Davlatshoh
Samarqandiyning Navoiyga bag‘ishlangan “Tazkirat ush-shuaro” (1486), Alisher Navoiyning
“Majolis un-nafois” tazkiralari va boshqalar misol bo‘la oladi. Bu turdagi tazkiralarda shoirlar va
ularning she’rlariga munosabat bildirish asnosida tazkira mualliflari o‘zlarining adabiy
qarashlarini ham bayon qilib o‘tganlar”
2
.
Tazkiralarning katta qismi tasavvufiy mazmunda boʻlib, ulardan tariqat yoʻlida maʼlum
darajaga yetgan, uning maqomlaridan birma-bir oʻtgan, fanofilloh darajasiga yetgan soʻfiylar
zikri oʻrin olgan.
Ammo soʻfiylar haqida soʻz borganda diqqat asosan erkak siymolarga qaratiladi, ayol
soʻfiylar esa yo umuman tilga olinmaydi, yo cheklangan doiradagina yodga olinadi. Ibn Arabiy
maʼrifat, muhabbat darajalariga yetishish uchun ayollik qandaydir toʻsiq boʻlmasligini, hatto
abdollar
3
ichida ayollar ham boʻlganini taʼkidlaydi. Ammo shunga qaramasdan, bu holatga
tanqidiy qaragan olimlar ham bor.
Masalan, tarixchi, professor Rut Roded 845–1987-yillar orasida arab tilida tasnif etilgan
37 ta tazkiraga asoslanib, ularning asosiy qismida ayollar tarjimayi holi juda oz miqdorni tashkil
etishi, hayratlanarli jihati, raqamlar borgan sari kamayib, 2% gacha tushganini koʻrsatib oʻtadi.
Nufusning 50% ini tashkil etgan ayollarning erkaklar hukmron jamiyatda tazkiralarning yarmida
boʻlsa ham ayollarga oid maʼlumot yoʻqligi tabiiy boʻlgani holda raqamlarning bunchalik oz
boʻlishi izohga muhtojligini taʼkidlaydi
4
.
Abu Abdurahmon Sulamiy soʻfiy ayollar siymosiga mustaqil yondashgan ilk
mualliflardan biri boʻlib, uning “Zikr-u nisvatil mutaʼabidatis soʻfiyyat” asari oʻz jabhasida
birinchilardan hisoblanadi. Sulamiy bundan avval soʻfiy erkaklar tarjimayi holiga alohida asar
yozgan boʻlsa-da, ushbu tazkira undan mustaqil hamda tematik jihatdan mutlaqo noyob sanaladi.
Ular tafsir, hadis, zuhd-u taqvo yoʻlida komillikka yetishgan ayollar sifatida tasvirlanadi.
“Zikr-u nisvatil mutaʼabidatis soʻfiyyat” 84 tarjimayi holni oʻz ichiga oladi. Shulardan
uchtasi takrorlanib keladi, yaʼni 2, 12, 13 raqamlari ostidagi tarjimayi hollarni 22, 39, 40-
raqamlarda ham uchratamiz. Ular muallif qoʻlyozmasida aynan mana shu ketma-ketlikda bo‘lib,
bunga sabab qilib naql qilingan soʻzlarning turlichaligi aytiladi. Risolaning Mahmud Tanohiy
tomonidan tayyorlangan tanqidiy nashrida qoʻlyozmadagi baʼzi grammatik xatolar toʻgʻrilab
ketilgan.
Asarning Rkia Kornell tomonidan tayyorlangan inglizcha tarjimasi uning hozircha
mavjud nashrlari orasida eng mukammali deyish mumkin.
2
Sirojiddinov Sh., Yusupova D., Davlatov O. Navoiyshunoslik. – Toshkent: Tamaddun, 2018. – B. 281.
3
Valiylikning belgili bir darajasiga erishgan guruh; avliyolar, Xudoga yaqinlar – https://izoh.uz/uz/word/abdol
4
https://t24.com.tr/k24/yazi/min-nevadiri-l-kutub-23-islami-tezkirelerde-kadinlar-ve-mesahiru-n-nisa,3701
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
536
Kitobda asarning asl arabcha matni va inglizcha tarjimasi bilan birga mufassal izohlar,
muqaddima hamda Kornellga tegishli soʻzboshi berilgan. Undan Abu Abdurahmon Sulamiyning
hayoti va ijodi, boshqa asarlari va “Zikr-u nisvatil mutaʼabidatis soʻfiyyat” asarining qoʻlyozma
nusxasi haqidagi maʼlumotlar ham oʻrin olgan. Ana shu muqaddima qismidan mavzuga mos
qismini to‘g‘ridan to‘g‘ri tarjima qilib keltiramiz:
“Bunday asarlar (ayollar ismi zikr qilingan tazkiralar) qatoriga quyidagilar kiradi:
Bagʻdodlik Abul Faraj ibn al-Javziy (vaf. 597/1201) tomonidan yozilgan “Sifat us-safva”
(“Saralarning tabiati”); afgʻon soʻfiysi Jomiy tomonidan yozilgan “Nafahot ul-uns”. U
Sulamiyning “Tabaqot us-soʻfiya” asarining hirotlik Abdulloh Ansoriy (vaf. 482/1089)
tomonidan qilingan forscha tarjimasiga tayangan; misrlik soʻfiy Abdurrauf Munaviy (vaf.
1031/1622) tomonidan yozilgan “Al-Kavokib ad-Durriyya” (“Yaltirovchi yulduzlar”).
Qizigʻi shundaki, bu mualliflarning hech biri Sulamiyning soʻfiy ayollar haqidagi
kitobining asl nomini bilmaganga oʻxshaydi. Hozirgi kunga kelib fanga aniq maʼlumki, Ibn
Javziy Sulamiyning asaridagi ayollar haqidagi baʼzi qismlarni soʻzma-soʻz koʻchirgan, lekin uni
faqatgina “manbalarimdan biri” deb eslab oʻtadi. Jomiy esa nomga yaqinroq keladi – ammo u
Sulamiy asarlari haqida Abdulloh Ansoriyning tarjimalari orqali xabardor boʻlgani sababli faqat
taxminiy taʼrif bera oladi: “Sulamiy ibodat qiluvchi va maʼrifatga erishgan ayollar holatlarini
zikr etuvchi bir kitob yozgan”, deydi.
Bosma matnlar davridan oldin, yaʼni kitoblar faqat qoʻlda koʻchirilgan zamonlarda,
bunday nodir asarlarning ogʻzaki eshitish, esdan chiqarish yoki notoʻgʻri talqin qilinish holatiga
uchrashi odatiy hol edi.
Kitobning toʻliq nomi unutilib ketishi, qoʻlyozma boʻlaklari yoʻqolib qolishi, muallifi
boshqa kishi bilan adashtirilishi yoki turli asarlar birlashtirib yuborilishi mumkin edi. Biroq
maʼlum va mashhur asarning nomi butunlay yoʻqolib ketishi juda kam uchraydigan hodisa.
Islomiy ilmlar doirasidagi ushbu “unutish” holati, ehtimol, Sulamiyning boshqa asarlaridan farqli
o‘laroq, bu asar so‘fiy erkaklarni emas, faqat ayollarni tasvirlashga bag‘ishlanganida bo‘lishi
mumkinmi?
Xuddi shu taxmin 1992-yilda Nelli va Larussi Amri tomonidan yozilgan fransuzcha
tadqiqotda ham takrorlanadi. Ular shunday yozadilar: “Biz faqatgina Sulamiy tomonidan ayollar
uchun bag‘ishlangan asarning yo‘qolganidan afsuslanishimiz mumkin... Ehtimol, bu uning
“Tabaqot us-so‘fiya” asarining ayollarga oid bo‘limi bo‘lgan.Taassufki, bu bo‘lim bizgacha faqat
Jomiy keltirgan parchalar orqali yetib kelgan”
5
.
Oʻzbek tilida ushbu tazkira haqida maʼlumotlar sanoqli, hatto bir manbada shunday
fikrlarga duch keldik: “Er kishilarning zuhd-u taqvosi va tasavvufiy hayotiga doir batafsil
maʼlumot beruvchi manbalarda, afsuski, zohidona, obidona va soʻfiyona hayot kechirgan ayollar
hayoti haqida juda kam maʼlumot berilgan. Masalan, ilk avliyo tazkiranomasi hisoblangan
“Tabaqot us-soʻfiya” nomli asarda bir yuz uch er soʻfiy haqida soʻz yuritiladi, ammo bitta ham
ayol soʻfiy haqida gapirilmaydi. Imom Qushayriy, Hujviriy, Gulobodiy va hatto bir ayol soʻfiy
zikrini mustasno qilganimizda, Fariduddin Attor ham “Tabaqot us-soʻfiya” asari muallifi Abu
Abdurahmon Sulamiy kabi ayol avliyolar haqida soʻz yuritmaydi.
5
Cornell E. Rkia. Early Sufi Women: Dhikr an-Niswa al-Muta’bbidat as-Sufiyyat. – USA: Fons Vitae Edition,
1999. – p. 44 .
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
537
Tasavvufiy mavzular tadqiq qilingan asarlarni oʻrganar ekanmiz, deyarli faqat mutasavvif
soʻfiy (er kishi)larning soʻzlari, hollari, fikr-mulohazalari naql qilinadi. Bundan goʻyo ayol
kishini zuhd va tasavvuf hayotiga kiritmaslik zuhd va tasavvufning taqozosidir, degan oʻy-
xayolga borish ham mumkin. Maʼlum va mashhur Robiya Adaviyadan bir majburiyat va zarurat
holidagina soʻz ochiladi va u haqda ham koʻp soʻz yuritilmaydi”
6
.
Ushbu iqtibosdan quyidagicha xulosa chiqarishimiz mumkin: iqtibos keltirilgan asar
muallifi ilk mutasavvif tazkiranomasi “Tabaqot us-soʻfiya”da faqat erkaklar tarjimayi holi oʻrin
olgan degan fikrida haq boʻlishiga qaramay, “Imom Qushayriy, Hujviriy, Gulobodiy va hatto bir
ayol soʻfiy zikrini mustasno qilganimizda, Fariduddin Attor ham “Tabaqot us-soʻfiya” asari
muallifi Abu Abdurahmon Sulamiy kabi ayol soʻfiylar haqida soʻz yuritmaydi” deganda uning
yuqorida so‘z ketgan asaridan bexabar deyishimiz mumkin. Sulamiyning soʻfiy ayollar tarjimayi
holini oʻz ichiga olgan tazkirasi oʻz vaqtida koʻplab olim, tarixnavislar uchun asosiy manba
boʻlib xizmat qilgan desak, xato boʻlmaydi. Ammo shunga qaramasdan, iqtibos keltirilgan asar
muallifining fikrini qaysidir tomondan ratsional, yaʼni voqelikka nisbatan toʻgʻri deyishimiz ham
mumkin. Chunki Abu Abdurahmon Sulamiyning “Zikr-u nisvatil mutaʼabidatis soʻfiyyat” asari
XX asrdagina keng jamoatchilikka tanitildi, tanqidiy nashrlari tayyorlandi. Shu oʻrinda qiziq
savol paydo boʻladi, nega endi bir muallifning erkak soʻfiylar tarjimayi holidan iborat asari
barchaga maʼlum-u mashur, lekin aynan ayollarga xos ushbu tazkira eʼtibordan chetda qolib,
hatto yoʻq sanalib kelmoqda? Ushbu holat faqatgina matnshunoslik, adabiy manbashunoslik yoki
tarix fanlari doirasidagi masala emas, bu uning doirasini cheklaydi. Uning boshqa jihatlariga
eʼtibor qaratar ekanmiz, iqtibos muallifining fikrini nega voqelikka nisbatan to‘g‘ri deganimiz
oydinlashadi. Asar matnining tanqidiy nashri Mahmud Tanohiy tomonidan ilk bor XX asrning
oxirlarida tayyorlanib, ilmiy doiralarga yoyilgan. Tazkira nomi klassik asarlar manbalarida ham
ochiq koʻrsatilmagani sababli qoʻlyozma dengiz qaʼridagi chigʻanoqdek oʻz gʻavvosini kutgan.
Umuman olganda, Islom tarixida soʻfiy ayollarning ismi erkak soʻfiylar manoqiblari
ichida kelgan, aynan mana shu narsa ham ayol shaxsiyatlarning ismi mustaqil oʻlaroq oldinga
chiqishini biroz qiyinlashtirgan. Akademik adabiyotlarda ham bu mavzu modern davrga qadar
yetarlicha tadqiq etilmagan. Bundan kelib chiqadiki, Sulamiy faqat soʻfiy erkaklarning emas,
balki soʻfiy ayollarning ham tarjimayi holini yozgan ilk tazkiranavisdir. Soʻfiy erkaklar tarjimayi
holi oʻrin olgan tazkirasi keng yoyilgani uchun ham keyingi asari uning soyasida uzoq vaqt qolib
ketgan.
Taniqli olmon islomshunos olimasi Annemarie Shimmel ayollar haqida: “Islomiy
donishmandlikda xotin-qizlarning oʻrnini tasvirlab berish ham kishining eʼtiborini oʻziga jalb
etadi. Xususan, islomiy asarlardagi muslima ayollar obrazlarini sinchiklab oʻrganib chiqish
orqali ideal ayollarga yaqinroq borish mumkin”, degan edi. Sulamiyning ushbu asarini tadqiq
qilish orqali biz Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy tazkiralarining asosiy manbalaridan biriga
yaqinlashishimiz va tasavvufda ayollarning o‘rni to‘g‘risida yangi xulosalarga kelishimiz
mumkin.
6
Umrzoq B. Soliha ayollar. – Toshkent: Movarounnahr, 2007. – B. 3.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
538
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Cornell E. Rkia. Early Sufi Women: Dhikr an-Niswa al-Muta’bbidat as-Sufiyyat. – USA:
Fons Vitae Edition, 1999. – 334 p.
3.
Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish. – Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi “Xalq
merosi” nashriyoti, 2004. – 223 b.
4.
Sirojiddinov Sh., Yusupova D., Davlatov O. Navoiyshunoslik. – Toshkent: Tamaddun,
2018. – 519 B.
5.
Umrzoq B. Soliha ayollar. – Toshkent: Movarounnahr, 2007. – 33 b.
6.
https://izoh.uz
