602
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
YANGI O‘ZBEKISTONDA SUDLAR FAOLIYATIGA DOIR ISLOHOTLAR, MAQSAD
VA VAZIFALAR
Ergashev Aziz Adilovich
Fargʻona yuridik texnikum direktori
https://doi.org/10.5281/zenodo.17477724
Annotatsiya.
ushbu maqolada muallif tomonidan yangi Oʻzbekistnda sudlarning
chinakam mustaqilligiga erishish, odil sudlovni taʼminlash borasida sud tizimida amalga
oshirilayotgan institutsional va boshqa islohotlar, odil sudlov sohasida yuqori malakali kadrlar
tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Odil sudlov
akademiyasining tashkil etilishi, tergov sudyalari institutining joriy etilishi bilan bogʻliq
masalalar xususida fikrlar yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
sud hokimiyati,
odil sudlov, “virtual sud”, Odil sudlov akademiyasi, Sud
tizimi, Sudyalar oliy kengashi, tergov sudyasi, sudyalar hamjamiyati.
РЕФОРМЫ, ЦЕЛИ И ЗАДАЧИ СУДОВ В НОВОМ УЗБЕКИСТАНЕ
Аннотация:
в данной статье автор рассматривает вопросы, связанные с
достижением
подлинной
независимости
судов
в
новом
Узбекистане,
институциональными и другими реформами, осуществляемыми в судебной системе для
обеспечения справедливого судебного разбирательства, созданием Академии правосудия
Республики Узбекистан для коренного совершенствования системы подготовки
высококвалифицированных кадров в сфере правосудия и внедрением института
следственных судей.
Ключевые слова:
судебная власть, правосудие, "виртуальный суд", Академия
правосудия, Судебная система, Высший судейский совет, следственный судья, судейское
сообщество.
REFORMS, GOALS AND OBJECTIVES OF THE COURTS IN THE NEW
UZBEKISTAN
Abstract:
In this article, the author examines issues related to achieving genuine judicial
independence in the new Uzbekistan, institutional and other reforms implemented in the judicial
system to ensure fair trials, the establishment of the Academy of Justice of the Republic of
Uzbekistan to fundamentally improve the system of training highly qualified personnel in the
field of justice, and the introduction of the institution of investigative judges.
Key concepts:
judicial authority, justice, "virtual court", Academy of Justice, Judicial
System, Supreme Judicial Council, investigative judge, judicial community.
Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlarining asosiy maqsadi mustaqil,
kuchli sud hokimiyatini vujudga keltirishdan iboratdir. Sud hokimiyati nafaqat uch
hokimiyatning biri, balki uning yuksak nufuzli huquqiy holati, jamiyat va davlat hayotida inson
huquqlari, demokratiya va qonuniylik barqaror boʻlishining asosiy sharti boʻlib hisoblanadi.
Sud hokimiyatining eng oliy vazifasi – fuqarolarning huquq va erkinliklarini, uning
qonuniy manfaatlarini hamda mamlakat konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, qonun
chiqaruvchi va ijroiya hokimiyati hujjatlarining Konstitutsiyaga muvofiqligini taʼminlash,
qonunlarni va boshqa normativ hujjatlarni ijro qilish va qoʻllashda qonuniylik hamda adolatni
taʼminlashdan iboratdir.
Sud – odil sudlovning oliy nuqtasi va shuning uchun ham uning rolini oshirish huquqiy
demokratik davlat barpo etish yoʻlidagi qonuniy jarayon hisoblanadi. Sud-huquq tizimini isloh
603
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
qilish boʻyicha amalga oshirilgan ijobiy ishlarni qayd etar ekanmiz, bu sohada hali yechimini
kutib turgan muammolar borligini ham inkor eta olmaymiz. Bu muammolar, birinchi navbatda,
sudlarning haqiqiy mustaqilligi va erkinligini taʼminlash, sud ishlarida adolatli qarorlar qabul
qilishga qodir boʻlgan, yuksak malakali, xalol va pok vijdonli sud xodimlari korpusini
shakllantirish, sudlarda ishlarni koʻrish sifatini yanada oshirish bilan bogʻliqdir.
1
Shu munosabat bilan keyingi yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining bir qator
farmonlari qabul qilindi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-
oktyabrdagi PF-4850-sonli “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va
erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi,
2
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2020-yil 7-dekabrdagi PF-6127-sonli “Sudyalarning
chinakam mustaqilligini taʼminlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish
samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi,
3
2023-yil 16-yanvardagi PF-12-sonli
“Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-
tadbirlar toʻgʻrisida”gi
4
, 2023-yil 16-yanvardagi PF-11-sonli “Odil sudlovga erishish
imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir
qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
5
, 2025-yil 21-avgustdagi PF-141-sonli “Odil sudlov
sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida” Farmoni
6
larini sanab o‘tish o‘rinlidir.
Mazkur yoʻnalishda Prezidentimiz tomonidan oxirgi qabul qilingan farmonda amalga
oshirilayotgan sud tizimida malakali kadrlar tayyorlash takomillashtirganga qaratilgan muhim
islohotlardan biri sifatida Sudyalar oliy maktabi faoliyatini tubdan isloh qilish, yaʼni Sudyalar
oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Odil sudlov
akademiyasini tashkil etilganligini taʼkidlash joiz. Endi ushbu Akademiya Sudyalar oliy
kengashi huzurida faoliyat yurituvchi, yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan ixtisoslashtirilgan
davlat taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasasi sifatida faoliyat yuritadi, kasbiy qayta tayyorlash
kurslarida sud majlislarini real vaqt rejimida kuzatish va sudyaning protsessual harakatlarini
tahlil qilish imkonini beruvchi “virtual sud” mashgʻulotlari joriy etiladi, shuningdek, sunʼiy
intellekt texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha oʻquv darslari tashkil etiladi, kasbiy qayta
tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tugatganligi toʻgʻrisidagi sertifikatga ega boʻlgan shaxslar
arizasiga asosan boʻsh sudyalik lavozimlariga oʻtkaziladigan tanlovlarda ishtirok etadilar.
1
S. Avazov. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatimizda amalga
oshirilayotgan sud-huquq islohotlarining asosi. https://docs.yandex.ru/docs/view?tm=1761457677&tld=ru
2
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktyabr PF-4850-sonli “Sud-huquq tizimini yanada isloh
qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/3050491.
3
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PF-6127-son “Sudyalarning chinakam
mustaqilligini taʼminlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi farmoni. https://lex.uz/docs/5146554.
4
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 yanvardagi PF-12-son “Odil sudlov faoliyatini amalga
oshirishni
samarali
tashkil
etish
boʻyicha
qoʻshimcha
chora-tadbirlar
toʻgʻrisida”gi
Farmoni.
5
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-yanvar PF-11-son “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini
yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
Farmoni. https://lex.uz/docs/6358976.
6
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustda PF-141-son “Odil sudlov sohasida yuqori malakali
kadrlar
tayyorlash
tizimini
tubdan
takomillashtirish
chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”
Farmoni.
https://lex.uz/ru/docs/7696594.
604
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
Sud tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida joriy yil 1-yanvaridan amalda
qoʻllanilishi boshlangan yangi institutsional oʻzgarish, yaʼni tergov sudyasi institutining joriy
etilishi ham oʻziga xos ahamiyat kasb etdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-
iyun PF-89-sonli “Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini
ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni
7
qabul qilindi hamda ushbu farmon bilan tergov sudyalari qamoqqa olish yoki uy qamogʻi
tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash, qamoqda saqlash yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirish,
pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish, murdani eksgumatsiya
qilish, pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash, tintuv oʻtkazish, telefonlar va boshqa
telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali
uzatiladigan axborotni olish, mol-mulkni xatlash, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish,
shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish, ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini
uzaytirish, ushlab turish muddatini qirq sakkiz soatga qadar uzaytirish hamda guvoh va
jabrlanuvchining (fuqaroviy daʼvogarning) koʻrsatuvlarini oldindan mustahkamlash toʻgʻrisidagi
iltimosnomalarni koʻrib chiqish va yuqoridagi protsessual cheklashlarga ruxsat berish kabi
vakolatlarga ega boʻldi.
Tergov sudyalarining vujudga kelishi haqidagi tarixiy maʼlumotlarni koʻrsak, bu institut
Fransiyada 14-15 asrlarda paydo boʻlgani va Napoleon hukmronligidagi Fransiyaning 1808-
yildagi jinoyat protsessual kodeksida qonun bilan mustahkamlanganini koʻrish mumkin.
8
Tergov jarayonida barcha shaxslarning teng huquqliligi, surishtiruv yoki tergov organi va
himoyachining vakolat va vazifalarini tenglashtirgan holda inson huquqlarini toʻliq taʼminlashga
erishish mumkinligi ilgʻor gʻarb davlatlari misolida namoyon boʻlmoqda.
Jumladan, xorijiy davlatlar amaliyotiga koʻra, jumladan, Fransiyada tergov ustidan
nazorat tergov sudyasining vazifasi hisoblanadi. Xuddi shu amaliyotni Germaniya, Belgiya,
Avstriya va boshqa ilgʻor gʻarb davlatlarida ham koʻrish mumkin.
Sudyaning dastlabki tergovda toʻliq ishtirok etishi tergovga xalaqit berishi mumkin va
xorij tajribasiga koʻra, faqat insonning konstitutsiyaviy huquqlarini cheklashda yoki ularni
buzilgani haqida shikoyat boʻlganda tergov sudyasi oʻzining faoliyatini olib boradi.
MDHdagi ayrim davlatlarda ham ushbu institut bir necha yildan buyon amalda. Misol
tariqasida, Qozogʻiston Respublikasida ham tergov sudyalari 2015-yil buyon faoliyat yuritib
kelmoqda hamda bugungi kunda bu amaliyot ancha ijobiy natija berganini taʼkidlash mumkin.
Tergov sudyasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari sifatida quyidagilar belgilandi:
Birinchidan, qonunchilikda belgilangan tartibda tergov sudyasiga yuklatilgan
vazifalarni adolatli va xolisona bajarish;
Ikkinchidan, qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini
taʼminlash;
Uchinchidan, fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini
sud yoʻli bilan samarali himoya qilish.
Sudlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan islohotlar doirasida Yurtboshimizning bir
qator farmonlaridan tashqari yana bir muhim hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
7
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyun PF-89-sonli “Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida
shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi farmoni https://lex.uz/docs/6964387.
8
Tergov sudyalari: “ikki qutb” oʻrtasidagi adolat tarozisi. https://sudyalaroliykengashi.uz/uz/news/854.
605
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston – 2030”
strategiyasi
9
ham mavjud boʻlib, mazkur hujjat bilan bu 2030-yilgacha boʻlgan davrda ushbu
yoʻnalishda amalga oshirilishi kerak boʻlgan yana bir qator vazifalar belgilab berilgan.
Strategiyaning Sud hokimiyatining mustaqilligini kuchaytirish va uning faoliyatida
ochiqlikni taʼminlash orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirishga qaratilgan vazifalar
doirasida sud tizimini boshqarishga sudyalarning oʻzini oʻzi boshqarish tamoyilini toʻlaqonli
joriy etish hamda sudyalar hamjamiyati organlari tizimini toʻliq shakllantirish masalasiga
kelgusida yana ham kengroq yondoshish lozim degan fikrdamiz.
Bundan tashqari olib borgan oʻrganishlarimiz barobarida biz ham quyidagi takliflarni
aytib oʻtishni lozim topdik. Xususan, qonunchiligimizda sudyalarga qoʻyiladigan yosh
talablariga oʻzgartish kiritish kerak degan fikrdamiz, yaʼni bunda fuqarolik ishlari boʻyicha
tayinlanadigan sudlarga yosh talabi 40 yoshdan qilib belgilansa maqsadga muvofiq boʻlar edi.
Chunki, ayniqsa, oila-nikoh, farzandlar bilan bogʻliq, mulkiy nizolar bilan bogʻliq masalalarni
koʻrib hal qilishda albatta, bilimdan tashqari katta hayotiy tajriba ham nizolarni toʻgʻri va
adolatli hal qilishda muhim ahamiyatga ega boʻlib, kelgusida sudyalarning chiqarilgan
qarorlaridan shikoyat qilish holatlarining kamayishiga olib keladi.
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.
2.
Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyuldagi
“Sudlar toʻgʻrisida”gi
qonuni.
https://lex.uz/docs/5534923.
3.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktyabr PF-4850-sonli “Sud-huquq
tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish
kafolatlarini
kuchaytirish
chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi
Farmoni.
https://lex.uz/docs/3050491.
4.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2020-yil
7-dekabrdagi
PF-6127-son
“Sudyalarning chinakam mustaqilligini taʼminlash hamda sud tizimida korrupsiyaning
oldini
olish
samaradorligini
oshirish
chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi
farmoni.
5.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 yanvardagi PF-12-son “Odil sudlov
faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar
toʻgʻrisida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/6358913.
6.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-yanvar PF-11-son “Odil sudlovga
erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini
oshirishga
doir
qoʻshimcha
chora-tadbirlar
toʻgʻrisida”gi
Farmoni.
https://lex.uz/docs/6358976.
7.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2025-yil 21-avgustda PF-141-son “Odil sudlov
sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida” Farmoni. https://lex.uz/ru/docs/7696594.
8.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyun PF-89-sonli “Tezkor-qidiruv
hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish
9
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158-son ““Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi
to‘g‘risida” farmoni. https://lex.uz/docs/6600413.
606
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
kafolatlarini
yanada
kuchaytirish
chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi
farmoni
https://lex.uz/docs/6964387.
9.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158-son
““Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida” farmoni. https://lex.uz/docs/6600413.
10.
S. Avazov. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatimizda amalga
11.
oshirilayotgan
sud-huquq
islohotlarining
asosi.
https://docs.yandex.ru/docs/view?tm=1761457677&tld=ru
12.
Tergov
sudyalari:
“ikki
qutb”
oʻrtasidagi
adolat
tarozisi.
https://sudyalaroliykengashi.uz/uz/news/854.
