ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
542
FEODOR DOSTOYEVISKIYNING “OYDIN TUNLAR” ROMANIDA XAYOLPARAST
QAHRAMON TAVSIFI
Qudratova O‘g‘iloy Tohir qizi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti unversiteti magistri.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17458703
Annotatsiya
. Maqolada Dostoyeviskiyning inson psixalogiyasini ochib berish mahorati,
uning “Oydin tunlar” romani, asar qahromoni bo‘lgan xayolparast haqida suhbatlashamiz.
Inson ichki olamida muhabbatga bo‘lgan muhtojlik, uning o‘rni shu bilan birga yolg‘izlik
qo‘rquv masalalari ochib berilgan. Bu orqali Dostoyeviskiy asarlarini chuqur o‘rganish, uni
kitobxonlarga tushuntirish maqsad qilingan.
Kalit so‘zlar:
“Oydin tunlar”, xayolparast obrazi, ijtimoiy tahlil, paradoksallik prinsipi,
konflikt.
Annotation.
The article discusses Dostoevsky’s mastery in revealing human psychology
through his work “White Nights” and the character of the dreamer — the main hero of the story.
It explores themes such as a person’s inner need for love, its significance in human life,
and the fear of loneliness. The aim is to study Dostoevsky’s works more deeply and to convey
their essence to readers.
Keywords:
“White Nights”, the image of the dreamer, social analysis, the principle of
paradox, conflict.
Аннотация.
В статье рассматривается мастерство Достоевского в раскрытии
человеческой психологии на примере его произведения «Белые ночи» и образа мечтателя
— главного героя повести. Раскрываются такие темы, как внутренняя потребность
человека в любви, её роль в духовной жизни, а также страх одиночества. Через это
ставится цель глубже изучить творчество Достоевского и донести его идеи до
читателя.
Ключевые слова:
«Белые ночи», образ мечтателя, социальный анализ, принцип
парадоксальности, конфликт.
Feodor Dostoyeviskiyning “Oydin tunlar” romani hajm jihatdan kichik bo‘lsa-da, ko‘p
muhokamalarga sabab bo‘lgan. Asarni asl mohiyatini tushunish ba’zan biroz og‘irlik qiladi, lekin
chuqur tafakkur va asarni sinchiklab o‘qish ko‘plab masalalarga yechim keltirishi tabiiy holat.
Feodor Dostoyeviskiyning “Oydin tunlar” romani 1848-yil sentabr-noyabr oylarida
yozilgan, ushbu asar Aeksey Pleshcheyevga bag‘ishlab nashr etilgan. 1848-yil 31-oktabrda
nashrga ruxsat berilgan. Asar birinchi nashrdan keyin 2 martta 1860 va 1865-yillarda
tahrirlangan. O‘zgartirishlar davomida asarning ko‘plab qismlari almashtirilgan
1
. 1849-yil
yanvar oyida nashr etilgan „Sovremennik“ asarida Aleksandr Drujininning ushbu asar uchun
sharhi berilgan boʻlib, unda tanqidchi „Oydin tunlar“ asarini „Golyadkin“, „Slabogo
serdtsa“ asarlaridan yaxshiroq deya baholagan. Drujininning fikricha, asarning eng muhim
kamchiligi shundaki, xayolparast obrazi aniq bir vaqt yoki zamonni tasvirlanmagan, uning kasbi
va bir qancha boshqa xususiyatlari oʻquvchiga nomaʼlumligicha qolgan.
1
https://uz.wikipedia.org/wiki/Oydin_tunlar
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
543
Tanqidchi: „Oydin tunlar”dagi xayolparast obrazining shaxsi yanada aniqroq yoritib
berilganida va uning bir qancha xususiyatlari aniqroq yetkazib berilganda, asar badiiy adabiyot
sohasida koʻp narsaga erishgan boʻlardi“, deb yozgan edi. Drujinin shuningdek, „har bir sahifada
uchrab turadigan bir xillik“ka sabab asarni yozishda shoshqaloqlikka yoʻl qoʻyilgan degan
fikrlarni ham keltirib oʻtgan
2
. Drujinning ushbu fikri asarni o‘qiganda haqiqatga yaqindek
tuyiladi. Sababi voqealar davomida sizda ko‘proq qahramon haqida bilgingiz, uni his qilgingiz
keladi. Uning bu holatga tushish sabablarini o‘rganish ishtiyoqi paydo bo‘ladi. Qahramonni
qanchalar yaxshi bilsangiz uni shunchalar anglay bo‘shlaysiz deyishadi.
Stepan Dudishkin „Otechestvennyye zapiski“dagi oʻz sharhida „Oydin tunlar“ni 1848-
yilda yaratilgan eng yaxshi asarlar qatoriga qoʻshib, Dostoyevskiy asarlarida qahramonlarning
psixologik tahlili yetakchi rol oʻynashini taʼkidlagan. Dudishkin asar toʻgʻrisida shunday yozgan
edi: “Muallif oʻz asarlarida bir xil soʻzlarni tez-tez takrorlashi, koʻpincha har bir nafasida
ideallikka erishishga harakat qiladigan qahramonlar obrazini yaratishi, shundoq ham bechorahol
insonlarning qalbi muhabbat sabab yana bir bor parchalanish holatini tasvirlashi bois tanqid
qilinadi „Oydin tunlar“da esa muallif bu borada deyarli benuqson. Asar yengil va oʻynoqi ruhda
yozilgan boʻlib, agar bosh qahramonning oʻziga xos xususiyatlari biroz boshqacharoq
tasvirlanganida, ushbu asar badiiy jihatdan juda yetuk boʻlar edi”
3
. Dudishkin fikriga ko‘ra
asarda so‘zlarning takrorlanishi asarning ma’nosiga salbiy ta’sir ko‘ratadi, lekin yozuvchi
qahramon timsolini ochib berar ekan, uning ruhiy holati kechinmalari va tuyg‘ularini ifodalashda
so‘zlar takroridan foydalanish tabiiy hol. Bu asar qahromonining yanada ochiqroq ifodalashga
xizmat qilgan. Yozuvchi Yevgeniy Tur 1861-yilda „Ruskoy rechi“ uchun yozgan maqolasida
asarni maqtab, uni rus adabiyotidagi „eng yaxshi poetik asarlardan biri“, „maʼno jihatdan oʻziga
xos va ijro jihatdan juda nafis“ deya baho bergan
4
. Haqiqatdan ham asar bir nafasda o‘qiladigan,
odamni hayajonga soladigan va o‘zidan uzoqlashtirmaydigan asar hisoblanadi. Hajm jihatidan
kichik bo‘lishiga qaramay, insonning tafakkur olamini ishlashga majbur qiladi. Asardagi
xayolparast obrazini real obraz sifatida ko‘rish qiyin masala lekin asar yozilgan vaqtda
yozuvchining o‘zi ham uylanmagan bo‘lgani va bu kabi muhabbat masalalarini yaxshi
tushungani tabiiy. Ayni yigitlik davrida ayrim insonlarda bunday holatlarning ba’zi ko‘rinishlari
uchrab turadi. Ko‘pchilik asardagi xayolparast obrazini bo‘rttirilgan deb hisoblashishadi, lekin
asarni tahlil qilishda joy va makon masalasiga ham e’tibor berish kerakligini unitib
qo‘ymasligimiz lozim. Aslida har birimizning ichimizda aqlga sig‘maydigan narsalarni xayol
qiladigan, dunyo tashvish va o‘ylari oldida miltillab, har eslaganda odamni xayolatga
yetaklaydigan xayolparast inson yashaydi. Hatto yozuvchining o‘zi ham „Peterburgskoy
letopis“ning
toʻrtinchi
felyetoni
soʻngida:
„Biz
hammamiz
ozmi-koʻpmi
xayolparastlarmiz!“ jumlalarini keltirib oʻtgan
5
. Dunyodagi eng katta muvoffaqiyatlar,
kashfiyotlar va yutuqlar aynan insonlarning xayollarini ro‘yobga chiqarish uchun qilgan
harakatlari natijasida paydo bo‘lgan. Asarimiz qahramoni ham hayotiga oniy nur olib kelgan
muhabbatidan ayrilar ekan ayollarning hatto o‘zlari ham yaxshi tushunmaydigan qalblarining
2
Соломина. Русские писатели. – Москва Советская энциклопедия,1989.– 520Б.
3
Соломина. Русские писатели. – Москва Советская энциклопедия,1989.– Б523.
4
Соломина. Русские писатели. – Москва Советская энциклопедия,1989.– Б522.
5
Farmonqulova Laylo Feodor Dostoyeviskiyning “Oydin tunlar “ romanining oziga xosligi im fan xabarnomasi.2024.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
544
qurboniga aylandi. ”Oydin tunlar” asarining yakunida Dostoyevskiyning keyingi romanlarida
rivojlanadigan ayrim xususiyatlar – paradoksallik prinsipi, vaziyatlar o‘rtasidagi qofiyadoshlik
(ya’ni o‘zaro ohangdosh holatlar), sahnaviylik (voqealarning teatrlashgan ifodasi) namoyon
bo‘ladi.
Konfliktning yechimi jarayonida xristiancha ramziylik imitatsiya qilinadi – ya’ni asar
epilogini belgilovchi “kuyov bilan uchrashuv” sahnasi shunday ramzdir.
Final qismida yakunlovchi kompozitsion element ajratib ko‘rsatiladi: “Oradan 15 yil
o‘tib” bu epilog asarga tarixiy nuqtai nazar olib kiradi – shunday qilib, dastlab tasodifiydek
tuyulgan voqealar aslida mantiqan bog‘langan va muallif g‘oyasini kuchaytiruvchi holatlar
sifatida talqin qilinadi. Asarning asosiy g‘oyasi – ayolning muhabbatda sadoqati o‘z ideallarga
sodiq bo‘lish zaruratini tasdiqlaydi”
6
Haqiqatdan ham qahramonimizning asar so‘ngidagi o‘ylari,
ayniqsa, odamga qattiq ta’sir qiladi. Qahramonimiz yolg‘izlik girdobida yana 15 yildan keyin
shu xonada yolg‘iz o‘tirishini o‘ylay turib, uning bu holatga kelishga sababchi bo‘lgan qizga
baxtli hayot kechirishini tilaydi. Insonda bunday tuyg‘ularning bo‘lishi uchun uning qalbi toza va
samimiy bo‘lishi kerak, aslida ana shunday qalb egalarigina o‘zlarini kir dunyo bilan ovvora
bo‘lgan isonlardan uzoq tutib, o‘z xayollari olamida yashaydilar.
Ba’zi kitobxon asarni tahlil qilishda ijtimoiy metoddan foydalanadi va asar
qahramonining yolg‘izligi o‘sha davr jamiyatidagi insonlar kayfiyati aks etgan deb
hisoblashishadi. XIX asr rus adabiyotida yaratilgan ko‘plab asarda ushbu ruh sezilib turadi.
Qahramonimiz bo‘lgan xayolparast jamiyat muommolaridan charchagan o‘ziga ruhiy
madad istayotgan, ammo qancha harakat qilmasin istaklarini amalga oshira olmayotgan insonlar
obrazidir.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Dostoyeviskiy inson ruhiyati uning tuyg‘ularini ochib
berish va o‘quvchiga ta’sir etish mahoratiga ega yozuvchidir.”Oydin tunlar” asari ham ana
shunday go‘zal namunalardan biridir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Соломина. Русские писатели. – Москва Советская энциклопедия, 1989.– Б629
2.
Farmonqulova Laylo Feodor Dostoyeviskiyning “Oydin tunlar “ romanining oziga xosligi
im fan xabarnomasi .2024
3.
Тамара Павловна Баталова. Проблема жанрового завершения в романе
Ф. М. Достоевского «Белые ночи».: Проблемы исторической поэтики, 2022 T. Б129-
141.
4.
4.https://uz.wikipedia.org/wiki/Oydin_tunlar
6
Тамара Павловна Баталова. Проблема жанрового завершения в романе Ф. М. Достоевского «Белые ночи».: Проблемы
исторической поэтики, 2022 T. Б129-141
