O‘TKIR HOSHIMOVNING “TUSHDA KECHGAN UMRLAR” VA REMARKNING “GʻARBIY FRONTDA OʻZGARISH YOʻQ” ASARLARINING MUSHTARAKLIGI

Аннотация

Данная статья посвящена сравнению произведений Уткира Хошимова «Жизни, прожитые во сне» и Эриха Марии Ремарка «На Западном фронте без перемен». Через анализ этих произведений показывается, что судьбы людей, несмотря на различие времени и пространства, могут быть удивительно схожими.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Қудратова O. . (2025). O‘TKIR HOSHIMOVNING “TUSHDA KECHGAN UMRLAR” VA REMARKNING “GʻARBIY FRONTDA OʻZGARISH YOʻQ” ASARLARINING MUSHTARAKLIGI. Современная наука и исследования, 4(10), 545–547. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/138668
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Данная статья посвящена сравнению произведений Уткира Хошимова «Жизни, прожитые во сне» и Эриха Марии Ремарка «На Западном фронте без перемен». Через анализ этих произведений показывается, что судьбы людей, несмотря на различие времени и пространства, могут быть удивительно схожими.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

545

O‘TKIR HOSHIMOVNING “TUSHDA KECHGAN UMRLAR” VA REMARKNING

“GʻARBIY FRONTDA OʻZGARISH YOʻQ” ASARLARINING MUSHTARAKLIGI

Qudratova O‘g‘iloy Tohir qizi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti unversiteti magistri.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17458748

Annotatsiya

. Quyidagi maqola O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” va

Remarkning “Gʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻq” asarlarining o‘xshash jihatlari mavzusida yozildi.

Maqola orqali insonlar taqdiri zamon va makon oralig‘iga qaramay, o‘xshash bo‘lishi

mumkinligini bilib olishimiz.

Kalit soʻzlar:

Tatalizm, asar strukturasi, ruhiyat, qiyosiy tahlil.

Аннотация

. Данная статья посвящена сравнению произведений Уткира

Хошимова «Жизни, прожитые во сне» и Эриха Марии Ремарка «На Западном фронте без
перемен». Через анализ этих произведений показывается, что судьбы людей, несмотря на
различие времени и пространства, могут быть удивительно схожими.

Ключевые слова:

фатализм, структура произведения, психология, сравнительный

анализ.

Annotation

. This article explores the similarities between O‘tkir Hoshimov’s “Lives

Spent in a Dream” and Erich Maria Remarque’s “All Quiet on the Western Front.” Through the
analysis, it is revealed that human destinies can be strikingly similar despite differences in time
and space.

Keywords:

fatalism, structure of the work, psychology, comparative analysis.


Adabiyotda urush, ijtimoiy bosim, inson ruhiyati singari mavzular turli tillarda va

makonlarda turlicha tasvirlanadi va ba’zan ushbu asarlar oʻrtasida oʻxshash va yaqin fikr,
mulohazalar paydo boʻladi. O‘zbek adabiyoti bilan xalqaro adabiyot o‘rtasida bunday parallelar
topish, asarlarni mutolaa qilishni yanada chuqurlashtiradi. Shu nuqtayi nazardan, Oʻtkir
Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romani bilan Remarkning “Gʻarbiy frontda oʻzgarish
yoʻq” asarini solishtirib ko‘rish, ularning umumiy g‘oyalari va strukturaviy jihatlari haqida
anglashni osonlashtiradi.

“Gʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻq” romani 1928-yili yozilgan va 1929-yilda chop etilgan.
Asarda yozuvchi bosh qahramon obrazi orqali oʻz hayotida boshidan kechirganlar

tasvirlangan. Atrofdagi voqealar, boshqa insonlar taqdirini yortish ancha qiyin, ammo inson oʻz
boshidan kechirgan voqealarni tasvirlashda mayda detallarigacha batafsil tasvirlaydi, bu esa
asarning jonli chiqishiga sabab boladi. Asar haqida nemis tanqidchisi Alfred Kerr: “Romanning
har bir satrida bir insonning o‘limi bilan bir avlodning orzusi so‘nadi”, – deydi

1

. Oʻtkir

Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” asari 1993-yil yozib tugatilgan va 1994-yilda nashrga
chiqarilgan. Roman tanqidchilar tomonidan yaxshi kutib olingan. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi
Said Ahmad; „Romanni loqayd-hayajonsiz oʻqib boʻlmaydi. U kitobxonni larzaga soladi. Xalq
boshiga kulfatdan boshqa narsa solmagan qonli urushni boshlagan telba urushqoqlarga dil-
dilidan qargʻish yogʻdiradi“, – deydi.

1

https://uz.wikipedia.org/wiki/Tushda_kechgan_umrlar


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

546

Ushbu ikki asar mazmuniy jihatdan bir-biriga yaqin asarlar hisoblanadi, masalan, urush

va zo‘ravonlik koʻlamining inson ruhiyatiga ta’siri tasvirlari bir-biriga juda o‘xshash. “Gʻarbiy
frontda oʻzgarish yoʻq” romanida frontdagi askarlar tajribasi, jasorat emas balki fojia, ruhiy
vayronlik shaklida tasvirlanadi. “Modomiki, oldingi marraga borganda yirtqichga aylanib ketar
ekanmiz – shunday qilmasak jon saqlashning iloji yoqligini bilamiz – dam olish payti bir pulga
qimmat masxarabozga aylanamiz”

2

o‘ylari bilan “Tushda kechgan umrlar” romanidagi ayniqsa,

afg‘on urushi, jamiyatdagi totalitar tuzum va uning insonga yetkazgan zarari orqali, urushning
inson hayotiga va ruhiy dunyosiga qanday ta’sir qilganligini, qahramonlar ruhiyatidagi
befarqlikda nomoyon boʻladi. “Uch oydan beri hech nima yozmadim. Umuman… Hech
nimaning qizigʻi yoʻq menga. Hech nimaga hayron ham qolmayman. Qismda har kuni yangi gap
tarqaladi “Falon joyda koʻprik qulabdi”, xoʻsh nima boʻlibdi? Koʻprik boʻlgandan keyin
portlaydi-da, “bitta duxni olib, zambarakka tross bilan osishibdi”. Nima bolibdi dux bo‘lgandan
keyin osadi-da”

3

. Hatto ular nima uchun urishayotgani, asl maqsadlari nima ekanligini ham

bilishmaydi, shunchaki shohni manzilga yetishida qurbon bo‘layotgan piyoda ekanligini his
qilishadi. Ikkala asar ham urush, zo‘ravonlik jarayonlarini gʻalaba va zafarlar bilan emas, balki
uning dahshatli, vayron qiluvchi tomonlari orqali bildiradi.

Yoshlik, orzular va yo‘qotishlar – “yo‘qolgan avlod” motivi
Remark qahramonlari va ularning sinfdoshlari urushga idealistik ruhda kirishadi, ammo

tez orada realizm bilan yuzlashadi – “lost generation” (yo‘qolgan avlod) motivi koʻp tilga olinadi.

Oʻtkir Hoshimov romanida ham yoshlik davri, orzular, vatanparvarlik istagi bilan

boshlanadi, biroq keyinchalik bosh qahramon Rustam va boshqa obrazlar urush og‘irligi bilan
yuzlashadi. Bu jihatdan ikkala asar yoshlik begʻuborligidan soʻng, zo‘ravonlik, ruhiy
yo‘qotishlar ketma-ketligini namoyish etadi. Remark qahramoni frontga qaytgach, oddiy
fuqarolik hayotiga (uy, maktab, mahalla) moslasha olmaydi. Oʻtkir Hoshimovning asarida ham
afsuski, shunday: totalitar tuzumga, urushga yoki siyosatga jalb qilingan shaxslar keyinchalik
jamiyat bilan bo‘lgan aloqalaridan chetlashadi, ong hamma narsaga begona bo‘lib qoladi.

Natijada, har ikkisi ham asosiy qahramon orqali: jamiyat va inson orasida yaralangan

kesma, ya’ni inson jamiyatdan ajralib qolishi yoki jamiyat uni “ortiqcha” deb his qilishi holatini
tasvirlaydi. Do‘stlik, hamkasblik va insoniy aloqalarning bardoshli turtki bo‘lishi: “O‘zaro askar
do‘stligi” – Remark asarida markaziy o‘rin olgan motivlardan biri. Oʻtkir Hoshimov asarida ham
jamiyatning, oilaning yoki mahalla bog‘lanishlarining, hamkasblarning – zo‘ravonlik va hayotiy
muammolar ortida turuvchi turtki sifatida ishlatilishi maqolalarda ta’kidlangan. Shunday qilib,
har ikkala muallif do‘stlik, inson-insonga qilinadigan mehr va hamdardligini, urush yoki
depressiya davrida ham saqlab qolish mumkin bo‘lgan insoniy jihat deb ko‘rsatadi. Remark
asarida millatchilik, idealistik askarlik g‘oyalaridan voz kechish kerakligi aks etsa, Oʻtkir
Hoshimov romani esa sovet tuzumi, «o‘zbeklar ishi» kabi siyosiy muhitni tanqid qiladi

4

.

Xulosa qilib aytganda, Erich Maria Remarkning “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” romani

hamda O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” asari – turli zamon va makonlarda

2

E.M.Remark , Uch og‘ayni. – Toshkent: Ma’naviyat, 2002. – B.333.

3

O‘ Hoshimov. Tushda kechgan umrlar. – Toshkent: G‘afur G‘ulom,2002. – B. 59.

4

Qosimov A., Xolmatov O. — “Erix Mariya Remark va O‘tkir Hoshimov romanlarida badiiy psixologizm.” // Komparativistika

(Comparative Studies) №2(6), 2025. B.– 7-17.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

547

yaratilgan bo‘lsa-da, insoniyat ruhiy olamini yoritishda o‘zaro yaqinlik kasb etadi. Har ikki
yozuvchi asarlarida insonning ichki dunyosi, vijdon azobi, hayot ma’nosi va orzularning
barbodligi kabi falsafiy masalalarni yoritadi. Remark urushning dahshatlari orqali insonni ruhiy
inqirozga olib keluvchi omillarni ko‘rsatadi. U jang maydonida insoniylikning qanday yo‘qolib
borishini, yoshlarning orzu va ishonchlaridan ayrilishini “yo‘qotilgan avlod” timsolida ifodalaydi.

O‘tkir Hoshimov esa tinch hayot sharoitidagi ruhiy iztiroblarni, afg‘on urushi

dahshatlarini, o‘tgan umr va vijdon azobini tahlil etadi.

Shunday qilib, har ikki yozuvchi – biri nemis, biri o‘zbek adabiyotining yirik vakili

sifatida – inson ruhining sinovdagi manzarasini tasvirlash orqali o‘quvchini o‘z hayoti, vijdoni
va qadriyatlari haqida o‘ylashga chorlaydi. Ularning asarlari bugun ham insonni halollik, poklik
va ezgulik sari da’vat etuvchi badiiy-falsafiy asarlar sifatida ahamiyatini yo‘qotmagan.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

E.M.Remark, Uch og‘ayni. – Toshkent: Ma’naviyat, 2002. – B.333.

2.

Qosimov A., Xolmatov O. – “Erix Mariya Remark va O‘tkir Hoshimov romanlarida badiiy
psixologizm.” // Komparativistika (Comparative Studies) №2(6), 2025. B.– 7-17.

3.

O‘ Hoshimov. Tushda kechgan umrlar. – Toshkent: G‘afur G‘ulom,2002. – B. 142.

4.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Tushda_kechgan_umrlar


Библиографические ссылки

E.M.Remark, Uch og‘ayni. – Toshkent: Ma’naviyat, 2002. – B.333.

Qosimov A., Xolmatov O. – “Erix Mariya Remark va O‘tkir Hoshimov romanlarida badiiy psixologizm.” // Komparativistika (Comparative Studies) №2(6), 2025. B.– 7-17.

O‘ Hoshimov. Tushda kechgan umrlar. – Toshkent: G‘afur G‘ulom,2002. – B. 142.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Tushda_kechgan_umrlar